5. Kushonlar saltanati va uning Vatanimiz xalqlari tarixida tutgan
alohida o’rni.
Kushon davlatining paydo bo’lishi uzoq vaqt olimlar orasida katta ilmiy
munozaralarga sabab bo’lib kelganlar. Bu afsonaviy tuyulgan podsholik tarixini
o’rganish o’tgan asrdayoq boshlangan edi.
O’tgan asrda London va Parij, Vena va Peterburg tangashunoslari qo’liga
badjahl va sersoqol SHarq podsholari vaantik davr xudolaritasvirlagan tangalar
tusha boshladi. Ularda yunon alifbosida, noma’lum tilda yozuvlar yozilgan edi.
SHuningdek, ingliz ofitserlari, vrachlar va sayohatchilar Hindistonning Shimoli-
g’arbiy rayonlaridan antik davrga oid sharqiy uslubda ishlagan haykalchalar va
turli buyumlar topib ola boshlaydilar.
Mil. Avv I asrga kelib Katta Yuechji uyushmasidagi beshta hokimlikda
Guyshuan (Kushon) hokimligi anchako’chayib va huddi kengayib bordi.
“So’ngi Xan sulosasi tarixi” (Xitoy) ma’lumotlarga ko’ra, “Guyshuan hokimi
Kiotszyukyu qolgan to’rtta hokimlikni birlashtirib o’zini Guyshuan hokimi deb
e’lon qilindi”.
Kiotszyukyu (Kudzula Kadfiz) hamma mulklarni birlashtirib, Qobuliston
va Qandaxorni zabt etadi. Milodiy I asr boshlariga kelib Qushon davlati o’z
ahamiyatiga ko’raantik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim
saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va
34
zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoy manbalaridagi
“Guyshuan hokimi Kiotszyukyu”, ilk kushon davriga oid topilma tangalardaaks
ettirilgan “Kushon podshosi Kudzula Kadfiz”gaaynan mos tushadi.
Kudzula Kadfiz yoki Kadfiz I o’z podsholik siyosatini hokimiyat yerlarini
kengaytirish bilan boshlaydi. Uning davrida Kushon davlati yerlari anchagina
kengaydi. Kadfiz I hukumronlik qilgan davr Kushon podsholigi haqida
tangashunoslik tadqiqotlar orqali birmuncha ma’lumotlar olish mumkin. Ba’zi
bir guruh tangalar borki, ularning bir tomonida eng so’nggi Yunon-Baqtriya
podshosi Germey tasviri tushirilib, uning nomi yozilgan, ikkinchi tomonida esa,
Gerakl siymosi va “o’z ishonchiga qat’iy kushonlar yobg’usi Kujula Kadfiz”
degan so’zlar bor.
Tekshiruvlar shuni ko’rsatadiki, keyinroq Kadfiz I o’z nomini “yobg’u”dan
“shohlar shohi” faxri unvoniga ko’tarib tangalar zarb etadi. Yana bir guruh
Markaziy Osiyodan (ko’proq Tojikistondan) topilgan tangalarda “shohlar shohi,
buyuk xaloskor” degan yozuv uchraydi. Ko’pchilik olimlarning fikriga ko’ra,
bu tangalarni Kadfiz I zarb qilgan.
Kudzula Kadfizdan so’ng taxtga uning o’g’li Vima Kadfiz (Kadfiz II)
o’tiradi. U mamlakatda pul islohoti o’tkazib oltin tangalar zarb qila boshlaydi.
SHuningdek Kadfiz II Hindistonning bir qismini Kushon davlatga qo’shib oladi
va Rim saltanati bilan aloqalar o’rnatadi.
Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning
hokimlik davrida Kushonlar saltanati yanada gullab-yashnadi. Kanishka davrida
Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo’shib olingan. Mamlakatning
poytaxti esa Peshovar (Afg’oniston) atrofida edi.
Mamlakatning hududi Shimoliy Hindiston, Afg’oniston, markaziy
Osiyodagi ko’pgina viloyatlar, Sharqiy Turkistondan iborat edi. Syuan’
Tszyanning yozishicha, “Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon-shuhrati
qo’shni mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning harbiy qudrati ko’pchilik
tomondan tan olindi. Xitoyning g’arb tomonidagilar ham Kanishkaning
hokimyatini tan olib, o’nga o’z garovga qo’yilgan odamlaridan yuborilgan
edilar”.
Kanishka davrida zarb etilgan tangalarda Budda xudosi, zardushtiylar
xudolari Vurutragna, Anaxiti, Mitra va boshqalarni uchratish mumkin. Aynan
shu davrda zarb etilgan tangalarda yunon alifbosidagi Baqtriya tilida yozilgan
tangalar (Evropa tadqiqotchilarini hayratga solgan tangalar) zarb etilaboshlandi.
Kanishka davrida Kushonlar davlatida buddiylik diniga katta e’tibor berildi
(Kanishkaning o’zi ham shu dinda edi). Baqtriya tilining ahamiyati yanada
oshdi. Hunarmandchilik va savdo yuqori darajaga ko’tarildi. Kushon davlati
o’zining eng rivojlangan cho’qqisiga ko’tarilgan. Hind manbalarining
ma’lumotlariga qaraganda, Kushon davlatiga Kanishkadan so’ng Vasishka
podsholik qiladi. U va Vasudeva podsholigi davrida qudratli kushonlar saltanati
inqirozga uchray boshlaydi.
35
Kushon podsholigi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotga nazar tashlasak, bu
davrdagi yirik shaharlardan biri Termiz shahri edi. Termiz asosan Kushonlar
davridagi yuksak rivojlandi. Bu davrda shahar Hindiston bilan g’arb, shimol,
sharq mamlakatlarni bog’laydigan savdo yo’llaridagi yirik shahargaaylangan.
SHaharning maydoni anchagana katta bo’lib, uning hududidan Qoratepa,
Fayoztepa kabi Budda ibodatxonalari qazib ochilgan. Ular ibodat qilish joyi
bo’lishi bilan birgalikda, ajnabiy savdogarlar savdo-sotiq qiladigan manzil ham
hisoblangan. Ibodatxonalar qoshida turli hunarmandchilik ustaxonalari bo’lib,
ular faqat qohinlar ehtiyojini qondiribgina qolmay, bozor uchun ham xizmat
qilgan. Ibodatxonalarda kulolchilik ustaxonalarini topilish shunday dalolat
beradi.
So’g’diyona, Farg’ona va Chochning Kushon davriga oid ko’hna shahar va
qishloqlari yaxshi o’rganilmagan bo’lsa-da, bu yerlarda ham katta-katta
o’zgarishlar va shaharlar rivojini kuzatish mumkin. Yirik shaharlardan biri
Samarqand edi. So’g’diyonada undan tashqari mayda manzilgohlar ham ko’p
edi. Manzilgohlar mustahkam himoya devorlari bilan o’ralgan edi. Farg’ona
vodiysida ham moddiy madaniyatining rivojlanganligini kuzatish mumkin.
Xorazmda ko’pgina shaharlar va manzilgohlar mavjud edi. Shulardan biri
Tuproqqal’a ko’hna shahridir. Shahar tuzilishiga ko’ra to’g’ri burchakli bo’lib,
qalin devorlar bilan o’ralgan. Shahar o’rtasida tor ko’cha o’tgan. SHahardan
Kushon davriga oid ko’plab narsalar topilgan. Bu yerga podsho saroyi ochilgan
bo’lib, shahar devorlaridaajoyib tasvirlarni uchratish mumkin. Shuningdek,
Tuproqqal’adan Xorazm podsholarining arxividan namunalar ham topilgan.
Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra, Kushon davrida Markaziy
Osiyoning deyarli barchaviloyatlari qishloq xo’jaligini yaxshi o’zlashtirib olgan
edilar. Tekisliklarda sug’orma dehqonchilik bilan birgalikda chorvachilik ham
rivojlanadi. Bu davr Xorazmda, Zarafshonda ko’plab sug’orish inshootlari
qurildi. Dehqonchilik qurollarida ham o’zlashtirish sodir bo’ldi. Masalan
Kushon davriga oid Talibarzu yodgorliklaridan (Samarqand) yer haydaydigan
omochning temir uchi topilgan.
Tog’ etaklari va tog’ oldi vohalarida bu davrda chorvachilik rivojlanib
boradi. Ayniqsa, Farg’ona chorvachilik bilan shug’ullanuvchi yarim
ko’chmanchi aholi ko’p edi. Ularning zotdor otlari qo’shin davlatlarda ham
mashhur edi.
Hunarmandchilik faqat yirik shaharlarda emas kichikroq manzilgohlarda
ham rivojlandi. Ayniqsa, qurol-aslaha ustaxonalarida harbiy qurollar yasash
rivojlandi. Kushonlar davrida paydo bo’lgan va murakkab tuzilishga ega
bo’lgan Markaziy Osiyo kamoni keyinchalik Eronda keng tarqaldi. Nayzalar
yog’ochdan yasalardi. O’qlar va nayza uchlari temirdan yasalib bir necha
ko’rinishga ega edi. Uchi uchburchakli o’qlar kengroq yoyilgan edi. Harbiylar
xanjar va qilichlar bilan qurollanar edilar. Milodning boshlarida Markaziy
Osiyoda dudama qilichlar rasm edi. Qurol-aslahalardan qalqon, jang boltasi
ham taqib yurilardi.
36
Qushonlar davrida savdo-sotiq, ichki va tashqi savdo ayniqsa rivojlandi.
Savdo munosabatlarining rivojlanishida “Buyuk ipak yo’li” ning ahamiyati
katta bo’ldi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda “Buyuk ipak yo’li”
miloddan avvalgi III asrning ohiri – II asrlarda shakllana boshlaydi. Ko’pchilik
olimlar miloddan avvalgi II asrda Markaziy Osiyoga kelgan Xitoylik sayyoh va
savdogar, imperator saroyi ofitseri Chjan Tszyanni Xitoydan bu yo’lni boshlab
bergan dastlabki sayyoh deb hisoblaydilar. Miloddan avvalgi II asrning
ohirlarida Xitoy qo’shinlari Davan (Farg’ona) yerlariga bostirib kirdilar. O’sha
davrdan boshlab Markaziy Osiyo va Xitoy o’rtasida savdo va madaniy aloqalar
riivojlanib bordi. Farg’ona, So’g’d va Baqtriyaga ipakchilik kirib keldi. Karvon
yo’li rivojlanib borgan sari savdo-sotiq ishlari ham rivojlanib bordi. Xitoy
savdogarlari Markaziy Osiyogaasosan xom ipak va ipak matolari, Markaziy
Osiyolik savdogarlar Xitoyga shisha buyumlar, qimmatbaho toshlar, zeb-ziynat
buyumlari va boshqalar eltganlar.
Milodning boshlarida qadimgi dunyoning ilg’or madaniyatli davlatlari
asosan to’rtgacha: o’rta yer dengizidagi Rim, Yaqin Sharqdagi Parfiya,
Xitoydagi Xan davlati va xozirgi Hindiston, Pokiston, Afg’oniston va Markaziy
Osiyoni birlashtirgan qudratli Kushonlar saltanatiga bo’linar edi. G’arbda Britan
orollarida sharqda Tinch okeani sohillarigacha cho’zilgan bu to’rtta zabardast
saltanat insoniyat tarixida birinchi bo’lib “Buyuk Ipak yo’li” deb nomlanuvchi
bir yo’l bilan bog’landilar. “Buyuk Ipak yo’li” Xitoydagi Xan imperiyasi
poytaxtidan Kushon va Parfiya davlatlari hududi orqali O’rta Yer dengizining
shimoliy qirg’oqlarigacha cho’zildi. Bu yo’l tufayli ko’p minglab (umumiy
uzunligi 12 ming km.) kilometr masofadagi davlatlar o’zaro aloqa bog’lashga
yerishdilar. Podsholarning o’zaro elchi yuborishlari, bir-birlariga har hil
sovg’alar in’om etishlari an’anagaaylandi. Savdo-sotiq rivojlandi. SHarq bilan
G’arb madaniyatining bir-biriga ta’siri ko’chaydi. O’sha davrdagi ko’plab
madaniy o’xshashliklar ham shu tufayli yuzaga keldi.
“Buyuk Ipak yo’li ” bo’ylab ko’plab karvonsaroylar, shaharlar barpo etildi.
Bu yo’ldan borayotgan savdogarlar ko’pincha yo’lning ohirigacha bormas
edilar. Markaziy Osiyo viloyatlari bu yo’lning o’rtasida joylashganligi sababli
savdogarlar Xorazm, Samarqand, Termiz va boshqa joylarda o’z mollarini sotib,
mahalliy maxsulotlarni xarid qilar edilar. O’sha davr Markaziy Osiyo
bozorlarida chetdan keltirilgan ko’plab maxsulotlar mavjud edi-ki, xozirgi
kunda Ipak yo’li ustidagi ko’hna shaharlar va manzilgohlardagi arxeologik
qazishmalar natijasida topilayotgan topilmalar fikrimizni dalillaridir.
Rim manbalari, keyinroq esaarab geograflarining ma’lumotlariga
qaraganda, Rim saltanatiga Kushon davlatidan asosan temir va temir buyumlar
olib ketilgan. Xitoyliklarni esaasosan “uzoq va og’ir yo’llarni bosib o’tishga
qodir bo’lgan” Farg’onaning otlari hayratga solgan. Shuningdek, Xitoyga jun va
jun gazlamalar, qo’y terisi, qurollar va qimmatbaho toshlar sotilgan. O’z
navbatida Xitoydan ipak turli Xitoy gazlamalari chinni buyumlar keltirilgan.
37
Kushon davlati undan tashqari katta va kichik viloyatlar, dasht va tog’ oldi
ko’chmanchilari bilan savdo-sotiq munosabatlari olib borgan. Yuqorida qayd
etganimizdek bu munosabatlarda “Buyuk ipak yo’li” ning ahamiyati beqiyos
bo’ldi.
Kushon davri yoki milodiy I- III asrlar ko’pgina G’arb va Sharq madaniy
mamlakatlari bilan qizg’in iqtisodiy, madaniy va siyosiy munosabatlardabo’lgan
qudratli va mustaqil davlatning har tomonlama gullab yashnagan davri bo’ldi.
Biroq shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu saltanat quldorlik munosabatlari
ancha taraqqiy etgan bir sharoitda hayot kechirgan turli halqlarning
aralashmasidan iborat edi. Ayni paytda, kushon davrining ohiriga kelib
Markaziy Osiyoda quldorlik tuzumining yemirilishiga sabab bo’lgan olimlar
paydo bo’la boshlaydi.
Kushonlar hukmronligi davri Markaziy Osiyo tarixida o’chmas iz qoldirdi
va kattaahamiyatga ega bo’ldi. Sharq va G’arbga qatnab turgan elchilar va
karvonlar bilan birga madaniy an’analar ham kirib keldi. Bu an’analar mahalliy
madaniy jarayonlar bilan aralashib o’ziga xos Kushon madaniyati va san’atining
paydo bo’lishga olib keldi. Kushon madaniyati o’z navbatida qadimgi SHarq va
G’arb madaniyatidda chuqur iz qoldirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |