Mavzu: Burhoniddin marg'inoniy hayoti va faoliyati. Reja



Download 24,47 Kb.
bet1/2
Sana08.06.2022
Hajmi24,47 Kb.
#643509
  1   2
Bog'liq
Burhoniddin marg\'inoniy hayoti va faoliyati


Mavzu: Burhoniddin marg'inoniy hayoti va faoliyati.

Reja:
1. Burhoniddin Margʻinoniy hayoti
2. Burhoniddin Margʻinoniyning buyuk asarlari
3. Burhoniddin Margʻinoniyning Islom diniga qo’shgan hissasi


Burhoniddin Margʻinoniy (toʻliq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Fargʻoniy al-Rishtoniy al-Margʻinoniy) (1123.23.9, Rishton tumani, Dahbet qishlogʻi — 1197.29.10, Samarqand)— buyuk faqih, imom.
Dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, soʻng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qoʻlida tahsil koʻrdi. Rishton, Margʻilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnaxrning boshqa shaharlarida islomiy taʼlim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shayxulislom boʻlib yetishdi. 1149-yil haj safariga bordi. Burhoniddin margʻinoniy Samarqand shahridagi Chokardiza kabristonga dafn etilgan.
Burhoniddin margʻinoniy fiqh boʻyicha asosiy asari "Bidoyat ul-mubtadiʼ" ("Boshlovchilar uchun qoʻllanma")ni hanafiya nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al-Quduriy (1029-yil v.e.) va Muhammad ash-Shayboniy (884 yil v.e.) asarlariga tayanib yozgan. Burhoniddin margʻinoniyning ushbu kitobi nazariy asar edi, undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin boʻlgan. Shu sababli Burhoniddin margʻinoniyning oʻzi 8 jildli sharh — "Kifoyat ul-Muntahiy" ("Yakunlovchilar uchun tugal taʼlimot")ni yozishga karor qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida "Kitob al-Hidoya" (qisqacha nomi "Hidoya" — "Toʻgʻri yoʻl")ni yaratadi (1178). Burhoniddin margʻinoniy bu kitobda oʻsha zamonlarda moʻminmusulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va masʼuliyatlariga taalluqli juda koʻp murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib berdi. Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom sharqida bir necha tillarga tarjima etilib maʼlum va mashhur boʻlib ketdi. Bu kitob fiqh ilmi boʻyicha eng aniq, izchil, mukammal asar boʻlgan. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi boʻyicha nufuzli huquqiy manba — asosiy qoʻllanma sifatida foydalanilgan (qarang Hidoya). Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham "hidoyat yoʻlining sarboni" deya katta hurmat-eʼtibor topdi. Burhoniddin valmilla (islom dinining dalili, isboti) degan sharafli nomga sazovor boʻldi.
Burhoniddin margʻinoniy yana bir qancha asarlar yozgan: "Nashr al-mazhab" ("Mazhabning tarqalishi"), "Kitob at-tajnis val-maziyd" ("Fuqarolik huquqini taqdim etish"), "Kitob ul-faroiz" ("Majburiyatlar haqida kitob"), "Maziyd fi furu ulhanafiy" ("Hanafiya mazhabiga qoʻshimchalar") va boshqa U oʻz asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va xususiy mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni koʻrish masalalarini batafsil yoritib berdi. Bu asarlarda adolat tuygusi, oʻz davrining huquqiy mszonlari asosida yashash, oʻzganing mol-mulkiga koʻz olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehroqibat kabi ezgu tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Burhoniddin margʻinoniyning oʻzi hayoti davomida ana shunday insoniy fazilatlarga amal qilib yashadi. Ilmu urfon yoʻlidagi fidoyiligi, kamtarligi oʻz asarlarida bir"on marta ham "men" degan soʻzni ishlatmay, "bu zaif banda aytadi", deya hokisorlik bilan izoh berishida ham koʻrinib turadi.
Burhoniddin margʻinoniyning ilmiy merosi oʻz ahamiyatinn yoʻqotmagan. Jahondagi koʻp oliy oʻquv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fanlari Burhoniddin margʻinoniyning fiqh taʼlimoti asosida oʻrganiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng uning ilmiy merosini har tomonlama chuqur oʻrganish, asarlarini chop etish ishlariga katta eʼtibor berila boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Burhoniddin margʻinoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana boʻyicha) (2000) keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Margʻilon shahri markazida Burhoniddin margʻinoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi oʻrnatildi
Burhonuddin Marg‘inoniy dastlabki ta’limni Marg‘ilonda olib, keyinchalik Movarounnahrning o‘sha davrdagi diniy va ma’rifiy markazi bo‘lgan Samarqandga ko‘chib borgan va umrining oxirigacha o‘sha yerda yashagan. Mavlono Burhonuddin Marg‘inoniy yoshlik chog‘laridanoq Qur’oni Karimni yod olib, hadislarni chuqur o‘rgangan.
U balog‘at yoshiga yetganida mukammal ilmga ega bo‘lganiga qaramay ustozlardan ta’lim olishni davom ettirdi. 1149 yili Burhonuddin Marg‘inoniy haj safariga bordi. “Kitob ul-mashoyix” (“Shayxlar haqidagi kitob”) asarida u o‘zi ta’lim olgan 40 dan ortiq shayx va allomani sanab o‘tgan. Bu ro‘yxatda Najmuddin Umar ibn Muhammad Nasafiy, Abul-Asir Bayzoviy, Abu YOqub Sayariy, Abu Ishoq Navqadiy, Ja’far Hinduvoniylarning nomlari bor.
Burhonuddin Marg‘inoniy islom dinidagi to‘rt mazhab olimlarining asarlarini o‘rganish bilan birga o‘zi ham fiqhga oid bir qator asarlar yaratgan. Bizgacha yetib kelgan asarlaridan “Bidoyat ul-mubtadiy” (“Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim”), “Kifoyat ul-muntahiy” (“Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim”), “Nashr ul-mazhab” (“Mazhabning yoyilishi”), “Kitob ul-mazid” (“Ilmni ziyoda qiluvchi kitob”), “Manosik ul-haj” (“Haj marosimlari”), “Majmaul-navozil” (“Nozil bo‘lgan narsalar to‘plami”), “Kitobulfaroiz” (“Farzlar kitobi”) va boshqalar ma’lum.
Xanafiya mazhabining fiqh masalalarida asosiy qo‘llanma-siga aylangan Marg‘inoniyning “Hidoya” asari 1178 yili Samarqandda yaratildi. Bu asar butun musulmon olamida mashhur bo‘lib ketdi, musulmon huquqi – fiqh bo‘yicha eng aniq, izchil, mukammal asar sifatida tan olindi.
“Hidoya”ning asosini fiqh ilmi asoschilaridan bo‘lgan Abu Hanifa No‘’mon ibn Sobit fatvolari hamda uning shogird va safdoshlaridan Imom Abu Yusuf, Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy (Imom Muhammad), Imom Zufar ibn Huzayllarning asarlari, sahobalarning rivoyatlari va ular xabar qilgan hadislar tashkil qiladi. Bundan tashqari, “Hidoya”da asosiy fiqhiy masalalarning sharhi va yechimida Muhammad Bazdaviyning “Mabsut”, Termiziyning “Jome’ ul-kabir” (“Katta to‘plam”), Quduriyning “Muxtasari Quduriy” kabi asarlariga ishora qilinadi.
“Hidoya”da huquqiy masalalarning yechimi dastlab yirik fiqh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshqa mualliflar z’tirozlari yoki qo‘shilishlarini izhor etish yo‘li bilan berilgan. Ana shu obro‘li mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayyan masalada eng ma’qul yechimni tanlab olish yo‘liga amal qilingan. Shu tariqa unda qonunning aynan ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab keltiriladi.
“Hidoya” to‘rt juzdan iborat bo‘lib, birinchi juzga ibodat masalalari kiritilgan, bular: tahorat, namoz, ro‘za, zakot va haj kitoblaridir. Ikkinchi juzga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo‘qolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan.
Uchinchi juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o‘tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohliqdan qaytish, vakolat, da’vo, iqror bo‘lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo‘lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg‘a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (otaliqqa olish), majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo‘lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o‘rin olgan.
To‘rtinchi juzda esa shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bog‘dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka so‘yiladigan jonzot haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni o‘zlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to‘lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan.
“Hidoya” bir necha asrlar davomida ko‘p musulmon mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda ham huquqshunoslik bo‘yicha eng asosiy qo‘llanma hisoblanib, sovet sud tizimi joriy qilinguncha, amalda bo‘lib keldi. Hozirgi kunda ham islom shariati asosida ish yuritadigan musulmon mamlakatlar huquqshunosligida bu asardan keng foydalaniladi.
2000 yilda Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Marg‘ilon shahrida Burhoniddin Marg‘inoniy yodgorlik majmuasi bunyod etildi.
Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abd ul-Jalil al-Fargʻoniy ar-Rishtoniy al-Margʻinoniy 1123 yil 23 sentyabrda tugʻilgan. U Qurʼonni, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh – islom xuquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega boʻlganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burhon ud-din va-l-milla[1] va Burhonuddin al-Margʻinoniy[2] nomlari bilan mashhurdir.
Burhonudsin al-Margʻinoniy dastlabki taʼlimni Margʻilonda olib, keyinchalik Movarounnahrning oʻsha davrdagi diniy va maʼrifiy markazi boʻlgan Samarqandga koʻchib borgan va umrining oxi-rigacha oʻsha yerda yashagan. Mavlono Burhonuddin al-Margʻinoniy yoshlik chogʻlaridanoq Qurʼoni karimni yod olib, hadislarni chuqur oʻrgangan.
U balogʻat yoshiga yetganida mukammal ilmga ega boʻlganiga qaramay ustozlardan taʼlim olishni davom ettirdi. 1149 yili Burhonuddin al-Margʻinoniy haj safariga bordi. “Kitob ul-mashoyix” (“Shayxlar haqidagi kitob”) asarida u oʻzi taʼlim olgan 40 dan ortiq shayx va allomani sanab oʻtgan. Bu roʻyxatda Najmuddin Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, Abu al-Asir al-Baydaviy, Abu Yoqub as-Sayariy, Abu Isʼhoq an-Navqadiy, Jaʼfar al-Hinduvoniylarning nomlari bor.
Keyinchalik u fiqhga oid masalalar bilan qiziqib, oʻsha davrning koʻzga koʻringan allomalaridan “Al-Muhit” (“Ilmlar dengi-zi”) asarining muallifi Umar ibn Maaza, “Al-Fatava va favoid az-Zahira” (“Fatvolar va zohir narsalarning foydalari”) asarining muallifi Zohir ud-din ibn Umar al-Qodiy al-Buxoriy ibn al-Itobiy va boshqalarning nazariga tushgan.
Burhonuddin al-Margʻinoniy islom dinidagi sunniylarning toʻrtta asosiy mazhabi asoschilarining asarlarini oʻrganish bilan birga oʻzi ham fiqhga oid bir qator asarlar yaratgan. Bizgacha yetib kelgan asarlaridan “Bidoyat al-muntahiy (“Boshlovchilar uchun dast-labki taʼlim”), “Kifoyat al-muntahiy” (“Yakunlovchilar uchun tugal taʼlim”), “Nashr ul-mazhab” (“Mazhabning yoyilishi”), “Kitob ul-mazid” (“Ilmni ziyoda qiluvchi kitob”), “Manosik ul-haj” (“Haj marosimlari”), “Majma ul-navozil” (“Nozil boʻlgan narsalar toʻplami”), “Kitob ul-faroiz” (“Farzlar kitobi”) va boshqalar maʼlum.
Al-Margʻinoniyning butun islom olamida mashhur boʻlgan “Hidoya” asari 1178 yili Samarqandda yozildi. Mahmud ibn Sulaymon al-Kafaviyning “Katoib ul-aʼlom al-axyor fi taboqot fuqaho va mashoyix mazhab an-Nuʼmon” (“Nuʼmon mazhabiga mansub boʻlgan taniqli alloma faqihlar va shayxlar haqidagi kitob”) nomli asarida keltirilishicha, Burhonuddin al-Margʻinoniy “Bidoyat al-muntahiy” asarining soʻzboshisida “Hidoya”ning yaratilishi xususida shunday yozgan: “Abul-Hasan Ali ibn Bakr Abd ul-Jalil bir kuni fiqh masalalariga bagʻishlangan hajmi uncha katta boʻlmagan, lekin mazmuni toʻliq boʻlgan bir yaxlit kitob zarur ekanligi haqida fikr bildirdi. Iroqqa safar qilganimda u yerda “al-Muxtasar al-Quduriy” (“Kuduriy qisqartmasi”)ni koʻrdim. U fiqh bobida ajo-yib asar edi. Bu paytgacha kattayu-kichik barcha “Jomeʼ us-Sagʻir” (“Kichik toʻplam”) dan foydalangan edi. Shunda fikhga oid barcha asarlarni jamlab, ulardan eng zarur masalalarni odsim va bu asarga “Bidoyat al-muntahiy” deb nom berdim. Keyinchalik bu asarga sharh yozib, uni “Kifoya ul-muntahiy” deb nomladim”[3].
Keyinchalik bu asarlarning ham hajmi kattalik qilib, yanada moʻjaz boʻlgan, butun islom olamida xanafiya mazhabining fiqh masalalarida asosiy qoʻllanmasiga aylangan al-Margʻinoniyning “al-Hidoya” asari yaratildi. Bu asar butun musulmon olamida mashhur boʻlib ketdi, musulmon huquqi – fiqh boʻyicha eng aniq, izchil, mukammal asar sifatida tan olindi.
“Hidoya”ning asosini fiqh ilmi asoschilaridan boʻlgan Abu Hanifa an-Nuʼmon ibn Sobit, Abu Abdulloh, Ahmad ibn Hanballarning yirik asarlari, bu allomalarning shogird va safdoshlaridan imom Abu Yusuf, imom Abu Abdulloh ibn Husayn ash-Shay-boniy (imom Muhammad), imom Abul-Xazl Zufar ibn Xazllarning asarlari, dastlabki toʻrt xalifa va sahobalarning rivoyatlari, ular xabar qilgan hadislar tashkil qiladi. Bundan tashqari, “Hidoya”da asosiy fiqhiy masalalarning sharhi va yechimida Muhammad Bazdaviyning “Mabsut”, ibn Iso at-Termiziyning “Jomeʼ ul-Kabir” (“Katta toʻgsham”), Quduriyning “al-Muxtasar al-Quduriy” kabi asarlariga ishora qilinadi.
“Hidoya”da huquqiy masalalarning yechimi dastlab yirik fiqh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshka mualliflar eʼtirozlari yoki qoʻshilishlarini izhor etish yoʻli bilan berilgan. Ana shu obroʻli mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayyan masalada eng maʼqul yechimni tanlab olish yoʻliga amal qilingan. Shu tariqa unda qonunning aynan ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab keltiriladi.
“Hidoya” toʻrt juzdan iborat boʻlib, birinchi juzga ibodat masalalari kiritilgan, bular: tahorat, namoz, roʻza, zakot va haj kitoblaridir. Ikkinchi juzga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yoʻqolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan.
Uchinchi juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga oʻtkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, daʼvo, iqror boʻlish, sulh, bir ishda pul bilan sherik boʻlish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovgʻa, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod boʻlgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar oʻrin olgan.
Toʻrtinchi juzda esa shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bogʻdorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka soʻyiladigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon
narsalar haqida, tashlandiq yerlarni oʻzlashtirish xususida, taqiq-langan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi toʻlash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan.
“Hidoya” bir necha asrlar davomida koʻp musulmon mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda ham huquqshunoslik boʻyicha eng asosiy qoʻllanma hisoblanib, bu yerda 1917 yil inqilobidan keyin ham, to 30-yillargacha shariat qozilari bekor qilinib, sovet sud sistemasi joriy qilinguncha, amalda boʻlib keldi. Hozirgi kunda ham islom shariati asosida ish yuritadigan musulmon mamlakatlar huquqshunosligida bu asardan keng foydalaniladi. “Hidoya” ning qisqartirilgan ruscha tarjimasi 1893 yilda N. P. Grodekov tomonidan nashr etilgan[4].
Oʻzbekistonning mustaqillikka erishuvi tufayli islom yodgorliklari, jumladan, shariat, fiqhga oid asarlarni oʻrganish, bu sohadagi boy merosimizni nashr etish imkoniyati vujudga keldi. Vatandoshimiz al-Margʻinoniyning “Hidoya” asari islom huquqshunosligida mashhurligini nazarga olib N. I. Grodekovning inglizchadan ruschaga qilgan va tor doira uchun moʻljallangan “Hidoya”ning 1-kitobi Toshkentda 1994 yilda yuridik fanlari doktori A. X. Saidovning soʻzboshisi va sharhi bilan qayta nashr etildi.
Uzoq musulmon olamida hozirgacha oʻz qimmatini yoʻqotmagan “Hidoya” va uning muallifi Margʻinoniy faoliyati oʻz tadqiqotchilarini kutmoqda.
Tarixda ,,Islom daraxti Arabistonda ko’karib gullagan bo’lsa, mevasi Movarounnahrda yetilgan” degan hikmatli e’tirof bor. Ayni shu e’tirofning paydo bo’lishiga sabachilardan biri islom huquqshunosligining ulkan namoyondasi Burhoniddin Marg’inoniydir. To’liq ismi Imom Burhoniddin Abul Hasan Ali Ibn Abu Bakr ibn Abdul Jalil al-Farg’oniy ar-Rishtoniy al-Marg’inoniy[1] buyuk mutafakkir, fiqh ilmi rivojiga hissa qo’shgan buyuk faqih, muhaddis, Shayx-ul islom, imom darajasiga erishgan buyuk mujtahid. O’sha davrda Marg’ilon tarkibiga kirgan (hozirgi Rishton tumani) Dahbed qishlog’ida tavallud topgan. Marg’inoniyning tavallud sanasi haqida Abu Tohirxo’ja Samarqandiyning ,,Samariya” nomli kitobida ,,mavlono Burhoniddin Marg’inoniy hijriy 515 yilning 12-rajab oyida shanba kuni (milodiy 1123-yil 23-sentabrda) tavallud topgan” deb ma’lumot beriladi. 1197-yil vafot etgan. Buyuk faqih, «Radd ul-muxtor» asarida keltirilishicha, Samarqanddagi 400 ga yaqin Muhammad ismli faqihlar dafn etilgan «Turbat ul- Muhammadiyn», ya’ni Muhammadiylar qabristoniga dafn etilgan. Bu qabriston tarixda «Chokardiza» nomi bilan mashhurdir. Burhoniddin Marg’inoniy ziyoli oilada tug’ilgan, uning otasi ham o’z davrida olim bo’lgan. Dastlabki ilmni ham otasidan o’rganganligi ham fikrimizni isbotlaydi. Marg’inoniy yoshlik chog’laridanoq Qur’oni Karimni yod olib, hadislarni chuqur o’rgangan. Dastlabki ta’limni Marg’ilonda olib, keyinchalik o’sha davrdagi diniy va ma’rifiy markaz bo’lgan Samarqandga ko’chib brogan. Burhoniddin al-Marg’inoniy quyidagi olimlardan turli ilmlarni o’rgangan : mashhur faqih, tarixchi Abu Hafs Umar Nasafiy ,,Al-Aqoidun Nasafiy” asari muallifi, Shayx Imom Bahouddin Ali ibn Muhammad ibn Ismoil Isfijoniy, hanafiya fiqhi rivojiga ulkan hissa qo’shgan ilk sadr as-Sadr al-Moziy farzandlari : Imom as-Sadrush ash-Shahid Husomiddin Umar ibn Abdulaziz va Tojiddin Ahmad ibn Abdulaziz, Imom Quvomiddin Ahmad ibn Abdurrashid Buxoriy ,,Xulosat ul-bayon” asari muallifining otasi, Ziyouddin Muhammad ibn Husayn Bandijiy va boshqa ko’plab faqihlardan ilm o’rgangan. Burhoniddin Marg’inoniy hadis ilmini Ziyouddin Abu Muhammad Said ibn As’ad Marg’inoniydan o’rgangan. Marg’inoniy balog’at yoshiga yetganida mukammal ilmga ega bo’lganiga qaramay ustozlaridan ta’lim olishni davom ettirdi. 1149-yili Marg’inoniy haj safariga bordi. ,,Kitob ul-mashoyix” (,,Shayxlar haqidagi kitob”) asarida u o’zi ta’lim olgan 40 dan ortiq shayx allomani sanab o’tgan. Bu ro’yxatda Najmuddin Umar ibn Muhammad Nasafiy, Abul-Asir Bayzoviy, Abu Yoqub Sayariy, Abu Is’hoq Navqandiy, Ja’far Hinduvoniylarning nomlari bor. Burhoniddin al-Marg’inoniyning ustozlari bilan bir qatorda manbalarda u zotning shogirdlari haqida ham ma’lumotlar beriladi : Shams al-aimma Kardariy Muhammad ibn Abdusattor Muhammad faqih va muhaddis bo’lgan, Jaloluddin Mahmud ibn Husayn Usturshoniy fiqh sohasida ustozi kabi yuksak martabalarga erishgan. Burhoniddin Marg’inoniyning shogirdlari ko’pchilik bo’lib, u kishing ijodidan bahramand bo’lgan barcha izdoshlar u zotni o’zlariga ustoz deb bilganlar. Marg’inoniyning 3 o’g’li va 2 nabirasi haqida to’liq ma’lumotlar saqlangan bo’lib, farzandlari : Imoduddin Muhammad ibn Ali ibn Abu Bakr ibn Abdujalil Farg’oniy ,,Odob ul-Qozi” asari muallifi, Sahyx ul-Islom Nizomuddin Umar ibn Ali ibn Abu Bakr Farg’oniy Marg’inoniy ,,Javohir al-fiqh”, ,,al-Favoid” asarlari muallifi, Jaloliddin Muhammad ibn Ali ibn Abu Bakr Farg’oniy Marg’inoniy asarlari haqida ma’lumotlar saqlanib qolmagan; nabiralari Abdul Avval ibn Burhoniddin Ali ibn Imoduddin ibn Jaloliddin, Abul Fath Zaynuddin Abdurahim ibn Imoduddin Farg‘oniy «Al-Fusul al- Imodiya» nomli asar yozgan.[2] Burhoniddin Marg’inoniy islom dinidagi sunniylarning to’rtta asosiy mazhabi asoschilarining asarlarini o’rganish bilan birga o’zi ham fiqhga oid bir qator asarlar yaratgan. Bizgacha yetib kelgan asarlaridan “Bidoyat al-muntahiy” (“Boshlovchilar uchun dastalbki ta’lim”), “Kifoyat al-muntahiy” (“Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim”), “Nashr ul-mazhab” (“Mazhabning yoyilishi”), “Kitob ul-mazid” (“Ilmni ziyoda qiluvchi kitob”), “Manosik ul-haj” (“Haj marosimlari”), “Majma ul-navozil” (“Nozil bolgan narsalar to’plami”), “Kitob ul-faroiz” (“Farzlar kitobi”) va boshqalar ma’lum. Al-Margʻinoniyning butun islom olamida mashhur boʻlgan “Hidoya” asari 1178-yili Samarqandda yozildi. Mahmud ibn Sulaymon al-Kafaviyning “Katoib ul-aʼlom al-axyor fi taboqot fuqaho va mashoyix mazhab an-Nuʼmon” (“Nuʼmon mazhabiga mansub boʻlgan taniqli alloma faqihlar va shayxlar haqidagi kitob”) nomli asarida keltirilishicha, Burhonuddin al-Margʻinoniy “Bidoyat al-muntahiy” asarining soʻzboshisida “Hidoya”ning yaratilishi xususida shunday yozgan : “Abul Hasan Ali ibn Bakr Abd ul-Jalil bir kuni fiqh masalalariga bagʻishlangan hajmi uncha katta boʻlmagan, lekin mazmuni toʻliq boʻlgan bir yaxlit kitob zarur ekanligi haqida fikr bildirdi. Iroqqa safar qilganimda u yerda “al-Muxtasar al-Quduriy” (“Kuduriy qisqartmasi”)ni koʻrdim. U fiqh bobida ajoyib asar edi. Bu paytgacha katta-yu-kichik barcha “Jomeʼ us-Sagʻir” (“Kichik toʻplam”) dan foydalangan edi. Shunda fikhga oid barcha asarlarni jamlab, ulardan eng zarur masalalarni odsim va bu asarga “Bidoyat al-muntahiy” deb nom berdim. Keyinchalik bu asarga sharh yozib, uni “Kifoya ul-muntahiy” deb nomladim”.[3] Keyinchalik bu asarlarning ham hajmi kattalik qilib, yanada moʻjaz boʻlgan, butun islom olamida xanafiya mazhabining fiqh masalalarida asosiy qoʻllanmasiga aylangan al-Margʻinoniyning “al-Hidoya” asari yaratildi. Bu asar butun musulmon olamida mashhur boʻlib ketdi, musulmon huquqi – fiqh boʻyicha eng aniq, izchil, mukammal asar sifatida tan olindi. “Hidoya”ning asosini fiqh ilmi asoschilaridan boʻlgan Abu Hanifa an-Nuʼmon ibn Sobit, Abu Abdulloh, Ahmad ibn Hanballarning yirik asarlari, bu allomalarning shogird va safdoshlaridan imom Abu Yusuf, imom Abu Abdulloh ibn Husayn ash-Shay-boniy (imom Muhammad), imom Abul-Xazl Zufar ibn Xazllarning asarlari, dastlabki toʻrt xalifa va sahobalarning rivoyatlari, ular xabar qilgan hadislar tashkil qiladi. Bundan tashqari, “Hidoya”da asosiy fiqhiy masalalarning sharhi va yechimida Muhammad Bazdaviyning “Mabsut”, ibn Iso at-Termiziyning “Jomeʼ ul-Kabir” (“Katta toʻgsham”), Quduriyning “al-Muxtasar al-Quduriy” kabi asarlariga ishora qilinadi. “Hidoya”da huquqiy masalalarning yechimi dastlab yirik fiqh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshka mualliflar eʼtirozlari yoki qoʻshilishlarini izhor etish yoʻli bilan berilgan. Ana shu obroʻli mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayyan masalada eng maʼqul yechimni tanlab olish yoʻliga amal qilingan. Shu tariqa unda qonunning aynan ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab keltiriladi. “Hidoya” toʻrt juzdan iborat boʻlib :
Birinchi juzga ibodat masalalari kiritilgan, bular : tahorat, namoz, roʻza, zakot va haj kitoblaridir;
Ikkinchi juzga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yoʻqolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan;
Uchinchi juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga oʻtkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, daʼvo, iqror boʻlish, sulh, bir ishda pul bilan sherik boʻlish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovgʻa, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod boʻlgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar oʻrin olgan;
Toʻrtinchi juzda esa shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bogʻdorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka soʻyiladigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni oʻzlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi toʻlash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan.
“Hidoya” bir necha asrlar davomida koʻp musulmon mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda ham huquqshunoslik boʻyicha eng asosiy qoʻllanma hisoblanib, bu yerda 1917-yil inqilobidan keyin ham, to 30-yillargacha shariat qozilari bekor qilinib, sovet sud sistemasi joriy qilinguncha, amalda boʻlib keldi. Hozirgi kunda ham islom shariati asosida ish yuritadigan musulmon mamlakatlar huquqshunosligida bu asardan keng foydalaniladi. “Hidoya” ning qisqartirilgan ruscha tarjimasi 1893-yilda N.P.Grodekov tomonidan nashr etilgan.[4]
Xulosa qilib aytganda O’rta Osiyo faqihlarining har biri o’z salohiyati, ilmiy uslubi va yashagan davr sharoitiga qarab, islom huquqi, ayniqsa, hanafiya mazhabi rivoji yo’lida o’zlaridan barhayot asarlar qoldirganlar. Ular orasida imom Burhoniddin Marg’inoniyning qimmatli huquqiy asari ,,al-Hidoya” o’z ixchamligi, mukammalligi, hanafiya mazhabini boshqa ahli sunna mazhablari bilan qiyosiy uslubda o’rganib, har tomonlama yoritilganligi uchun o’ziga xos katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Burhoniddin Marg’inoniyning val-milla (din va millat hujati), hidoyat yo’lining sorboni kabi faxriy nom olganlar.



Download 24,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish