“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

Kushon davri madaniyati. 
Kushon davri Markaziy Osiyo halqlarining 
moddiy va ma’naviy madaniyatida jiddiy o’zgarishlar bo’lganligi bilan 
izohlanadi. Buyuk Kushonlar saltanatining taqdiri, ma’naviyati nuqtai nazaridan 
ayanchli tugadi, ya’ni o’z davrida uning tarixi va madaniyati deyarli 
yozilmagan. U haqda qadimgi ma’lumotlar juda kam, yozuv (epigrafik) 
yodgorliklar ham unchalik ko’p emas. 
Ma’lumki Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi IV-II asrlarda oromiy 
yozuv asosida Xorazm, Parfiya va so’g’d yozuvlari paydo bo’ladi. Kushon 
davriga kelib ular safiga yana bir yozuv-Kushon (Baqtriya) yozuvi paydo 
bo’ladi. 22 harfdan iborat va ko’pgina tangalarda uchraydigan bu yozuv, olimlar 
fikricha, Kanishka davrida paydo bo’ladi. Tangalarda zarb qilingan miniatyura 
tasvirlarda badjahl va sersoqol podsholar siymolarini, yunon, hind, fors, 
Markaziy Osiyoning turli xudolari va ular ismlari, pordsholarning nomlari va 
unvonlari yunon va hind alifbosida, mahalliy tilda bitilganini ko’rishimiz 
mumkin. Kushon tangalari madaniyatning o’ziga xos tomonari yozuv, til, diniy 
qarashlar haqida ma’lum xulosalar chiqarish imkoniyatini yaratadi. Ammo, 
tangalar Kushon madaniyati qay darajada bo’lganligi haqida to’la ma’lumot 
berolmaydi. Buning uchun san’at yodgorliklariga murojat etamiz: san’at 
yodgorliklari dastlab Hindistonning shimoli-g’arbida ko’plab ochildi va bu 
turkum san’at yodgorliklari “Qandahor haykalchilik maktabi” deb nomlandi. Bu 
hududdan juda ko’plab san’at asarlari topilgan bo’lib, bu asarlarda buddiylik 
xudolari, monarxlar tasvirlangan. Undan so’ng kushon davriga oid buddiylik 
manzilgohlari Xodda va SHotaraka (Afg’oniston), Butqara (Pokiston)dan 
yuzlab haykallar topilib, kushon madaniyati haqidagi tasavvurlar birmuncha 


38 
kengaydi. Ammo, Markaziy Osiyo Kushon davri madaniyati qay darajada 
bo’lgan edi? 
Markaziy Osiyoning janubi va Shimoliy Afg’onistondagi arxeologik 
tadqiqotlar 
Yunon-Baqtriya 
va 
Kushon-Baqtriya 
madaniyati 
gullab 
yashnaganidan dalolat beradi. Dastlabki yodgorliklar Ayritom va Ko’hna 
Termizda 30-yillarda ochilib, 60-yillarda davom ettirildi. Keyinchalik ko’hna 
Termiz yaqinidagi Qoratepa buddiylik ibodatxonasi, Fayoztepa, Holchayon va 
Dalvarzin ko’hna o’aharlari ochilib nihoyat darajada yuksak bo’lgan kushon 
madaniyati butun dunyoga mashhur bo’ldi.
Ayritom ko’hna shahridan topilgan uylarning peshtog’ig’a ishlangan tosh 
tasvirlar (sharafa) asrimizning 30-40 yillaridayoq ma’lum edi. Bu peshtoqlarda 
gullarga burkangan, musiqaasboblari chalib turgan qizlar va do’mbira chalib 
turgan bolalarning tasviri tushirilgan. Qazishmalar natijasida ibodatxona va 
inshootlarning me’moriy jihatdan nihoyatda mohirlik bilan barpo etilganini 
ko’ramiz. Surxandaryo viloyatining Devon nohiyasi paxta dalalarining birida 
qachonlardir yirik shahar bo’lgan Holchayon yodgorligining qoldiqlarini 
saqlanib qolgan. Shaharning paydo bo’lishi mil. av. I ming yillikning
o’rtalariga to’g’ri keladi. Rivojlanish jarayoni Kushon davriga to’g’ri kelib, bu 
davlat inqirozga yuz tutish bilan shahar ham yemirila boshlaydi. Qazib olinga 
bino ichida I asrda qurilgan, unchalik katta bo’lmagan saroy alohida qiziqish 
uyg’otadi. Saroyda devoriy rasmlar yaxshi saqlanib qolmagan. Insonning yuzi 
va yomon saqlangan qomati, gullar tasviri bor holos. 
Lekin saroydagi badiiy madaniyat namunalari ko’plab topilgan. Haykalllar 
loydan ishlanib ustki qismi bo’yalgan. Haykallardan eng kattasi 2 metrga yaqin 
bo’lib, kichik haykallardan o’nlab topilgan. Bu san’at asarlarida podsho geray 
avlodlari tasvirlangan (haykallar tangalardagi tasvirlar bilan solishtirilgan). 
Markazda taxtlarda o’tirgan podsho va uning xotini, ularning o’ng va chap 
tomonlarida podsho oilasi a’zalari, xotinlar va erkaklar, shuningdek mahalliy 
zodagorlar va Gerakl hamdaAfisha haykallari joylashgan. 
Termiz-Dushanba katta yo’lining o’ng tomonidan katta maydon bo’lib u 
yerga tabiat va vaqt ta’sirida yemirilib ttepalikkaaylangan qo’rg’on bor. 
SHaharning mustahkam devorlar, hokim saroyining xarobalari, imoratlar 
qoldiqlari-bular yirik Kushon shahri qoldiqlaridir. Bu Dalvarzin ko’hna shahari 
bo’lib, u Kushon davlatining dastlabki poytaxti bo’lgan degan fikrlar ham 
mavjud. 
1972 yilgi qazishmalar paytida bu yerdan umumiy og’irligi 30 kg. dan 
ortiq tilla buyumlar xazinasi topilgan. Bu xazinada hammasi bo’lib 115 ta 
bilakuzuk, xalqalar, to’g’alar, bo’yin taqinchoqlari, oltin qo’ymalan bor edi. 
Dalvarzin ko’hna shahidan uncha uzoq bo’lmagan joydan juda qiziq va 
o’ziga xos qabr topildi. Bu qabrdagi ko’mish an’analari buddiylardan farq 
qilgan holda, ba’zi hollarda Markaziy Osiyo an’analariga ham o’xshamaydi. 
Sag’analarda uch xildagi dafn mavjud bo’lib, ulardan ohirgisi mil. av. I- III 
asrlardagi zardushtiylarning dafn an’analariga to’g’ri keladi. Dalvarzin 


39 
sag’anasi qabrlari o’ziga xos go’zalligi bilan, dafn marosimi inshootining 
barcha me’morlik o’xshashliklari bilan zardushtiylik dafn marosimlariga 
mo’ljallangan bo’lib, “zardushtiylik dunyosi” maydonidagi eng qadimgi dafn 
etish joyidir. To’g’ri, Xorazmda ham bu davrga oid ehtimol bu davrdan ham 
ilgarirooq davrlarga oid qabrlar topilgan, lekin ular dahmalar emas, ularda inson 
suyaklari sopol astodonlarda ko’milgan. Milodning I asrlariga oid astodon 
qo’yilgan sag’analar Mavr va Marg’iyonadan topilgan, Xuddi shu tarzdagi 
qabrlar Eron arxeologlari topilmalarida ham uchrab, ular ham mil. av I asrlarga 
oiddir. Dalvarzin dahmasi noyob me’morlik inshooti, o’ziga xos bo’lib, gumbaz 
shaklidagi hujra, nafis terilgan peshtoqli kirish joyi bilan kushon davri 
SHimoliy Baqtriya me’morlik san’atini aks ettiruvchi inshootdir. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish