74
Somoniylar davrida qudratli markazlashgan davlatning vujudga kelishi
natijasida Movarounnahr va Xurosonda ma’lum barqarorlik qaror topdi. Bu
holat mamlakat iqtisodiy hayotiga katta ta’sir ko’rsatdi. Dehqonchilik,
xunarmadchilik va savdo tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Mrvarounnahr va
Xuroson bu vaqtda Sharqning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan o’lkalaridan
hisoblangan.
Xuroson vaayniqsa, Movarounnahr dehqonchilik o’lkalari qatoriga kirgan.
Bu yerlarda dehqonchilik asosan sun’iy sug’orishga asoslangan. Ko’plab soy va
daryolardan chiqarilgan katta-kichik kanallar mavjud bo’lgan.
Sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikdan tashqari lalmikor
dehqonchilik ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. Kanal qurilishi uchun xalifa davlat
xazinasidan 20 million dirham ajratgan.
Somoniylar davrida dehqonchilik bilan bir qatorda hunarmandchilik ham
keng sur’atlar bilan taraqqiy qildi, ayniqsa, to’qimachilik yaxshi taraqqiy qildi.
Bu yerda ipak va jundan tayyorlangan turli-tuman gazlamalar o’zining
sifatliligi, bejirim va nafis naqshlari bilan ajralib turgan.
Buxoroning Zandana,
Samarqanddagi Vedar va Surxondaryodagi Darzang to’qimachilarining
mahsulotlari faqatginaMovarounnahr va Xurosondagina emas, balki Iroq, Eron
va Hindistonlarda ham ma’lum bo’lgan.
Kulolchilik ham somoniylar davrida o’z taraqqiyotining eng yuqori
bosqichlariga ko’tarilgan. Manbalarda qayd qilinishichaayniqsa, Samarqand,
Binken va Marv kulollari tayyorlagan idishlar o’zining bejirim shakli, yuqori
sifati, ajoyib va nafis naqshlari bilan ajralib turgan.
Bu davrda shishasozlik ham keng rivojlangan. SHishasozlarning
ustaxonalari Niso, Marvda,
Termizda, Poykand kabi shaharlarda ochib
o’rganilgan. Markaziy Osiyo shishasozlarning mahsulotiga boshqa o’lkalardan
ehtiyoj katta bo’lgan.
Somoniylar davrida metallurgiya sohasida ham katta yutuqlar qo’lga
kiritilgan. Bu davrda Badaxshonda kumush, oltin, billur, lojuvard kabi
qimmatbaho metall va toshlar qazib olish davom etgan.
Markaziy Osiyoda somoniylar davrida qog’oz ishlab chiqarish ham yaxshi
rivojlangan. Qog’oz ishlab chiqarish bo’yicha eng yirik markaz Samarqand
bo’lib unda qog’ozlarning mahsuloti faqat Markaziy Osiyo yoki Sharqda emas,
balki Yevropada ham mashhur bo’lgan.
Yozma manbalarda qayd qilinishicha, bozorlar katta-kichik shaharlarda va
hatto qishloqlarda bo’lgan. Ayniqsa karvon yo’llari bo’yicha joylashgan
shaharlarda bir nechtadan bozorlar bo’lgan. Buxoro, Xo’jand, Kesh, Termiz,
Xirot, Marv, Nishopr shaharlaridagi bozorlar katta va juda gavjum bo’lgan.
Savdo rastalari karvonsaroyning o’zida ham bo’lgan. Karvonsaroylar yo’llarda
ham qurilgan.
Bozorlarda sotiladigan mollar avvalo mahalliy
aholining ehtiyojini
qondirishga qaratilgan. Hunarmandlar o’z mollarini sotib oziq-ovqat mollarini
xarid qilishgan, o’z navbatida dehqonlar hunarmandchilik mollarini xarid
75
qilishgan. IX-X asrlarda Markaziy Osiyoning iqtisodiy hayotida savdo-sotiq
kattaahamiyatga ega edi. bu borada ko’chmachilar bilan chegaradosh bo’lgan
shaharlarning ahamiyati katta bo’lgan. Ko’chmachilar shaharlarga kelib
dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlarini xarid qilganlar, teri sotganlar.
Markaziy Osiyolik savdogarlar o’z mollarini
arab xalifaligi tarkibiga
kirgan davlatlarga, Kavkazga, Xazar va Bulg’oriyaga, Xitoy va Hindistonga
olib borib sotganlar. Markaziy osiyodan Xitoy bilan O’rta Yer dengizini
birlashtiruvchi va Janubi-SHarqiy Yevropaga olib boruvchi karvon yo’llari
o’tgan. Xazar, Bulg’or va Rus yerlariga markaziy Osiyodan quruq mevalar turli-
tuman gazlamalar, guruch va kumush chiqarilgan. O’z
navbatida Janubiy-
SHarqiy Yevropadan Markaziy Osiyoga mo’yna, mis, teri, qoramol, qullar
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: