“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


 Bronza davridagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

5. Bronza davridagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar. 
Ajdodlarimiz miloddan avvalgi 3 minginchi yillardayoq misga qalay 
aralashtirib bronza ya’ni qattiq metall qotishmasini olishni undan pishiq va 
qattiq mehnat qurollari, qilich, hanjar, uy
-
ro’zg’or, zeb
-
ziynat buyumlari 
yasashni o’zlashtirib oladilar. Bronzaning kashf etilishi metallurg 
hunarmandlarni, metallurgiya ustaxonalari va zargarlik korxonalarini vujudga 
keltirdi. Hunarmandchilikning bu tariqa ixtisoslashuvi turli hududlar o’rtasida 
mahsulot ayirboshlashga, ularni iqtisodiy jihatdan bog’lashga olib keldi. Bronza 
davrida yashagan ajdodlar xo’kiz, ot, eshak, tuyadan transport vositasi sifatida 
foydalanganlar. Hayvonlar qo’shilgan g’ildirak aravalar vujudga keldi. 
O’zbekiston hududidan bronza davri odamlarining makoni va qabristonlari 
topib o’rganilgan. Buxoro viloyati Qorako’l tumani markazidan 15 km. 
SHimoliy-sharqdagi Zamonbobo ko’li atrofida 1950 yillarda Ya.G’ulomov 
1960 yillarda A.Asqarov tadqiqot ishlari olib borib, bronza davri odamlarining 
makonlarini topib o’rganadilar. Bu Zamonbobo madaniyati deb atalib, maydoni 
170 kv.metr yerto’la tipidagi uy, ikki chayla, kulolchilik xumdoni va boshqa 
ashyolar topildi. Qazuv ishlari vaqtida uning atrofidan o’choq o’rni, ustunlar 
o’rnatilgan chuqurchalar, qoramol, echki, yovvoyi xayvonlarning suyaklari, 
qorayib ketgan bug’doy va arpa donlari, chaqmoqtoshdan yasalgan o’roq 
parchalari, 
toshdan 
yasalgan 
munchoqlar 
topilgan. 
Topilmalardan 
zamonboboliklar dexqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganliklaridan 
darak beradi.Zamonbobo ko’lining shimoliy sohilidan topilgan qadimgi 
qabristonda 45 ta mozor ochilib o’rganilgan. Mozor hozirgidek lahad shaklida 
bo’lib, marhumlar o’ng va chap yoni bilan ko’milgan. Erkaklar qabridan o’q-
yoy paykonlari, pichoqsimon qurollar, ayollar qabridan tosh munchoqlar, oltin 
marjon, surma, toshoyna va boshqa buyumlar topilgan. Qazilmalardan topilgan 
Badaxshon la’lidan ishlangan munchoqlar, sopol idishlar zamonboboliklarning 
boshqa hududlaridagi urug’ jamoalari bilan iqtisodiy-madaniy aloqalarda 
bo’lganligini ko’rsatadi. Milloddan avv. III-II ming yilliklarga kelib O’rta Osiyo 
jamiyatida sodir bo’lgan iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari bu xududlarda ilk 
shaharning paydo bo’lishiga imkon yaratdi. 
O’lkamiz xududida dastlabki shahar madaniyatning shakllanishi ham 
jamiyat taraqqiyotida bo’lgani kabi uzliksiz taraqqiyot yo’li bilan rivojlangan.
Bu qonuniyatga ko’ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi uzoq va 


19 
bosqichma-bosqich davrlarni bosib o’tgan. O’zbekistonning turli xududlarida 
tadqiqotchilar qadimgi shahar harobalarini topib tekshirdilar. Arxeologik 
topilmalarning dalolat berishicha bu ko’hna shaharlarning ba’zilarini yoshi 
2700-3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob, Ko’ktepa (Samarqandda,) 
Qiziltepa (Surxon vohasida) Uzunqir, Yerqo’rg’on (Qashqadaryo vohasida) va 
boshqalar kiradi. Tadqiqotchilarning keyingi xulosalariga ko’ra O’rta Osiyo 
xududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyati mil. avv. II ming yillikdayoq 
ya’ni bronza davridayoq shakllana boshlagan. Bu shaharlar asosan aholisi 
sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullangan vohalarda, qadimgi savdo yo’llari 
bo’ylarida, hukmdorlar qarorgohlari atrofida paydo bo’lgan. Qadimgi 
shaharlarni qishloqdan ajralib turgan bir qator belgilari bo’lgan. Bular; shahar 
mudofa devoriga ega bo’lishi, shahar markazidaark, bozor va diniy e’tiqod 
uchun sig’inish joyini mavjudligidir. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish