61
muhaddislar – alBuxoriy, Muslim ibn alHajjoj, Abu Dovud
asSijistoniy, atTermiziy, anNasoiy, Ibn Moja va boshqa ko’plab taniqli
hadisshunoslar o’z asarlarida keltirganlar. «Hovlisida xurmo daraxti bor
xonadon ahli hech qachon och qolmaydi» yoki «eng yaxshi nonxurush
(priprava) sirkadir» kabi hadislarni yuqorida zikr qilgan ko’pchilik
muhaddislar Imom adDorimiydan rivoyat qilganlar.
Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning olti yuz mingga yaqin
muborak hadislarini yodlarida saqlagan benazir alloma
imom al-Buxoriy
hazratlari haqida uning zamondoshlaridan biri taniqli olim Amr ibn Ali
al-Qallosning «Imom al-Buxoriy bilmagan hadis-hadis emas», -degan
yuksak va samimiy bahosiga bir e’tibor bering-a! Bundan ayon bo’ladiki,
buyuk
muhaddis
imom
al-Buxoriy
hazratlari
Payg’ambarimiz
alayhissalomning muborak tillaridan sodir bo’lgan barcha hadislardan
xabardor bo’lgan ekanlar-da! Arab olimining bu yuksak e’tirofini barcha
muhaddislarning imomi (imomu-l-muhaddisiyn), hadis ilmining sultoni
(amiru-l-mu’miniyn fi-l-hadiys), butun dunyoning imomi (imomu-d-
dunyo) degan o’ta sharafli rutbaga sazovor bo’lgan imom al-Buxoriy
hazratlarining aql bovar qilmaydigan darajadagi noyob ilmiy salohiyatiga
xolisona baho, umumbashariy ta’zim va ehtirom deb izohlash mumkin.
Payg’ambarimiz alayhissalom hadislarining asliyatini ilmiy asosda
aniqlash va jamlash masalasida imom al-Buxoriyning xizmatlari
beqiyosdir. Bu yo’nalishda buyuk muhaddis birinchilardan bo’lib ishlab
chiqqan talab va qonun-qoidalar hadis ilmida «Imom al-Buxoriy
shartlari» («SHurut al-imom al-Buxoriy») yoki «Sahih al-Buxoriy
shartlari» («SHurut «Sahih al-Buxoriy»«) deb atalib, undan keyingi
barcha muhaddislar tayanib asarlar yaratadigan asosiy dasturulamal
vazifasini o’tagan.
Buyuk muhaddisning qalamiga mansub yigirma beshdan ortiq asarlar
mavjud bo’lib, ularning aksariyati hadis ilmi va uning turli masalalariga
bag’ishlangan. Mana shu asarlar ichida uning «alJome’ asSahih»
asari
islom dini ta’limotida Qur’oni karimdan keyingi o’rinda turadigan
ikkinchi muhim manba sifatida yuqori baholanib kelinmoqda. Bashariyat
tarixidagi eng buyuk siymolardan biri hisoblangan imom alBuxoriy ming
afsuski sobiq tuzum davrida o’z maqomlariga munosib hurmate’tibor
ko’rmadilar. Faqat mustaqillik sharofati bilan buyuk muhaddisga hurmat
bajo keltirildi. CHunonchi, O’zbekiston hukumatining qarori bilan 1998
yilning kuzida buyuk alloma tavalludining 1225 yilligi (hijriy hisobda)
keng ko’lamda nishonlanib, uning hayoti va benazir ilmiyma’nav iy
merosini o’rganishda e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi va
oshirilmoqda. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning bevosita
rahnamoligida Imom alBuxoriyning Samarqand yaqinidagi Xartang
qishlog’ida
joylashgan maqbarasi zamonaviy, betakror sharqona uslubda
62
batamom
qayta
qurilib,
musulmon
olamining
eng
tabarruk
ziyoratgohlaridan biriga aylandi.
Yurtimizdan chiqqan buyuk muhaddislardan yana biri Abu Iso
Muhammad atTermiziy (824892)dir. Imom atTermiziy asarlarining
ichida eng mashhuri shubhasiz «AlJome’» bo’lib, u oltita ishonchli
hadislar to’plamlaridan biridir. Ushbu asar ilmiy adabiyot va manbalarda
«AlJome’ assahih», «Jome’ atTermiziy», «Sunan atTermiziy» nomi
bilan ham atalib, Payg’ambar alayhissalom hayoti va faoliyatiga doir
muhim manbalardan hisoblanadi.
Imom atTermiziyning mashhur asarlaridan yana biri «Ashshamoil
annabaviya» («Payg’ambarning shakl shamoyillari») bo’lib, ba’zi
manbalarda «Ashshamoil annabiy sallollohu alayhi vasallam» nomi
bilan ham keltiriladi. Nomidan ham ko’rinib turibdiki, bu asar
Payg’ambar alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u kishining suvrat va
siyratlari, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni o’z ichiga
qamragan manbadir. Bu o’rinda shuni ta’kidlash kerakki, Payg’ambar
alayhissalomning fazilatlari, odatlari haqidagi hadislarni to’plash bilan
juda ko’p muhaddislar shug’ullanganlar va bu xildagi hadislar turlituman
kitoblardan o’rin olgan. Lekin atTermiziy asarining afzalligi shundaki, u
hadislarni muntazam ravishda to’plab, muayyan tartibga solgan va yaxlit
bir kitob holiga keltirgan. Muhammad alayhissalomning hayotiga doir
muhim manba sifatida «Ashshamoil annabaviya»
azaldan islomshunos
olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini o’ziga tortib keladi. Arab tilida
bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Ushbu asarning
tili ravon, uslubi g’oyatda oddiyligini ham qayd qilib o’tish o’rinlidir.
Asarning fors va turk tillariga tarjima qilinishi ham unga bo’lgan
qiziqishning kattaligidan dalolat beradi.
«Ashshamoil annabaviya»ning birinchi qismida keltirilgan hadisi
shariflar Payg’ambarimiz alayhissalomning suvrat (tashqi qiyofa)lariga,
ikkinchi qismida keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyolariyu
axloqiy fazilatlarini bayon qilishga bag’ishlangan.
«Ashshamoil annabaviya»ning XVI asrga oid bir qo’lyozmasi
Toshkentda,
O’zbekiston
musulmonlari
idorasi
kutubxonasida
saqlanmoqda. 1980 yilda Toshkentdagi musulmonlar diniy idorasi
buyurtmasi bilan «Ashshamoil annabaviya»ning ushbu qo’lyozmasi
ofset tariqasida nashr etilgan bo’lib, unga qisqacha so’zboshi O’rta Osiyo
va Qozog’iston musulmonlari diniy boshqarmasi hay’atining sobiq raisi,
marhum muftiy Ziyouddinxon ibn Eshon Boboxon hazratlari tomonidan
yozilgan.
«Ashshamoil annabaviya» so’nggi yillarda ham Toshkentda bir
necha bor nashr etildi. Bundan tashqari allomaning 1200 yillik yubileyi
(1990) munosabati bilan gazeta va jurnallarda
asar va uning muallifi
haqida ko’plab maqolalar chop etildi, Surxondaryo viloyati SHerobod
63
tumanida joylashgan maqbaralari mustaqillik yillarida batamom qaytadan
ta’mirlanib, qutlug’ ziyoratgohga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: