“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


-Modul: Ilk o’rta asrlarda o’zbek davlatchiligi: ijtimoiy-siyosiy



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

 
4-Modul: Ilk o’rta asrlarda o’zbek davlatchiligi: ijtimoiy-siyosiy
iqtisodiy va madaniy hayot. 
1. Xioniylar, kidariylar va eftaliylar. 
2. Turk hoqonligi. Hoqonlik davrida O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va 
madaniy rivoji. 
3.Movarounnahr arablar tomonidan istilo etilishi va arablarga qarshi 
harakatlar. Islom dinining O’rta Osiyoga kirib kelishi. Qur’oni- karim-
muqaddas kitob. 
4. Xadislar va ularning ijtimoiy-siyosiy mohiyati. Islom dini ta’limotini 
rivojlantirishda O’rta Osiyolik olimlarning hissasi. Ma’naviy kamolotga 
erishuv yo’lida muhaddislar merosining ahamiyati
 
1. Xioniylar va kidariylar va eftaliylar. 
Uzoq o’tmishda xioniylar va ular tarkibidagi barcha qabilalar Shimoliy 
Xitoyda, Sibirda, milodiy 1-2 asrlarda esa Qozog’iston cho’llarida yashaganlar. 
Ularning ayrim guruhlari shu asrlarda Movarounnahr va xorazm hududlariga 
ham kelib joylashganlar. Xioniy qabilalari kirib kelgan paytda Movarounnahr 
va Xorazm hududida xorazmliklar so’g’diylar, kushonlar, qang’arlar va bir 
qancha boshqa xalqlar yashagan.
V asrning 20 yillarida O’rta Osiyoga Sharqdan Sirdaryo va orol bo’ylari 
orqali yana bir ko’chmanchi aholi kidariylar (yuejchji yoki toxarlarning avlodi) 
kirib keladi. Kidar ismli hukmdor ularga yo’lboshchilik qilgani uchun kidariylar 


46 
nomi bilan tilga olinadi. Kidariylar So’g’diyonani Amudaryo bo’ylaridagi 
yerlarni egallab o’z hukmronligini o’rnatadilar. Kidariylar Balx shahrini o’z 
davlatining poytaxtiga aylantiradilar Biroq kidariylar hukmronligi uzoq davom 
etmaydi. Kidariylar bilan sosoniylar o’rtasida ziddiyatlar kuchayib, ular 
o’rtasida bir necha marta qurolli to’qnashuvlar bo’ladi. 456 yilda bo’lgan 
navbatdagi jangda kidariylar sosoniylardan qaqshatkich zarbaga uchradilar. 
Ayni paytda shimoldan janubga siljib kelayotgan eftaliylar bosimiga uchrab, 
shimoliy Hindiston tomon chekinishga majbur bo’ldilar. Kidariylar u yerda 75 
yilcha hukmronlik qildilar. Bu hududlarni turk hoqonligi egallaganda 
xorazmliklar va so’g’diylar qatorida kidariylar, xioniylar, eftaliylar va boshqa 
xalqlar ham bo’lgan. Xion (xioniy), Kidariylar etnoslarining kelib chiqishi 
haqida xaligacha aniq ma’lumotlar yo’q va tadqiqotchilar orasida ham turli 
baxsli fikrlar mavjud. Masalan, xioniylarni eftaliylarga yoki kidariylarga 
tenglashtirgan, ba’zan esa buning teskarisi eftaliylarni xioniylar deyilgan. 
Xioniylar tarixiy manbalarda milodiy 4 asr o’rtalarida tilga olingan. 
Beyshida (6 asr) bir vaqtlar xunlar Sude (So’g’d) xokimini o’ldirib Sudeni 
egallagan edilar. Shu ma’lumotlarga ko’ra 350-356 yillarda xioniylar 
So’g’diyonani va uning markaziy shahri Samarqandni egallaganlar. 356 yilda 
xioniylar sarkardasi o’g’li bilan Sosoniylapr podshosi Shopur 2ni Amida 
(Suriya) shahrini qamal qilishda ittifoqdosh sifatida unga yordam bergan. SHu 
yilda xioniylar Zarafshon vohasini egallagandan so’ng Amudaryo vohasiga 
chiqib Eron sosoniylari bilan chegaradolsh bo’lib qolgan. Dastlab xioniylar 
Sosoniylar bilan ittifoqchilikda yashagan bo’lsada, 4 asr oxiri 5 asr boshlarida 
ular bilan raqiblashib kelganlar. 460 yili xioniylarning katta qismi 
Hindistonning shimoliy-g’arbiy hududlariga ko’chadilar ularning ayrim 
guruhlari Movarounnahrda qolib, eftalitlar bilan aralashadilar va keyinchalik 
o’troqlashib, tub yerli aholiga qo’shilib ketadilar.
Xitoy manbalaridan eftalitlarni “ida, yeda, idan, idyan” deb, suriya va lotin 
manbalaridan esa “eptalit, eftalit, adbal”, arman yozuvlarida “idal, tetal, xeptal”, 
arab va fors mualliflari “haytal, yaftal, hetal”, hind manbalarida “xuna” va 
hokazo deb eslatib o’tiladi. 
Xitoylik mualliflar eftalitlarni turklar (tukyue) bilan bog’liq ravishda 
ta’riflaydilar. Vizantiyalik tarixchilar, masalan Prokoliy (6 asr) fetalitlarni 
xunlardan deb ko’rsatar ekan, “ular (ya’ni eftalitlar) xunlardandir, tanalari esa 
oq” deb eslatadi. 
Eftalitlar bilan sosoniylar o’rtasida birinchi to’qnashuvlar 5 asr 30 
yillardayoq sodir bo’lgan edi. Arman tarixchisi Vardapetning ma’lumotiga 
ko’ra 5 asrning 50-yillariga kelib eftalitlar ittifoqi nihoyatdako’chayib ketadi. 
456 yildayoq eftalitlar o’z elchilarini Xitoyga jo’natadilar. Eftalitlar tobora 
janubiga qarab siljiy boshlaydilar va o’z navbatiga janubdagi qo’shni Eron bilan 
munosabatlar keskinlasha boradi. Sosoniylar bilan hal qiluvchi qarashlar davri 
shoh Peruz (Feruz) davriga (459-484 yy.) to’g’ri keladi. Taxminan 457 yili 
vaxshunvor (axshunvor) Eftalon boshchiligidagi eftalitlar CHag’oniyon 


47 
(Surxondaryo viloyati Termiz shahrining shimolidagi yerlar), Tohariston, 
Badahshonda o’z hokimiyatlarini o’rnatadilar. 459 yili Eron taxtiga nomi tilga 
olingan Peruz chiqadi. 
Manbalarda Peruzning hokimiyatga kelishi eftalitlar bilan bog’liq ravishda 
bayon qilinadi. Nafaqat Peruz, balki uning akasi Xo’rmo’zd (457-459) ham 
eftalitlar yordamida taxtni qo’lga qiritgani ma’lum. Bunday holat bekorga 
yuzaga kelmagan. CHunki Xo’rmo’zd va Peruz o’z vaqtida taxt vorisi sifatida 
sosoniylar davlatining sharqiy viloyatlarini (Seyistondan Marg’iyonagacha 
bo’lgan hudu) boshqarganlar. (Xo’rmo’zd 420-457 yillari, Peruz 457-459 
yillari). SHu munosabat bilan qo’shni o’lka siyosiy, savdo doiralari bilan 
yaqindan muomalada bo’lganlar. 
Peruz eftalitlarning ko’chayib borishini vaqtinchalik deb bilib, ular 
kuchidan Eron taxtiga kelish uchun foydalangan bo’lishi kerak. Ammo eftalitlar 
qudrati oshib tez orada ular sosoniylarga ham qarshi turishlarini anglagan Peruz 
eftalitlarga qarshi jangga kiradi. Bu to’g’risidagi ma’lumotlar “Baxmal-Yashta” 
da ham, arab tarixchisi at-Tabariyning asarlarida ham uchraydi. Peruz (459-484) 
3 marotaba eftalitlarga qarshi yurish qiladi. 
Birinchi kurashdayoq Peruz mag’lubiyatga uchraydi vaasirga tushadi. 
Vizantiya imperatori Zenon o’rtaga tushib, uni ozod qilib oladi. Peruz 
chegaradagi Talqon (Talikon) shaharlarini eftalitlarga topshiradi va Varxron 
Bahromgo’r belgigan chegaradan o’tmaslik majburiyatini oladi. Bu 
mag’lubiyatdan xulosa chiqarib olmay, u yana ikkinchi bor eftalitlar ustiga 
yurish boshlaydi. 3-chi urushda Prisk Paniyskiyning ma’lumoticha, Peruzning 
eftalitlarni aldashi xizmat qilgan. Peruz o’lpon to’lab bo’lgach, eftalitlar bilan 
munosabatni yangilashga harakat qiladi. U eftalitlarga sulh tuzishni va o’zining 
eftalitlarga tinch maqsadida hukmdorga o’z taklifining kafolati sifatida 
singlisini turmushga berishligini taklif etadi. 484 yili eftalitlar va sosoniylar 
o’rtasida ohirigi kurash boshlanib ketadi. Bu kurash Marv yaqinida 
sosoniylarning tugal mag’lubiyati bilan yakunlanadi. 
Arab tarixchilar Denovariy va Tabariylarning yozishicha Peruz o’z 
qo’shinining bir qismi bilan pistirmadagi chuqur handaqqa tushib ketgan va 
eftalitlar tomonidan toshlar bilan urib o’ldirilgan ekan. Uning butun lageri, 
xonadoni,mol-mulki eftalitlar qo’liga tushib musodara qilingan. Bu kurashdan 
so’ng Eron ustiga og’ir o’lpon solingan. 
Sosoniylar qudratiga eftalitlar tomonidan shunday qilib chek qo’yildi. 
Eronning o’zida shu vaqtga kelib ichki siyosiy ahvol keskinlashib ketdi. Og’ir 
iqtisodiyahvol, 
qulchilikning 
yemirilishi, 
soliqlarning 
o’sishi, 
quyi 
tabaqalarning qashshoqlanishi, urushdan keyingi vayronliklar natijasida 
norozilik harakatlari boshlanib ketdi. Xalq g’alayonlari diniy tus olib, bu 
harakatlarga Mazdak boshchilik qildi.
Mazdak Hamdadon (470-529) zardushtiylikning asl g’oyalarini hayotga 
tadbiq qilmoqchi bo’lib, o’z harakat mafkurasini yaratdi. Uning ta’limotchi 
kishilar bu dunyoning ne’matlaridan teng foydalanishlari lozim, shuningdek, u 


48 
ijtimoiy hayotga jamoa huquqlarini tiklash, yer-suv, mol-mulkka barobar egalik 
qilish, hammaning o’zaro tengligiga erishishi lozim, degan g’oyani ilgari suradi. 
Mazdak tarafdorlarining soni Eronda juda ko’plab odamlarni tashkil etdi. 
Beruniyning xabariga ko’ra, uning ortidan minglab kmshilar ergashdilar. 
Mazdakiylar yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabat-feodalizmning talablarini 
olg’a sura boshladi. Mazdakiylik harakati nihoyatdako’chayib ketdi. 
Qubodshohning (489-531) o’zi u bilan hisoblashishga majbur bo’ldi. Kubot 
Mazdak tarafiga o’tib uni Eronning bosh koxini yetib tayinlaydi. Mazdak 
hokimiyatini o’z qo’liga kiritib olgach, uning tarafdorlari ohir-oqibatda Kubotni 
496 yil taxtdan ag’darib tashlab zindonga tashlaydilar. Uning o’rniga ukasi 
taxtga chiqadi Kubot zindondan qochib Eftalitlar dargohidan panoh topadi. U 
o’z vaqtida eftalitlar hukmdorining singlisiga uylangan edi. Suriyalik muarrix 
Iyshu Stilit eftalitlar huzuridagi Kubotning ahvolini shunday ta’riflaydi: “u 
ko’zida yoshi bilan har kuni (eftalitlar hukmdoridan) lashkar bilan qo’llab-
quvvatlashni iltimos qilardiki, to yana davlat boshqaruvini qo’lga olsam” deb. 
Kubot eftalitlardan yetarlicha harbiy yordam olib 499 yil Eronga yurish qildi. 
Chegaraga yetgan paytdayoq ukasi buni eshitib taxtni tashlab qochib ketadi. 
Qubot shoh I yana taxtga o’tiradi. Avval mahfiy, keyinchalik oshkora Mazdakni 
qatl ettirib, uning tarafdorlariga qarshi ayovsiz kurash olib boradi.
Qubotning o’g’li Xusrav I Anushervon (531-579) davrida keng miqyosli 
islohotlar o’tkazilishi bilan birga mazdakiylar harakatiga butkul chek qo’yiladi. 
Eftalitlar esa o’z qo’llari ostida Tohariston, Badaxshon, So’g’d, SHarqiy 
Turkiston va Markaziy Osiyoning boshqa ba’zi yerlarini birlashtirdilar. 
Qubodshoh eftalitlar bilan deyarli tinch-totuv yashadi. U 502-506 yillarda 
eftalitlar bilan ittifoqchilikda Vizantiyaga qarshi yurishlarda ham Eftalitlar 
Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston, Shimoliy Hindiston, Sharqiy Eronni 
birlashtirgan o’lkan davlatgaasos soladilar. Kushon podsholigi hududlarini ham 
yana o’z qo’llari ostida birlashtirdilar. Eftalitlar sosoniylarning O’rta Sharqdagi 
hukmronligiga chek qo’yadi. 
Eftalitlar davlati Markaziy Osiyo halqlari tarixida muhim o’rin tutib, 
keyinchalik o’z o’rnini 563-567 yillardagi kurashdan so’ng tarix maydonidagi 
yangi siyosiy kuch-Turk hoqonligiga bo’shatib berdi. 
Ilk o’rta asrlardagi Xitoy manbalarida eftalitlarning ko’chmanchi qabilalar 
ekanligi, ularning yurtida shaharlar yo’qligi, o’zlari o’tloqlarda yashaganliklari 
ta’riflanadi. Keyingi davr tarixchilar xususan g’arb manbalarida boshqacha 
ma’lumotlar keltirildi. 
Vizantiyalik muarrix Prokopiy Kesarkiy (VI asr) shunday deb yozadi: 
“eftalitlar (saltanati) bir hukmdor orqali idora etilib, o’z qonuniy (adolatli) 
davlatchiliklariga egadirlar. O’zaro va qo’shnilar bilan (munosabatlarda) adolat 
me’yorini saqlashda vizantiyaliklar va forslardan hech qolishmaydilar”. Demak, 
eftalitlar davrida ham kushonlar davridagi kabi saltanat yakka hukmdor 
tomonidan boshqarilgan. 


49 
Hali kushonlar davridayoq yer va qo’rg’onlarga ega bo’lgan aslzodalar 
ajralib chiqa boshlagan, dehqonlar mahaliy zodagonlarga ko’proq tobe bo’la 
boshlagan. Eftalitlar o’lkan hududda boshqaruvni qo’lga kiritgach obod 
dehqonchilik vohalariga, rivojlangan shaharlarga, savdo yo’llariga ega bo’ldilar. 
Vaqt o’ttishi bilan esa mahalliy aholi bilan aralashib keta boshladilar. Natijada 
ularning bevosita vorisigaaylanadi. SHu boisdan 568-569 yillarda Vizantiya 
imperatori Yustin huzurida bo’lgan turk elchisi imperatorining “Eftalitlar 
shaharlarda yashaydilardimi yoki qishloqlar-dami?” degan savolga “ular 
shaharlik sulolalar, oliy hazratlari deb javob bergan” 
Eftalitlarning bir qismi ko’chmanchi chorvador bo’lsa, asosiy kattaroq 
qismi shahar va qishloqlarda yashaydigan o’troq aholi bo’lgan. Toxariston va 
Sug’dda dehqonchilik va bog’dorchilik rivoj topgan. Qashqadaryo va Zarafshon 
vodiylarida g’alladan tashqari sholi ham yetishtirilgan. Xitoy manbalarida qayd 
etilishicha 6% asrlarida hususan Sharqiy Turkiston va Turkiston yerlarida 
ko’plab g’o’za yekilar edi. Markaziy Osiyoning paxta tolasi Xitoyda ham 
mashxur bo’lgan. Tog’ va tog’ oldi yerlaridagi aholi yilqichilik bilan 
shug’ullangan. Farg’ona vodiysida zotdor arg’umoqlar ko’paytirilar edi. Feodal 
munosabatlarning tarkib topa boshlashi bilan sug’oriladigan yer maydonlarini 
ma’lum bir qismi mulkdor zodagon tabaqa vakillari-“dehqonlar” qo’lida 
to’plana boshlangan edi. Buning natijasida qishloq jamoasining erkin 
dehqonlari ma’lum darajada zodagon dehqonlar asoratiga tushib, ularga qaram 
“kadivar” larga aylandi. Sug’orma yerlarning bir qismi ibodatxonalarni mulki 
hisoblangan. Bunday yerlar “Vag’nze” deb yuritilgan. Yaylovlarning asosiy 
qismi oqsoqol zodagonlar qo’lida bo’lgan. Eftalitlar orasida mol-mulk 
tabaqalanishi ham kuchli bo’lgan. Ular orasida feodal munosabatlar shakllanishi 
bilan bir qatorda ibtidoiy jamoa tuzumi sarqitlari ham saqlanib qolgan edi. 
Eng boy zodagonlar doimiy hamroh sifatida 20 va undan ortiq do’stlarga 
ega bo’lishgan. Zodagon qafot etganda, qoida bo’yicha do’stlari ham 
tirikligicha qabrga qo’yilgan. Beshi solnomasida yozilishicha, zodagonlar qazo 
qilgan vaqtda maxsus tayyorlangan tosh dahmalarga, oddiy eftalit murdasi esa 
tuproqqa qo’yilgan. Bu ikki xil ko’mish jamiyatining sinfiy tabaqalanishidan 
dalolat beradi. 
Zodagonlar qimmaatbaho kiyimlarda yurishgan. Bu haqda Son Yun o’z 
esdaliklaridan qayd qilib o’tadi. Jinoyatchilik qilgan shaxs kim bo’lishidan 
qat’iy nazar boshi kesilgan, o’g’irlangan mol-mulk miqdoridan qat’iy nazar o’n 
barobar qilib undirib olingan. 
Eftalitlar kuchli qo’shinga ega bo’lishgan. Lashkarning asosiy qismini 
suvoriylar tashkil etgan. Suvoriylar asosan gurzi va qilin bilan qurollanganlar. 
Xitoyliklar ularni mohir kamonboz deb ham ta’riflashgan. Otliq qo’shin asosiy 
ahamiyat kasb etgan. 
V-VI asrlarga dehqonchilik vohalarida eftalitlarning o’troqlashuvi 
ko’chayadi, buning oqibatida sug’orma kanallari qazib chiqarilib, minglab 
gektar yangi yer maydonlari o’zlashtiriladi. Sug’orish uslubi takomillashadi, 


50 
shohariqlar chuqurlashib, sersuv sug’orish tarmoqlarigaaylangan. Hozirgi 
vaqtda ham mavjud bo’lgan Zahariq, Bo’zsuv, Darg’om kanallari V asrda barpo 
etilgan eng yirik sug’orish tarmoqlaridan bo’lgan. Shuningdek tog’ oldilariga 
suv chiqarish uchun suv chiqarish asboblaridan yerlarda zodagon 
dehqonloarning qalin xom g’ishtdan urib chiqilgan va baland poydevori ustiga 
qurilgan o’lkan qo’rg’onlari, istehkomlar yuzaga kela boshlagan. 
Istehkomlarning to’rt burchagi bilan burjlar bilan mustahkamlanib, devoru-
mo’rilari bir necha qator kamondan o’q uzgich nishon tuynuklari bilan 
ta’minlangan. Qalin mudofaali feodal qo’rg’onlari ilk o’rta asrning o’ziga xos 
me’morchilik namunalaridan bo’lib, Naxshab vohasidagi Zahoki-Moron qal’asi, 
Buxorodagi SHahri Vayron, Xorazmdagi Fir qal’asi shular qatoridandir. 
Vohalarni tashqi dushmandan himoya qilish maqsadida bir necha 
chaqirimlab qalin devorlar barpo etilgan. Samarqand vohasidagi 12 ta darvoza 
ega bo’lgan Devori qiyomat, Buxoro vohasidagi uzunligi 336 km. Li Kampirak, 
Toshkent vohasidagi Kampirdevor istehkom devorlari shular jumlasidandir. 
SHu davr me’morchiligida qasrlar qurilishi ayniqsa ahamiyatli bo’lgan. 
Qasrlar odatda 2 qavatli, shipi tekis, gumbasimon va ravoqsimon yopilgan bir 
necha xonadan iborat bo’lgan. V asrdan boshlab saroy, qasrlar qurilishda paxsa 
va xom g’isht bilan bir qatorda kirpech (pishiq g’ishtlar) ham ishlatilina 
boshlagan. Saroy va ibodatxonalar devorlari odatda rangdor tasvirlar bilan 
bezatilgan. 
Bunday tasviriy san’at namunalaridan biri Bolaliktepa (Surxandaryo) qasri 
devorlarida qayd etilgan. Bu nodir tasviriy san’at asarlarida bashang kiyingan 
ayol va erkaklarning ziyofati tasviri berilgan. Rasmlar katta did mahorat bilan 
ishlanegan. 
Shu davr moddiy madaniyat yodgorligi sifatida Xorazmda Tuproqqal’a 
xarobasini ham ko’rsatish mumkin. Bu qal’a qalin istehkom devoriga ega 
bo’lib, qal’a ichidagi to’g’ri yo’naltirilgan ko’chalar shaharni 10 ta mavzega 
bo’lib turgan. SHaharning shimoli-g’arbiy qismida ko’tarma supa ustiga xom 
g’ishtdan saroy qurilgan. Uning yonida ark binosi bo’lgan. Shuningdek, 100ga 
yaqin turar, qadimgi Xorazm yozuvlarida bitilgan 80 tadan ortiq hujjatlar 
topilgan. 
Eftalitlar me’morchiligining ajoyib namunalaridan biri Buxoro yaqinidagi 
Varaxsha saroyi bo’lgan. Bu qo’rg’on o’lkan to’rtburchak shakildagi tepa ustiga 
qurilgan. Devorlari ganch qilinib, suratlar bilan bezatilgan. Xonalar keng-keng 
bo’lib, qalin devorlar bilan bir-biridan ajralib turgan. Bu qasr buxorxudotlarning 
VI - VII asrlarda qarorgohi bo’lgan. Shuningdek, Toshkent vohasidagi 
Oqtepadan, Jo’n arig’i yaqinidan, Poykentdan va boshqa bir qator joylardan 
eftalitlar davri yodgorliklari topib tadqiq qilingan.
Eftalitlar davrilda hunarmandchilik ham rivoj topgan. Ayniqsa kulolchilik, 
shishasozlik, chilangarlik, bo’zchilik, zargarlik, qurolsizlik kasb-hunarlari 
ravnaq topgan. CHochda yasalgan o’q va yoy “kamoni chochiy” nomi bilan 
mashhur bo’lgan. Katta-kichik o’aharlar soni ko’paygan. Birgina Zarafshon 


51 
vohasida Rivdad, Kushoniya, Xariman, Arqud, Romiton, Varaxsha, Poykand 
kabi savdo-hunarmandchilik shaharlari mavjud edi. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra 
Poykand shahri eftalitlarning poytaxti bo’lgan. 
Eftalitlar xalqaro savdo sohasida Eron, Vizantiya, Hindiston, Xitoy bilan 
savdo-sotiq munosabatlarini olib borishgan. Eftalitlar “Ipak yo’li” ni nazoratga 
tutishga harakat qilganlar “Ipak yo’li” savdosidagi va umuman savdogarlar 
ichida Sug’dlar yetakchi o’rinni egallagan edi. Bu paytda Markaziy Osiyoda 
oltin, kumush, badaxshon la’lisi, rangli shisha va shisha buyumlar turli hil 
mevalar, ip gazlama, qora ko’l, zottor tulporlar bilan savdo qilinardi.
Avval boshida Eftalitlar Sosoniylardan bo’lgan Varahran V va Perozning 
kumush tangalaridan o’zaro savdo-sotiqda foydalanar edilar. Keyinchalik 
Eftalitlar Eron shohi Varaxran V Baxromgo’r tangalariga taqlit qilgan holda 
kumush tangalar zarb qildilar. Bundan tashqari Buxoro, Poykant, Samarqand
Xorazmdagi mahalliy xokimlar tomonidan chiqarilgan tangalar ichki savdoda 
keng muomilada bo’lgan.
V-VI asrlardla diniy e’tiqod va tasavurlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan 
tasviriy san’at sopol haykalchalarni yasash va ularga topinish keng yoyiladi. 
Sopol haykalchalar joy turlariga ko’ra turlicha bo’lib kiyim-kechaklar, yuz 
siymolari taqinchoqlari jihatidan ham bir-biridan farq qilgan. O’lkan hududdagi 
Eftalitlar juda ko’p xalqlarni o’zida birlashtirganligi sababi diniy e’tiqodlari 
turlicha bo’lgan. Sug’dda zardushtiylik keng tarqalgan bo’lsa, Toxariston va 
Sharqiy Turkistonda buddiylikka e’tiqod qiluvchilar ko’pchilikni tashkil etgan. 
Shaharlarda Nasroniylar va Yahudiy jamoalari ham mavjud edi. Molilik va 
Mazdak ta’limoti tarafdorlari ham paydo bo’layotgan edi. Navruz kuni Buxoro 
otashparaslari Siyovush qabri ustida xo’roz so’yib qurbonlik qilar edilar.
Janubda Buddiylik ta’siri ko’proq edi. Chorvador aholi Turkiycha 
so’zlashganligi sababli Turkiy til tobora ko’proq yoyila boshlagan. O’troq 
aholining katta qismi sug’diy tilda so’zlashar edilar. So’g’d tili va yozuvi yetti 
suv, Farg’onadan o’tib Sharqiy Turkistonga qadar yetib boradi. Uning 
“Samarqand usuli” keng yoyilgan edi. Bundan tashqari Xorazm Kxaroshdi, 
Buxoro yozuvlari ham mavjud bo’lgan. Bunday yozuv yodgorliklari Zangtepa, 
qoratepa, Afrosiyob xarobalaridan Kofirqal’adan topilgan. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish