O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti mirzakarimov h



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/69
Sana13.07.2022
Hajmi1,98 Mb.
#793227
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69
Bog'liq
fayl 1743 20210907

Uslubiy 
tayyorgargarlik:
kurashchilar 
va 
murabbiylarni 
kurash 
mashg‘ulotlari hamda musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha nazariy va amaliy 
bilim malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Kurashchilar uslubiy tayyorgarlik jarayonlarida kurash mashqlarining maqsad 
va vazifalari, ularni bajarish va o‘rganishga qo‘yiladigan uslubiy talablar o‘rgatib 
boriladi. Kurash harakatlari malaka va ko‘nikmalarini to‘g‘ri shakllantirish, kurash 
mashqlarni 
bajarishda 
uslubiy 
tavsiyalarning 
ahamiyati 
tahlil 
etiladi. 
Kurashchilarining jismoniy fazilatlarini rivojlantirish kurash harakatlari texnikasi 
va taktikasini shakllantirishda uslubiy tayyorgarliklar, mashqlar va harakatlarni 
to‘g‘ri va sifatli bajarish, jismoniy yuklamalar me’yorini va ta’sirini to‘g‘ri tashkil 
etish, usullarni egallashda jismoniy tayyorgarlik va qobiliyatlar hamda shaxsiy 
xususiyatlarni e’tiborga olishni tashkil etadi. 
Kurash murabbiylarining kasbiy faoliyatida ham uslubiy tayyorgarlik muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi. Kurash zallari va kurash gilamlari va 
tatamilarga qo‘yiladigan texnik va gigienik talablarni bilish, kurashchilar bilan 
mashg‘ulotlar tashkil etishda, kurash harakatlari texnika va taktikasini egallashda 
uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalar bo‘yicha malaka va tajribalarga ega bo‘lish talab 
etiladi. SHu bilan birga kurash musobaqalarini tashkil etish, kurash bellashuvlarida 
har hil vazifadagi hakamlarning faoliyatini bilish va olib bora olish, kurash 
musobaqalari me’yoriy hujjatlari bilan ishlay bilish bo‘yicha malaka va 
ko‘nikmalar uslubiy tayyorgarlik jarayonlarida olib boriladi. 


69 
Kurashchining ruhiy tayyorgarligining asosiy shkllari: 
kurashchining ruhiy 
tayyorgarligi uning ma’naviy – iroda tayyorgarligi hisoblanib, kurash sporti 
faoliyati sharoitiga moslab amalga oshiriladigan axloqiy tarbiya, irodani 
tarbiyalash jarayonidir. Ma’naviy – iroda tayyorgarligi jarayonida hal etiladigan 
vazifalar, kurash faoliyatida ahloqiy sifatlarni takomillashtirib borishdan iborat. 
Vatanparvarlik tuyg‘ulari, jamoa nufuzini himoya qilish, Vatan shuhratini dunyoga 
taratish, insoniy sifatlarni takomillashtirish, g‘alaba yo‘lida barcha imkoniyatlardan 
keng foydalana olish sifatlarini takomillashtirish ma’naviy iroda tayyorgarligini 
asosini tashkil etadi. SHu bilan birga ma’naviy iroda tayyorgarligida kurashchilar 
shaxs xususiyatlari shakllanadi. Bu xarakter mehnatsevarlik, g‘alabaga astoydil 
intilish, sportchi etikasi, ruhiy iroda, sport g‘ururi kabi ahloqiy sifatlarni aks 
ettiradi.
Kurash sporti ruhiy – iroda sifatlarini to‘la namoyon etishni talab etadigan 
mardonavor, ko‘pincha, hatto beshafqat faoliyat turidir. Kuchli iroda, maqsad sari 
intilish, tashabbus, talabchanlik, qat’iylik va jasurlik, chidamlilik va o‘z-o‘zini 
boshqarish sifatlarini tarbiyalash ruhiy iroda tayyorgarligini ajralmas qismi bo‘lib 
hisoblanadi. Kurashning barcha turida ahloqiy sifatlar va ma’naviy tayyorgarlik bir 
xilda bo‘lishi kerak. CHunki har bir kurashchida mustahkam ruhiy iroda 
tayyorgarligi talab etiladi. Iroda fazilatlari namoyon bo‘lishi sport jarayonlarining 
konkret sharoitlariga bog‘liq bo‘lib irodaning turli tomonlarini namoyon bo‘lishini 
amalga oshiradi. Bu bilan umumiy va maxsus iroda tayyorgarligini bir-biridan farq 
qilinadi.
Iroda tayyorgarligi jarayonida bajariladigan maxsus vazifalarning eng 
muhimlaridan biri – bevosita musobaqa uchun beriladigan ko‘rsatmalarni 
maqsadga muvofiq ravishda shakllantirish, musobaqalar davomida paydo 
bo‘ladigan salbiy xissiyotlarni engib o‘tish va kurashchilar ruhiy holatini 
boshqarish imkoniyatini ta’minlashdir. Kurash turlarida ma’naviy iroda 
tayyorgarligi ahloqiy tarbiyaning umumiy tamoyillariga muvofiq bo‘lib, ahloqiy 
tarbiya vosita uslublaridan foydalangan holda tashkil etiladi. Kurash mashg‘uloti 
kurashchida iroda va xarakterni tarbiyalashda asosiy omil bo‘ladi. Qat’iy kun 


70 
tartibiga rioya qilish, og‘ir jismoniy yuklamalarga bardosh berish, salbiy his – 
tuyg‘ularni engib o‘tish, mashg‘ulot va musobaqalar jarayonida ichki va tashqi 
qiyinchiliklarni engish sportchini irodaviy sifatlarni tarbiyalash va sport xarakterini 
shakllantirishning omili bo‘ladi. Kurash mashg‘uloti faoliyatidagi sharoit ham 
ongli intizomni, do‘stlik, jamoatchilik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik va boshqa 
axloqiy his-tuyg‘ular va sifatlarni tarbiyalash uchun g‘oyat katta imkoniyatlar 
yaratadi. 
Kurash mashg‘ulotlari yoshlarni jismoniy fazilatlari bilan bir qatorda shaxsiy 
axloqiy sifatlarini tarbiyalashga va shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu 
jarayonlarda shug‘ullanuvchilarning asosiy maqsadi jismoniy barkamollikka 
erishish bilan, ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalashni amalga oshirishdir. Albatta 
bunday maqsadga erishish uchun kurashchilar muntazam sport tayyorgarlik 
mashg‘ulotlarida ishtirok etishlari hamda jismoniy yuklamalar ta’sirlarini ortirib 
borishlari talab etiladi. Mashg‘ulotlarning samaradorligi jismoniy fazilatlarni 
rivojlanishi, jismoniy harakat malaka va ko‘nikmalarini takomillashuvi hamda 
sport mahoratlarini ortishi bilan kuzatiladi. Jismoniy tarbiya va kurash 
mashg‘ulotlarining psixologik asoslari deyarli bir hil bo‘lsada, yuqori malakali 
kurashchilar tayyorlashda psixologik tarbiyaning ahamiyati muhim bo‘lib 
hisoblanadi. 
Kurash faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari shuki, shaxsni jismoniy 
barkamol va ma’naviy etuk inson qilib tarbiyalashda ta’lim va tarbiya 
jarayonlarining umumiy va xususiy maqsadlarini o‘zaro muvofiqlikda bo‘lishidir: 

Kurash mashg‘uloti shug‘ullanuvchilar maxsus sifatlarini rivojlantirishga, 
jismoniy imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi.

Kurash mashg‘uloti maqsadi kurash turlarida yuqori natijalarga erishish.

Kurash mashg‘uloti muntazam shug‘ullanishni talab etadi, sport tayyorgarlik 
natijalari bellashuvlar va musobaqalarda baholanadi.

Kurash 
mashg‘uloti 
shug‘ullanuvchilardan 
musobaqalar 
va 
sport 
mashg‘ulotlarida yuqori darajada va og‘ir jismoniy hamda ruhiy yuklamalar 
bajarishni talab etadi.


71 
Ruhiy tayyorgarlik darajasi kurashchilarni shaxs tuzilishiga va harakterlariga 
muvofiq mashg‘ulotlar davomida yondoshish, har bir kurashchining shaxs 
belgilarini xisobga olish, ularni har qanday sharoitda rag‘batlantirish va tarbiyalash 
ishlarini amalga oshirishda aks etadi.
Ahloqiy iroda va ma’naviy tayyorgarlikda ustozga, jamoaga xamda raqibga 
sport jixozlari va kurash maydonlari, kiyimlarga hurmat ehtiromga o‘rgatiladi. 
Musobaqa va trenirovka jarayonlarida o‘zini tutish yoshlarga izzatda, kattalarga 
hurmatda bo‘lish o‘rgatiladi. Ahloqiy, ma’naviy va iroda tayyorgarlikda 
kurashchilarga xos bo‘lgan sifatlar o‘zini, raqibini, jamoadoshlarini, ustozini 
xurmat qilish trenirovka jarayonlari va musobaqalarda o‘zini tuta bilish, 
bellashuvlarda qo‘rqmaslik, xushyorlik, chidamlilik namoyon etish Vatanni
halqni, oilani, qo‘llab bellashish nazarda tutiladi. 
YOsh kurashchilar sport tayyorgarligini amalga oshirishda ularni yosh, 
jismoniy rivojlanish xususiyatlari, organizmi holati, ruhiy hamda shaxsiy 
xususiyatlari va dunyoqarashlari hisobga olgan holda jismoniy yuklamalarni 
me’yorlab berishga e’tibor qaratish kerak. 
Kurashchining ruhiy holatini boshqarish eng murakkab hisoblanadi. Jismoniy 
va texnik tayyorgarliklari bir xil bo‘lgan kurashchilar bir – biridan fikrlash, sezish, 
kuzatish xissiyotlari bilan farq qilishadi, shuning bilan birga shu jarayonlarni 
boshqarishga o‘rganish zarur. Kurashchini musobaqalarga ruhiy tayyorlash 
oldinroq boshlanadi. Eng avvalo musobaqaning ahamiyati aniqlanadi. Musobaqa 
boshlanishida kurashchi hayajonlanadi. Bu - “start oldi holat” bo‘lib, ruhiy holat 
o‘zgaradi va organizmda vegetativ o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Start oldi holati kurashchining malakasiga, o‘z kuchiga ishonish darajasiga, 
musobaqagacha bo‘lgan vaqtga, kurashchining nerv faoliyatining xususiyatiga, 
tayyorgarligiga, uning uyushqoqligi va o‘zaro moslashuviga bog‘liq bo‘ladi. Ruhiy 
tayyorlashda kurashchining o‘z kuchiga ortiqcha ishonishi salbiy oqibatlarga olib 
kelishi mumkin. Ruhiy tayyorgarlik qat’iy individuallashtirilgan bo‘lishi kerak.

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish