O'simliklarning o'sishi va rivojlanishi
Reja:
O'sish va rivojlanish o'simlikning butun ontogenez davrini o'z ichiga oladi va ular bir-biri bilan uzviy bog'langan bo'lib, o'sish asosida rivojlanishni, rivojlanish asosida esa o'sishni ko'rish mumkin.
Yuksak o'simliklar yuqori darajada fototrof oziqlanishga moslashgan. Ular barglarining yoyiq holatdaligi va poyada ma’lum bir tartibda (fillotaksis) bo'g'in oraliqlari hosil qilib joylashishi o'simliklarning quyosh nurlaridan samarali foydalanish imkonini beradi.
Yuksak o'simliklar ontogenezi bosqichlari
Urug'larda zahira moddalarini yig'ilishi
Urug'larda zahira moddalarining yig'ilishi yuksak o'simliklarning eng muhim afzalliklaridan biridir. Chunki murtak va o'simta o'zining boshlang'ich rivojlanishida plastik moddalar va energiya bilan to'la taminlanish imkoniga ega bo'ladi.
Zahira oqsillar.
Dukkaklilar urug'i zahira oqsil moddalari asosan globulinlardan (tuzlarda eruvchi oqsillar) iborat.
Boshoqdoshlar endospermning atrofida aleyron qavat bo'lib ular oqsillarga boydir.
Kraxmalning yig'ilishi
Kraxmal asosan urug'lari zahira to'qimalarida yog' moddalari kam bo'lgan endosperm va urug'pallalarda yig'iladi. Kraxmal sintezi xloroplastlar va leykoplastlarda ro'y beradi. O'zida ko'p kraxmal to'plagan leykoplastlar amiloplastlar deb ataladi.
Mineral tuzlarning yig'ilishi.
O'simlik urug'lari hujayralarida kraxmal, oqsil, yog'lar bilan bir qatorda mineral tuzlar ham yig'iladi. Ushbu mineral tuzlar tarkibidagi kationlar va anionlar bir qator fermentlarning katalizatorlari hisoblanib urug'laming tinchlik holatida va undan chiqishida faol o'rin tutadi.
O'simliklarning o'sishi dastlab urug'larni unib chiqishidan boshlanadi. Urug'da uch qism bor: qobiq,, boshlang'ich murtak (barg, ildizcha, boshlang'ich poya). va endosperm. Urug'ning endosperm qismi zahira moddalar to'planadigan joy.
Urug'larni unishi
Urug'laming bo'kishi va nish urishida asosiy o'rinni mRNK egallaydi. Bular murtakning shakllanishi va yetilishi paytida zahira sifatida yig'ilgan RNK molekulalaridir.
O'simliklaming qorong'ulikda geterotrof o'sishi
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Burigin V. A., Jongurazov F. X. Botanika. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1977.
2. Kursanov A. va boshqalar. Botanika. Toshkent O‘rta va Oliy maktab Davlat nashriyoti. 1963.
3. Mustafayev S. M. Botanika. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2002.
4. Sahobiddinov S. S. O‘simliklar sistematikasi. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1976.
Do'stlaringiz bilan baham: |