Chust shahar Mavzu: Aytilishda tushib qoladigan undoshlar Darsning maqsadi



Download 116,5 Kb.
Sana29.06.2022
Hajmi116,5 Kb.
#717527
Bog'liq
2 Aytilishda tushib qoladigan undoshlar





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI
XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
CHUST TUMAN XALQ TA’LIMI BO`LIMIGA QARASHLI 11-UMUMIY O`RTA TA’LIM MAKTABI
BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHI
RAXIMOVA DILAFRO`ZNING
ONA TILI FANIDAN 2-SINFLAR UCHUN TAYYORLAGAN BIR SOATLIK




Chust shahar

Mavzu: Aytilishda tushib qoladigan undoshlar


Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga aytilishda tushib qoladigan undoshlar haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va yozishga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Husnixat malakalarini oshirib, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Darsning turi: Aralash.
Darsning metodi: Suhbat, tushuntirish, ko‘rgazmali,
Darsning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi: o‘qish, matematika.
Darsda o‘quvchilar bilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar.
-So‘z oxirida tushib qoladigan undoshlar.
-So‘z oxirida talafuzda tushib qoladigan undoshlarni qo‘llay olish.
-O‘zlashtirilgan bilimlar doirasida imlo xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik
Darsning jihozlari: “Bilarjonni kim yengadi?” nomli ko‘rgazma, tarqatma materiallar,
Texnik vositalar.Televizor, DVD, disk, videoproektor, ekran.
Darsning borishi.
I. Darsni tashkil etish va o‘quvchilarni darsga hozirlash

  • Salomlashish.

  1. Davomatni aniqlash

  2. Navbatchi axboroti.

  3. Baholash.(o‘quvchilar bilimi matemakik shakllar yordamida boholanadi. Naminatsiyalar orqali o‘quvchilar rag‘batlantiriladi)

Diqqat mashqi(bosh harakati bilan eshik, oyna, shift, pol so‘zlari 3 marta takrorlanadi.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
“Bilarjonni kim yengadi?” ko‘rgazmasidan faqat raqam olishadi, savollar ekranda ko‘rsatiladi.
“Ha-yo‘q” mashqi o‘tkaziladi.
1.O‘zbek tilida faqat jarangli undosh tovushlar bo‘ladi?(Yo‘q)
2.Jarangli undosh tovushlar shovqindan iborat(Yo‘q)
3.b,d,g undosh tovushlar jarangli (Ha)
4.ch,sh, q undosh tovushlari jarangsiz?(Ha)
5.Jarangsiz undosh tovushlar shovqin bilan talaffuz qilinadi?(Ha)
6.Bir tovushni ko‘rsatuvchi harf bu “j” harfi?(Yo‘q)
(To‘g‘ri javoblar ekranda ko‘rsatiladi va o‘quvchi o‘z-o‘zini baholaydi)
O‘quvchilar daftarlari almashtiririlib, uyga berilgan vazifa 130-mashq tekshiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
O‘quvchilarga yangi mavzuga yo‘naltiruvchi quyidagi savollar beriladi.
(Samarqand, do‘st, daraxt kabi so‘zlar talaffuz qilinadi)
-Bolajonlar, hozirgi men aytgan so‘zlarimda qaysi tovush eshitilmay qoldi?
O‘quvchilar javobi eshitiladi va bugungi mavzu e’lon qilinadi.
-Bolajonlar, bugungi mavzuyimiz “Aytilishda tushib qoladigan undoshlar” haqida.
( ekranda mavzu ko‘rsatiladi.)
Darslikdagi 131-mashq asosida yangi mavzu tushuntiriladi.
Yekranda mashqdagi so‘zlar ko‘rsatiladi.
Xursan…, balan…, darax…, pas…,
Farzan…, payvan…, ros…, do‘s… .
O‘quvchilar nuqtalar o‘rniga d,t undoshlarini qo‘yishlari kerak bo‘ladi. Javoblar tinglanib, to‘g‘ri javob ekranda tekshiriladi va o‘quvchilar so‘zlarni daftarlariga yozadilar
-Nima uchun aytilmasa ham d,t undoshlari qo‘yib yozilyapti?
O‘quvchilar javoblari tinglanib, xulosa qilinadi va quyidagi qoida ekranda ko‘rsatiladi.
“Aytilishda tushib qoladigan d, t undoshlari ba’zan aytilmasa ham yoziladi”.
Mustahkamlash(10 minut)
Yekranda quyidagi yozuvlar ko‘rsatiladi.
Toshken…, poytax…, bahraman…, juf…, go‘sh…,
O‘quvchilar nuqtalar o‘rniga tushib qolgan d,t undoshlarni qo‘yishlari kerak bo‘ladi,
Javoblar tinglanib, o‘quvchilar qanday bilimga ega bo‘lganliklari tekshiriladi.
Darslikdan 132-mashq shartiga ko‘ra bajariladi.
Bog‘larga kon keng Samarqand,
Uzumlari shakar payvand,
Bundan butun el bahramand,
Bog‘lari soz,
Toklari yoz,
O‘zbekiston!
133-mashq og‘zaki bajariladi.
Kim tez va to‘g‘ri o‘qib berish.
Olti juft oq chinni choynakka to‘rt juft ko‘k qopqoqni, to‘rt juft ko‘k chinni choynakka olti juft oq qopqoqni yopib bo‘ladimi?
V. Darsga yakun yasash va uyga vazifa berish.
O‘quvchilarning ishtiroklari inobatga olinib nominatsiyalar bilan rag‘batlantiriladi.
Uyga vazifa 134-mashqni shartiga ko‘ra bajarib kelish.
Guruhlar topshiriqni bajarganlaridan so‘ng taqdimot o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotni mustahkamlash . Bunda guruhlar yaratgan dars ishlanmalarida ko‘rsatilgan ko‘rgazmali qurollarni tayyorlaydilar va amalda qo‘llash haqida tushuncha beradilar.
Mashg‘ulot yakunida ona tili darslarida pedagogik texnologiyalar, ularning afzalliklari haqidagi fikrlar so‘ralib, mavzu bo‘yicha yakuniy xulosa chiqariladi.
Download 116,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish