Mustaqil ish mavzu: XI-XV asrlarda G`arbiy Yevropada feodal shaharhunarmandchilik va savdo-sotiq topshirdi: Guruh 924-20 Samanqulov Davron qabul qildi: S. A. Saitov jizzax-2021 reja



Download 91,5 Kb.
bet1/4
Sana17.04.2022
Hajmi91,5 Kb.
#558001
  1   2   3   4
Bog'liq
XI-XV asrlarda G`arbiy Yevropada feodal shaharhunarmandchilik va savdo-sotiq

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS


TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


JIZZAX FILIALI

“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI


“TABIIY FANLAR VA IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI” FANIDAN


MUSTAQIL ISH
MAVZU: XI-XV asrlarda G`arbiy Yevropada feodal shaharhunarmandchilik va savdo-sotiq

TOPSHIRDI: Guruh 924-20 Samanqulov Davron


QABUL QILDI: S.A.Saitov


JIZZAX-2021
REJA:
1. G’arbiy yevropada savdo sotiq va hunarmandchilik
2.IV-X asrlarda Niderlandiya iqtisodiyoti
3.XI-XIII asrlarda Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti.


1. G’arbiy yevropada savdo sotiq va hunarmandchilik


G ‘arb va Sharq mamlakatlarida feodal yer mulkchiligini quldorlik davridagi mulkchilikdan farqlaydigan o'ziga xos xususiyatlari bor. Masalan, G'arb mamlakatlarida yem ing oliy egasi monarx (qirol, knyaz, imperator) hisoblanib, boshqa feodallar undan xizmat evaziga yoki boshqa shartlar bilan yer olganlar. Ular esa bu yenii uchinchi shaxsga m a’lum shartlar evaziga berganlar. Yer bergan feodal syuzeren, olgani esa vassal deb atalgan. Shunday qilib, G'arbiy Yevropa mamlakatlarida yerga egalik qilishning o'ziga xos xususiyatlari uning ierarxik (pog'onama-pog'ona) xarakterida bo'lib, bu hodisa maxsus shartnomalar (investitura)da ifodalanadigan syuzerenitet-vassalitet munosabatlarini tug'dirgan. Sharq mamlakatlarida bunday egalik bo'lmay, yer davlat mulki hisoblanardi. Yirik yer egalari davlatga bo'ysunardilar, dehqonlar va hunarmandlar esa bevosita davlatga renta-soliq to'lardilar. Yerga nisbatan davlat mulkchiligining mavjudligi o'rta asr Sharqida davlatning nisbatan markazlashishida muhim omil hisoblangan, lekin XVI XVIII asrlarga kelib kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishiga to'siq bo'lib qolgan. Jamiyatning bazisida feodal munosabatlar o'rin olgach, uning siyosiy ustqurmasida ham bazisning xarakterini ifodalaydigan o'zgarishlar ro‘y berdi. Feodal ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiy etishi bilan davlatchilik ham rivojlandi. Yevropada bu jarayon asosan quyidagi to'rtta: ilk feodal monarxiyasi, senorlik monarxiyasi (feodal tarqoqlik), tabaqavakillik monarxiyasi va mutlaq monarxiya bosqichlaridan o'tdi. Biroq bu bosqichlami hamma Yevropa mamlakatlari bir vaqtda va to'liq bosib o'tmadi. Har bir mamlakat m illiy tarixining o'ziga xos xususiyatlari ham ana shundan kelib chiqadi. Shuni ko'rsatib o'tish joizki, Sharq mamlakatlari o'z laraqqiyolida bunday davrlarni to'liq bosib o'tmadi. Ko'pchilik olimlar ko'rsatishicha, 6 www.ziyouz.com kutubxonasi Sharq feodal davlatlari Lashkil topgan vaqtidan boshlaboq mullaq monarxiya shaklida bo'lib, bu davr uzoq davom etdi. Feodal jamiyatida va uning siyosiy tashkilotlarida cherkov mafkurasi katta rol o'ynab, dindorlar imtiyozli tabaqa hisoblangan. Sharqiy va G'arbiy Yevropada xristianlik, Osiyoning bir qancha mamlakatlarida islom, Xitoy, Yaponiyada konfutsiylik va buddizm hukmron diniy mafkura hisoblangan. Xristianlik Yevropada yagona din bo'lib, u kishilaming butun hayotini o'ziga bo'ysundirgan, kishilar tug'ilganidan to vafot etganlariga qadar cherkov nazorati ostida bo'lganlar. Xristianlik, garchi kambag'al va qullaming dini sifatida vujudga kelgan bo'lsa ham, keyinchalik u butun G'arbiy Yevropaga yoyildi. 325 yiida xristian cherkovning birinchi sobori (yig'ilishi) chaqirildi. 1054 yiida Rim va Konstantinopol cherkovlari o'rtasidagi asriy nizolar tugab, xristianlikda uzil-kesil ikkita cherkov, ikkita mazhab-pravoslaviye va katolitsizm qaror topdi. 1232 yiida Rim papasi dahriylarga oid ishlaming barchasini dominikan-monaxlar jamoasi hal etishi to'g'ri .ida farmoyish chiqardi. 1252 yiida endigina shakllanayotgan inkvizitsiya cherkov sudiga tergov qilishda qiynash usulini qo'llashga ruxsat berildi. Ana shu tariqa o'rta asr cherkov inkvizitsiyasi (sudi) tashkil topdi va u dahriylik, folbinlik, dindan qaytish, yaqin qon-qarindoshlaming nikohga kirishlari. bevafolik, yolg'on guvohlik, tuhmat, hujjatiarni qalbakilashtirish, og'irlik va uzunlik o'lchovlarini soxtalashtirish, sudxo'rlik, shuningdek, nikoh-oila munosabatlaridan kelib chiqadigan barcha ishlami o'z sudloviga oldi. Inkvizitsiya sudi, ayniqsa, o'rta asr Ispaniyasida ko'plab odamlarni yoqib yuborishga hukm etdi2 1481 yiida Ispaniyada "ilohiy tribunal” tuzildi. Bosh inkvizator Chorkvemada faoliyat ko'rsatgan 15 yil ichida 8220 kishi dahriylikda ayblanib, yoqib yuborildi, 89326 kishi boshqa jazolarga hukm qilindi. Volteming ma’lumotlariga qaraganda, G'arbiy Yevropada 100 mingdan ortiq kishi folbinlik, xudosizlikda ayblanib yoqib yuborildi. Bulaming ichida Fransiyaning milliy qahramoni Janna D’Ark, Uyg'onish davrining buyuk olimi Jordano Bruno, chex gumanisti Yan Gus va boshqalar bor3 G'arbiy Yevropa shaharlari X-XI asrlarda savdo va hunarmandchilik markazlariga aylanadi. Shaharlar dastlabki vaqtlarda diniy va dunyoviy feodallar yerlarida tashkil topganligi uchun ularga qaram edi. ular o'z erkinliklarining siqib qo'yiLishiga qarshi kurash natijasida mustaqillikni qo'lga kiritadi va ayrimlari hatto respublika shaklidagi shahar-davlatlarga aylanadi (Italiyada). Ayrimlari o‘zini-o'zi boshqarish huquqini qo'lga kiritadi (Angliyada), ayrimlari esa imperiya erkin shaharlari maqomini oladi (Germaniyada). Shaharlaming eng muhim yutug'i barcha fuqarolar erkinligining tan olinishi edi. «Agar krepostnoy, - deyiladi shahar yorliqlarida, - shaharda bir yilu bir kun yashasa, shu vaqt uning xo'jayini unga bo'lgan egalik huquqini da’vo qilmasa, u ozod hisoblanadi». Dvoryanlardan o'zini himoya qilish hamda shahar soliqlarini tengroq taqsimlash maqsadida shahar aholisi ittifoqlarga birlasha boshlaydi. Hunarmandlar o'zlarining sexlarini, savdogarlar esa o'z gildiyalarini tuzadilar. O'rta asr sexlari bir kasbdagi Hunarmandlar ittifoqidir. Har bir sex, gildiya o‘z ustavi va oqsoqoliga, shuningdek, sudiga ega edi. Sexlarning tuzilishi feodalizmning qonuniy natijasidir. Shuning uchun ham sexlar faqat G'arbiy Yevropa mamlakatlaridagina emas, Yaponiya, Xitoy, O'rta Osiyoda ham o'ziga xos ko'rinishlarda uchraydi. Yevropada XVI asrga kelib feodalizmning inqirozi belgilari namoyon bo'la boshlaydi. Antifeodal inqiloblarning yaqinlashishi bilan davlat va huquq tizimining yangi demokratik tamoyillarini asoslovchi va bunda ko'pincha antik demokratiya tajribasini misol tariqasida ko'rsatuvchi siyosiy-huquqiy ta’limotlar rivojlandi. G'arbiy Yevropa mamlakatlari davlatlarining rivojlanishi bilan birga ularning huquqiy tizimlari ham rivojlanib bordi. Feodal tarqoqlik davrida bu jarayonning muhim belgisi huquq «partikulyarizmi”4, ya’ni butun mamlakat uchun yagona huquqning yo'qligi edi. Huquq ’’partikulyarizmi”ning bartaraf etilishi, ayniqsa, tabaqa-vakillik monarxiyasi davridan boshlab jadallashdi. G'arbiy Yevropaning qit’a qismi mamlakatlarida huquq shakllarining o'zaro yaqinlashuvi yuz beradi. Angliya feodal huquqi alohida, mustaqil holda rivojlanib bordi. Shu tariqa, tez orada G'arbiy Yevropa huquqi ikkiga: ingliz-sakson huquqi va qil’a huquqiga ajralishi belgilari namoyon bo'la boshladi. Sharqda o'rta asrlardagi yirik mamlakatlarning feodal davlati va huquqi tarixi boshqacharoq bo'lgan. Bu yerda asosan kuchli byurokratik davlat apparatiga asoslangan despotik boshqaruv shakli saqlanib qoldi. Monarx hokimiyatini amalga oshirishdagi ba’zi milliy farqlar asosan uning 4 Partibulyartim - loiincha "bo' lak‘\ “qism” so' zlaridan olingan bo' lib. bu yerda bir mamlakat ichidagi provmsiyalar, knazliklar va shaharlar huquqining furli-tumanligi va xilma-xilligi ma'nosida ishlaiilmoqda. Bu yerda davlat boshlig'i umuman har doim mamlakatdagi butun yerlarning oliy egasi sifatida maydonga chiqdi. Uning bu huquqi avloddan-avlodga meros tariqasida o'tib turardi. Bundan tashqari, Sharqda yer egaligi munosabatlarida jamoa yer egaligining uzoq vaqt saqlanib qolganligi va turg'un xarakterga ega bo'lganligini kuzatish mumkin. Ekspluatatsiyaning asosiy shakllari, birinchi navbatda polizchi-dehqonlardan hukmron sinf foydasiga reuta solig'i olish teng darajada saqlanib qolgandi. Shaharlarda kustar ishlab chiqarish va savdo rivojlandi. O'sha vaqt uchun takomillashgan buyumlar, yirik arxitektura Lnshootlari va boshqa shoh san’at asarlari yaratildi, ko'p ixtirolar qilindi. Hatto bu sohada o'z davridan odimlab ketish hollarini ko'ramiz. Lekin shahar mahsuloti asosan hukmron sinf ehtiyojlarini qondirish va tashqi savdo uchun ketgan. Qishloq jamoalari asosan natural, turg'un xo'jalik yuritib, faqat ichki bozomi rivojlantirgan, tovar ishlab chiqarishning o'sishiga moslashmagan va oqibatda yangi ijtimoiy munosabatlaming shakllanishiga to'sqinlik qilgan. Bu, albatta, mutlaq turg'unlikni anglatmaydi, jamiyat asta-sekin bo‘lsa-da rivojlanishda davom etdi. Tabiiyki, feodalizm taraqqiyoti davri faqat ijobiy voqealardan tashkil topmadi. Insoniyat tarixidagi hech qanday jamiyatda hukmron sinf vakillarining shaxsiy erkinliklari va huquqlari feodal jamiyatdagi kabi cheksiz xudbinlik darajasiga ko'tarilmagan. O'z navbatida, hech qachon oddiy fuqarolaming ahvoli ham feodalizmdagi kabi og'ir va tahqirli bo'lmagan. Insoniyat tarixidagi hech bir davrda mavjud qonunlar va tartiblar feodalizmdagi kabi faqat zaiflar tomonidan bajarilishi talab qilingan jamiyatni uchratmaymiz. O'rta asrlarda jahon xalqlari o'z boshlaridan ko'plab kulfatlami: ocharchilik, o'latlar, urushlar va talonchiliklami kcchirdi. Ular o'zlarining tahqirli, og'ir hayotlarini o'zgartirish uchun qo'zg'olonlar uyushtirdilar. Bulaming oqibati o'laroq o'rta asrlarga va o'z navbatida, absolut monarxiya luzumiga chek qo'ygan ingliz va fransuz inqiloblari singari inqiloblar natijasida insoniyat yangi davrga qadam qo'ydi.


Download 91,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish