29
Miloddan avvalgi VI asr o’rtalarida Axmaniylar davlatiga (mil avv.558-
330 yy) qadimgi fors qabilalari ittifoqi boshlig’i Kir11 asos solgan. Xind
daryosidan Egey va O’rta dengizgacha bo’lgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini
shuningdek Misr, Midiya, Bolqon yarim orolining bir qismini bosib oladi. Kir
O’rta Osiyo yerlariga yurish qilishga maxsus tayyorgarlik ko’radi. Kirning O’rta
Osiyoga birinchi xarbiy yurishlari mil. Av. 545-539 yillarni o’z ichiga oladi.
Uning O’rta Osiyoga ikkinchi yurishi 539-530 yillarni o’z ichiga oladi.
Turonning tabiatdan erksevar, yurtparvar xalqlari o’z ona yurtlarini mardonovor
ximoya qiladi. Bu esa Kir11 ning qayta-qayta bu hududga katta qo’gshin bilan
bostirib kelishga majbur etgan. Axamoniylarning yurishiga doir ma’lumotlar
Yunon va Rim mualliflaridan Geradot Yustin, Strabonlarning yozuvlarida ko’p
uchraydi. Eron shoxi bilan massagetlar malikasi mard va jasur ayol To’maris
o’rtasidagi munosabatlar, ularning o’zaro urushi yakunlariga oid Gerodot
ma’lumotlari alohida e’tiborga molik. Uning ta’kidlashicha, “Mening
bilishimcha bu jang barcha janglardan ham dahshatliroq edi. Avval ikkala
qo’shin bir-birlariga uzoq masofadan turib kamondan o’qqa tutdilar. Kamon
o’qlari tugagach, ikki dushman kuchlar nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang
uzoq vaqt davom etdi. Ko’p qon to’kildi. Nihoyat massagetlar g’alaba
qozondidilar. Fors qo’shinlarining katta qismi,
jumladan, Kir ham jang
maydonida xalok bo’ldi”. Ma’lumotlarning so’ngida Gerodot “Kirning o’limi
haqida ko’p hikoyalari orasida, menimcha, bu eng ishonchlisidir”, deya xulosa
chiqaradi. 200 minglik katta jangovar qo’shin tuzib To’maris yurtiga kelgan Kir
2 harbiy maxoratda tengsiz bo’lgan massaget qabilalarini ochiq jangda yengish
qiyinligini his etib, turli nayranglar ishlatishga urinib ko’radi. Shu maqsadda
To’maris huzuriga elchilar yuborib, unga uylanmoqchi ekanligini bildiradi,
lekin bu nayrangi natijasiz chiqadi. Kir 2 shundan so’ng
yana xiyla ishlatib,
To’marisning jasur o’g’li Spargalisni asirga oladi va oqibatda u o’zini halok
etadi. Yagona farzandidan ayrilgan ona nafrati, buning ustiga el yurt ozodligini
har narsadan a’lo bilgan To’maris Kir qo’shiniga qarshi jangga tayyorgarlik
ko’radi. Butun vujudi bila massagetlar g’arnimlarga qarshi jang boshlaydi va
massagetlarning g’alabasi bilan yakunlanadi. Kir ham jangda haloq bo’ladi bu
miloddan avv. 530 yilga to’g’ri keladi.
Axomoniylar shoxi Doro1 (522-486) davrida Turon hududlari bosib
olinadi. Tarixiy ma’lumotlar bo’yicha Doro1 519-518 yillardagi xarbiy
yurishlar davomida sak qabilalarini qiyinchilik bilan yengib, itoatga keltirgan.
Eron axamoniylariga qarshi O’rta Osiyoning Parfiya, Marg’iyona
hududlarida
Saklar o’lkasida ko’plab xalq qo’zg’olonlari bo’lgan. Eron hududidan topilgan
Bexiston yozuvlarida mil. avv. 522 yilda Marg’iyonada ko’tarilgan kuchli xalq
qo’zg’olonlariga Frada degan shaxs yetakchilik qilishgan. Doro 1 qo’shini
qo’zg’olonchilardan o’ch olishadi, 55 ming qo’zg’olonchi qatl etiladi, 7 mingga
yaqin kishi asir olinadi. Frada ham qo’lga olinib qiynoq bilan o’ldiriladi.
Qadimgi davr muallifi Polien, jasur Shiroq obrazi bilan saklarning
ahmoniylarga qarshi qahramonona kurashini hikoya qiladi.Bularning barchasi
30
mahalliy xalqlarning ajnabiy bosqinchilar zulmiga bo’yin egmay o’z erkinligi
uchun tinimsiz kurash olib borganligini ko’rsatadi. Mil. avv. 4 asrga kelib Eron
Axamoniylari hokimiyati kuchsizlanib, zaiflashib qoladi. Bunday sharoitda
Xorazm birinchi bo’lib o’z mustaqilligini tiklaydi.
Usta diplomat moxir
siyosatchi Farasman mil. av.v 4 asrda Xorazm mustaqilligini qo’lga kiritib, uni
mustahkamlay boshladi. O’lkaning boshqa hududlarida ham ozodlikka chiqish
kuchayib, qattiy kurash harakatlari keng avj oldi.
Ko’pgina manbalarning ma’lumot berishicha, O’rta Osiyoning katta qismi
Ahamoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bular, Midiya, Elam, Parfiya, Baqtriya,
So’g’diyona, Xorazm, Saka Xamuvarka, Saka Tigraxauda yerlari kirgan.
Gerodotning aytishicha, Doro 1 ahmoniylar davlatini 20 ta o’lkaga bo’lgan.
Ahmoniylar davrida O’rta Osiyo xalqlarining asosiy mashg’uloti
dehqonchilik edi. M. Avv. 6-4 asrlarda Xorazm, Baqtriya, So’g’diyona va
Farg’ona vohalarida ko’plab shahar va qishloqlar bo’lgan. Yirik shaharlar
Afrosiyob, Ko’ktepa, Uzunqir, Yerqo’rg’on, Qiziltepa, Ko’zaliqir
qalin va
mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan bo’lib, ular viloyatlar va
dehqonchilik tumanlarining ma’muriy va iqtisodiy markazlari vazifasini
bajarganlar. SHaharlarda kulolchilik, temirchilik, bronza quyish, to’qimachilik
va savdo sotiq rivojlangan. Bu davrda O’rta Osiyoda Oromiy yozuvi tarqaladi.
Oromiy yozuvidan 4 ta mahalliy yozuv ajralib chiqdi. Bu parfiya, so’g’d,
baqtriya va Xorazm yozuvlari bo’lib, O’rta Osiyo hududida arablar kelgunga
qadar saqlanib qoldi. m. avv. 6-4 asrlardahunarmanchilik
va savdo sotiq
munosabatlarining rivojlanishi natijasida O’rta Osiyo xalqlari ilk marta zarb
qilingan tanga pullar bilan tanishdilar va muomala qildilar. O’rta Osiyo
hududidan ahmoniylar pul tartibiga oid tangalar topilgan.
Aleksandr Makedonskiy (miloddan avvalgi 356-323-yy) ning O’rta
Osiyoga yurishi miloddan avvalgi 329-yilning baxor faslida boshlandi u tez
fursat ichida Eronni, sung Baqtriya bilan Sogdiyonani buysundirdi. Miloddan
avvalgi 329 yili Aleksandr Makedonskiy kushonlari Oks-Amudaryodan o’ta
boshladi. Kushonlar olti kun deganda ular kechuvdan o’tib bo’ldilar, yunon
bosqinchilari O’rta Osiyoni juda osonlikcha qo’lga kiritishni mo’ljallagan
bo’lsalarda ular xisob kitob va rejada yanglishgan edilar. Aleksandr
kushonlariga birinchi zarba Ariana(xozirgi Xisor viloyati)da berildi. Shimoli –
sharqiy
viloyatlar-Girkaniya Ariya, Parfiya, Baqtriya va Sugdiyonani
bo’ysundirish uchun uch yil vaqt kerak bo’ldi. Ayniqsa Baqtriya va
Sugdiyonani qo’lga kiritish Aleksandr uchun juda qiyin kechdi. O’rta Osiyo
xalqlari erk va ozodlik uchun kurashga otlandilar. Ahamoniylarning
qo’shinlarini uch marta mag’lub etgan Aleksandr O’rta Osiyoda mislsiz katta
qiyinchiliklarga duch keldi.
Bosqinchilarga qarshi umumxalq urishi e’lon qilgan baqtriyaliklar,
sug’diyonaliklar va saklar uch yil davomida dushman bilan mardonovor jang
qildilar. Ayniqsa Samarqandni egallash oson kechmagan, buning uchun ikki yil
kerak bo’lgan. Dastlab makedonlar bu shaxarni sulx yo’li
bilan egallaganlar
31
so’ng Aleksandr bu yerda kichik bir lashkar guruxini qoldirib o’zi Sirdaryo
tomon yo’l olgan.
U O’rta Osiyoda birinchi bor Ustrushonada-Samarqand bilan Xo’jand
oralig’ida tog’liklarning qattiq qarshiligiga duch qeldi. Tog’liklar bilan bo’lgan
jangda Aleksandir mislsiz darajada shavqatsizlik qilgan. Arian bergan
ma’lumotlarga qaraganda u 30 ming mahalliy aholidan 22 mingini qirib
tashlagan. Bunday daxshatli voqealar Spitamenga saboq bo’ldi va u
Aleksandrga qarshi kurashga otlandi. Aleksandr jang bilan tog’liklarni qirib
Sirdaryo bo’ylariga chiqib oladi. Bu yerdaAleksandrni do’stlarcha sovg’a-
salomlar bilan To’maris kutardi. Aleksander sak elchilarini garovda qoldirib,
o’z odamlaridan bir kishini To’maris ortidagi saklar yurtiga ayg’oqchilik
maqsadlarida yuboradi. Huddi shu paytda Aleksandrga Samarqanddan chopar
kelib Spitamen boshchiligida shaharda unga qarshi qo’zg’alon ko’tarilganligi
haqida xabar beradi.
Milloddan avvalgi 328 yilda Aleksandr Spitamen boshchiligida
Samarqandda ko’tarilgan qo’zg’olanni shavqatsizlik bilan bostirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: