64
olmay inkor qilishadi. SHuning uchun kalom ilmi islom falsafasi
ham deyilgan. E’tiborga molik tomoni shundaki, yurtimizdan buyuk
mutakallimlar yetishib chiqqan bo’lib, o’rta asrlarda faoliyat ko’rsatgan
mashhur olim imom Abu Mansur al-Moturidiy (870-944) kalom ilmida
yuksak darajaga erishganlardan biridir. Imom al-Moturidiy, eng
avvalo, kalom ilmi sohasida tom ma’noda tarixiy ishlar qilgan,
o’ziga xos maktab yaratgan va bu maktab o’shandan buyon uning
tabarruk nomi bilan Moturidiya maktabi (yo’nalishi) deb yuritiladi.
U,
shuningdek, fiqh ilmi rivojiga ham ulkan hissa qo’shgan
allomalardan biri.
O’rta asrlarda yashab o’tgan ko’p allomalardan farqli o’laroq,
imom al-Moturidiy xorijiy yurtlarga safar qilmagan. Ehtimol, shu
bois uning ta’limoti, xususan, kalom ilmi sohasidagi ta’limoti ham
olim yashagan davrda boshqa o’lkalarga keng ko’lamda tarqalmadi.
Muqoyasa uchun aytadigan bo’lsak, kalom ilmining benazir
allomalardan yana biri – Ash’ariya maktabining asoschisi imom
Abulhasan al-Ash’ariy Bag’dodda yashab faoliyat ko’rsatganligi
tufayli uning nomi ham, ta’limoti ham olim yashagan davrdan
e’tiboran musulmon SHarqida ancha ma’lum bo’lgan.
Imom Abu Mansur al-Moturidiyning kalom va fiqh ilmlari
sohasidagi qarashlari uning «Kitob at-tavhid» va «Kitob ta’vilot ahl
as-sunna» asarlarida bayon etilgan. Bu boradagi ko’p qimmatli
ma’lumotlar allomaning vafotidan keyin Motrudiya ta’limotiga
bag’ishlab yaratilgan qator asarlarda ham o’z ifodasini topgan. Bilish
(ma’rifat) nazariyasi kalom ilmi bilan shug’ullangan olimlarning doim
diqqat-e’tiborida bo’lgan. Bu masala bilan ilmiy asosda jiddiy
shug’ullangan olimlardan biri ham - Abu Mansur al-Moturidiy. Uning
qalamiga mansub ikkala yirik asar - «Kitob at-tavhid» va «Ta’vilot
ahl as-sunna» dastlabki qismlaridanoq bilish nazariyasiga
bag’ishlangan. Ayniqsa, «Kitob at-tavhid» asari kalom ilmidagi
bilish nazariyasiga oid eng dastlabki manba bo’lib, unda ushbu
masala g’oyatda nafis uslubda ifoda etiladi.
Imom al-Moturidiy
ta’limotiga ko’ra, bilishning uch asosiy manbai bor: hissiy (sezgi
a’zolari vositasida) bilish, naql (rivoyatlar vositasida, ya’ni Qur’on
oyatlari va hadislar asosida bilish) va aql (idrok) vositasida. Mavridi
kelganda shuni ta’kidlash kerakki, imom al-Moturidiyning bilish
nazariyasida aql-idrokning alohida o’rni bor va unga ayricha
ahamiyat beriladi.
Imom al-Moturidiyning boshqa yirik asari «Ta’vilot ahl as-
sunna» yoki «Ta’vilot ul-Qur’on» deb ataladi. Mazkur asarning
ilmiy va amaliy ahamiyati juda katta. U ahli sunna ulamolari
tomonidan Qur’oni karimni sharhlash (ta’vil qilish) bo’yicha qilingan
dastlabki jiddiy urinish bo’lib, bu sharh aql va naql nuqtai nazaridan
65
amalga oshirilganligi bilan ajralib turadi. Boshqacha aytganda,
Qur’oni karim imom al-Moturidiyning kalom ilmiga oid ta’limoti
nuqtai nazaridan turib tafsir qilingan.
Imom al-Moturidiyning fikricha, insonlarning yomon xulqlari –
gunohlari Allohning irodasi bilan (chunki Alloh bu ishlarni taqdir
qilgan), lekin uning roziligisiz amalga oshiriladi. Alloh taolo
insonlarni erkini o’ziga
bergan holda yaratgan, ya’ni shu
harakatlarni azalda taqdir etib qo’ygan bo’lsa-da, insonning ba’zi
ishlariga sohib ixtiyorligi ham bor. Buni imom al-Moturidiy «af’oli
ixtiyoriy» deb atab, «insonda iroda erkinligi mavjud» deb hisoblaydi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, imom al-Moturidiyning «Kitob
at-tavhid» va «Ta’vilot ahl as-sunna» asarlari buyuk alloma merosini
o’rganishda alohida ahamiyatga ega. Ularda islom dini falsafasini
tashkil etadigan kalom ilmining turli masalalarida talay haqqoniy
fikrlar ilgari surilgan, aqidaviy haqiqatdan adashgan firqalar ilmiy
nuqtai nazardan tanqid qilingan.
O’tgan yili 2700 yillik tarixini nishonlagan Qarshi (Nasaf)dan
yetishib chiqqan yirik olim Abul Mu’yin an-Nasafiy (1027-1124)
o’zining ma’naviy ustozi imom al-Moturidiy ta’limotini yangi g’oyalar
bilan boyitib moturidiya ta’limotining butun SHarq mamlakatlariga
tarqalishida ulkan hissasini qo’shdi. Uning qalamiga mansub «Tabsirat
al-adilla», «Bahr al-kalom» va «Kitob at-tamhid li qavoid at-tavhid»
nomli kalomiy asarlari aqidaviy masalalarni chuqur, ayni vaqtda sodda va
ixcham tarzda sharhlaydigan muhim manbalardan hisoblanadi. O’rni
kelganda aytish kerakki, Toshkent islom universitetining yosh
tadqiqotchilari Abul Mu’yin an-Nasafiyning asarlari ustida talay ilmiy
tadqiqotlarni amalga oshirgan bo’lib, bu xayrli ishlar kelajakda yanada
davom ettiriladi. Nasaflik yana bir taniqli olim Makhul an-Nasafiy (vafoti
930 yil) ham o’zining «Kitob ar-rad ala ahl al-bidat val ahva» (Bidat ahli
va aynigan havoiylarga raddiya kitobi)nomli asarida o’sha
davrda paydo
bo’lib, xilma xil ixtiloflarni keltirib chiqargan ko’plab diniy oqimlar va
firqalar haqida to’liq ma’lumotlarni olish mumkin. Muallif ushbu
qimmatli asarida o’rta asrlarda islom olamida paydo bo’lgan ko’p sonli
oqimlarni olti guruhga ajratib keltirgan: qadariya, jahmiya, rofiziya,
haruriya, jabariya, murji’a. O’z navbatida, har bir guruh 12 toifaga
ajratilgan bo’lib, asarda jami 72 guruh va firqalar, ularning tasniflari
haqida bayon qiladi. Makhul an-Nasafiy bu guruhlardan har biri ilgari
surgan botil g’oyalar va asossiz da’volarning bid’at va xurofot ekanligiga
Qur’oni Karim oyatlari va Payg’ambarimiz Muhammad a.s.ning
hadislaridan dalillar keltirgan holda o’z raddiyalarini bildiradi. Mazkur
oqimlarga nisbatan hanafiya mazhabi nuqtai
nazaridan turib yozilgan
ushbu asar ayni vaqtda islom dinidagi turli-tuman oqimlar tarixi
to’g’risidagi dastlabki asarlardan sanalib, ular haqida mukammal
66
ma’lumot beruvchi qimmatli manbadir. SHu bilan birga asarda zikr
etilgan oqimlarning o’ziga xos xususiyatlari qiyosiy tadqiq etish uchun
yetarli darajada bayon etilganligi asar ahamiyatini yanada oshirishga
xizmat qiladi.
Bundan qariyb 10 asr muqaddam yashab o’tgan xorazmlik buyuk
alloma Mahmud az-Zamaxshariyning hayoti
va merosiga bir nazap
solaylik. Jismoniy nogironligiga (og’ir kasalga chalingani tufayli
yoshligida bir oyog’i kesilgan) qaramasdan bu zot ilmu irfon talabida o’z
umrining aksar qismini uzoq mamlakatlarda safarda, musofirchilikda
o’tkazadi. Makkai mukarramada olti yilga yaqin yashadi.
SHu bois hech
bir olimga nasib etmagan Jorulloh (Allohning qo’shnisi) degan yuksak
maqomga sazovor bo’ldi. U butun umrini ilmga bag’ishladi va
ilmfanning turli sohalariga oid oltmishga yaqin asarlar yaratdi. Bundan
bir necha yil muqaddam muhtaram Prezidentimiz Xorazm viloyat
kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlagan nutqida bu benazir
allomaning jahon tamadduniga qo’shgan ulkan hissasi haqida to’xtalib,
bir arab mutafakkirining
Do'stlaringiz bilan baham: