O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti mirzakarimov h


Jismoniy tayyorgarlik xaqidagi ma’lumot



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/69
Sana13.07.2022
Hajmi1,98 Mb.
#793227
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
Bog'liq
fayl 1743 20210907

Jismoniy tayyorgarlik xaqidagi ma’lumot 
 
Mavjud
Mavjud emas
Kuchlilik 

Muskul bo‘shangligi 
– 
CHidamlilik
– 
Toliqishlik

Tezkorlik

Sustkashlik
– 
Egiluvchanlik

Qo‘pollik
– 
CHaqqonlik
– 
Beso‘naqaylik

 
Kurashchilar sport tayyorgarlik bosqichlari va
ularning davomiyligi 
Sport 
tayyorgarlik 
bosqichlari 
Bosqichning 
davomiyligi (yil) 
Guruh 
a’zolarining 
soni 
Mashg‘ulotlarga 
ajratilgan 
haftalik soat 
Dastlabki 
tayyorgarlik 

14 – 16 
6 – 9 
Mutaxassislik 
tayyorgarlik 

10 – 12 
10 – 18 
YUqori 
malakali 
sportchilar 
Sport natijalar 
pasaygunga qadar 
6 -8 
18 – 20 
 
 
Kurashchilar umumiy va maxsus sport tayyorgarliklarining
taqsimoti 
 
Sport tayyorgarlik
shakllari 
Tayyorgarlik bosqichlari 
Dastlabki 
tayyorgarlik 
Mutaxassislik 
tayyorgarlik 
YUqori 
malakali 
sportchilar 
Tayyorgarlik davri (yil) 


78 





Natijaga 
ko‘ra 
Nazariy tayyorgarlik 






Jismoniy tayyorgarlik 






Texnik tayyorgarlik 






Taktik tayyorgarlik 






Ma’naviy, ruhiy – iroda 
tayyorgarlik 






Uslubiy hakamlik 
tayyorgarlik 
 
 
 
 


Tiklanish jarayonlari 
Musobaqalardan so‘ng, jaroxatlanishlarda 
O‘quv yig‘inlari 
Musobaqalardan avval 
 
 
3.2. Kurash mashg‘uloti tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar 
Kurash turlari bilan ta’lim muassasalarida, sport maktablarida xamda sport 
saroylarida shug‘ullanish mumkin. Kurash to‘garaklariga bolalar jismoniy 
rivojlanishi, shaxsiy qibiliyatlari xamda qiziqishlari xisobga olingan xolda jalb 
etiladi. SHuningdek kurashchilarni tanlashda ularning oilaviy an’anaga muvofiq 
kurash bilan shug‘ullanishlari xam muhim ahamiyatga egadir. Kurash usullariga 
o‘rgatish o‘rta, maxsus va oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya va sport 
tadbirlari jarayonlariga kiritilgan. SHuningdek bolalar va aholi o‘rtasida yashash 
joylari, ishlab chiqarish korxonalari, dehqon fermer xo‘jaliklari, shahar va viloyat 
sport saroylari va sog‘lomlashtirish markazlarida ham kurash sporti turlari 
bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. 
Kurash turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar uch bosqichda olib boriladi. Bular 
dastlabki tayyorgarlik, mutaxassislik tayyorgarligi xamda yuqori malakali 
sportchilar tayyorlash bosqichlaridan iborat bo‘ladi. Dastlabki tayyorgarlik 
bosqichida yosh kurashchilar kurashchilarga xos bo‘lgan harakatlar va usullarga 
o‘rgatiladi. SHu bilan birga asosiy e’tibor ularning jismoniy fazilatlarini 
rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Mutaxassislik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida 
kurashchilarining texnik va taktik tayyorgarliklarini tashkil etish amalga oshiriladi. 
Bu bosqichda kurashchilarning nazariy, ruhiy iroda va ma’naviy tayyorgarliklari 
ham amalga oshiriladi. 


79 
YUqori malakali kurashchilar tayyorlash bosqichida texnik va taktik 
mahoratga xamda jismoniy barkamollikka ega bo‘lgan sportchilarni tayyorlash 
vazifalari amalga oshiriladi. YUqori malakali kurashchilar tayyorlash bosqichida 
umumiy va maxsus tayyorgarlikni takomillashtirish, uslubiy tayyorgarlik bo‘tsicha 
nazariy va amaliy bilim malaka va ko‘nikmalarni ortirish mashg‘ulotlari 
o‘tkaziladi. 
Dastlabki sport tayyorgarlik bosqichida kurash mashg‘ulotlarini xaftasiga uch 
marta o‘tkazish mumkin. Lekin mashg‘ulot kunlariga o‘zgartirishlar xam kiritish 
mumkin. Biroq xar qanday shakllarda ham mashg‘ulotlar orasidagi interval 1-2 
kun bo‘lishi lozim. Har bir mashg‘ulot 1 soat davom etadi. Mashg‘ulotlarning 
davomiyligi bolalarning yoshi va jismoniy xolatiga qarab belgilanadi. Kurashga 
o‘rgatish mashqlarida kuch va dinamik yuklamalar asta sekin oshib borishini esda 
tutish kerak. O‘smirning organizmi bu davrda juda tez rivojlanadi.
Kurash mashg‘uloti tarkibi mashg‘ulot jarayoni vazifalarini taqsimlanishini 
o‘zida aks ettiradi. Mashg‘ulot tuzilishi kurashchilar sport tayyorgarligi, yoshi va 
jinsi ko‘rsatkichlariga muvofiq tashkil etiladi. Mashg‘ulot ta’limiy va tarbiyaviy 
vazifalarni hal etishni o‘z oldiga qo‘yadi. Kurash mashg‘ulotining ta’limiy vazifasi 
kurashchilardi jismoniy tarbiya va sport hamda kurash turlari haqida nazariy 
bilimlarni shakllantirish, shu bilan birga sog‘lom turmush tarzi, mashg‘ulotlar va 
hayot faoliyatida shaxsiy va jamoat gigienasi talablariga rioya qilish, o‘z organizm 
xususiyatlari va ularning jismoniy yuklamalar ta’sirida rivojlanishi, organizmga 
salbiy etuvchi omillar, organizmni chiniqtirish muolajalari haqida nazariy bilimlar 
shakllantiriladi. Uslubiy tayyorgarlik jarayonlarida kurash mashg‘ulotlarining 
zaruriy jixozlari, kurash zallari va ularga qo‘yiladigan gigienik va texnik talablar, 
kurash mashg‘ulotlari va musobaqalarini tashkil etishning me’yoriy hujjatlari, 
kurash sportida ko‘p uchraydigan shikastlanishlar va ularni oldini olish, davolash 
muolajalari bo‘yicha bilim va malakalar hosil qilinadi. 
Dastlabki sport tayyorgarlik guruhlarida kurash mashg‘ulotlari tayyorgarlik 
qismi uchun 15 – 20 daqiqa, asosiy qism uchun 25 – 30 daqiqa, yakuniy qism 
uchun 10 – 15 daqiqa ajratilishi mumkin. Mashg‘ulot tayyorlov qismida 


80 
umumrivojlantirish, akrobatika va gimnastika mashqlari bajarilib kurashchilar 
orgaizmi jismoniy yuklamalar berishga tayyorlanadi. Mashg‘ulotning asosiy 
qismida kurashchilarga xos bo‘lgan harakatlar, uloqtirishlar texnikasi va taktikasi 
shakllantirilib boriladi. Kurash mashqlari tezlikka va chidamlilik hamda 
chaqqonlikka va kuchga bajarish tavsiya etiladi. Uloqtirishlar, himoya va hujum
qarshi hujum harakatlari bajariladi. Bir necha daqiqa bellashuvlar o‘tkazish ham 
mumkin. 
Mashg‘ulotning yakuniy qismida jismoniy fazilatlarni rivojlantirish uchun 
mashqlari bajariladi, kurash turlariga oid harakatli o‘yinlar yoki estafetalar 
o‘tkaziladi. Kurash mashg‘ulotining jismoniy tarbiya darslaridan farqi shundaki 
mashg‘ulotda kurashchilar etarli darajada jismoniy yuklamalar olishi, 
mashg‘ulotlardan charchab chiqishlari kerak. Aks holda ularning sport 
tayyorgarliklarida ijobiy o‘zgarishlar amalga oshmaydi. Jismoniy toliqishlarni 
bartaraf etish uchun murabbiylar kurashchilar bilan bir oz ma’naviy tarbiya 
bo‘yicha suhbatlar o‘tkazishi, kurashga oid kino va video fil’mlar namoyishi 
tashkil etishi mumkin. SHuningdek kurashchilar jismoniy charchoqlarini bartaraf 
etishda issiq suvli vannalar va dush qabul qilish, quvvatli va vitaminli sharbatlar, 
ichimlik va dorivor giyohlardan choylar ichishlari kerak. 
Kurashchilar dastlabki sport tayyorgarlik guruhlaridagi mashg‘ulotlar 60-100 
daqiqa, mutaxassislik guruhlaridagi mashg‘ulotlar 100-120 daqiqa, yuqori malakali 
sportchilar guruhida ham 100-120 daqiqa bo‘lishi mumkin. Bunda mashg‘ulotlar 
takroriyligi muhim o‘rin tutadi. Dastlabki sport tayyorgarlik guruhlari 
mashg‘ulotlari haftasiga 3 marotaba bo‘lsa, mutaxassislik guruh kurashchilarining 
mashg‘uloti haftasiga 6 marta bo‘ladi. YUqori malakali sportchilar guruhidagi 
mashg‘ulotlar ham haftasiga 6 kun o‘tkazilib, ertalab bir marotaba hamda kechga 
yaqin ham bir marotaba bo‘ladi.
Dastlabki sport tayyorgarlik va mutaxassislik guruhi kurashchilarining hafta 
yakunidagi mashg‘ulotlarida sauna yoki sport o‘yinlari, kross o‘tkazish belgilanishi 
mumkin. YUqori malakali sportichilar guruhining ertalabki mashg‘ulotlari asosan 
jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Kechki mashg‘ulotlarda 


81 
esa texnik va taktik maxoratni takomillashtirishga e’tibor beriladi. Murabbiylar 
tavsiyasiga ko‘ra mashg‘ulotlar shakli ham o‘zgartirilishi mumkin.
Musobaqalardan kamida 2 hafta oldin yoki bir oy oldin o‘quv yig‘ini 
mashg‘uloti tashkil etilib, mashg‘ulotda asosan jismoniy tayyorgarlikka e’tibor 
beriladi. SHunga qaramay texnik va taktik maxoratlarni takomillashtirish 
mashg‘ulotlari ham olib boriladi. O‘quv yig‘in mashg‘ulotlarining ko‘p qismi 
tog‘lik hududlarda tashkil etilib mashg‘ulotlar jarayonlarida kurashchilarning kuch 
chidamlilik fazilatlari hamda anaerob sharoitlarda og‘ir jismoniy yuklamalar bajara 
olish qabiliyatlari rivojlantiriladi. 
Dastlabki sport tayyorgarlik guruhlarida kurash mashg‘uloti quyidagi shaklda 
tashkil etilish mumkin: 

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish