Buddaviylik va xristianlik dini tarixi va falsafasi Reja: 1. Buddaviylik dinining vujudga kelishi 2. Buddizm oqimlari (yo’nalishlari) 3. Xristianlik dinining paydo bo’lishi 4. Xristianlikdagi oqimlar 5. Ozbekistonda xristianlik Buddizm – dunyodagi eng yirik dinlar ichidagi qadimiylardan biri hisoblanib, mill. avv VI – V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi- Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ko’p uchraydi. Buddizm bundan 2500 yildan avvalroq Hindistonda diniy-falsafiy ta’limot sifatida vujudga kelib, unda ko’plab diniy manbalar va diniy yo’nalishlar mavjud. Buddizm turli milliy diniy an’analar bilan kelishuvchanligi sababli ko’p millatlar tomonidan keng qabul qilindi. Buddizm hayotning barcha sohalari: diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlariga kirib brogan. Buddizm asoschisi Buddizm ta’limoti to’g’risidagi xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxarta, Gautama ( Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar ma’nolari quyidagicha: Siddxarta- shaxsiy ism, Gautama- urug’ nomi, Shakyamuni- ,, Shakyaqabilasidan chiqqan donishmand’’, Budda- ,,nurlangan’’, Tadxagata- ,,shunday qilib, shunday ketgan’’, Djina-,, g’olib’’, Bxagavan-,,tantana qiluvchi’’. Ular ichida eng mashxuri Budda bo’lib shundan bu dinga Buddizm nomi berilgan. Buddizm ta’limoti, asosan, 3qismdan iborat: axloq, meditatsiya, donolik 1. Axloq normalari- ,,Pancha va shila’’ ( Buddaning besh nasihati) 1) qotillikdan saqlanish 2)o’g’rilikdan saqlanish 3)gumrohlikdan saqlanish 4)yolg’on, qalbaki narsalardan saqlanish 5)mast qiluvchi narsalardan saqlanish Meditatsiya 1) to’g’ri tushunish 2) to’g’ri niyat qilish 3) o’zini to’g’ri tutish 4) to’g’ri anglash 5)to’g’ri harakat qilish 6) to’g’ri hayot kechirish 7)to’g’ri fikr yuritish 8)to’g’ri gapirish Donishmandlik Donishmandlik- bu buddizmning asosiy maqsadi bo’lib narsalar tabiatini to’g’ri tushunishdan iborat. Yuqorida ko’rsatilgan uch amaliyot bosqichini o’tagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, ya’ni nirvana holatiga erishadi. Nirvana so’zining lug’aviy ma’nosi - ,,o’chish, so’nish’’. Unda hayotning har qanday ko’rinishga intilish Buddizm oqimlari 1) Xinayana 2) Maxayana 3) Szintu 4) Tyantay yoki Tenday 5) Tentrizm 6) Chan-buddizm 7) Lamaizm Xristianlik dini paydo bo’lishi Xristianlik buddizm va islom dinlari qatorida jahonda eng keng tarqalgan dinlardan biri hisoblanadi. Ushbu din tarafdorlarining miqdori boshqa dinlarga qaraganda eng ko’p bo’lib, bu ko’rsatish dunyo aholisining deyarli uchdan birini (taqriban 28foizini) tashkil etadi. Xristianlik asosan, Yevropa, Amerika, Avstraliya hamda Afrika va Osiyo qat’alarida tarqalgan Xristianlik milodning boshida Rim imperiyasining sharwiy qismida joylashgan Falastin yerlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos), Bibliyaning xabar berishiga ko’ra, xristianlik ta’limotining asoschisi bo’lib, uRim imperiyasi tashkil topganining Falastinning Nazaret qishlog’ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog’liq Iso Masih o’z ta’limotini o’zining 12 o’quvchisi apostollar- haboriylargao’rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining ta’limotlarini har birlari alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning ,,Yangi Ahd’’ qismini tashkil etadi. Manbalarning xabar berishicha, xristianlik yaxudiylik muhitida vujudga kelgan. Shu bois xristianlikning shakllanishida yaxudiylikning ta’siri salmoqlibo’lgani, shubhasiz. Xristianlikning asosiy g’oyasi- Isoning odamzodning haloskori ,,messiya’’ ekanligiyaxudiylikda mavjud bo’lib, oxiratgayaqin kelishi kutilayotgan xaloskorhaqidagita’limotdan kelib chiqqandir. Xristianlik jamoasining shakllanishi, aqidalarining tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi milodning IV asr boshlarida, ya’ni 324yili xristianlik Rim imoeriyasida davlatdini deb e’lon qilinganidan so’ng amalga oshirildi. Xristianlik oqimlari Xristianlik cherkovining Katolik va Provaslav ( ortodoks) cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul patriarxining xristian olamida yetakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni Rim imperiyasinining g’arbiy va sharqiy tafovutlari o’sib chuqurlashib borayotgan asrlardayoqboshlangan edi. 867- yillar orasida papa Nikolay va Istabnulpatriarxi Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ro’y berdi va bu ajralish 1054-yili rasman tan olindi. Provoslav (ortodoks) oqimi Provaslov oqimi xristianlik uch asosiyb yo’nalishlaridan o’laroq, tarixdan uning sharqiy shaxobchasi sifatida shakllandi. Bu oqim asosan, Sharqiy Yevropa, Yaqin sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Provoslav atamasi yunoncha ortodoksiya atamasidan olingan bo’lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Provoslaviyaning kitobiy asosalri Vizantiyada shakllandi, chunki buyo’nalishi u yerdagi hukmron din edi. Provoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o’rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga ko’ra bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |