“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


 O’zbek xalqining etnogenezi. “O’zbek” atamasi



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

 
6. O’zbek xalqining etnogenezi. “O’zbek” atamasi. 
O’zbekistonda davlat mustaqilligi qayta tiklangach halqimizning o’z kelib 
chiqishi va umuman etnik tarixiga bo’lgan qiziqishi yanada ortdi. Bu tabiiy hol. 
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov takidlaganidek «Biz o’zimizni 
millat deb bilar ekanmiz o’zbekchiligimiz haqida aniq tushunchaga ega 
bo’lishimiz kerak». Bugungi ma’ruza o’zbek halqining etnik shakllanishiga 
bag’ishlangan bo’lib, unda ushbu jarayon bosqichma-bosqich ko’rib chiqiladi. 
Hozir jahonda soni jihatidan katta-kichik, turli tillarda so’zlashuvchi, turli 
dinga e’tiqod qiluvchi va har xil xo’jalik yurituvchi ikki mingdan ziyodroq 
nomlar bilan ataluvchi halqlar yashaydi. Ularning halq sifatida shakllanishi ham 
tarixning turli davrlariga to’g’ri keladi. Shyuni alohida ta’kidlash kerakki, 
dunyoda hech bir halq o’zini sof (toza), aralashmagan deb davo qilaolmaydi. 
Chunki, har bir halq uzoq tarixiy davr davomida turli elatlar bilan aloqada 
bo’lib aralashib, qorishib borgan. Har bir xalq o’zining etnik tarixi, etgenezi 
haqidaaniq tasavvurga ega bo’lishga intiladi. Har bir halq dastavval urug’ 
jamoasiga birlashganlar. So’ngra urug’lar birlashib qabilani, qabilalar birlashib 
esa elatni tashkil qilganlar. Etnogenez (etnos yunon tilida xalq, genezis- kelib 
chiqish) deb ilgari mavjud bo’lgan bir necha etnik komponentlar asosida yangi 
etnosning vujudga kelishigaaytiladi. O’zbek xalqi ildiz olgan, uning ilk tarixiy 
ajdodlari saklar, massagetlar, toxarlar, baxtarlar, xioniylar, usunlar qang’arlar, 
so’g’diylar xorazmiylar haqida ko’plab ma’lumotlar B.A.Ahmedov, 
M.Ermatov, M.G.Vahobov, A.A.Asqarov, G’.Abdurahmonov kabi tarixchi 
olimlar asarlarida o’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi haqida masalalar 
turlicha o’rganiladi.Masalan, B.Ahmedovning bir qator ilmiy asarlarida o’zbek 
ajdodlari qadim zamonlardan O’zbekiston hududlarida yashaganliklarini, XV1 
asrning boshlarida bu hududga kelib hukmronligini o’rnatgan ko’chmanchi 
o’zbeklar o’zbek halqining tarikibiy qismidan biri bo’lganligini ta’kidlaydi. 
Sharqshunos olim o’zbek xalqining to’la shakllangan vaqtini “Qoraxoniylar 
davrida (10-11) asrlar o’zbek xalqi to’la shakllanib, ijtimoiy, iqtisodiy va 
madaniy jihatdan rivojlanadi” deb ta’kidlaydi. Akademik A.Asqarov bu masala 
bo’yicha manbalargaasoslangan holda o’zbek xalqi etnogenezining birinchi 


40 
bosqichi eramiz boshlarida boshlangan. Milodiy 6 asrning ikkinchi yarmidan 
o’zbek etnogenezining ikkinchi davri boshlangan, XIV-XV asrlarda esa bu 
jarayonnning yangi taraqqiy etgan davri deb ta’kidlaydi. 
G’.Abdurahmonov, SH.Shukurovlarning birgalikda chop etilgan “O’zbek 
tilining tarixiy grammatikasi” asarlarida o’zbek xalqining shakllanish davri 11-
15 asrlar deyilgan bo’lsa G’.Abdurahmonovning keyingi ishlarida o’zbek 
xalqining shakllanish nihoyasi 11-12 asrlarga to’g’ri keladi deb turlicha fikr-
mulohazalarni beradi. 
So’zsiz, xalqning chiqib kelish ildizi juda uzoq va etnogenezini katta 
tarixiy davr ajratib turadi. Bu davr ichida ma’lum hududda bir emas bir necha 
etnoslar tashkil topgan. Ilk elatlar doimiy emas, ular yemirilib, o’rnida boshqa 
elatlar vujudga keladi. Markaziy Osiyoda birin ketin- tashkil topgan elatlar ham 
oz bo’lmagan. O’zbek elati ham shu hududda shakllanadi. Yuqorida keltirilgan 
fikr-mulohazalardan ko’rinadiki, o’zbek xalqining etnogenezi masalalari 
bo’yicha olimlar o’rtasida turli fikrlar mavjud.
Avvalo shuni ta’kidlash o’rinliki, o’zbeklar O’rta Osiyoning qadimgi 
halqlaridan biri bo’lib, ko’hna va boy tarixga, yuksak madaniyatga ega halq 
hisoblanadi. Demakki, o’zbek halqi millat maqomini olgunga qadar uzoq etnik 
jarayonlarni bosib o’tgan. Bu halq ajdodlari urug’, qabila, elat sifatida tarkib 
topib, so’ngra millat darajasiga ko’tarilgan. Har bir halq dastavval urug’ 
jamoasiga birlashganlar. So’ngra urug’lar birlashib qabilani, qabilalar birlashib 
esa elatni tashkil qilganlar. Ko’plab halqlar tarixning turli bosqichlarida qabila 
yoki elat darajasiga ko’tarilgach tarqalib ketganlar. Bir qator halqlar esa asta-
sekin millat darajasiga rivojlanib chiqqan.
Urug’, qabila, elat va millat etnosning (halqning) tarixan tarkib topgan 
etnik birliklaridir. Shu yerda yuqoridagi har bir etnik birlik tushunchasiga 
ba’tafsil to’xtalib o’tamiz. 
Urug’
-kishilarning eng qadimgi etnik birligidir. U qarindoshchilik asosida 
tashkil topadi. Bir necha ota-onadan tarqalgan avlodlar o’zaro urug’lar 
hisoblanadi. Kishilik jamiyatining ibtidoiy gala davridan keyingi bosqichi ya’ni 
quyi poleolitdan yuqori poleolitga o’tish davrida urug’ jamoalari shakllangan. 
Urug’chilik qon-qarindoshchilikka asoslangan bo’lib, har bir urug’ odamlari 
bir-birlari bilan xo’jalik va ijtimoiy jihatdan o’zaro bog’liq bo’ladi.
Qabila
ham ibtidoiy bosqichga xos etnik birlikdir. Qabila urug’ga 
nisbatan yirik bo’lib, u bir necha urug’larning o’zaro birlashuvidan xosil 
bo’ladi. Qabila a’zolari o’rtasidan qon-qarindoshlik aloqalarining mavjudligi, 
urug’ va bo’g’inlarga birikishi, muayyan xududga egalik qilishi, qabiladoshlar 
orasidagi iqtisodiy birlik yagona qabilaviy tili va nomining mavjudligi 
qabilaning asosiy belgilaridir. Qabila qabila kengashi tomonidan boshqarilgan. 
Odatda qabila kengashi urug’ oqsoqollaridan tashkil topgan va qabila boshlig’i 
tomonidan boshqarilgan. Kishilik jamiyatining tobora taraqqiy etib borishi va 
sinfiy jamiyatining paydo bo’lishi bilan ibtidoiy bosqichga xos etnik birlik- 
qabila tuzumi o’z ahamiyatini yo’qotadi. Ammo qabila atamasi va o’nga ta’luqli 


41 
bo’lgan ba’zi xususiyatlar qoldiq sifatida tarixning keyingi davrlarida ham 
saqlanib qolgan edi. Masalan, XIX asr-XX asr boshlarida o’zbek halqning 
tarkibida qabilalar mavjud bo’lib, ular urug’larga bo’linish tartibini va urug’-
qabila nomlarini (etnonimlarini) saqlab qolganlar. So’zsiz, ular ibtidoiy bosqich 
qoldiqlari xisoblanadi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish