“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


Movarounnahr arablar tomonidan istilo etilishi va arablarga qarshi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

 
3.Movarounnahr arablar tomonidan istilo etilishi va arablarga qarshi 
harakatlar. Islom dinining O’rta Osiyoga kirib kelishi. Qur’oni- karim-
muqaddas kitob. 
 
Islom dinining O’rta Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab 
istilolari va arablarning ko’p asrlik hukmronligi bilan bog’liq. O’rta Osiyoga 
arab yurishlari 643-644 yillarda boshlangan bo’lsa ham, o’lkani uzil-kesil bosib 
olishga uzoq davrli kurashdan so’ng faqat arab qo’mondoni Qutayba ibn 
Muslim al-Bohiliy (704-715) erishdi. VII asrning o’rtalarida Arabiston yarim 
orolida yashovchi tarqoq arab qabilalariIslom ta’limoti asosida markazlashgan 
kuchli Arab halifaligini tashkil qildilar. Bu harakatni rahbari Payg’ambarimiz 
Muhammad Ibn Abdulloh edi. Arablar tez fursat ichida qo’shni davlatlar Eron 
va Vizantiyani bosib oladilar. Misr, Suriya, Falastin davlatlari bo’ysundiriladi. 
Islom dini jahon dinlaridan birigaaylanadi. Arablar Movarounnahrga 705 yilda 
Qutayba Ibn Muslim boshchiligida yurishni boshlab Balx shahrini egallaydilar. 
707 yilda Qutayba katta qo’shin bilan Amudaryodan o’tib Buxoro vohasiga 
bostirib kiradi. Poykand shahrini qamal qilib, qattiq qirg’indan so’ng uni 
egallaydi. 708-709 yillarda Buxoroni bosib oladi. Shunday qilib 10 yil 
davomida muttasil olib borilgan qonli janglar natijasida Movarounnahr Arab 
halifaligiga bo’ysundiriladi. Movarounnaxr bosib olingach istilochilar barcha 
shahar va qishloqlarga o’z harbiy qismlarini joylashtiradilar, siyosiy 
xokimiyatni mustahkamlash va uni barqarorligini ta’minlash uchun Islom 
dinining targ’iboti va uni yerli aholi o’rtasida tarqatish ishlari bilan 
shug’ullanadilar. Ular harbiy kuchga tayanib, aholidan turli soliqlar undirib, 
ularni turli jamoa ishlariga safarbar etadilar. Movarounnahrning iqtisodiy 
hayotini o’z qo’llarida jilovlash uchun istilochilar bu yerda ham sosoniylarning 
soliq tartibini joriy etadilar. Tartib buyicha ekin yerlaridan 0,20
-
0,25 hissa 
miqdorida xiroj, chorva hunarmandchilik va savdo sotiqdan qirqdan bir hissada 
zakot hamda islom dinini qabul qilmagan ma’jusiylardan esa juzya solig’i 
olingan. 
 


56 
VIII asrning 70-80 yillarida Movarounnahrda Arablarga qarshi qo’zg’alon 
ko’tarildi. Bu qo’zg’alon “Oq kiyimlilar” qo’zg’aloni deb atalib o’nga Marvlik 
hunarmand Xoshim ibn Haqim rahbarlik qildi. U “Muqanna” ya’ni niqobdor 
laqabini olgan, u savodli va bilimdon shaxs bo’lgan. Qo’zg’alon Marvda 
boshlanib tez orada So’g’d, Qashqadaryo vodiysiga yoyiladi. Kesh shahri 
yaqinidagi som qal’asi qo’zg’olon markazi bo’lgan. Oq kiyimliklar harakati 
kengayib xalq harakatigaaylanadi. Bu qo’zg’olonni bostirish uchun xalifa katta 
kuch to’playdi, ammo ko’zg’olonchilardan katta talofat olib, Samarqandga 
chekinadi. Qo’zg’olon 776 yilda Buxoroga yoyildi. Narshah qal’asi 
qo’zg’olonning markaziga aylanadi. Son jihatidan ustun arablar Narshox 
qal’sini egallab, qo’zg’olon raxbarini o’ldiradilar. Arablar endi qo’zg’olon 
markazi bo’lmish Samarqand va Kesh viloyatlariga katta kuch bilan yurish 
boshlaydilar. Oq kiyimliklar arablarga qarshi ikki yil jang qiladilar. Nixoyat 
qo’zg’olonchilar yengilib Samarqand shahri bosib olinadi. Kurashning ohirgi 
bosqichi Kesh vodiysida tog’lar orasida bo’ladi. Som qal’asi uzoq muddat 
kamaldan so’ng taslim bo’ladi. Muqanna o’zini yonib turgan olovga tashlab 
xalok qiladi. Sunday qilib 10 yil davom etgan Arab xalifaligini larzaga keltirgan 
qo’zg’olon bostiriladi. Qo’zg’olonni yengilishiga sabab qo’zg’olonchilar 
uyushqoqlik bilan harakat qilmadilar. Mahalliy zadogon dehqonlar arablar 
tomoniga o’tib sotqinlik qildilar. Qo’zg’olonning uzoq davom etishi 
qo’zg’olonchilarni tinka (madori) ni quritdi. Arablar qo’zg’olonchilarni 
kuchlarini bilib har bir viloyatdaalohida-alohida ravishda bostirdilar.
Arab istilochilari Movarounnahrni bosib olgach, o’z hukmronligini 
mustahkamlash uchun Islom dinini majburan qabul qildirishgaasosiy e’tiborni 
qaratdilar. Movarounnaxrning taqvodor aholisini uzil kesil bo’ysundirishda 
yagona dinga-islom diniga birlashtirish xal qiluvchi ahamiyat kasb etishini ular 
yaxshi tushunar edilar. Shu boisdan ular yerli aholining ma’naviy hayotida 
muhim o’rin tutgan otashparastlik, Moniy, Budda kabi dinlarni xurofot sohta 
dinlar deb e’lon qildilar. Ayniqsa Movarounnaxr aholisining asosiy dini 
xisoblangan otashparastlikka qarshi qattiq kurash olib bordilar. Ibodatxonalarini 
vayron qilib o’rniga jome masjidlarini bino qildilar. Diniy kitoblar yoqib 
yuborildi, din arboblari-koxinlar quvg’in qilindi.
Islom dinini qabul qilib musulmon bo’lgan aholiga dastlabki yillarda xiroj 
va juzьya soliqlaridan ozod etilib, imtiyozlar berildi. Namoz o’qish uchun 
masjidga borganlarga ikki dirhamdan pul berildi. Islomni qabul qilishdan bosh 
tortgan aholidan jon boshi solig’i-juzya undirib olindi. Og’ir soliqlardan qutilish 
uchun birinchi navbatdaaholining eng kambag’al katlami islomni qabul qildilar. 
Biroq ular nomigagina musulmon bo’lib uzoq vaqtgacha o’z dinlariga 
sodiqligicha qolganlar. 
Shunday qilib arab istilochilari tomonidan Movarounnahrni bosib olinishi 
oqibatida mahalliy xalqni urf-odati, dini va e’tiqodi, qadimdan rivojlanib 
kelayotgan madaniyati poymol etildi. Istilochilar Movarounnahrning hamma 
joylarida mahalliy din namoyondalarini, madaniyat, adabiyot va ilm ahillarini 


57 
quvg’in qildilar va qatl etdilar. So’g’d yozuvida bitilgan diniy va shariy
kitoblarni, ilmiy asarlarni, qimmatli hujjatlarni yo’q qildilar. Islom dini arab tili 
va yozuvi, xalifalik qonun va qoidalari zurlik bilan joriy etildi. Natijada 
Movarounnahr xalqi uzoq davr mobaynida besavod bo’lib qoldi. Arablar 
keltirgan va yerli aholi uchun mutloqo yot bo’lgan imloni o’zlashtirib savodxon
bo’lish uchun yanaasrlarga teng avlodlar umri sarf bo’ldi. 
Amir Kutayba 715 yili hozirgi Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida unga 
qarshi isyon ko’targan o’z askarlari tomonidan o’ldirilgan. Amir Kutayba 
askarlariga qattiq qarshilik ko’rsatgan Xorazm, Termiz, Buxoro, Samarqand, 
Farg’ona kabi Turkiston hududlari keyinchalik Islom dinining eng yirik 
markazlari bo’lib qoldi. Musulmon dunyosiga buyuk Xorazmiylar, Buxoriylar, 
Termiziylar, Farg’oniy, Samarqandiylarni yetishtirib berdi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish