4. Xadislar va ularning ijtimoiy-siyosiy mohiyati. Islom dini ta’limotini
rivojlantirishda O’rta Osiyolik olimlarning hissasi. Ma’naviy kamolotga
erishuv yo’lida muhaddislar merosining ahamiyati
Islom dini diyorimizda qaror topgandan keyingi davrdagi ilmfan va
madaniyat taraqqiyoti alohida bir bosqichni tashkil qilib, u bevosita
islomiy ilmlar rivoji bilan chambarchas bog’liqdir. Bu o’rinda yana shuni
ta’kidlash kerakki, yuksak madaniy mentalitet va ilmiy salohiyatga ega
xalqimiz yangi kirib kelgan islom diniga ham yuksak madaniyat sohiblari
sifatida ijodiy yondashdi. Binobarin, diyorimiz ahli bu dinning tom
ma’noda insonparvar farahbaxsh, bunyodkorlik g’oyalari faqat
yaxshilikka, ezgulikka, taraqqiyotga, insonning maьnaviy kamolotiga
karatilganligini tez idrok etib, uning hayotiy asl mazmunmohiyatini
teran angladilar. SHu boisdan ham bu muborak dinga nafaqat ibodat
qilish, bir qator islomiy urf-odatlar, marosimlarni bekamiko’st ado etish
bilan birga unga ilmuirfon, mukammal nazariya, hayotiy falsafa va
ta’limot sifatida yondashdilar. Boshqacha qilib aytganda bizning
zaminimizda islom diniga munosabat ilk davrlaridan e’tiboran chuqur,
fundamental ilmiy asosga tayanib, amalga oshirildi. Bu munosabat o’z
navbatida islom dinining asosiy manbalari Qur’oni karim va janob
Paygambarimiz
Muhammad
alayhissalomning
hadisi
shariflarida
keltirilgan ulug’ g’oyalar bilan to’la ham ohangdir. SHu boisdan ham bu
jarayon har bir mo’min-musulmonning ilmli, ziyoli, ma’rifatli bo’lishi,
ilmning xosiyatlari va fazilatlari haqidagi Qur’oni karimdagi
ko’pdanko’p oyatlar va ayniqsa, ilmu ziyoning inson uchun o’ta
zarurligi xaqidagi Rasulullohning ko’rsatmalari, xususan, Sarvari
olamning «eng yaxshi ibodat ilm olmoqlikdir», degan muborak hadislari
bilan uyg’unlashgan holda amalga oshirildi. Ilmli, ma’rifatli bo’lishlik
zudlik bilan muayyan qoidalar va dasturlarni ishlab chiqish, oxiroqibatda
o’z davrining dorilfununlari hisoblangan madrasalarni ochilishi bilan bu
jarayon faoliyati o’z samarasini bera boshladi. E’tiborli tomoni shundaki,
58
musulmon olamidagi dastlabki madrasalar VIII asrning oxirlarida o’sha
davrdagi yirik shaxarlar - ilmiy-madaniy markazlar hisoblangan Buxoro,
Samarqand, Nasaf, Termiz, Xiva, SHosh (Toshkent), Farg’ona,
Marg’ilon kabi qadimiy shaharlarda faoliyat ko’rsata boshladi. Bu
fikrimizga dalil sifatida taniqli tarixchi Mirza Muhammad Boqir al-
Xavansoriy al-Isfahoniy o’zining «Ravzot al-jannat fi ahvol al-ulamo
vas-sodat»
(«Olimlar ea sayyidlarning ahvollari haqida jannat
bo’stonlari») nomli asarida «musulmon olamida dastlabki madrasalar
Buxoroda ochilgan edi», deb ta’kidlaganini ko’rsatish mumkin. Diniy
ilmlar majmuasi, islomiy madaniyat va ma’rifat mukammal tarzda
o’rgatilgan ushbu o’quv dargohlarida dunyoviy ilmlar xam chuqur
o’rganilardi. Bu ilm maskanlarida nafaqat mahalliy yoshlar balki,
sharqning turli mamlakatlaridan kelgan ko’pdanko’p talabalar ham diniy
va dunyoviy ilmlardan tahsil olardilar. Islom olamidagi madrasalar tarixi
bo’yicha salmoqli ilmiy tadqiqotlar olib borgan iroqlik yirik olim Nojiy
Ma’rufning yozishicha, «VIII asrning oxirlaridayoq Buxorodagi imom
Abu Hafs alKabiyr alBuxoriy (767832) madrasasida (bu o’quv
dargohlari «Madrasat hafsiyya» nomi bilan atalgan) musulmon olamining
ko’plab mamlakatlaridan kelgan tolibi ilmlar saboq olganlar». Ushbu
madrasa qoshida boy kutubxona, maxsus qiroatxona mavjud bo’lib,
talabalar oylik maosh (stipendiya), ko’p hollarda esa oziqovqat bilan
ham ta’minlanganlar. Keyinchalik esa egallagan ilmini yanada
takomillashtirish, uni kamoliga yetkazish maqsadida boshqa o’lkalarga,
xususan, SHarq mamlakatlaridagi dovrug’i dunyoga tarqalgan ilmiy
markazlarga safarlar qilish odat tusiga kira boshlagan. Bu amalga
oshirilgan katta ilmiyma’rifiy ishlar, albatta, o’z samarasini ko’rsatmay
qolmadi. Tez orada diyorimizdan turli ilmlar bo’yicha olamshumul
yutuqlarga erishgan buyuk allomalar yetishib chiqdilar. Ulardan
Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr al-Forobiy, Ahmad al-
Farg’oniy, Abu Rayhon al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabilarning aniq va
tabiiy fanlar bo’yicha yaratgan bebaho ixtirolari va kashfiyotlari
yurtimizning dovrug’ini butun dunyo bo’ylab taratdi.
Ma’lumki, islomiy ilmlar (tafsir, hadis, fiqh, kalom va hokazo)
bo’yicha Movarounnahr va Xurosondan chiqqan olimlarning yaratgan
asarlari va ta’limotlari islom dini taraqqiyotida alohida ahamiyatga
egadir. Bu o’rinda zaminimizdan chiqqan ko’plab buyuk mufassirlar va
Qurьon hofizlari bilan har qancha faxrlansak arziydi. Islomiy ilmlar
Allohning kalomi - Qur’oni karimga asoslangan va u bilan bevosita
bog’liq ilmlardir. SHulardan eng muhimi tafsir ilmi hisoblanadi. Yaxshi
ma’lumki, Qur’oni karimni o’qib, uni mazmunmohiyatini to’la darajada
tushunish har qanday kishiga bir muncha og’irlik va murakkablik
tug’diradi. Buning sababi shuki, muqaddas Kitob suralari va oyatlari
zamiridagi ilohiy mazmunni anglash katta bilim talab qilish bilan bir
59
qatorda, bu Kitob uslub va til nuqtai nazaridan ham g’oyatda murakkab
manba hisoblanadi. SHuning uchun ham odamlar Kalomullohni chuqur
idrok etish uchun va mazmun mohiyatiga imkon qadar to’liqroq yetishish
uchun unga tafsirlar yozilgan. Qur’onni tafsir etuvchilarni mufassirlar
deyiladi. Bu iborani arabchadan o’zbek tiliga tarjima qilsak, tafsir
etuvchi, sharhlovchi, izohlovchi degan ma’nolarni anglatadi. SHu nuqtai
nazardan mufassirlar Qur’onni ilmiy asosda sharhlab, kishilarga
tushunarli tarzda yetkazib berganlar. Agar mufassirlar tarixiga nazar
solsak, bizning yurtimizdan ham tafsir ilmi bilan shug’ullangan bir qator
mufassirlarni ko’rish mumkin. X asrda faoliyat ko’rsatgan samarqandlik
taniqli olim Abul Lays asSamarqandiy (913985) fiqh, usul, aqida,
tasavvuf bo’yicha ko’plab asarlar yaratgan. Lekin bu olimning eng
mashhur asari Qur’oni karimga yozilgan tafsiri «Bahr ul-ulum» («Ilmlar
dengizi») nomli asari bo’lib, u «Tafsir Abul Lays» nomi bilan ham
mashhur. Tafsir ilmida muhim hisoblangan bu asarning qo’lyozma
nusxalari Qohirada va Toshkentda saqlanib, uning Misr olimlari
tomonidan 3 jilddagi nashri tayyorlanib, u 1993 yili Bayrutda chop
etilgan.
Xorazmlik buyuk alloma Mahmud azZamaxshariy (10751144)
hadis, fiqh, arab tili (nahvsarf), odobaxloq, geografiya, aruz kabi
ilmlarga oid oltmishga yaqin asarlar yozgan bo’lib, ularning orasida
allomaning Qur’oni karimga bag’ishlangan «alKashshof» nomli tafsiri
alohida o’rin egallaydi. U bu tafsirida arab tilining balog’ati va fasohati
hamda lug’aviy imkoniyatlaridan g’oyatda katta mahorat bilan
foydalangani barcha olimu ulamolar tomonidan yuqori baholanib keladi.
Yurtimizdan chiqqan taniqli mufassirlardan yana biri Abul Barakot
anNasafiy (12321310) bo’lib, uning qalamiga mansub «Madorik
atTanziyl an haqoiq atta’vil» nomli qimmatli tafsirni aytish mumkin. Bu
tafsirning qo’lyozma nusxalari arab mamlakatlarida, shuningdek,
Londondagi «Britaniya kutubxonasida» ushbu tafsirning o’n ikkita
qo’lyozma nusxasi saqlanishi ham uning ilmiyamaliy qimmati yuqori
ekanligini ko’rsatadi.
«AshShayx arrais» degan o’ta yuksak ilmiy maqomga sazovor
bo’lgan, tabobat, falsafa va mantiq ilmlarining allomasi hisoblangan Abu
Ali ibn Sino (9801037) hazratlari o’z samarali ilmiy ijodiy faoliyati
davrida Qur’oni Karimning bir qancha suralariga tafsir yozganlari ham
ilm ahllariga yaxshi ma’lum. Toshkentda, Abu Rayhon Beruniy nomidagi
SHarqshunoslik
institutida
Qur’onning uchta oxirgi («alIxlos»,
«alFalaq», «anNos») suralariga Abu Ali ibn Sino tomonidan yozilgan
tafsirning qo’lyozma nusxalari saqlanadi. Londondagi «Britaniya
kutubxonasi»da esa buyuk vatandoshimizning o’n bitta muborak
suralarga yozgan tafsirlarining qo’lyozmalari mavjud ekan.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |