3-Modul:
O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki
taraqqiyot bosqichlari
1. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari va omillari.
2. O’rta Osiyoda dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi. Qadimgi
Baktriya, Xorazm, qadimgi So’g’d.
3. Axmoniylarning O’rta Osiyoni bosib olishi va mahalliy aholining
bosqinchilarga qarshi ozodlik kurash. Yunon-makedon koshinlarining
Aleksanr Makedonskiy boshchiligida Urta Osiega yurishi.Spitamen
boshchiligidagi xarakatlar.
4.Yunon-Baqtriya, Parfiya, Sug’diyona, Qang’ va Davon davlatlari.
Ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti.
5. Kushonlar saltanati va uning Vatanimiz xalqlari tarixida tutgan
alohida o’rni.
6. O’zbek xalqining etnogenezi. “O’zbek” atamasi.
Davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy-uslubiy risola. / - Toshkent: Ma’naviyat, 2017. 203-204
betlar.
6
111 vatandosh allomalarimizning hikmatli fikrlari. – Toshkent: Yangi asr avlodi. 2012. 97 bet.
22
7. O’zbekistonning milliy mustaqillik davridagi etnik holati va bu
sohadagi o’zgarishlar.
1. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari va omillari.
O’rta Osiyoda davlatchilik eramizdan oldingi IX-VIII asrlarda vujudga
keladi.
Davlatning
vujudga
kelishiga
sabab,
dehqonchilik
bilan
chorvachilikning rivojlanishi bo’ldi.
Qadimgi, ya’ni ilk davlatlar mayda xududiy birlik, “madaniy xo’jalik
tumanlari” sifatida bo’lib, ularning maydonlari 5-10 km
2
bo’lib, ular asosan
dehqonchilik qilinadigan oazislarni o’z ichiga olgan odatda bu davlatlar
tarkibigaaholi yashaydigan joylar, sug’oriladigan yerlar, sug’orish sistemalari
hamda yaylovlar kirgan.
Davlatlarning asosiy vazifasi etib irrigatsiya obьektlarini qurish va ulardan
foydalanishni ta’minlash, mamlakat ichida iqtisodiy va madaniy aloqalarni
mustahkamlash, qo’shni davlatlar va xalqlar bilan aloqalarni doimiy
mustaxkamlab aholidan o’lponlar va soliqlar yig’ish qo’shinlarni talash
maqsadida urushlar olib borgan, o’z chegeralarini tashqi dushmanlardan himoya
qilish belgilangan edi. Xullas, yurtimizda tashkil bo’lgan qadimgi davlatlar
vazifasini quyidagicha edi:
1. Jamoatchilik (boshqarish) faoliyati
2. Sotsial- iqtisodiy (xo’jalik) faoliyati
3. Harbiy (mudofaa) faoliyati
4. G’oyaviy (diniy) faoliyati
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ilk shaharlarning paydo bo’lishi
dastlabki davlatchilik shakllanishishida eng muhim vaasosiy omil bo’lib, bu
ikkala jarayon uzviy bog’liq holda kechgan.
Ma’lumki, mil. avv. II ming yillikka kelib qadimgi O’zbekistonning
dehqonchilik vohalarida o’troq qabilalar rivojlanib, aholining joylashuv tizimi
shakllanadi. Aholining alohida joylashuv manzilgohlarida ijtimoiy-iqtisodiy
o’zgarishlar-o’troq dehqonchilikning rivojlanshi, aholi zichligining yuqori
darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etish, ijtimoiy tabaqalanish va
boshqaruv tizimining murakkablashib borishi, o’zaro almashinuv, savdo-sotiq
va madaniy aloqalarning kuchayishi hamda harbiy–siyosiy vaziyat O’zbekiston
hududlarida dastlabki shaharlarining paydo bo’lishidaasosiy omillardan
hisoblanadi.
Jamiyat hayotida sodir bo’lan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar mil avv. III
ming yillikning ohiri – II ming yillikning boshlariga kelib, O’rta Osiyo
hududlarida dastlabki shaharlarining paydo bo’lishiga olib keladi. Shahar
madaniyatining shakllanishi ham huddi jamiyat taraqqiyotida bo’lgani kabi
uzluksiz taraqqiyot yo’li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko’ra shaharsozlik
madaniyatining shakllanishi, uzoq bosqichma-bosqich davrlarni bosib o’tgan.
Mil avv. II ming yillikka oid O’rta Osiyodagi Jarqo’ton, Sopolli, Dashli, Gonur,
Namozgoh, Oltintepa, Ulug’tepa kabilarda ilk shaharsozlik madaniyatining
23
shakllanishi va rivojlanishi uchun quyidagi olimlar muhim ahamiyatga ega
bo’ldi:
Aholining o’troq dehqonchilikka o’tishi va keng vohalar bo’ylab
yoyilishi;
Xunurmandchilikning rivojlanishi vaayrim sohalariga ixtisoslashishi;
Qadimgi savdo yo’llarining rivojlanishi natijasida iqtisodiy va madaniy
aloqalar hamda savdo-sotiqning taraqqiy etishi;
Tabiiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar.
Shahar madaniyati dastavval O’zbekistonning janubida, Surxondaryo
hududida shakllandi, so’ngra esa shimolga So’g’d (Qashqadaryo, Samarqand,
Buxoro), Xorazm, SHosh va Farg’ona hududlariga tarqaldi. Bu-aynan yurtlar va
xalqlar taraqqiyotidagi notekislik kabi tarixiy qonuniyaga zid emas.
Ko’p sonli arxelogogik topilmalarning dalolat berishicha, O’zbekistondagi
ayrim
ko’hna shaharlarning yoshi 2700-3000 yildan kam emas.
UlargaAfrosiyob (Samarqand), Qiziltepa (Surxondaryo), Uzunqir, Yerqo’rg’on
(Qashqadaryo) kabilar kiradi. Qadimgi shaharlar-tarixiy rivojlanishdagi
urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamiyat taraqiyotining
ijtimoiy asos xisoblanadi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, sun’iy sug’orishgaasoslangan
dehqonchilik O’rta Osiyo xo’jaligining asosi hisoblanib, bu jarayon janubiy
Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekistonning janubida bronza (mil. avv. III- II
yilliklar) davrida, Toshkent vohasi va uning atroflarida esa ilk temir (III-IV
asrlar) davrida shakllanib rivojlandi. O’rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari
sun’iy sug’orish birmuncha qulay bo’lgan Amudaryo (yuqori, quyi, o’rta)
oqimlari bo’ylarida, Murg’ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida
shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar-Misr
(Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatish mumkin.
Hozirgi kunga kelib, O’rta Osiyoning juda ko’plab bronza va ilk temir
davriga oid yodgorliklaridan (Sopolli, Jarqo’ton, Anov, Qiziltepa, Qo’zaliqir,
Afrosiyob, CHust, Dalvarzin, Daratepa va boshq.) ishlab chiqaruvchi xo’jalik
bilan bevosita bog’liq bo’lgan metall qurollar topib o’rganilgan. Metall
qurollarining mehnat qurollari sifatida jamiyat keng yoyilish mehnat
unumdorligining yanada yuksalishi uchun o’lkan imkoniyatlar yaratib, bu
jarayon davlatchilik paydo bo’lishini yanada tezlashtirdi.
So’nggi bronza davriga kelib kulolchilik charxining ishlatila boshlanishi
natijasida Sopolli, Oltintepa, Gonur, Jarqo’rg’on kabilarda kulolchilik
mahallalari paydo bo’ladi. SHuningdek, xunarmandchilikning toshga, metallga,
yog’ochga,
suyakka
ishlov
berish
turlari
ham
keng
tarqaladi.
Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi, alohida xo’jalik tarmog’i sifatida
shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim
ahamiyatga ega bo’lib davlatchilik paydo bo’lishi uchun muhim bo’lgan
qo’shimcha mahsulot ko’payishiga turki bo’ldi.
24
O’rta Osiyo hududlarida yashagan aholi qadimgi davrlardan boshlab
o’zaro munosabatlarini rivojlantirib kelganlar. Bronza davriga kelib, shimoldagi
ko’chmanchi chorvador qabilalar va janubdagi o’troq dehqonchilik aholisi
o’rtasida o’zaro mol ayriboshlash va madaniy aloqalar yanadajadallashdi. Bu
o’rinda o’sha davrda shakllanib keyinchalik yanada rivojlangan qadimgi
yo’llarning ahamiyati beqiyos bo’ldi. Bu yo’llar orqali O’rta Osiyo qadimgi
aholisi mintaqadan tashqari qo’shni davlatlar Mesopotamiya, Misr, Hindiston,
Eron, Afg’oniston kabilar bilan turli aloqalar rivojlantirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |