3.Chig’atoy ulusining tashkil topishi, uning ijtimoiy-siyosiy va
iqtisodiy hayoti.
Kepakxon (1309, 1318-1326) davrigacha Chig’atoy ulusida siyosiy
barqarorlik bo’lmadi. 1251 yilgi Qoraraqurum qurultoydan keyin Chig’atoy
ulusi ikkiga bo’linib ketdi: Sharqiy Turkiston, G’ulja o’lkasi, Yettisuv
Farg’onaning Shimoliy Sharqiy qismi xoqon ixtiyorida qoldi: Movarounnahr
Farg’onaning G’arbiy qismi Oltin O’rda qo’l ostiga o’tdi.
Oltoy Ibn Goydar ibn Chig’atoy (1261-1266) Chig’atoy ulusini Oltin
O’rda ta’siridan qutqarish choralarini ko’rdi. Oltin O’rdaning Buxoroda turgan
5 ming nafarlik qo’riqchi qo’shinni qirib tashladi, ularning mol-sulki, oilalari
musodara qilindi.
Baroq ibn Yisunqor ibn Komkor ibn Chig’atoy zamonida (1266-1271)
Chig’atoy ulusi ancha kuchaydi. Baroqxon Oltin O’rda xoni Mangu Temur
(1267-1280) va Kaydu qo’shinlarini Sirdaryo buyidagi jangda mag’lub etsa-da,
lekin ohiri yengildi. Uning Elxon Abohoqonga( 1265-1289) qarshi yurishlari
ham natija bermadi. Chig’atoy ulusining ko’p qismi O’g’atoyning nabirasi
Qaydu va Oltin O’rda xoni Mangu Temurta’siriga tushib qoldi. Nekpoy (1271-
1272) va Buko Temur (1272-1291) hukmronligi davrida e’tiborga loyiq
o’zgarish bo’lmadi. Kaydu ulus taxtiga Baroqxonning o’g’li Duvani( 1291-
1306) o’tqazdi. Andijonning tiklanishi, Uzganning Farg’ona o’lkasi poytaxtiga
aylantirilishi uning nomi bilan bog’liq. Duvaxon Qaydu bilan hamkorlik qilib,
katta e’tibor qozondi. Duvaxon vafotidan keyin o’g’li Kunjakxon va Tolg’u ibn
Qudag’ay ibn Bo’ri Mutugan ibn Chig’atoylar xonligi uzoqqa cho’zilmadi.
Kepakxon ibn Duvaxon o’z urug’doshlarining nizolariga barham berdi.
Chig’atoy davlatining rivoji, shaharlar qurilishiga omil bo’lgan pul va
ma’muriy islohotlar Kepakxon nomi bilan bog’liq.
X1V asrning 40 yillarida CHig’atoy ulusi ikki qismga: Yettisuv,
Farg’onaning sharqiy qismi, Sharqiy Turkistondan iborat Mo’g’ulistonga va
arbiy ulus-Movarounnahrga bo’linib ketdi va siyosiy jihatdan parchalandi.
Mo’g’ullar asos solgan davlat yarim kuchmanchi tipidagi, asosan harbiy
tartiblarga muvofiq kelgan davlat boshqaruviga ega siyosiy tashkilot edi.
Chingizxon va uning avlodlari xon unvoni sohiblari edilar. Ularning qo’li
ostidagi boshqaruv tizimida turli unvon, martaba va mansab egalari bo’lgan.
106
Bunday amallarning aksariyati harbiy tartiblarga mos tushardi. Yirik harbiy
bo’linma boshida no’yonlar, bahodirlar va merganlar turgan. O’n ming
askardan iborat tumanga xonning farzandlari ham boshchilik qilishgan.
Xonning shaxsiy soqchilik bo’linmasi-keshik ham bo’lgan. Favqulodda
holatlarda mazkur bo’linmaning harakati qo’l kelgan.
Chig’atoy ulusi davrida Movarounnaxrni boshqarish ishlari mahalliy
hukmdorlarga topshirilgan edi. Movarounnaxrning boshqaruvchisi yirik
savdogar va sudxo’r Maxmud Yalavoch edi. U Xo’janddan turib o’z qo’li
ostidagi mug’ul harbiy bo’linmalari yordamida davlatni boshqargan, soliqlarni
yiqqan.
Buxoroda
esa
mahalliy
zodagonlar
varuxoniy
rahbarlar
mamlakatdaboshqaruvni o’z qo’llariga olgan edilar. Bular mahalliy amirlar va
sadrlar hisoblangan.
Mahalliy boy-zodagonlar qatlamiga tayangan holda mug’ul xonlari O’rta
Osiyodagi viloyat va hududlarni idora qiladilar. Ishonchli kishilarga maxsus hujjat-
payzalar berganlar. Alohida yorliqdarga mahalliy aholi amaldorlar, savdogarlar,
ruxoniylar, xon xonadoni vakillariga o’sha yerlardan o’tib qolsa, turar joy
berganlar hamda ularni oziq-ovqat vaot-ulov bilan ta’minlaganlar.
Chig’atoy ulusida iqtisodiy munosabatlar. Chig’atoy ulusi xonlari o’z
uluslariga inju tarzida egalik qilganlar, ya’ni xonu xonzodalar o’zlariga berilgan
yurtning daromadidan foydalanish huquqiga ega bo’lganlar, holos. Yer soligi
mol (xiroj) umumiy hosilning o’n foizini tashkil etgan. Ko’chmanchilar
to’laydigan ko’pchur yuz bosh moldan bir bosh hisobida bo’lgan. Savdodan
targ’u jarimasi olingan. Munka hoqon nomida pul zarb etilgach, 1270 yildan
soliq va jarimalar pul bilan olina boshlagan. Pul ulusning ko’plab yirik
shaharlarida, masalan, Olmaliq Buxoro, O’tror, Taroz, Qoshg’ar, Toshkent, O’sh,
Marg’ilon, Oqtepa, Uzgand, Xo’jandda zarb qilingan.
Mas’udbek tashabbusi bilan 1271 yilda pul islohoti o’tkazildi. Chig’atoy
ulusining barcha shahar va tumanlaridabir xil vazndagi kumush tangalar zarb
etish va muomalaga kiritish bu islohotning asosiy mohiyatini tashkil etar edi. Bu
hol ichki savdo va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solardi: endi kumush tangalar
zarb etish erkinligi vujudga keldi; xohlagan kishi o’z ixtiyoridagi kumush
buyumlarini zarbxonaga olib kelib kumush tangagaaylantirishi mumkin edi.
Aholining kumush tangalarga ishonchi mustahkmlandi, tanga nufuzi ortib
bordi. Natijada XIII asrning 80-90 yillarida ulusning 16 ta shahrida zarbxonalar
ochilib, ulardadoimiy ravishda kumush tangalar zarb etildi.
Chig’atoy ulusida yer solig’i undan bir xajmda belgilangan. Oliy
mansabdorlar soliq to’lamaganlar. Gap shundaki, yirik mulkdorlar, savdogarlar,
islom peshvolari mo’g’ullar bilan yaqinlashib, katta imtiyozlarni qo’lga kiritgan,
har xil yorliqlar olgan edilar. Soliq turlaridan yana biri ko’pchur edi. U
chorvador xo’jaliklardan olingan.
Chorvadorlardan yana shulsi solig’i olganlar: har suruvdan bir qo’y va qimiz
uchun har ming bosh otdan bir biya undirilgan.
107
Yana bir soliq targ’u deb atalgan va hunarmand, savdogarlardan olingan.
Targ’u ishlab chiqarilgan va sotilgan molning o’ttizdan bir ulushi xajmida
bo’lgan. Yana mahalliy xalq tuz solig’i, jon yoki kumush solig’i to’lagan.
Ma’lumki, mo’g’ul xonlari noiblarga barot (ijara yorligi), payza berganlar,
noiblar soliq yig’ish paytida rasmiy belgilangan xajmdan ziyodroq undirib
olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |