7 – o`zbekiston tarixi (1- 7 mavzular)
G`arbiy turk xoqonligi nihoyatda kuchaygan davrni belgilang? a) VI asrning birinchi choragi b)VII asrning birinchi choragi c) VI asrning ikkinchi yarmi d) VII asrning oxirlari
VII asrning birinchi yarmida G`arbiy turk xoqonligi bilan qaysi davlat o`rtasida iqtisodiy aloqalar faollashadi? a) Eron b) Eftallar c) Xitoy d) Vizantiya
585 - 586 – yillarda qaysi shaharda xalq qo`zg`oloni bo`lib o`tadi? a) Samarqand b) Buxoro c)Balx d) Marv
Turk xoqoni Qoracho`rin Abruy boshchiligida qo`zg`olonni bostirish uchun kimning boshchiligida qo`shin yuboradi? a) To`ng yabg`u b) Istami c) Xusrav I d) Sheri Kishvar
Qachon hadya tariqasida Samarqanddan Xitoyga dubulg`a yuboriladi? a) 715 – yil b) 720 – yil c) 718 – yil d) 725 – yil
Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi ……………….. edi? a) So`g`d b) Toxariston c)Farg`ona d) Choch
Ilk o`rta asrlarda shaharning hokim qasri joylashgan qismi nima deb atalgan? a) Ixshid b)Ko`handiz c) Rabot d) Shahriston
Manbalarda ta`rif etilishicha Toxariston aholisi qaysi dinga e`tiqod qilgan? a) nasroniylik b)zardushtiylik c) moniylik d) buddaviylik
V – VII asrlarda O`rta Osiyoda eng katta shaharlardan biri …………….. edi. Uning maydoni qariyb 200 gektardan bo`lgan? a) Buxoro b) Xorazm c) Samarqand d) Kesh
Quyidagi yozuvlardan qaysilari oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan? 1. So`g`d 2. Toxar 3.Xorazm 4. Eftal a) 1 b) 1,3 c) 2,3 d) 1,2
O`rta asrlarda yashagan arab mualliflari ( Ibn Xavqal va Ishtaxriy ) ning qayd etishicha Binkat shahrining nechta darvozasi bo`lgan? a) 22 b) 20 c) 18 d) 15
Ilk o`rta asrlarda birgina ……………shahrida usta – hunarmandlar tomonidan o`n turdagi cholg`u asboblari yasalgan? a) Samarqand b) Buxoro c) Toshkent d)Kesh
Abruy qo`zg`olinidan vahimaga tushgan mulkdor dehqon va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark qilib qayerga o`rnashadilar? a) Choch va Eloq b) Farg`on ava Qoshg`ar c) Surxondaryo va Toxariston d) Turkiston va Taroz
Toxariston g`arbda qaysi hudud bilan chegaradosh bo`lgan? a) Pomir b) Hindikush c)Murg`ob va Xerirud vodiysi d) Hisor tog`lari
Eftaliylar davrida O`rta Osiyo aholisining madaniy an`analari qaysi qo`shni mamlakatlar tasviriy uslublari bilan uyg`unlashib, ilk o`rta asr madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylangan? a) Hindiston va Eron b) Xitoy va Eron c) Hindiston va Xitoy d) Hindiston va Vizantiya
Quyidagi arkonlardan qaysi biri moniy diniga taaluqli emas? a) ibodat b) iymon keltirish c)ro`za d) sadaqa
Ilk o`rta asrlarga oid quyidagi yodgorliklardan qaysilari Zarafshon vodiysida joylashgan? a)Panjikent, Afrosiyob, Varaxsha b) Bolaliktepa, Afrosiyob, Varaxsha c)Afrosiyob,Varaxsha,Ajinatepa d) Panjikent, Afrosiyob, Bolaliktepa
VI asrning 80 – yillari oxirlarida …………………? a) Garbiy turk xoqonligi nihoyatda kuchayadi b) Turk xoqonligiga asos solinadi c) Turk xoqonligi ikkiga; Sharqiy va G`arbiy turk xoqonligiga bo`lininb ketadi d) Eftallar davlati Turk xoqonligi va Sosoniylar o`rtasida taqsimlab olinadi
Turk xoqonligining qaysi davlatlar bilan doimiy raqobati uning ahvolini yanada og`irlashtirgan? a) Vizantiya, Xitoy, Hindiston b) Eron, Xitoy, Hindiston c) Xitoy, Eron, Vizantiya d)Hindiston va Xitoy
Quyidagi voqealardan qaysilari VII asrning birinchi choragida sodir bo`lgan? 1. G`arbiy turk xoqonligi nihoyatda kuchayadi 2. Turk xoqonligi 2 ga bo`linib ketadi 3. Turk xoqonligiga asos solinadi 4, G`arbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko`chiradi a) 1 b)4 c) 1,4 d) 2,4
Ilk o`rta asrlarda mahalliy hokimliklardan qaysilari sertarmoq xo`jalikka ega bo`lib, sug`orma dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, konchilik, va savdo yuksak darajada bo`lgan? 1.Toxariston 2.Choch 3.Farg`ona 4.Eloq a) 1,3 b) 2 c)2,4 d)3,4
Quyidagi qaysi hudud O`rta asrlarda 27 ta tog` va tog`oldi viloyatlardan iborat bo`lgan? a) So`g`d b) Farg`ona c) Choch d) Toxariston
Turk xoqonligi Eftallarga qarshi qaysi davlatlar bilan yaqishlashadi? a) Eron b) Vizantiya c)Xitoy d) A va B javoblar to`g`ri
Toxariston viloyatining sharqdagi chegarasini aniqlang? a) Hisor b) Pomir c) Murg`ob va Herirud vodiysi d) Hindikush
VI – VII asrlarga oid Humo qushining ganchkor tasviri qaysi yodgorlikldan topilgan? a) Mug` qal`asidan b) Ajinatepa c) Varaxsha d) Afrosiyob
Ilk o`rta asrlarada G`arbiy turk xoqonligining zaiflashib borishiga qaysi omil sabab bo`lgan? a)tinimsiz urushlar b)ichki kurash c)qo`shni davlatlar bilan raqobat d)sulolaviy nizolar
Arkon bu ………….? a) viloyat hokimi b) el – yurt hokimi c) dindagi eng muhum vazifa d)ma`muriyat e) c va d javoblar to`g`ri
Quyidagi qaysi yodgorlikdan bo`yi 12 metrlik budda haykali topilgan? a) Qo`rg`ontepa b) Quva c) Xushkant d) Ajinatepa
Ilk o`rta asrlarda shaharning ichki qismi qanday atalgan? a) rabod b) ark c) shahriston d)ko`shk
VI asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida ……………. voha hokimliklari mavjud edi? a) o`n bitta b) o`nga yaqin c) o`ndan ortiq d) o`n beshta
Ilk o`rta asrlarda istehkomli qasr, qo`rg`on va ko`shklar asosan qanday vazifalarni bajarga? 1.Ma`muriy markaz 2.Mudofaa inshooti 3.Savdo-sotiq markazi 4. Chokarlar to`planadigan joy 5. Hunarmandchilik markazi 6. Oziq-ovqat va qurol-yarog` saqlanadigan ombor a) 1,2,3,4 b)2,4,5,6 c) 1,3,5,6 d) 1,2,4,6
VI – VII asrlarda O`rta Osiyo aholisining ko`pchiligi qaysi dinga e`tiqod qilgan? a) buddaviylik b) zardushtiylik c) moniylik d) nasroniylik
Ilk o`rta asrlarda quyidagi qaysi hudud naychilari bilan shuhrat topgan? a) Buxoro b) Samarqand c) Farg`ona d) Choch
O`rta Osiyoda mavjud bo`lgan qaysi diniy e`tiqod shakli haykaltaroshlik rivojiga kuchli ta`sir ko`rsatgan? a) moniylik b) zardushtiylik c) buddaviylik d) shomoniylik
Quyidagi qaysi hukmdor hukmronlik qilgan davrda boshqaruv tartiblari isloh qilingan? a) Istami b) To`ng Yabg`u c) Xusrav I Anushervon d) Malikshoh
Sharqiy turk xoqonligiga kirgan hududlarni aniqlang. 1.Uzoq sharq 2.Sirdaryo havzalari 3.Shimoliy Xitoy 4.Urxun havzasi 5.Janubiy Sibir 6.Oltoyning g`arbiy hududlari a)3,4,5 b)1,3,5,6 c)4,5,6 d)3,4,5,6
Turk xoqonligi ikkiga bo`lingach Sharqiy va G`arbiy xoqonliklar o`rtasidagi chegara qaysi hududdan o`tgan? a) O`tukan vodiysi b) Oltoy hiududi c)Oloy tog`lari d) Yettisuv vodiysi
V-VI asrlarda O`rta Osiyoda tarqalgan yozuvlarni belgilang. a)sug`d, xorazm, oromiy b)sug`d, xorazm, turkiy c)sug`d, xorazm,eftal d) sug`d, baqtriya, xorazm
Ilk o`rta asrlarda mahaylliy hokimliklardan qaysi biri o`z tanga pullari tizimiga ega bo`lgan? a)Toxariston b) Choch c) Farg`ona d)Eloq
“Tadqiqodchi-olimlarning fikricha, Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII va XIV-XV asrlarda bamisoli po`rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli ilmiy-madaniy yuksalishning manbayi hisoblanib, jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta`sir ko`rsatgan Sharq uyg`onish davri – Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan”. ushbu fikrlar muallifi kim ……………………
Ilk o`rta asrlarda qaysi davlatda taxt otadan bolaga qolmay, shu suloladan kim loyiq deb topilsa o`sha taxtga o`tirgan?..............................
Nechanchi asrda O`rta Osiyoda shishasozlik rivojlangan?......................
Qaysi davlat 456 – yilda o`zaro aloqa o`rnatish maqsadida Xitoyga elchi yuboradi?.......................
484 – yilda qaysi 2 ta davlat o`rtasida urush bo`lib o`tadi?................................................
Ilk o`rta asrlarda Xorazm davlati qaysi davlatlar bilan diplomatik aloqalar olib brogan?
IV asrning 70 – yillarida V asrning ikkinchi yarmida O`rta Osiyoda mavjud bo`lgan davlatning markazini belgilang?.................................
Eftallar alifbosi qaysi yozuv asosida shakllangan?......................................
Eftallar davlati qulagach qaysi davlat Uzoq sharqdan Eron hududlarigacha karvon yo`li nazoratini o`z homiyligi ostiga oladi?
Turk xoqonligi qaysi davlatlar bilan doimiy raqobatda bo`lgan? (3ta)………………………………………..
585 – 586 – ytillarda qaysi shaharda qo`zg`olon bo`lib o`tadi?..........................................................
Toxariston aholisining asosiy qismi nima bilan shug`ullangan?..........................................................
Ilk o`rta asrlarda shaharning tashqi mavzesi nima deb atalgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |