72
egallash xamda jismoniy fazilatlarni barkamol bo‘lishidir. Kurashchilarni
tayyorlashning dastlabki bosqichlarida texnik va jismoniy tayyorgarlikni amalga
oshirish bo‘ladi. Kurashchilarning jismoniy fazilatlarni rivojlantirish ularni kurash
xarakatlar texnikasini mukammal o‘rganishga yordam beradi.
Kurashchini jismoniy tayyorgarligi sport faoliyati uchun zarur bo‘lgan
jismoniy
fazilatlarni,
qobiliyatlarni
tarbiyalashdir
Jismoniy
tayyorgarlik
organizmni umumiy jismoniy rivojlanishi, mustahkamlanishi va chiniqishi bilan
bog‘liqliqdir. Jismoniy tayyorgarlik ham umumiy va maxsus bo‘ladi. Kurashchini
maxsus jismoniy tayyorgarligi sportning o‘ziga xos talablariga javob bera oladigan
jismoniy qobiliyatni tarbiyalash jarayonidan iboratdir. Kurashchini umumiy
jismoniy tayyorgarligi sport turi uchun xos bo‘lmagan
lekin sportda
muvafaqqiyatga erishish uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan jismoniy qobiliyatlarni
tarbiyalash xisoblanadi.
Kurash turlarida muvaffaqiyatga erishish shu sport turiga xos bo‘lgan
jismoniy qobiliyatlarni takomillashtirishni emas, balki barcha jismoniy fazilatlarni
rivojlantirishni talab etadi. SHuning uchun umumiy va maxsus tayyorgarlik
muvofiqlikda tashkil etilganda sportchining jismoniy takomillashuvi amalga
oshadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik maxsus tayyorgarlik uchun zamin yaratib
kurash sportiga muvofiq bo‘lgan harakat sifatlarini rivojlantirib boradi. Umumiy
jismoniy tayyorgarlik kurash turi ixtisoslashuviga bog‘liq bo‘ladi.
SHunga
qaramay umumiy jismoniy tayyorgarlik barcha kurash turlarida deyarli o‘xshash
bo‘ladi. Buning sababi hamma kurash turlarida jismoniy fazilatlarni rivojlantirish
muhim ahamiyatga ega. Umumiy jismoniy tayyorgarlik kurash turi jismoniy
tayyorgarligini ta’minlash bilan birga jismoniy rivojlantirish masalalarini ham hal
etadi. Bu esa yoshlarni jismoniy rivojlanishlarini test sinovlari va nazorat
me’yorlari orqali o‘rganish imkoniyatini beradi.
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonida kurash mashqlar va
tabiat omillari hamda gigienik talablardan foydalaniladi. Bunda
maxsus jismoniy
mashqlar asosiy o‘rin tutadi. CHiniqish muolajalari va gigienik sharoitlar
trenirovka mashg‘ulotlari jarayonida keng qo‘llaniladi. Bu omillar va qoidalarning
73
sport faoliyatidagi ahamiyati trenirovka
jarayonlari murakkablashib, jismoniy
yuklamalar ortib borishi bilan muvofiq ravishda o‘zgaradi.
Kurashchilar jismoniy fazilatlarni rivojlantirish xujum va ximoya taktik
xarakatlarini mukammal egallashga ham asos bo‘ladi. Jismoniy fazilatlarni
kurashchilarga xos bo‘lgan jihatlarni rivojlantirish maqsadga muvofiq xisoblanadi.
Kuch va egiluvchanlik kurashchilarga xos bo‘lgan jismoniy sifatlar xisoblanadi.
SHunga qaramay chidamlilik, tezkorlik va chaqqonlik fazilatlari ham
kurashchilar uchun zaruriy bo‘lib xisoblanadi.
Kurashchilarning jismoniy
tayyorgarliklari ularning jismoniy fazilatlari bo‘lgan kuch, chidamlilik, tezkorlik,
chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirish xisoblanadi. Kurashchilarga
xos bo‘lgan jismoniy fazilatlar, asosan kurashchining sust bo‘lgan jismoniy sifati
takomillashtirilib boriladi. Jismoniy
tayyorgarlik trenajyorlar, rezina espanderlar,
og‘ir buyumlar va raqiblar qarshiligida bajariladi.
Kurash usullarida jismoniy fazilatlar raqibining qarshiligi bilan mashqlar va
har hil qo‘lbola jihozlar dan keng foydalanish mumkin. Jismoniy fazilatlarni
rivojlantirish mashg‘ulotlari toza havoda tashkil etilishi katta samaralar beradi.
Jismoniy fazilatlar kuch, tezkorlik,
chaqqonlik, chidamlilik va egiluvchanlik
maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonida takomillashtirib boriladi. Bu bilan har
qanday holatda ham kurash harakatlarini amalga oshirish imkoniyatlari kengayib
boradi.
Kurashchilarning jismoniy fazilatlarni rivojlantirishda asosiy texnik
harakatlarni mukammal o‘rganish kurash taktikasini egallashda yordam bo‘lishi
maqsad qilib olinadi. Jismoniy fazilatlardan kuch,
egiluvchanlik sifatlari
trenajerlarda, rezina espanderlar bilan, og‘irliklar bilan, sherigining vazni va
qarshiliklari yordamida rivojlantilishi mumkin.
SHuningdek tezkorlik, chaqqonlik va chidamlilik fazilatlari qisqa masofalarga
tezkor yugurishlar, uzoq masofalarga yurish, yugurishlar, sport o‘yinlari va
jihozlardagi mashqlar bilan rivojlantirib boriladi. Kurashchilar maxsus jismoniy
fazilatlari kurash mashqlarini bajarish bilan taomillashtirib boriladi. Kurashchilar
kuch sifatlarini rivojlantirish uchun og‘ir vaznli kurashchilarni uloqtirish
74
mashqlarini bajarish hamda og‘ir vaznli kurashchilar bilan bellashish mashqlari
foydalaniladi. Kurashchilar tezkorlik sifatini rivojlantirishda kichik vaznli
kurashchilar bilan bellashish hamda kichik vaznli kurashchi bilan vaqtga va tez
uloqtirish mashqlari bajariladi. Kurashchilar chidamliligini
tarbiyalashda uzoq
davom etuvchi kurash bellashuvlari tashkil etilishi mumkin.
Kurashchilar egiluvchanligini rivojlantirishda esa akrobatika va gimnastika
mashqlaridan keng foydalaniladi. Bunday mashqlar sifatida, ko‘prik turish, sal’to,
rastyashka va shpagat o‘tirish harakatlaridan foydalanish mumkin. CHaqqonlikni
rivojlantirishda har hil tezlikda va har hil shakldagi uloqtirish mashqlarini bajarish
bilan birga kurashga xos bo‘lgan harakatli o‘yinlardan keng foydalanish mumkin.
CHaqqonlikni rivojlantirishda harakatlarni boshqara olish va muvozanat saqlay
olish qobiliyatlarini tarbiyalashga katta e’tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: