“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

Fiqhshunoslik.
Diniy ilmlarning asosiylaridan biri fiqh ilmini 
alohida aytishimiz lozim. Fiqh ilmini talqin qilganimizda, uni islom, 
shariat qonunshunosligi, yurisprudentsiyasi deb, atash mumkin.
Bizning yurtimizdan chiqqan buyuk ajdodlarimiz bu ilm sohasida ham 
peshqadamlardan bo’lishgan. Mana shunday buyuk faqihlardan biri 
Burhoniddin al­Marg’iloniy (1123­1197) hisoblanadi. Uning «al­Hidoya»
nomli fiqhiy asari yaratilgan davrdan to hozirgacha sharq va g’arbning 
dorilfununlari va madrasayu o’quv yurtlarida shariat ahkomlarini chuqur 
o’rganishda ahli sunna va jamoa, ya’ni sunniy mazhabi uchun dasturul
amal asarlardan biri sifatida foydalaniladi. 2000 yilda O’zbekiston 
hukumatining qaroriga ko’ra Burhoniddin al­Marg’iloniy tavalludining 
910 yilligi keng ko’lamda nishonlanib, allomaga chuqur
hurmat­ehtirom bajo keltirildi.
Yurtimizdan chiqqan mashhur faqihlardan biri, o’z davrining yetuk 
faqihi Alouddin as­Samarqandiy (vafoti 1144) bo’lib, afsuski, uning 
hayoti haqida bizgacha juda oz ma’lumot yetib kelgan. Uning tafsir, 
aqoid, kalom va fiqh ilmlariga oid asarlar yaratgani ma’lum. Mana shu 
asarlari jumlasidan fiqh ilmiga oid «Tuhfat al­fuqaho» («Faqihlarga 
tuhfa») nomli asarini ko’rsatish mumkin. U bu asarida fiqhiy 
muammolarni va mavzularni chuqur o’rganib tartibga solish, shar’iy
dalillar bilan isbotlash uslubining asoschilaridan biri sifatida
namoyon bo’ladi. SHu nuqtai nazardan Alouddin as-Samarqandiyni
Movarounnahr fiqh maktabida o’zining munosib o’rniga ega olim
bo’lgan deyish mumkin. 
Kalom ilmi. 
Islomiy ilmlar haqida gapirilganda, kalom ilmini
aytmaslik mumkin emas. Kalom ilmi o’zi nima? Umumiy qilib
aytganda, kalom ilmi deb, diniy aqidalar va ularning usullarini
aqliy va naqliy dalillar asosida talqin qilib, ular ichidagi har
qanday shubhali, bir tomonlama qarashlarga barham beradigan ilmga 
aytiladi. Kalom ilmi bilan shug’ullanuvchi olimlar mutakallimlar
deyiladi. Kalom arabcha - nutq, jumla, gap-so’z degan ma’nolarni
anglatadi. Boshqacha aytganda, bu ilm islom falsafasi, aqidaviy
masalalarni o’rganadi. Islom dinimizda aqida masalasi juda 
ahamiyatli hisoblangan. Aytish mumkinki, bugun aqidaviy
kelishmovchiliklar, ixtiloflar kuchaygan bir paytda kalom ilmi eng 
muqobil ma’rifiy, ta’sirchan kuch vazifasini o’tashi shubhasiz.
Munozaralar, ortiqcha ehtiroslarga berilish, ba’zan janjallarga aylanib
ketadigan ko’p omillar aqidaviy masalaga kelib taqaladi.
Aqidaviylikdan mutaassiblik paydo bo’lishi hech gap emas.
Mutaassiblar ko’pincha noto’g’ri ta’limotlarga yopishib olishadi­da,
bir tomonlama fikr yuritib, boshqalarning fikr-mulohazalarini tan 


64 
olmay inkor qilishadi. SHuning uchun kalom ilmi islom falsafasi
ham deyilgan. E’tiborga molik tomoni shundaki, yurtimizdan buyuk
mutakallimlar yetishib chiqqan bo’lib, o’rta asrlarda faoliyat ko’rsatgan 
mashhur olim imom Abu Mansur al-Moturidiy (870-944) kalom ilmida
yuksak darajaga erishganlardan biridir. Imom al-Moturidiy, eng 
avvalo, kalom ilmi sohasida tom ma’noda tarixiy ishlar qilgan,
o’ziga xos maktab yaratgan va bu maktab o’shandan buyon uning
tabarruk nomi bilan Moturidiya maktabi (yo’nalishi) deb yuritiladi.
U, shuningdek, fiqh ilmi rivojiga ham ulkan hissa qo’shgan
allomalardan biri. 
O’rta asrlarda yashab o’tgan ko’p allomalardan farqli o’laroq,
imom al-Moturidiy xorijiy yurtlarga safar qilmagan. Ehtimol, shu 
bois uning ta’limoti, xususan, kalom ilmi sohasidagi ta’limoti ham
olim yashagan davrda boshqa o’lkalarga keng ko’lamda tarqalmadi.
Muqoyasa uchun aytadigan bo’lsak, kalom ilmining benazir
allomalardan yana biri – Ash’ariya maktabining asoschisi imom
Abulhasan al-Ash’ariy Bag’dodda yashab faoliyat ko’rsatganligi 
tufayli uning nomi ham, ta’limoti ham olim yashagan davrdan
e’tiboran musulmon SHarqida ancha ma’lum bo’lgan. 
Imom Abu Mansur al-Moturidiyning kalom va fiqh ilmlari
sohasidagi qarashlari uning «Kitob at-tavhid» va «Kitob ta’vilot ahl
as-sunna» asarlarida bayon etilgan. Bu boradagi ko’p qimmatli
ma’lumotlar allomaning vafotidan keyin Motrudiya ta’limotiga
bag’ishlab yaratilgan qator asarlarda ham o’z ifodasini topgan. Bilish
(ma’rifat) nazariyasi kalom ilmi bilan shug’ullangan olimlarning doim 
diqqat-e’tiborida bo’lgan. Bu masala bilan ilmiy asosda jiddiy 
shug’ullangan olimlardan biri ham - Abu Mansur al-Moturidiy. Uning 
qalamiga mansub ikkala yirik asar - «Kitob at-tavhid» va «Ta’vilot
ahl as-sunna» dastlabki qismlaridanoq bilish nazariyasiga
bag’ishlangan. Ayniqsa, «Kitob at-tavhid» asari kalom ilmidagi
bilish nazariyasiga oid eng dastlabki manba bo’lib, unda ushbu
masala g’oyatda nafis uslubda ifoda etiladi. Imom al-Moturidiy
ta’limotiga ko’ra, bilishning uch asosiy manbai bor: hissiy (sezgi
a’zolari vositasida) bilish, naql (rivoyatlar vositasida, ya’ni Qur’on 
oyatlari va hadislar asosida bilish) va aql (idrok) vositasida. Mavridi
kelganda shuni ta’kidlash kerakki, imom al-Moturidiyning bilish
nazariyasida aql-idrokning alohida o’rni bor va unga ayricha
ahamiyat beriladi.
Imom al-Moturidiyning boshqa yirik asari «Ta’vilot ahl as-
sunna» yoki «Ta’vilot ul-Qur’on» deb ataladi. Mazkur asarning
ilmiy va amaliy ahamiyati juda katta. U ahli sunna ulamolari
tomonidan Qur’oni karimni sharhlash (ta’vil qilish) bo’yicha qilingan
dastlabki jiddiy urinish bo’lib, bu sharh aql va naql nuqtai nazaridan


65 
amalga oshirilganligi bilan ajralib turadi. Boshqacha aytganda,
Qur’oni karim imom al-Moturidiyning kalom ilmiga oid ta’limoti
nuqtai nazaridan turib tafsir qilingan.
Imom al-Moturidiyning fikricha, insonlarning yomon xulqlari – 
gunohlari Allohning irodasi bilan (chunki Alloh bu ishlarni taqdir
qilgan), lekin uning roziligisiz amalga oshiriladi. Alloh taolo
insonlarni erkini o’ziga bergan holda yaratgan, ya’ni shu
harakatlarni azalda taqdir etib qo’ygan bo’lsa-da, insonning ba’zi
ishlariga sohib ixtiyorligi ham bor. Buni imom al-Moturidiy «af’oli
ixtiyoriy» deb atab, «insonda iroda erkinligi mavjud» deb hisoblaydi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, imom al-Moturidiyning «Kitob
at-tavhid» va «Ta’vilot ahl as-sunna» asarlari buyuk alloma merosini
o’rganishda alohida ahamiyatga ega. Ularda islom dini falsafasini
tashkil etadigan kalom ilmining turli masalalarida talay haqqoniy
fikrlar ilgari surilgan, aqidaviy haqiqatdan adashgan firqalar ilmiy
nuqtai nazardan tanqid qilingan. 
O’tgan yili 2700 yillik tarixini nishonlagan Qarshi (Nasaf)dan 
yetishib chiqqan yirik olim Abul Mu’yin an-Nasafiy (1027-1124) 
o’zining ma’naviy ustozi imom al-Moturidiy ta’limotini yangi g’oyalar 
bilan boyitib moturidiya ta’limotining butun SHarq mamlakatlariga 
tarqalishida ulkan hissasini qo’shdi. Uning qalamiga mansub «Tabsirat 
al-adilla», «Bahr al-kalom» va «Kitob at-tamhid li qavoid at-tavhid» 
nomli kalomiy asarlari aqidaviy masalalarni chuqur, ayni vaqtda sodda va 
ixcham tarzda sharhlaydigan muhim manbalardan hisoblanadi. O’rni 
kelganda aytish kerakki, Toshkent islom universitetining yosh 
tadqiqotchilari Abul Mu’yin an-Nasafiyning asarlari ustida talay ilmiy 
tadqiqotlarni amalga oshirgan bo’lib, bu xayrli ishlar kelajakda yanada 
davom ettiriladi. Nasaflik yana bir taniqli olim Makhul an-Nasafiy (vafoti 
930 yil) ham o’zining «Kitob ar-rad ala ahl al-bidat val ahva» (Bidat ahli 
va aynigan havoiylarga raddiya kitobi)nomli asarida o’sha davrda paydo 
bo’lib, xilma xil ixtiloflarni keltirib chiqargan ko’plab diniy oqimlar va 
firqalar haqida to’liq ma’lumotlarni olish mumkin. Muallif ushbu 
qimmatli asarida o’rta asrlarda islom olamida paydo bo’lgan ko’p sonli 
oqimlarni olti guruhga ajratib keltirgan: qadariya, jahmiya, rofiziya, 
haruriya, jabariya, murji’a. O’z navbatida, har bir guruh 12 toifaga 
ajratilgan bo’lib, asarda jami 72 guruh va firqalar, ularning tasniflari 
haqida bayon qiladi. Makhul an-Nasafiy bu guruhlardan har biri ilgari 
surgan botil g’oyalar va asossiz da’volarning bid’at va xurofot ekanligiga 
Qur’oni Karim oyatlari va Payg’ambarimiz Muhammad a.s.ning 
hadislaridan dalillar keltirgan holda o’z raddiyalarini bildiradi. Mazkur 
oqimlarga nisbatan hanafiya mazhabi nuqtai nazaridan turib yozilgan 
ushbu asar ayni vaqtda islom dinidagi turli-tuman oqimlar tarixi 
to’g’risidagi dastlabki asarlardan sanalib, ular haqida mukammal 


66 
ma’lumot beruvchi qimmatli manbadir. SHu bilan birga asarda zikr 
etilgan oqimlarning o’ziga xos xususiyatlari qiyosiy tadqiq etish uchun 
yetarli darajada bayon etilganligi asar ahamiyatini yanada oshirishga 
xizmat qiladi. 
Bundan qariyb 10 asr muqaddam yashab o’tgan xorazmlik buyuk 
alloma Mahmud az-Zamaxshariyning hayoti
 
va merosiga bir nazap 
solaylik. Jismoniy nogironligiga (og’ir kasalga chalingani tufayli 
yoshligida bir oyog’i kesilgan) qaramasdan bu zot ilmu irfon talabida o’z 
umrining aksar qismini uzoq mamlakatlarda safarda, musofirchilikda 
o’tkazadi. Makkai mukarramada olti yilga yaqin yashadi. SHu bois hech 
bir olimga nasib etmagan Jorulloh (Allohning qo’shnisi) degan yuksak 
maqomga sazovor bo’ldi. U butun umrini ilmga bag’ishladi va 
ilm­fanning turli sohalariga oid oltmishga yaqin asarlar yaratdi. Bundan 
bir necha yil muqaddam muhtaram Prezidentimiz Xorazm viloyat 
kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlagan nutqida bu benazir 
allomaning jahon tamadduniga qo’shgan ulkan hissasi haqida to’xtalib, 
bir arab mutafakkirining 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish