“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


Turk hoqonligi. Hoqonlik davrida O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

2.Turk hoqonligi. Hoqonlik davrida O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy 
va madaniy rivoji. 
Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixida Turk xoqonligi davlati muhim o’rin 
egallaydi. Turk xoqonligi hususidagi manbalar yetarli bo’lsada, lekin ularning 
ko’pchiligi bir-biriga qarama-qarshiligi ma’lumotlar olindi. Birinchi navbatda 
VII- VIII asrlarda to’plangan manbalar ancha qimmatlidir. Bu yepikgrafik 
yodgorliklar O’rxun-Enesey runiy yozuvlari Xitoyning “tanxonadoni tarixi” 
VII-IX rasr tarixiy manbasi VI asr ohirida yashagan Vizantiyalik tarixchilar 
Menandir, Protektor, Feofan Vizantiyskiy, suriyachilik tarixchi Ionna 
Efessiylarning tarixiyasarlaridir. 


52 
Shuningdek, bu to’g’ridagi ma’lumotlar arab tarixchilari at-Tabariy, 
Denovariy (IX-X asr) o’lkamiz fuzalolaridan Abu Rayxon Beruniy, Narshahiy 
(X asr) va boshqalar asrlarida ham uchraydi. Keyingi vaqtda bu masalaga 
yanada e’tibor ko’chaydi. Arxeolog olimlar, tarixchilar, adabiyotshunoslar, 
antropologlar bu xususida yangi tadqiqotlar olib bormoqdalar. Turklar, turkiy 
qabilalar tarixi masalasi Toshkentda o’tkazilgan III jahon Turkologiya 
anjumanida ham keng muhokama etildi.
“Alpomish”, “Go’ro’g’li”, “Manas”, “Dada qo’rqut” kabi umumturkiy 
xalq dostonlari, O’rtaasrlardagi Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf 
Xos Hojib va boshqalar asarlarida turkiy madaniyat, adabiyot, tarix to’g’risida 
turli ma’lumotlar keltiriladi. 
XI asrda yashagan alloma Mahmud Qoshg’ariyning zamondoshi Yusuf 
Xos Hojib o’zining “Qutadg’u bilig” (Saodatga yo’llovchi bilim) 
asaridaafsonaviy turk sarkardasi Alp Er To’nga to’g’risida shunday deb yozadi: 
“u bilimdon, zakovatli, katta hunar egasi edi, bu fazilatlari uning shon-
shuhratini dunyoga taratgan. U turk beklarining sarasi, ovozasi olamni tutgan, 
hunari talay edi. Uning tengi topilmasdi. Forslar uni Afrosiyob deb atashgan”.
Tarixda turklarning kelib chiqishi hususida ko’plab afsona, rivoyatlar ham 
mavjuddir. Abu Ishoq Nishopuriy jam qilgan (VIII asr) “Qissai-al anbiyo” 
asarida turklarning kelib chiqishi Nuh payg’ambarga borib taqaladi. 
Xitoy yozma manbalarida Turklar “xun” nomi ostida eramining 92 yilida 
Oltoyning etaklariga kelib o’rganishganligi va jujanlardan ruxsat olib ular 
uchun temir qazib chiqarishni boshlaganlari haqida ma’lumot berildi. Bu ulug’ 
Ashin urug’i nomi bilan avval boshdaatalib kelgan. Xitoylar Ashin qabilasini 
“Tu-kyu”, deb ham yuritilgan. P. Pel’o bu so’zni “Turk-yut” (ya’ni turkiylar) 
deb izohlagan. “Turk” atamasi kuchli, baquvvat degan ma’noni anglatadi. 
Avval bu ulug’ga berilgan turk atamasi keyinchalik ularga yaqin turgan 
barcha qabila-urug’larga ham umumiy nom sifatidaaytilib ketilgan. 
Ashin urug’idan bo’lgan Asan (Asyan), va Tuu, (460-545) turkiy qabilalari 
ittifoqigaasos soladilar. Tuuning o’g’li Bumin (bu turkcha nom, xitoycha 
Tumin) o’ziga Tele qabilasini buysundiriladi. Endilikdaancha mustahkamlangan 
bu qabilalar ittifoqi o’zlari qaram bo’lib turgan jujanlardan xalos bo’lish yo’lini 
qidirishadi. Bumin 551 yili Markaziy Osiyodagi eng kuchli bo’lgan jujanlar 
xonini mag’lub etadi. 
O’sha yili Bumin yangi davlat –Turk hoqonligiga (551-744) asos soladi. Ili 
daryosi bo’yida hukmdor deb e’lon qilingacha “Ilixon” degan unvonni oladi. 
Turklar hukumdori o’zini hoqon (turkcha-qag’an) deb yurita boshlaydi. 
Oltoydagi O’tukan shahri yangi Turk hoqonligining poytaxti qilib belgilanadi. 
Bumin o’z ukasi Istemiga (Istemi-turkcha, Sedimi-xitoycha, Sinjibu-arabcha, 
Stembi-xagan yunoncha) birinchi sarkarda, davlatning birinchi amaodor 
darajasiga to’g’ri keluvchi “Yabg’u” (bahodir) unvonini berib u bilan 
birgalikda o’z davlatini kegaytirish payiga boshchilik qilib tez orada SHarqiy 
Turkistondagi nushibi, turkash, uzli qabilaarini o’ziga buysundiradi. 


53 
Muqanxon hukmronligi davri turk hoqonligini eng qudratli pallaga olib 
kirdi. 554 yil Muqan hoqon SHarqqa yurish qilib Uzoq SHarq o’lkalarini o’ziga 
buysundiradi va Tinch okeani qirg’oqlariga chiqadi. U O’rxun, Tug’la, Selenga 
daryolari bo’ylaridagi qabilalarni, Yenisey daryosi bo’ylaridagi qirg’izlarni, 
Baykal atroflaridagi uyg’urlarni o’ziga bo’ysundiradi. Muqan hoqon eftalitlar 
davlatini tugatish uchun 544 yil Eron shohi Xusrav I Anusheronga elchi 
jo’natadi. 
588 yil turklar Ural va Volga bo’ylarini zabt etib SHimoliy Kavkazdagi 
ko’chmanchi ovarlar bilan to’qnashadi. Turklar eftalitlar va ovarlarga qarshi 
kurashishda Vizantiya va Eron bilan do’stonaaloqani mustaxkamlashga harakat 
qila boshlaydilar. Vizantiyadan foydalangan Eron eftalitlardan Toharoston, 
CHag’aniyon, Qobul atrofdagi yerlarni tortib oladi. 
563 yildan eftalitlarga qarshi shimoldan turklar Choch vodiysiga bostirib 
kiradilar. Tez orada ular tomonidan Samarqand, Kesh, Naxshab egallanadi. 
Eftalitlar Xuttalon, Termiz, Balx, Amul, Zamm shaharlaridan yordam olib 
Buxoro yaqinida katta jangga tayyorgarlik ko’rdilar. 8 kunlik shiddatli jangda 
eftalitlar turklardan yengiladilar. 
Turklar tezlik bilan harakat qilib iloji boricha eftalitlarning yerlarini 
ko’proq o’z ko’llariga olishga harakat qiladilar. Amudaryoning janubiy 
sohiligacha bo’lgan yerlar, Eron, uning shimoliy sohillaridan Kaspiygacha 
bo’lgan yerlar turklar qo’liga o’tadi. Birmuncha vaqt eftalitlarning qolgan-
qutgani Zarafshon vohasida yashab turklarga soliq to’lab turadi. Janubdagi 
yarim mustaqil eftalitlar yerloari sosoniylar tomonidan bir oz vaqtdan keyin 
butkul bo’ysundirilib olinadi. Eftalitlar davlatining mag’lubiyatidan so’ng 
bevosita ittifoqchilar o’rtasida kelishmovchiliklar paydo bo’la boshlaydi. 
Hoqonlikning bevosita g’arbiy qismini boshqarib turgan Istami va bosh 
hoqon Muqanxon ham savdo yo’li va uning ahamiyatini yaxshi tushunib bu 
masalani tinchlik bilan hal qilishga harakat qila boshlaydilar. Istami Yabg’u 
Sug’d ixshidiga bu masalani hal etish vazifasini topshiradi. Eronga mashhur 
Sug’d savdogari va diplomati Moniax boshchiligida elchilar guruhi jo’natilgan. 
Xusravshoh o’z atrofidagi amaldorlarning maslahatiga kirib, sug’diylar olib 
kelgan ipakliklarni sotib olib, so’ng uni elchilar ko’z o’ngida yig’ib yoqib 
tashlaydi. 
Istami bu voqeadan so’ng qattiq ranjisa-da, Xusravshoh huzuriga 2-
marotaba o’z elchilarini yuboradi. Bu elchilar guruhi endilikda faqat turklardan 
iborat bo’lib, uning natijasidan yaqin oradagi siyosat namoyon bo’lishi kerak 
edi. Bu safar turk elchilari zaharlab o’ldiriladi. Ularning faqatgina bir 
nechasigina hoqon huzuriga yetib keladi. O’z ishlarini sosoniylar “Turklar issiq 
ob-havoni ko’tarisha olmadilar” deb berkitishadi. Istami Husrav I Anushervon 
qo’shinlarini tor-mor qilib Eronning shimoliga bostirib kiradi. Eftalitlar o’z 
yerlarining Eronga tushib qolgan qismini yana o’z qo’llariga qaytarib oladi. 
Eron tinchlik sulhiga kelishib 40000 Vizantiya tillasi to’lash majburiyatini 


54 
oladi. Undan so’ng Eron bilan Vizantiya o’rtasida ham urush boshlanib, ketib, 
sosoniylar davlati juda nochor ahvolga tushib qoldi. 
576 yili Muqan hoqon va Istami yabg’ularning vafotidan so’ng Turk 
hoqonligining ta’siri ancha zaiflasha boshlaydi. Eron sarkardasi Bahrom Chubin 
Chur-Bag’a hoqon qo’mondonligidagi 30000 kishilik turk qo’shinini tor-mol 
qiladi. Chur Bag’a jangda haloq bo’ladi. Bahrom CHubin Buxoro yaqinidagi 
Poykend shahriga bostirib Hoqon hazinasini esa Eron shohi Xurmuzdga 
yuboradi. 
Muqon hoqon vafotidan (576 yil) so’ng taxtga uning ukasi Arslon To’ba 
o’tirdi. Arslon To’la buddiylikka berilgan bo’lsa-da, mamlakatni 
mustahkamlash uchun TSi saltanati bilan shartnoma tuzadi. Bundan tashqari u 
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish choralarini ham ko’rdi. 
Ammo, 581 yildaArslon To’ba vafot etgach Turk hoqonlari o’rtasida o’zaro 
kurashlar avj olib ketdi. Bu kurashlar natijasida hoqonlik ikki qismga: sharqiy 
va G’arbiy qismga bo’linib ketdi. Sharqiy hoqonlik Xitoy va Mo’g’ulistoni bir 
qismini o’z ichiga olib uni Arslon To’baning kichik o’g’li Ishbara boshqara 
boshlaydi.
Ikkinchi hoqon g’arbiy yerlarini-Ettisuv, Markaziy Osiyoning asosiy 
qismi, Sharqiy Turkiston, hozirgi Qozog’iston tasarrufini olgan Istami 
yabg’uning o’g’li Qora Cho’rin boshqarar edi. Qora Cho’rin Istamining 
vafotidan (576 yil) so’ng bu lavozimiga o’tirgan bo’lib, boshqa hoqon va xonlar 
ichida eng qobiliyatlisi va tadbirkor edi. Keyingi xonlar-To’mon va Amroq edi. 
Ulardan tashqari yana kichik 4 ta xon bo’lgan. Bu hokimlar o’rtasida zimdan 
adovat kezar, ularning ko’pi bir-biriga dushmand bo’lib, qulay vaziyat kelishini 
kutib turar edilar. O’zaro kurashlar natijasida mamlakat ichida ham ahvol 
keskinlashib, iqtisodiy tanazzul boshlanib ketdi. 
Shu vaqtda keskin vaziyat paytida turkiy shahzoda Obro’y boshchiligidagi 
xalq harakati (585-586 yillar) bo’lib o’tdi. Obro’y harakati to’g’risida uzuq-
yuluq ma’lumotlar saqlanib qolgan. Xususan Abdurhmon Muhammad 
Nishopuyriyning (XI asr) “Hazinat-al-ulum” asaridagi bu masalaga 
ьag’ishlangan parcha Narshahiyning “Tarixi Buxoro” asariga kiritilgan. Uning 
yozishicha Obro’yning qarorgohi Poykandda bo’lib, u boy zodagonlar va 
savdogarlar ustidan qattiq nazort o’rnatgan. Bunga chiday olmagan zodagonlar 
Turkiston tomoniga yo’l olishgan. Obro’y atrofida esa qashshoq dehqonlar 
guruhlari yig’ila borgan.
O’zaro muttasil urushlar hamada taxt talashishlar mamlakatni parchalanib 
ketishi va ma’naviy iqtisodiy inqiroz holatiga olib keldi. Qora Cho’rin qarib 
qolgan vaqtida taxminan 600 yillarga kelib o’zini xoqon deb e’lon qiladi. Qora 
Cho’rin Bug’u xoqon (qahramon xoqon) degan nomni olgan edi. Xoqonlikdagi 
og’ir vaziyatdan foydalangan Xitoy imperatori ichki nazolar keltirib chiqarishga 
harakat qiladi. 582-603 yillardagi o’zaro urushlardan so’ng 603 yil xoqonlik 
to’la mustaqil 2 qismga: Sharqiy va G’arbiy qismlargaaylandi. G’arbiy 
xoqonlik ta’siri ostida Yettisuv, Chu vodiysi, Volga, Irtish, Ishim daryolari 


55 
bo’yidagi yerlar, Markaziy Osiyoning kichik yarim mustaqil davlatlari uning 
tarkibida bo’ldi. 
Feodal munosabatlar rivojlanayotgan G’arb hoqonligining ijtimoiy tarkibi 
ham, siyosiy boshqaruvi ham ancha-muncha murakkab edi. Yarim asrlik 
hukumdorlik jarayonida turklarning bir qismi o’troqlashadi, qolganlari yerli 
chorvadorlar bilan aralashib ketadi. O’troq hayotning an’anaviy –ma’muriy 
udumlari ta’sirida boshqaruv tarkiblari asta-sekin o’zgarib, turklarning ijtimoiy 
va siyosiy mavqei mustahkamlanib boradi. Turklar siyosiy hayotda faol 
qatnashib, Markaziy Osiyo siyosatining hamma jabhalarida teng qatnasha 
boshladilar. Hoqon SHeguy vafotidan keyin (618 yil) hokimiyati kelgan To’n 
yabg’u (To’n bahodir) davrida G’arbiy hoqonlik yanakuchayadi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish