I BOB
1. Qaysi asrda eftallar Kidariylar davlatini mag’lub etib, Xurosonning talay qismini egallaganlar va sosoniylar bilan to‘qnashganlar?
A ) V asrda. B) IV asrda.
C) VI asrda. D) III asrda.
3. Ilk o’rta asr davlatlarini hukmdorlarining nomlanishi bilan to’g ‘ri joylashtiring.
1) Farg‘ona; 2 ) Ustrushona; 3) Choch;
4 ) Toxariston; 5 ) Xorazm; 6) Eloq.
a) afrigiylar; b ) yabg'u; c) tudun;
d) afshin; e) ixshid; f) dehqon.
A) 1-a, 2-d, 3-f, 4-b, 5-e, 6-c.
B) 1-e, 2-d, 3-c, 4-b, 5-a, 6-f.
C) 1-e, 2-c, 3-d, 4-b, 5-f, 6-a.
D) 1-d, 2-e, 3-c, 4-a, 5-f, 6-b.
4. Qo’lida burgut qo’ndirgan tojdor hukmdor haykali qaysi manzilgohdan topilgan?
A) Varaxsha. B) Bolaliktepa.
C) Anqaqal’a. D) Tuproqqal’a.
5. Anqaqal’a manzilgohi qaysi hududda joylashgan?
A ) Farg'ona. B) Toshkent.
C) Xorazm. D) Surxondaryo.
6. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, xorazmshohlar unvoni dastlab qaysi sulola tomonidan qabul qilingan?
A) Axomaniylar.
B) Afrigiylar.
C) Kidariylar.
D) Siyovushlar.
10. Quyidagi suv havzalarining qadimgi va hozirgi nomlarini muvofiqlashtiring.
l)Elsuvi; 2)Xarkon; 3)Yoyiq; 4) Itil; 5) Jand ko’li.
a) Orol; b) Ural; c) Kaspiy; d) Ili e) Volga.
A) 1-a, 2-c, 3 -b , 4-e, 5-d.
B) 1-d, 2-c, 3-b, 4-e, 5-a.
C) 1-d, 2-a, 3-b , 4-e, 5-c.
D) 1-c, 2-d, 3-b , 4-a, 5-e.
11. Qo‘lida shohboz lochin tutgan tojdor tasviri tushirilgan tanga qaysi manzilgohdan topilgan?
A) Varaxshadan. B) Bolaliktepadan.
C) Anqaqal’adan. D) Tuproqqal’adan.
14. Eftaliylar Xitoyga elchi yuborgan yili sodir bo’lgan voqeani toping?
A) Sosoniylar shohi Pero’z hukmronligi boshlandi.
B) Kidariylar sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchradi.
C) Xioniylar davlati tarix sahnasidan ketdi,
D) Turklar Vizantiyaga elchi yuborishdi.
16. Quyidagi qaysi ilk o‘rta asr davlati hukmdori «Sho» deb yuritilgan?
A) Sosoniylar. B) Kidariylar.
C) Eftallar. D) Xioniylar.
17. Berilgan javoblarning qaysi biri noto’g’ri?
A) Xioniylar Shimoliy Hindistonda 75 yil hukmronlik qilgan.
B) Pero'z 484-yilda eftaliylarga qarshi
uchinchi marta yurishga otlanadi.
C) IV asming 70-yillarida O’rta Osiyoda xioniylar hukmronligi o'rnatildi.
D) Kidariylar V asming 20-yillarida O’rta Osiyoga kirib keldi.
23. Afrig‘iylar sulolasiga qachon asos solingan?
A) III asr o’rtalarida. B) 305-yilda.
C) IV asr boshlarida. D) 353-yilda.
26. Qachon G‘arbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko'chiradi?
A) VII asrning birinchi choragida.
B) VII asrning ikkinchi choragida.
C) VII asrning oxirlarida.
D) VIII asrning dastlabki choragida.
29. Eftaliylarning 25 harfli yozuvi qaysi yozuv asosida paydo bo’di?
A) Baqtriya yozuvi.
B) Oromiy yozuvi.
C) Kushon yozuvi.
D) Sug‘d yozuvi.
30. Turk xoqoni Istamiga kuyov bo’lgan sosoniylar hukmdorini aniqlang.
A) Xusrav I Anushirvon.
B) Kubod.
C) Pero‘z.
D) Yazdigird.
31. Turklar nechanchi yilda eftaliylar davlati yerlariga bostirib kirib,Parak va uning markazi bo’lgan Chochni egalladi?
A) 578-yil. B) 558-yil.
C) 563-yil. D) 576-yil.
32. Eftallar Orta Osiyoda qancha vaqt hukmronlik qilgan?
A) 170 yil.
B) Bir yarim asr.
C) Bir asrdan ko'proq.
D) Ikki asr.
33. VII asrning birinchi choragida ...
A) G'arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchaydi.
B) Arabiston yarimorolida davlat tashkil topdi.
C) Turk xoqonligi ikkiga bo’linib ketdi.
D) G'arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o‘rtasida iqtisodiy aloqa o’rnatildi.
34 «O’n oq el»ning hokimi nima deb yuritilgan?
A ) Tudun. B) Ixshid.
C) Yabg‘u. D) Budun.
36. Qaysi ilk o’rta asr davlatining ayrim tangalarida hatto hukmdorga yonma-yon malika tasviri ham chekilgan?
A) Xorazm. B) Choch.
C) Sug’d. D) Toxariston.
37. Qaysi viloyat ilk o’rta asrlardayoq o’sha davrning tarixiy saltanatlari - Sosoniylar Eroni, Vizantiya va Xitoy kabi o’z tanga pullari tizimiga
ega bo’lgan?
A) Choch. B) Farg‘ona.
C) Eloq. D) Sug’d.
38. Rabot nima?
A) Shaharning hokim qasri joylashgan qismi.
B) Hunarmandchilik ustaxonalari va rastalari.
C) Shaharning ichki qismi.
D) Shaharning tashqi mavzesi.
39. Ilk o’rta asrlarda xat, hujjat va ayrim maktubotlar asosan nimalarga yozilgan?
A) Tosh, devor va qog’ozga.
B) Qog’oz, ohak va teriga.
C) Yog’och, tosh va devorlarga.
D) Charm, yog‘och va sopolga.
40. Sug’dda bolalar... yoshga to’lg ach yozuv va hisob o’rgatilar,... yoshdan esa savdo ishlarini
O’rganish uchun o’zga mamlakatlarga jo'natiiar edi.
A) 7, 16. B) 6, 20.
C) 5, 20. D )7 , 18.
41. Sug'd tilida yozilgan hujjatlar topilgan Turfan shahri qayerda joylashgan?
A) Tojikistonda.
B) Mo’g’ulistonda.
C) Sharqiy Turkistonda.
D) Yettisuvda.
42. VI - VII asrlarda O’rta Osiyoda zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik, moniy lik va qam kabi bir necha mahalliy dinlar mavjud bo’lgan. Aholining
ko‘pchiligi qaysi dinga e’tiqod qilgan?
A) Moniylik.
B) Buddaviylik.
C) Zardushtiylik.
D) Qam (shomonlik).
43. O’rta Osiyoda ko’k turk xati ham
Qo’llanilgan. Turklarning bu yozuvi bir-biriga chirmashib ketgan ... harflardan iborat bo'lgan.
A) 38 - 40 ta. B ) 20 - 25 ta.
C) 27- 30 ta. D) 48 - 50 ta.
44. Ilk o’rta asrlarda O‘rta Osiyoda musiqa san’ati ancha rivojlangan edi. Birgina Buxoro shahrining
O’zida usta hunarmandlar tomonidan nechta
turdagi cholg‘u asboblari yasalgan?
A) O‘n besh turdagi.
B) Yigirma turdagi.
C) O‘n turdagi.
D) O’ttiz turdagi.
46. Qaysi mahalliy hokimlikda saroyda malika xoqondan keyingi o'rinni egallagan?
A) Xorazm. B) Choch.
C) Sug’d. D) Toxariston.
47. V-VII asrlarda O‘rta Osiyo bir qancha mayda,mustaqil hokimliklarga bo‘linib ketdi. Ularning soni qancha edi?
A) 20 dan ortiq. B) 10 ga yaqin.
C) 15 dan ortiq. D ) 25 ga yaqin.
48. Toxariston aholisining asosiy qismi qishloq xo'jaiigining qaysi tarmog’i bilan shug'ullangan?
A) Ko’chmanchi chorvachilik va hunarmandchilik.
B) Chorvachilik va qisman dehqonchilik.
C) O'troq dehqonchilik.
D) Yilqichilik, tuyachilik va qisman dehqonchilik.
49. O‘rta Osiyolik shishasozlar Xitoy hunarmandlariga rangli shisha va shisha buyumlar yasashni qaysi asrda o'rgatdi?
A) VI asrda. B) V asrda.
C) IV asrda. D) VII asrda.
50. V-VI asrlarda Xitoy bozorlarida O‘rta Osiyoning paxta matolariga talab katta bo’lgan. Bunga sabab nima edi?
A) Chunki, o‘sha davrlarda Xitoyda paxta ekilmas edi.
B) O’rta Osiyo matolarining bejirim bo’lganligi.
C) Xitoyda mato to’qish hali yo'lga qo‘yilmaganligi.
D) Xitoyda iqlimning sovuq bo’lishi natijasida o'zida yetishtirilgan paxtaning ehtiyojni qondira olmasligi.
51. Ilk o’rta asrlardagi mustaqil davlat Toxaristonning poytaxti qaysi shahar edi?
A ) Temiiz. B) Chag’oniyon.
C) Balx. D) Marv.
52. Qo‘shni mamlakatlarga bo’yoq, rangli shisha va dori-darmonlar chiqargan ilk o’rta asr davlatini toping.
A) Toxariston.
B) Sug’d.
C) Choch va Eloq.
D) Farg'ona.
53. Ilk o’rta asrlarning qaysi davlati old tomonida mulkdorning surati,orqasiga gajak dumli bars, ba’zan sulolaviy ayri tamg’atushirilgan chaqa-tangalar zarb
etganlar?
A ) Sug’d. B) Xorazm.
C) Choch. D) Farg’ona.
54. Quyida keltirilgan davlatlarning qaysilarida «ixshidlar» hukmronlik qilgan?
A) Toxariston va Eloq.
B) Sug‘d va Farg‘ona.
C) Choch va Sug’d.
D) Farg‘ona va Toxariston.
55. Ilk o‘rta asrlarda qurolsozlik kuchli rivojlangan hududni aniqlang.
A) Eloq. B) Toxariston.
C) Farg‘ona. D) Choch.
56. Ilk o‘rta asrlarda Buxoroda san’atning qaysi sohasi shuhrat topgan edi?
A) Qiziqchilik. B) Naychilik.
C) Raqqoslik. D) Rassomchilik.
57. O‘rta Osiyoda ilk o‘rta asrlarda
haykaltaroshlikning rivojlanishiga qanday omil ta’sir ko’rsatdi?
A) Rassomchilikning yanada takomillashuvi.
B) Kulolchilikning rivojlanishi.
C) Bu yerlarda nisbatan osoyishtalikning hukm surishi.
D) Budda dinining mavjudligi.
58. Qayerda topilgan tangaga ko‘ra qadimgi turkiy davlatchiligida, hukmdorning malikasi- xvatun,
y a’ni vazirlik darajasiga ega bo’lib, davlat
boshqaruvida faol ishtirok etganligidan dalolat beradi?
A) Eloq. B) Toxariston.
C) Farg‘ona. D) Choch.
63. Ilk o’rta asrlarda Xesi...
A) Xitoyning shimoli-g‘arbiy hududlari.
B) Sharqiy Turkiston.
C) Shimoliy Hindiston.
D) Pomiming tog’li hududlari.
64. Eftallar davlati qachon barpo etilgan?
A) III asrning so'nggi choragida.
B) IV asrning boshlarida.
C) V asrning birinchi yarmida.
D) IV asrning ikkinchi yarmida.
65. Sharqiy turk xoqonligining poytaxti qayerda bo’lgan?
A) Pomir tog’ining sharqiy etagida.
B) O'tukan vodiysida.
C) Sharqiy Turkistonda.
D) Shimoliy Xitoyda.
66. Samarqanddan Xitoyga hadya tariqasida nechanchi yilda dubulg‘a (temir qalpoq) yuborildi?
A) 716-yil. B) 718-yil.
C) 627-yil. D) 456-yil.
67. Xitoy hukumatiga sovg’a tariqasida O‘rta Osiyoning qaysi shahridan dubulg’a yuborilgan edi?
A) Poykand. B) Ishtixon.
C) Samarqand. D) Balx.
68. Xitoyga sovg’a tariqasida dubulg’a yuborilishi
natijasida...
A) Xitoy qurolsozlari dubulg’adan nusxa olib, qo‘shinni temir qalpoq bilan ta’minladi.
B) Xitoy hukumati bilan tinchlik aloqalari yo’lga qo’yildi.
C) O’rta Osiyo bozorlariga ipak mahsulotlarining kirib kelishiga zamin yaratildi.
D) Misdan to’qilgan Xitoy sovutlari O‘rta Osiyoga keltirila boshlandi.
69. Quyidagi qaysi ilk o’rta asr davlati 27 ta tog’ va tog’oldi viioyatlaridan iborat bo’lgan?
A) Sug’d. B) Toxariston.
C) Choch. D) Farg‘ona.
70. Quyidagi ilk o’rta asr shaharlaridan qaysi biri Xushkat deb ham yuritilgan?
A) Koson. B) Axsikat.
C) Quva. D) Eloq.
72. Sug’d va Xorazm yozuvlari qaysi yozuv asosida vujudga kelgan edi?
A) Qadimgi oromiy yozuvi.
B) Baqtriya yozuvi.
C) Toxariston yozuvi.
D) Qadimgi kushon yozuvi.
73. O’rta asr arab mualliflari (Ibn Havqal va Istaxriy)ning yozishicha, Toshkent shahrining jami nechta darvozasi bo’lgan?
A) 12 ta. B) 22 ta.
C) 20 ta. D) 11 ta.
74. Ilk o’rta asrlarda shaharning hokim qasri joylashgan qismi nima deb nomlangan?
A) Shahriston. B) Rabot.
C) Yabg’ukat. D) Ko’handiz.
75. Turkiy run yozuvi yana qanday nom bilan ataladi?
A) Turk xoqonlari yozuvi.
B) Toxar-kushon yozuvi.
C) Ko’k turk yozuvi.
D) Kultegin bitigi.
76. Kultegin va Bilga xoqon bitiklari
qayerlardan topib o’rganilgan?
1) Oloy; 2) Shimoliy Kavkaz; 3) Sharqiy Turkiston; 4) Toxariston; 5) Yettisuv; 6) Farg’ona vodiysi; 7) Zarafshon vodiysi; 8) Ural tog’lari
atrofi.
A) 1,2, 3, 4. B) 2, 3, 5, 6, 8.
C) 1,3, 5, 6, 7. D) 3, 4, 6, 7, 8.
77. Bolaliktepa manzilgohi qaysi viloyat hududida joylashgan?
A) Surxondaryo. B) Buxoro.
C) Xorazm. D) Qashqadaryo.
78. Quyidagi qaysi manzilgoh devorlarida ganchkorlik san’atining nodir namunalari, turli xil geometrik shakllar, mevali daraxt va o'simklarning
O’ymakor naqshlari, ov manzarasi tasvirlangan edi?
A) Sug‘d hukmdorlarining Afrosiyob qo‘rg‘onida.
B) Buxoro hukmdorlarining Varaxsha qarorgohida.
C) Chag‘onxudotlaming Bolaliktepa manzilgohida.
D) Qo’rg’ontepadagi Ajinatepada.
79. V asr o ‘rtalariga kelib O‘rta Osiyoda obikor yerlarning asosiy qismi...
A) Kadivarlar qo‘lida to‘plandi.
B) Qishloq jamoalari qo’lida to‘plandi.
C) Dehqonlar qo‘lida to‘plandi.
D) Davlat yerlari hisoblangan.
80. Qang‘ davlatidan birinchi bo’lib qaysi hudud ajralib chiqqan?
A) Farg'ona. B) Toshkent.
C) Xorazm. D) Sug’d.
81. Qishloq jamoalari yerlarida yashab, yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo’lgan erkin ziroatchilar tabaqasi nima deb atalgan?
A) Kashovarz. B) Kadivar.
C) Dehqon. D) Chokar.
84. Kidariylar davlatining poytaxti qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Poykand. B) Balx.
C) Choch. D) Sug'd.
85. Quyidagi ilk o‘rta asr davlatlarining qaysi birida oldi tarafida shoh va orqasida suvoriy tasviri tushirilgan kumush tangalar zarb qilingan?
A) Choch. B) Sug‘d.
C) Farg‘ona. D) Xorazm.
87. V asrning 2-yarmi - VI asr boshlarida eftallar davlati hududini aniqlang.
A) Yettisuv, Sharqiy Xitoy, Sharqiy Eron, Kavkaz.
B) Shimoliy Eron, Hindiston, O’rta Osiyo, Janubiy Sibir.
C) Janubiy Sibir, O’rta Osiyo, Eron, Hindiston.
D) O’rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston, Sharqiy Turkiston.
91. Sosoniylarning Toxariston va Chag ‘oniyonni bosib olishlariga zamin yaratgan omilni aniqlang.
A) Eftallar davlatidagi o’zaro urushlar.
B) Shimoliy o’lkalarning turklar tomonidan zabt etilishi.
C) Sosoniylar davlatining nihoyatda kuchayishi.
D) Sosoniylarga Vizantiya harbiylarining yordam berishi.
93. Turk xoqonligi Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha cho’zilgan o’lkalarni egallagan yilni aniqlang.
A) 555-yil. B) 558-yil.
C) 576-yil. D) 567-yil.
94. Turk xoqonligida dastlab kimlar «yabg’u» unvonini olishi mumkin edi?
A) Mahalliy hokimlar.
B) Xoqon urug’iga qarindosh bo’lganlar.
C) Alohida jasorat ko'rsatgan harbiylar.
D) Sobiq lashkarboshilar.
95. Sharqiy Turk xoqonligiga kirgan hududlarni aniqlang.
1) Sharqiy Turkiston; 2) Sirdaryo havzalari; 3) Shimoliy Xitoy; 4) Urxun havzalari; 5) Janubiy Sibir; 6) Oltoyning g’arbiy hududlari.
A) 3, 4, 5. B) 1 ,3,5, 6.
C) 4, 5, 6. D) 3,4, 5, 6.
96. G’arbiy Turk xoqonligiga kirgan hududlarni aniqlang.
1) Janubiy Sibir; 2) Janubiy Xitoy;
3) Amudaryoning chap sohillari;
4) Sharqiy Turkiston; 5) Yettisuv;
6) Sirdaryo va Amudaryo havzalari.
A) 1, 3, 5. B) 2 ,4 , 6.
C) 4, 5, 6. D) 3 ,4 , 5, 6.
97. G’arbiy Turk xoqonligi nima sababdan mahalliy hukmdorlarga ham «yabg‘u» unvonini bera boshladi?
1) mahalliy hokimlarning qo’zg’olonini oldini olish maqsadida; 2) mahalliy hokimlarni xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog’lash maqsadida;
3) mahalliy hokimlarning mustaqilligini e’tirof etish maqsadida; 4) mahalliy hokimlar ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida; 5) mahalliy
hokimlarga tanga zarb qilish huquqini berish maqsadida.
A) 2 ,4 . B) 1 ,2 ,3 .
C) 2, 4, 5. D) 1,2, 3, 4, 5.
98. VII asr boshlarida G’arbiy Turk
xoqonlari O’rta Osiyodagi mahalliy hokimliklar ustidan nazorat o’rnatish uchun o‘z noiblarini jo’natgan. Ular nima deb atalgan?
A) Tudun. B) Budun.
C) Yabg‘u. D) Shod.
99. VII asrda G'arbiy turk xoqonligi Xitoyga necha marta elchi yuborgan?
A) 7. B) 9.
C) 5. D) 10.
101. Abruy qo‘zg‘olonidan jabrlangan boy mulkdorlar va savdogarlar qayerga qochishadi?
A) Taroz va Yettisuvga.
B) Sharqiy Turkiston va Yettisuvga.
C) Eron hududiga.
D) Turkiston va Taroz atroflariga.
102. Ilk o‘rta asrlarda Sug‘d ixshidlari Zarafshon va Qashqadaryo vohalarining qancha mulklarini birlashtirgan edi?
A) 11ta. B)15ta.
C) 19 ta. D) 27 ta.
103. Moniy dinining arkoni qaysi javobda to’g’ri ko'rsatilgan?
A) Yaxshilik va yomonlik o‘rtasida kurash.
B) Ibodat, ro’za, sadaqa berish.
C) Ezgu amal, ezgu fikr, esgu so’z.
D) Zaminni sevish, uy-joyni avaylash.
104. Ilk o’rta asrlarda butun O’rta Osiyoda nasroniylik dinining markazi qayer bo‘lgan?
A) Choch. B) Xorazm.
C) Quva. D) Urgut.
105. 12 metrli budda haykali qaysi manzilgohdan topib o’rganilgan?
A) Varaxshadan. B) Afrosiyobdan.
C) Ajinatepadan. D) Bolaliktepadan.
106. Quyidagi qaysi ilk o’rta asr dini vakillari o’z xudolariga qora qashqa ot so’yib, qurbonlik qilishgan?
A) Moniy. B) Shomon.
C) Nasroniylik. D) Otashparastlik.
107. G’arbiy turk xoqoni To’n Yabg’u nechanchi yillarda hukmronlik qilgan?
A) 618-630 . B) 588-618 .
C) 586-603 . D) 567-588 .
108. Abruy o’ldirilib, qo’zg’olon bostirilgach,...
A) Qo’zg’olonchi kadivar va xizmatkorlar o’z xo’jayinlariga qaytariladi.
B) Soliq va majburiyatlar keskin kamaytiriladi.
C) Turk xoqoni oikada nazoratni kuchaytirish uchun o‘z noiblari -tudunlarni yuboradi.
D) Turk xoqoni nazoratni kuchaytirish uchun o‘g‘li Sheri Kishvarni O’rta Osiyoga noib qilib yuboradi.
109. VI asming 80-yillari oxirlarida...
A) Turk xoqonligi ikkiga bo‘linib ketdi.
B) G‘arbiy turk xoqonligi o‘zining eng yuqori cho'qqisiga ko‘tarildi.
C) G'arbiy turk xoqonligining Xitoy bilan aloqalari ayniqsa, kuchaydi.
D) Eftallar davlati Eron sosoniylari va turklar zarbasidan keyin parchalanib ketdi.
110. Quyidagi qaysi turk xoqonining ikkinchi ismi El Arslon bo’lgan?
A) Qoracho‘rin. B) To‘n Yabg‘u.
C) Istami. D) Sheri Kishvar.
111. Ilk o‘rta asr davlatlarining poytaxtlarini aniqlang.
1) Eloq; 2) Toxariston; 3) Xorazm;
4) G'arbiy turk xoqonligi. a) Kat;
b) Tunkat; c) Yettisuv; d) Balx
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d.
B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c.
C) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d.
D) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c.
112. Turk xoqonligida yasoq-bu ...
A) Dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq.
B) O’n minglik qo'shin qismi.
C) Xoqonlikning harbiy kengashi.
D) Mag’lub davlatlar ustiga yuklanadigan o’lpon.
115. VI-VII asrlarga oid Humo qushining ganchda ishlangan tasviri qaysi manzilgohdan topilgan?
A) Afrosiyob. B) Bolaliktepa.
C)Varaxsha. D)Ajinatepa.
120. Nima sababdan sosoniylar Eftallar davlatiga qarshi yurish qiladi?
A) Sosoniylarning tobora kuchayib borayotgan eftaliylar hujumidan xavfsirashlari sababli.
B) Eftallarning sosoniylar bilan tuzgan savdo shartnomasini buzganliklari sababli.
C) Eftaliylar shohining sosoniylar shohi Pero’zga nisbatan haqoratli maktub yo’llash i sababli.
D) Eftaliylarning sosoniylar davlati tasarrufidagi hududni bosib olishlari sababli.
121. Eftallarda davlat boshqaruvida qonun va qoidalarning qaror topishiga asosiy sabab nima edi?
A) Aholining tabaqalanishi, mulkiy tengsizlikning kuchayib borishi.
B) Qishloqlarda dehqonlar nufuzining ortib ketishi.
C) Aholining ko'payib ketishi.
D) Mamlakatda o’zaro ichki kurashning avj olishi.
122. Eftallar yozuviga xos bo’llgan xususiyatlarni aniqlang.
1) Baqtriya yozuvining vujudga kelishiga asos bo’lgan ; 2) Baqtriya yozuvi asosida paydo bo’lgan; 3) o‘ngdan chapga, tepadan pastga qarab yozilgan; 4) 25 harfdan iborat bo’lgan ; 5) Sug‘d yozuvi asosida vujudga kelgan; 6) chapdan o'ngga tomon ko’ndalangiga yozilgan; 7) 22 harfdan iborat bo’lgan; 8) Toxariston yozuvining vujudga kelishiga asos bo’lgan; 9) Oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan.
A) 1,3, 5 ,7 . B ) 2 ,4 ,6 .
C) 5, 6. D) 2, 3, 7, 8.
123. Nima sababdan turklarning eftallar bilan
to‘qnashishi arafasida Eron davlati va Turk xoqonligi yaqinlasha bordi?
A) Sosoniy lar eftaliylardan o’zlarining Marv va Badaxshon hududlarini qaytarib olishi kerak edi.
B) Turklar va sosoniylar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra sosoniylar eftaliylar tasarrufidagi Toxariston va Chag'oniyonni olishi kerak edi.
C) Uzoq vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo’lishidan manfaatdor edi.
D) Sosoniylar shohi Xusrav I turklarning yabg'u xoqoni Istamiga kuyov bo’lgan edi.
124. Qanday omillar Turk xoqonligining markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermadi? 1) katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqining markaziy
hokimiyatga bo'ysunmaslikka intilishi; 2) janubdan doimiy sosoniylar tazyiqi; 3) eftaliylar avlodlarining
hokimiyatni o’z qo’liga olishga intilishi; 4) hududlardagi hokimliklarning mustaqil bo'lishga intilishi; 5) bo‘ysundirilgan hududlarning mahalliy
hokimlar orqali boshqarilishi; 6) Turk xoqonligining Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobati.
A) 1,5. B) 1 ,3 ,6 .
C) 2, 4, 5. D) 1 ,4 ,6 .
125. Ma’lumki, 395-yil qudratli Rim imperiyasi Sharqiy va G'arbiy qismlarga bo’linib ketadi. Xuddi shunday bo’linish yana qaysi davlatga xos?
A) Turk xoqonligi.
B) Arab xalifaligi.
C) Sosoniylar davlati.
D) Eftallar davlati.
128. Budun tarixiy atamasining ma’nosini aniqlang.
A) Buyuk hukmdor.
B) El-yurt hokimi.
C) Chorvador aholi.
D) Qo’shin qo‘mondoni.
129. Quyidagi qaysi hududlardan buddaning bahaybat haykallari topilgan?
A) Ayritom va Zangtepadan.
B) Qo‘rg’ontepa yaqini va Quvadan.
C) Urgut tumani va Balxdan.
D) Qabodiyon va Sirdaryoning quyi oqimidan.
130. G‘arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchaygan davrda (VII asrning birinchi choragi) uning janubiy chegarasi qayergacha cho‘zilgan edi?
A) Amudaryo etaklarigacha.
B) Qirg‘iz xoqonligi hududigacha.
C) Tan imperiyasi hududigacha.
D) Sind daryosi bo‘ylarigacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |