Urush odamlari ...
Bu so'zni eshitishimiz zahoti hayolimizda tayoqqa suyangna, navqiron yoshida mukkaygan, sovuq urush ajin-u chandiqlar bilan o'zidan xotira qoldirgan, ko'zlari ma'yus va hissiz inson gavdalanadi. Ammo Nazar Eshonqul "Urush odamlari"da ularning qalb yaralarini, majruh ruhini kitobxon bilan yuzlashtirdi. Asarni ochishingiz bilanoq mazkur epigarafga ko'zingiz tushdi:
"... Men katta bo'lsam miltiq sotib olaman."
" Miltiqni nima qilasan ?.."
" Otamni otaman!!! "
Dahshatga tushgandirsiz, hoynahoy. Ko'cha changitib o'ynaydigan, bir bolaning " maqsadi" kishi dilini larzaga soladi. Oppoq orzu bilan uxlab- uyg'onadiga yigitchaning aniq "maqsadi" bor. Nima deb o'ylaysiz, qanday vaj borki, u oqpadar bo'lishdan ham tap tortmayapti. Ehtimol, mug'ak go'dakning ko'z o'ngida uning qahramoni, otasi kiprik qoqmasdan onasini otganidir. Ha, afsuski, shunday. 1944- yil Normatdan qora xat keldi. Biroq, bir yildan so'ng o'ldiga chiqarilgan Normat bir oyog'idan ayrilib uyiga qaytdi. Barcha qishloqdoshlari ziyoratiga yig'ildi. Hamqishloqlarining samimiy, jaydari suhbatini sog'ingan palvonning boshi ko'kga yetdi. Negadir, uning tirikligidan Anzirat xursand emasdi. Asta -sekin turmushlari iziga tushib, davom ettardi. Qachonki, Normat, Biydi momo xiyonatdan xabar topishguncha. Ikki o'g'lidan ham qora xat kelgan, yurak o'rnida katta xarsangtosh ko'tarib yurgan Biydi momo ho'l- u quruq baravariga yonishi uchun yonib turgan olovga moy separdi. Aldangan, bolasi uchun "tuzoqqa tushgan" Anzirat tamoman tirik murdaga aylangandi. Erining ayovsiz kaltaklaridan emas, farzandlarining ertasini o'ylab. Vaqt bariga davo deydilar, darhaqiqat, Normat xuddi o'zinikidek taqdiraga duch keladi, ammo u "jabrlanuvchi"ning tutgan yo'li, uni bolalari uchun oilasiga qaytishiga turtki bo'ldi. Dard ustiga chipqondek uyiga kelganda, kecha bo'lsa ham Anziratdan uzr so'rashga kelgan Mirzaqulni ko'rgan Normat ikkisini ham bir lahzada yer tishlatdi...
Normat o'sha onda yuragini tig'lagan nafrat va xo'rlikdan, ularni lug'atidagi eng tuban, qabih so'z bilan atadi : " Fashistlar!" . Shundoq ham harom bo'lgan halovati, urushda to'kkan qonlari bo'g'zidan olardi. U endi har soniyada o'zi bilan olishardi. Bu jangda ko'ksining tirnoqcha ham but qismi qolmagandi.
Asarni o'qish davomida achchiq bir haqiqat bilan yuzlashdim. Urushning qurbonlari faqatgina qo'liga qurol olib g'animga qarshi chiqqanlar emas, yuragining bir parchasini ajal bilan yonma- yon ekanligini sezib, olayotgan har nafasi yarasini tirnaydiga onalar, duolarida so'nggi maziliga dilbandi esin- omon tepkilab ko'mishini so'raydigan otalar, otasining bag'rida uxlashni, erkalanishni orziqib kutadigan bolalar, sog'inch qalbini g'ijimlagan ayollar ham edi...
Tog'risi, asarni o' qib tugatgach dunyo endi aslo bu xatoni takrorlamasligiga shu qadar ishongandimki. Afsus ...
Ayni kunlarda ko'z o'ngimizda kechayotgan qonli urshuni jimgina kuzatib tura olmadim. U millionlab mitti yuraklarning katta orzularini ham ayovsiz o'qa tutmoqda, ularni bu baxtni his qilishdan mahrum qilmoqda.
Iltimos, ularning bolaligini qaytarib bering !!!
Dilnoza Alimova
SamDu talabasi
Tel: +99891 554 21 55
Do'stlaringiz bilan baham: |