Elat.
Ibtidoiy bosqichning ohirlarida sinfiy jamiyatga o’tish arafasida,
qabilalar orasidagi etnik, xo’jalik-madaniy aloqalarning tobora rivojlanib
borishi natijasida bir qancha qabilalar birlashadilar. Qabilalarning birlashish
jarayonida etnik birlikning yangi turi vujudga keladi. Bu etnik birlik ma’lum
tarixiy sharoitida xududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida
shakllandi. Fanda ushbu etnik birlikka nisbatan «elat» atamasi qo’llaniladi.
Xullas, elat, qabila bilan millat orasidagi etnik birlik bo’lib, sinfiy
jamiyatga hos etnik uyushmadir.
Millat
–etnik birlikning elatdan keyingi shakli bo’lib, uning shakllanishi
elatning shakllanish jarayoni kabi uzoq davom etadigan ijtimoiy voqelikdir.
Millat etnik tarixning, elatning eng yuqori cho’qqisi, kamolot bosqichi. Bu
bosqichga ko’tarilgan xalqning tarixan tarkib topgan davlati birinchidan millat
nomi bilan yuritiladi; ikkinchidan uning aniq xududiy chegarasida muomalada
bo’lgan umummillat tili davlat tili maqomi darajasiga ko’tarilgan; uchinchidan
davlat xududining butunligi va chegarasining dahlsizligi tan olinadi;
to’rtinchidan millat va o’nga xos mentalitet shakllangan bo’lib, fuqorolarning
o’zligini anglash darajasi ularning xayot mazmuniga kundalik turmush tarziga
aylanadi va nihoyat beshinchidan, davlat jamiyat tomonidan boshqariladi.
Millatni til, xudud va etnomadaniy jihatdan birlashtiruvchi omillardan biri
iqtisodiy negizdir. Bir so’z bilan aytganda, millat, shakllanayotgan xalqning
kamolot bosqichidir.
O’zbek halqining eng qadimgi ajdodlari O’rta Osiyo xududida qadimdan
istiqomat qilgan halqlardir. Tarixiy manbalarda O’rta Osiyoning eng qadimgi
halqlari haqida bir qancha ma’lumotlar saqlanib qolgan. Bunga ko’ra O’rta
Osiyoning qadimgi aholisi sug’diylar, xorazmiylar, baktriyaliklar, parkanlar,
chochliklar nomi bilan yuritilgan. O’rta Osiyoning bepayon cho’llarida hamda
tog’li rayonlarida esa bu davrlarda shak, massaget, toxar va boshqa etnik nomlar
bilan ataluvchi ko’chmanchi chorvador halqlar yashaganlar. Yuqorida nomlari
keltirib o’tilgan halqlarning bir qismi ya’ni so’g’diylar, xorazmiylar,
baktriyaliklar, parkanlar, chochliklar asosan o’troq holda yashab dehqonchilik
va xunarmandchilik bilan mashg’ul bo’lganlar. Ular qishloq va shaharlar barpo
etganlar.
Boshqa bir qismi esa ya’ni shaklar, massagetlar, toxarlar va shu kabi cho’l
aholisining asosiy xo’jaligi chorvachilik bo’lgan.
Voxalarni o’rab olgan cho’l zonalarida istiqomat qilgan ushbu chorvador
Aholi Axmoniy bitiklarida shaklar deb atalgan. Yunon manbalarida esa ular
skiflar deb yuritiladi. Asosiy xo’jaligi chorvachilik bo’lgan bu aholi «Avesto»da
turlar deb atalib, ularning yurti Turon deb yuritilgan.
42
O’rta Osiyoning qadimgi aholisining bir qismi eroniy, yana bir qismi esa
turkiy tilda so’zlashganlar.
Yuqorida nomlari ko’rsatib o’tilgan sug’diylar, xorazmiylar, baktriyaliklar,
parkanlar, chochliklar, shaklar, massagetlar, toxar va boshqalar o’zbek
xalqining etnik asosini tashkil qiladilar. Hozirgi tojiklar ham o’zlarining
etnogenezining boshlanishi aynan shu xalqlardan oladilar.
Yuqoridagi xalqlarning ma’lum qismi turkman, qoraqalpoq, qozoq va
boshqa xalqlarning ham ilk ajdodlari hisoblanadi. Uzoq tarixiy davr mobaynida
yuqorida nomlari sanab o’tilgan halqlar o’zaro aloqada bo’lib kelganlar.
Ikki tilda so’zlashuvchi qabila va elatlar o’rtasidagi bunday aralashish va
qorishuv natijasida miloddan oldingi II-I-milodiy I-II asrlar davomida
Sirdaryoning o’rta oqimida yangi elat-qang’ar xalqi vujudga keladi. Qang’arlar
O’rta Osiyoda tashkil topgan eng qadimgi tub yerli turkiy qatlamni tashkil
qilganlar.
Keyingi asrlarda (milodiy II-IV asrlarda) ham O’rta Osiyoning markaziy
viloyatlariga Janubiy Sibirdan, Jung’oriyadan, SHarqiy Turkistondan ayrim
qabilalar kelib joylashganlar. Xionlar (Xioniylar), Kidariylar va Eftaliylar
(abdallar) shular jumlasidandir. Milodiy V asrning birinchi yarmida
Movarounnahrning siyosiy boshqaruvi Eftaliylar qo’liga o’tadi.
Ma’lumki, VI asrning o’rtalarida Oltoyda, Janubiy Sibirda, Yettisuvda,
SHarqiy Turkistonda joylashgan bir necha qabilalar birlashish natijasida Turk
xoqonligi tashkil topadi va qisqa vaqt ichida Turk xoqonligi ko’chayib
Markaziy Osiyoning katta qismini, jumladan Movaraunnahrni egallaydi. Turk
xoqonliklari davrida vatanimiz xududiga turkiy qabilalar ko’plab kelishgan. Bu
holat aholini turkiylashishini yanada ko’chaytirdi. Turk xoqonligining
xukmronligi O’rta Osiyoda deyarli yuz yil davom etdi. Bu davrda O’rta
Osiyoning biror joyi qolmadiki, turkiy qabilalar kirib bormagan bo’lsa.
Turkiylashish jarayoni keyingi davrlarda ham davom etdi.
IX-XII asrlar o’zbek xalqining etnik shakllanishidagi ikkinchi bosqich deb
qaraladi. Xo’sh, bu davr nimasi bilan xarakterlanadi? Ma’lumki, IX asr
boshlarida Markaziy Osiyoda yana bir davlat- Qarluqlar davlati barpo etildi.
Qarluqlardan chiqqan Qoraxoniylar (ulug’xonlar) bu davlatni qariyb to’rt asr
uzliksiz boshqarib keldilar. Qarluq davlati va Qarluqlar bo’yicha maxsus
tadqiqot muallifi K.SHoniyozov o’zbek ajdodlarini alohida etnik jamoa (elat)
bo’lib shakllanishi aynan shu davlat xududida IX-X asrlarda sodir bo’lganligini
aniqladi. Uning fikricha bu xududda o’zbek halqining xududiy, iqtisodiy,
madaniy va etnik belgilarida umumiylik hosil bo’lib o’zbek halqining
shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan.
Bu davrda O’rta Osiyoda, jumladan O’zbekistonda hozirgi o’zbeklarga xos
qiyofa, mahalliy aholining asosiy qismini tashkil etadi. Antropolog T.Xo’jayov
tadqiqotlariga qaraganda IX asrga kelib aholining antropologik qiyofasida
keskin o’zgarishlar yuz berganligi kuzatildi. Bu o’zgarishlarni arxeologik
tadqiqotlar natijalari ham tasdiqlaydi.
43
Fanda mo’g’ul istilosi O’rta Osiyo aholisini keskin mo’g’ullashtirib,
o’zgartirib yubordi degan fikr keng tarqalgan. Lekin tadqiqotchilarimiz bu
masalaga ham oydinlik kiritdilar. Mo’g’ul istilosi O’zbekiston aholisining
tashqi qiyofasiga sezilarli izlarni qoldirmaganligini ta’kidlab o’tish joizdir.
Sababi, CHingizxon XIII asr boshida tashkil etgan yirik mo’g’ul davlatida
mo’g’ullar soni taxminan 0,7 million kishidan iborat bo’lgan. Agar har 6
kishidan bittasi askarlikka olingan bo’lsa, unda uning qo’shinlari soni 100-110
ming kishidan iborat bo’lgan. Lekin, o’sha davrda mo’g’ullar qo’shinlarining
ko’p qismini yo’qotganlar. Ular O’rta Osiyoga bostirib kelganida qo’shinlarning
ko’pchiligi turkiy halqlardan tashkil topganligi ma’lum. Bu davrda Muhammad
Xorazmshoh davlatida 20 million aholi yashagan. Mo’g’ul qo’shinlari ko’p
sonli mahalliy aholi tarkibiga o’z asoratini o’tkaza olmagan. Shuning uchun
ham mahalliy aholida mo’g’ul irqi alomatlari deyarli namoyon bo’lmaganligini
ko’rish mumkin.
Shuni ham aytib o’tish o’rinliki, IX-X asrlarda qarluqlar egallab turgan
xududlarda 20 dan ortiq shahar, ko’plab qishloqlar bo’lgan. Qarluqlar ko’p
sonli, nufuzli «halq» bo’lib, bir qismi chorvachilik bilan shug’ullangan.
Qarluqlar yashagan xududlardaboshqa turkiy tilli etnoslar (masalan chig’illar,
yag’molar, xalachlar) ham yashaganlar. Ular turkiy tilda so’zlashganlar.
Qoraxoniylar davlatida qarluq-chig’il turkiy til lahjasi keng tarqaldi.
Keyinchalik shu til asosida adabiy turkiy til yuzaga kelib, uni Maxmud
Qoshg’ariy «eng ochiq va ravon til» deb atagan. Turkiy tilda IX-XII asrlar
mobaynida bir qator asarlar yozilgan bo’lib, Ahmad Yugnakiyning (775-869)
«Xibatul haqoyiq» (Haqiqatlar tuhfasi) dostoni, Yusuf Xos Hojibning (XI asr),
«Qutadg’u bilik» (Saodatga yo’lovchi bilim) asari, Ahmad Yassaviyning (1041-
1167) «Hikmatlar»i hamda «O’g’iznoma», «Alpomish», «Go’ro’g’li» kabi
dostonlar shular jumlasidandir.
Xalqimizining ikkinchi qatlami Turon mamlakatining nisbatan shimoliy
g’arbiy hududlarida vujudga kelgan va shakllana borishi XU asrning oxirlarida
poyoniga yetgan.O’zbek xalqining shakllanishida qatnashgan qabilalar soni turli
manbalarda turlicha ko’rsatiladi. Shoir turdi bu borada 92 raqamini keltiradi.
O’zbek halqining shakllanishida uchinchi muhim davr XV asr ohiri va
XVI hisoblanadi. Bu davrda Dashti-Qipchoq o’zbeklari O’rta Osiyoga kirib
keladi va ular mahalliy aholiga o’z nomini beradi. Dashti-Qipchoq o’zbeklari
kim? Qadimdan Dashti-Qipchoqning sharqiy qismida, hozirgi Qozog’iston,
Tobolьsk, Turaatroflarida kechib yurgan turk-mo’g’ul qabilalari XIII asrning
ohiri-XIV asrda yashab o’tgan SHarq tarixchilari tomonidan umumiy bir nom
bilan, ya’ni «Dashti Qipchoq o’zbeklari» deb atalgan.
SHu joyda «o’zbek» atamasi kelib chiqishi haqida to’xtalib o’tish kerak
bo’ladi. Ushbu etnonimni ya’ni «o’zbek» etnonimini kelib chiqishi haqida
yagona bir fikr mavjud emas. Bir gurux olimlar «o’zbek» degan nomni 1312-
1342 yillarda Oltin O’rdada xonlik qilgan O’zbekxonning (asl ismi Sulton
Muhammad) nomi bilan bog’laydilar. Mirzo Ulug’bek “To’rt ulus tarixi”da
44
O’zbekxonnning xokimiyat tepasiga kelishini “O’zbek ulusi” unga berildi. deb
yozadi. Uning fikricha, Oltin O’rda davlati sulton Muhammad –
O’zbekxongacha ham “o’zbek ulusi”deb atalgan. O’zbek atamasi Oltin o’rda
davlatida yashagan, islom dinini qabul qilgan Orlot, Bahrin, Do’rmon, Qorluq,
Qipchoq, Qo’ng’irot, Mang’it, Nayman, Ming kabi turkiy qabilalar
uyushmasini, ya’ni o’zbek xalqi ma’nosini va xalqga tegishli mamlakatni
bildirgan. X111 asrning ikkinchi yarmi, X1Vasrda yashagan sharq tarixchilari
tomonidan bu xalq umumiy nom bilan o’zbek deb atalgan. Ayrim tadqiqotchilar
esa «o’zbek» atamasini «o’zbek», «erkin», «mustaqil» so’zidan kelib
chiqqanligini ta’kidlaydilar. Xullas, Dashti Qipchoq xududlarida yashagan
turkiy aholi Movarounnahr (Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi) yerlarga kelib,
bu yerda yashayotgan o’troq aholi bilan uyg’unlashib ketgan vaaholining nomi
o’zbek deb atalgan.
Dashti Qipchoq o’zbeklarini Movarounnaxr yerlariga ommaviy ko’chib
kelishi XV asr ohiri- XVI asr boshlarida ko’chaydi. Bu davrda o’zbek halqining
etnik tarkibi Dashti Qipchoqdan ko’chib kelgan turkiy qabilalar hisobiga yanada
boyidi. Aniqroq ta’kidlaganda XV asrning oxiri XV1 asrning boshlarida
xalqimizning birinchi qatlamiga va ikkinchi qatlamlarning muayyan qismi
qo’shiladi. Buyuk Turonning Movarounnnahr va Xuroson o’lkalaridaazaldan
yashab kelayotgan yaxlit etning qatlami bir bo’lak bo’lib qo’shildi va uni
to’ldirdi, nufusini oshirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |