“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


-Modul:  O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

3-Modul: 
O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki 
taraqqiyot bosqichlari 
 
1. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari va omillari. 
2. O’rta Osiyoda dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi. Qadimgi 
Baktriya, Xorazm, qadimgi So’g’d. 
3. Axmoniylarning O’rta Osiyoni bosib olishi va mahalliy aholining 
bosqinchilarga qarshi ozodlik kurash. Yunon-makedon koshinlarining 
Aleksanr Makedonskiy boshchiligida Urta Osiega yurishi.Spitamen 
boshchiligidagi xarakatlar. 
4.Yunon-Baqtriya, Parfiya, Sug’diyona, Qang’ va Davon davlatlari. 
Ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti. 
5. Kushonlar saltanati va uning Vatanimiz xalqlari tarixida tutgan 
alohida o’rni.
 
6. O’zbek xalqining etnogenezi. “O’zbek” atamasi.
Davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy-uslubiy risola. / - Toshkent: Ma’naviyat, 2017. 203-204 
betlar. 
6
111 vatandosh allomalarimizning hikmatli fikrlari. – Toshkent: Yangi asr avlodi. 2012. 97 bet. 


22 
7. O’zbekistonning milliy mustaqillik davridagi etnik holati va bu 
sohadagi o’zgarishlar. 
 
1. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari va omillari. 
O’rta Osiyoda davlatchilik eramizdan oldingi IX-VIII asrlarda vujudga 
keladi. 
Davlatning 
vujudga 
kelishiga 
sabab, 
dehqonchilik 
bilan 
chorvachilikning rivojlanishi bo’ldi. 
Qadimgi, ya’ni ilk davlatlar mayda xududiy birlik, “madaniy xo’jalik 
tumanlari” sifatida bo’lib, ularning maydonlari 5-10 km
2
bo’lib, ular asosan 
dehqonchilik qilinadigan oazislarni o’z ichiga olgan odatda bu davlatlar 
tarkibigaaholi yashaydigan joylar, sug’oriladigan yerlar, sug’orish sistemalari 
hamda yaylovlar kirgan. 
Davlatlarning asosiy vazifasi etib irrigatsiya obьektlarini qurish va ulardan 
foydalanishni ta’minlash, mamlakat ichida iqtisodiy va madaniy aloqalarni 
mustahkamlash, qo’shni davlatlar va xalqlar bilan aloqalarni doimiy 
mustaxkamlab aholidan o’lponlar va soliqlar yig’ish qo’shinlarni talash 
maqsadida urushlar olib borgan, o’z chegeralarini tashqi dushmanlardan himoya 
qilish belgilangan edi. Xullas, yurtimizda tashkil bo’lgan qadimgi davlatlar 
vazifasini quyidagicha edi: 
1. Jamoatchilik (boshqarish) faoliyati
2. Sotsial- iqtisodiy (xo’jalik) faoliyati
3. Harbiy (mudofaa) faoliyati
4. G’oyaviy (diniy) faoliyati
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ilk shaharlarning paydo bo’lishi 
dastlabki davlatchilik shakllanishishida eng muhim vaasosiy omil bo’lib, bu 
ikkala jarayon uzviy bog’liq holda kechgan. 
Ma’lumki, mil. avv. II ming yillikka kelib qadimgi O’zbekistonning 
dehqonchilik vohalarida o’troq qabilalar rivojlanib, aholining joylashuv tizimi 
shakllanadi. Aholining alohida joylashuv manzilgohlarida ijtimoiy-iqtisodiy 
o’zgarishlar-o’troq dehqonchilikning rivojlanshi, aholi zichligining yuqori 
darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etish, ijtimoiy tabaqalanish va 
boshqaruv tizimining murakkablashib borishi, o’zaro almashinuv, savdo-sotiq 
va madaniy aloqalarning kuchayishi hamda harbiy–siyosiy vaziyat O’zbekiston 
hududlarida dastlabki shaharlarining paydo bo’lishidaasosiy omillardan 
hisoblanadi. 
Jamiyat hayotida sodir bo’lan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar mil avv. III 
ming yillikning ohiri – II ming yillikning boshlariga kelib, O’rta Osiyo 
hududlarida dastlabki shaharlarining paydo bo’lishiga olib keladi. Shahar 
madaniyatining shakllanishi ham huddi jamiyat taraqqiyotida bo’lgani kabi 
uzluksiz taraqqiyot yo’li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko’ra shaharsozlik 
madaniyatining shakllanishi, uzoq bosqichma-bosqich davrlarni bosib o’tgan. 
Mil avv. II ming yillikka oid O’rta Osiyodagi Jarqo’ton, Sopolli, Dashli, Gonur, 
Namozgoh, Oltintepa, Ulug’tepa kabilarda ilk shaharsozlik madaniyatining 


23 
shakllanishi va rivojlanishi uchun quyidagi olimlar muhim ahamiyatga ega 
bo’ldi:

Aholining o’troq dehqonchilikka o’tishi va keng vohalar bo’ylab 
yoyilishi; 

Xunurmandchilikning rivojlanishi vaayrim sohalariga ixtisoslashishi; 

Qadimgi savdo yo’llarining rivojlanishi natijasida iqtisodiy va madaniy 
aloqalar hamda savdo-sotiqning taraqqiy etishi; 

Tabiiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar. 
Shahar madaniyati dastavval O’zbekistonning janubida, Surxondaryo 
hududida shakllandi, so’ngra esa shimolga So’g’d (Qashqadaryo, Samarqand, 
Buxoro), Xorazm, SHosh va Farg’ona hududlariga tarqaldi. Bu-aynan yurtlar va 
xalqlar taraqqiyotidagi notekislik kabi tarixiy qonuniyaga zid emas. 
Ko’p sonli arxelogogik topilmalarning dalolat berishicha, O’zbekistondagi 
ayrim 
ko’hna shaharlarning yoshi 2700-3000 yildan kam emas. 
UlargaAfrosiyob (Samarqand), Qiziltepa (Surxondaryo), Uzunqir, Yerqo’rg’on 
(Qashqadaryo) kabilar kiradi. Qadimgi shaharlar-tarixiy rivojlanishdagi 
urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamiyat taraqiyotining 
ijtimoiy asos xisoblanadi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, sun’iy sug’orishgaasoslangan 
dehqonchilik O’rta Osiyo xo’jaligining asosi hisoblanib, bu jarayon janubiy 
Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekistonning janubida bronza (mil. avv. III- II 
yilliklar) davrida, Toshkent vohasi va uning atroflarida esa ilk temir (III-IV 
asrlar) davrida shakllanib rivojlandi. O’rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari 
sun’iy sug’orish birmuncha qulay bo’lgan Amudaryo (yuqori, quyi, o’rta) 
oqimlari bo’ylarida, Murg’ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida 
shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar-Misr 
(Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatish mumkin. 
Hozirgi kunga kelib, O’rta Osiyoning juda ko’plab bronza va ilk temir 
davriga oid yodgorliklaridan (Sopolli, Jarqo’ton, Anov, Qiziltepa, Qo’zaliqir, 
Afrosiyob, CHust, Dalvarzin, Daratepa va boshq.) ishlab chiqaruvchi xo’jalik 
bilan bevosita bog’liq bo’lgan metall qurollar topib o’rganilgan. Metall 
qurollarining mehnat qurollari sifatida jamiyat keng yoyilish mehnat 
unumdorligining yanada yuksalishi uchun o’lkan imkoniyatlar yaratib, bu 
jarayon davlatchilik paydo bo’lishini yanada tezlashtirdi. 
So’nggi bronza davriga kelib kulolchilik charxining ishlatila boshlanishi 
natijasida Sopolli, Oltintepa, Gonur, Jarqo’rg’on kabilarda kulolchilik 
mahallalari paydo bo’ladi. SHuningdek, xunarmandchilikning toshga, metallga, 
yog’ochga, 
suyakka 
ishlov 
berish 
turlari 
ham 
keng 
tarqaladi. 
Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi, alohida xo’jalik tarmog’i sifatida 
shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim 
ahamiyatga ega bo’lib davlatchilik paydo bo’lishi uchun muhim bo’lgan 
qo’shimcha mahsulot ko’payishiga turki bo’ldi.


24 
O’rta Osiyo hududlarida yashagan aholi qadimgi davrlardan boshlab 
o’zaro munosabatlarini rivojlantirib kelganlar. Bronza davriga kelib, shimoldagi 
ko’chmanchi chorvador qabilalar va janubdagi o’troq dehqonchilik aholisi 
o’rtasida o’zaro mol ayriboshlash va madaniy aloqalar yanadajadallashdi. Bu 
o’rinda o’sha davrda shakllanib keyinchalik yanada rivojlangan qadimgi 
yo’llarning ahamiyati beqiyos bo’ldi. Bu yo’llar orqali O’rta Osiyo qadimgi 
aholisi mintaqadan tashqari qo’shni davlatlar Mesopotamiya, Misr, Hindiston, 
Eron, Afg’oniston kabilar bilan turli aloqalar rivojlantirilgan. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish