“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


 CHig’atoy ulusining parokandalikka uchrashi. Madaniy hayot



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

4. CHig’atoy ulusining parokandalikka uchrashi. Madaniy hayot. 
XIII asr ikkinchi yarmi va XIV asr birinchi, yarmida ho’jalik, iqtisodiy 
hayotdagi siljishlar, savdo-sotiqning rivojlanishi, qolaversa, Chig’atoy 
mo’g’ullarining tobora o’troq hayotga moslasha borishi, bosqinchilik vaqtida 
tanazzulga yuz tutgan madaniy hayotning nisbatan jonlanishiga olib keldi. 
Avvalo shaharsozlik bilan bog’liq binokorlik va me’morchilik yo’lga qo’yila 
boshlandi. Mahalliy diniy ulamolar va dunyoviy zadogonlar, gohida mo’g’ul 
zodogonlarining ba’zilari qurilish ishlariga xomiylik qila boshlashdi. 
Me’morchilikda alohida o’rin tutgan ganchkorlik, g’isht o’ymakorlik, 
koshimpazlik, me’moriy xattotlik qayta tiklandi. Movarounnahr, Xorazmda 
mahalliy binokorlar ishtirokida xonaqo, maqbara, masjid, madrasa, saroy 
minoralar qad ko’tara boshladi.
Buxorodagi Sayfiddin boxarziy maqbarasi birinchilardan barpo etilgan 
me’moriy bino sifatida ko’rish mumkin. Shuningdek, shu davrlarda barpo 
etilgan Buxorodagi Qusam ibn Abbos maqbarasi ziyoratxonasi, Ho’ja Ahmad 
maqbarasi, Urganchdagi Najmiddin Kubro To’rabekxonim maqbarasi, masjid 
va ikkita baland minoralar, Ho’janddagi Duvaxon maqbarasini tilga olib 
o’tishimiz mumkin. 
Ko’rilayotgan davr binokorligi va me’morchiligida pishiq g’isht, koshin, 
parchin va me’moriy o’ymakor hamda ganch va ohak, pista ko’mir, qumlardan 
tayyorlangan maxsus qorishmalar kabi qurilish maxsulotlaridan binolarni 
qurishda va bezashda keng foydalaniladi. Monumental binolarning aksariyati 
esa bir yoki ikki gumbazli, toqu rovoqli va peshtoqli bo’lgan. Shuningdek, 
naqshlarning turli-tuman, guldor bo’lishi o’ymakor amaliy san’at qayta 
tiklanganidan darak beradi. Qulolchilik, misgarlik, zargarlikda ham naqsh bilan 
ishlov berish holati avj oladi.
XIII-XIV asrning ikkinchi yarmida fors-tojik adabiyotida Jaloliddin 
Rumiy,(1207-1272), Muslixiddin Sa’diy Sheroziy,(1219-1293), Amir Xisrav 
Dexlaviylarning(1253-1225), o’rin va mavqei ko’tarilib jahon olamiga 
taniladilar. Asli Balx shahridan bo’lgan Rumiy 14 yoshida o’z oilasi bilan
kichik Osiyoning Ko’niya sultonligiga borib qoladi. U Ko’niya, Xalab, 
Damashqda tahsil olib, buyuk tasarruf ilmi shoiri va faylasufi bo’lib taniladi. 36 
ming baytdan iborat “Masnaviyi-ma’naviy” degan dostonni yaratadi. Sa’diy esa 
islom olamida o’zining “Guliston” va “Bo’ston” asarlari, g’azallari ahloqiy 
fikrlari bilan keng shuhrat qozonadi. Dehlaviy esa “Hamsa” dostonini
Xindistondagi hozirgacha mashhur “Hisrxon va Duvalra” ni, Muftah Al-futuh


108 
“Nuh sipehr” kabi asarlarini yozadi. Bu davrda tarixnavislik ham rivoj topadi. 
Abu Umar Mirxojiddin Jurjoniyning 1260 yilda yozilgan “Tabakadi Nosiriy”,
Olovuddin Otamalik Juvayniyning “Tarixi jahongo’shai”, Fayzulloh
Rashididdin Hamadoniyning “Jomey At-Tavorih” shu kabi tarixiy asarlar 
sirasiga kiradi. Turkiy tilda ijod qilgan yana bir shaxs bu Nosiriddin Burxoniy 
Rabg’uziydir. Uning bizgacha “Qissaiy Rabg’uziy” asari yetib kelgan.
Bu paytga kelib turkiy adabiyot rivoji bilan bir qatorda tasavvuf, din 
ilmlari ham rivojlandi. Tasavvuf ilmining mashhur namoyondasi Burhoniddin 
Naqshband (1318-1389) avvalo o’z mehnati bilan halol kun ko’rish g’oyasini 
yoqladi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish