O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti mirzakarimov h


 Kurashchilar umumiy va maxsus sport tayyorgarliklarini



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/69
Sana13.07.2022
Hajmi1,98 Mb.
#793227
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69
Bog'liq
fayl 1743 20210907

3.1. Kurashchilar umumiy va maxsus sport tayyorgarliklarini 
 tashkil etish 
Kurash turlarida kurashchilar tayyorgarlik shakllari umumiy va maxsus sport 
tayyorgarliklardan iborat bo‘ladi. Kurashchilarning umumiy tayyorgarlik 
shakllariga kurash usullari bo‘yicha nazariy va uslubiy tayyorgarliklar, ruhiy 
tayyorgarliklarni kiritish mumkin. Kurashchilarninig maxsus sport tayyorgarliklari 
esa texnik va taktik hamda jismoniy tayyorgarliklardan iborat bo‘ladi.
Nazariy tayyorgarlik.
Kurashchilarning nazariy tayyorgarliklari milliy va 
sport 
kurashi 
tarixi, 
kurash 
trenirovkasi, 
kurashchilarning 
jiismoniy 
tayyorgarliklarini tibbiy nazorat qilish, kurash mashg‘ulotlari qolaversa jismoniy 
tarb’iya va sportga oid umumiy va maxsus bilimlarni ortirish va rivojlantirishdan 
iborat bo‘ladi.
Sport mashg‘ulotlari davomida nazariy ma’lumotlar sifatida kurash 
mashqlarini bajarish texnikasi va taktikasi, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, 
kurash harakatlari malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish, kurash bilan 
shug‘ullanishda jarohatlanishni oldini olish kabi ko‘rsatmalar berib boriladi. SHu 
bilan birga kurashchilarda mashg‘ulotlarga qiziqishlarini ortirish uchun kurash 
mashqlarni organizmga jismoniy rivojlantirish ta’siri va sog‘lom bo‘lish uchun 
tabiat omillaridan foydalanish usullari hamda mashxur sportchilar hayoti xaqida 
ma’lumotlar berib boriladi. 
Mashg‘ulotlarda kurashning jismoniy tarbiya va sport tizimida tutgan o‘rni 
hamda kurash mashg‘ulotlarning maqsadi va vazifasi o‘rganiladi. SHuningdek 
kurash mashqlarining organizmni sog‘lomlashtirishdagi ijobiy ta’siri, sog‘lom 
turmush tarzi, jismoniy mashqlar va kurash sporti bilan mustaqil shug‘ullanish, 
tabiat omillari – quyosh, havo va suv muolajalari yordamida chiniqish, jismoniy 
fazlatlarini rivojlantirish va takomillashtirish tavsiyalari berib boriladi. Tamaki 
maxsulotlari chekish, al’kogol ichimliklar iste’mol qilish, noto‘g‘ri ovqatlanish, 


67 
semirib ketish, kam harakatlik kabi organizmga salbiy ta’sir etuvchi omillarni 
bartaraf etish talablari keng ta’riflanadi. 
Kurash sporti bilan shug‘ullanishda shaxsiy gigena talablari bo‘lgan sport 
kiyimlari, sport jixozlarini toza va saranjom tutish, tanani parvarish qilish, og‘iz 
bo‘shlig‘ini toza tutish, dam olish, yashash, mashg‘ulot joylarini gigenik 
talablariga javob berishlarini tashkil etish, kurash zallarini ichimlik suvi, issiq suv 
va toza havo bilan taminlanishi, yoritilishini nazorat qilish masalalari ham nazariy 
bilimlarda berib boriladi.
YOshlar bilan tashkil etiladigan kurash va jismoniy tarbiya tadbirlari maqsadi, 
vazifalari hamda ularning shakllari, mashg‘ulotlarni tashkil etish uslublari ham 
tahlil etiladi. Kurash turlari qonun qoidalari, sport turlari va jismoniy mashqlarga 
o‘rgatish texnikasi va taktikasi, umumiy va maxsus jismoniy fazilatlarni 
rivojlantirish hamda sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish, bolalarni 
sport turlariga jalb etish hamda saralash va ular bilan mashg‘ulotlar tashkil etish 
ham nazariy tayyorgarlik mashg‘ulotlarda o‘rgatiladi. Jismoniy mashqlar va kurash 
bilan mustaqil shug‘ullanishda jarohatlanishni oldini olish, birinchi tibbiy yordam 
ko‘rsatish qoidalari, organizmning funksiyalarini jismoniy tarbiya ta’sirida 
rivojlanishi hamda jismoniy rivojlanishni tibbiy nazorat qilish shartlari bilish ham 
kurashchilarning nazariy tayyorgarlik saviyasi bo‘lib hisoblanadi. 
Nazariy tayyorgarlik kurashchini har tomonlama uyg‘un rivojlantirishi bilan 
bir qatorda sport mashg‘ulotlari bilan ongli va muvaffaqiyatli shug‘ullanishni 
tashkil etadi. Kurashchining nazariy tayyorgarligi asosan aqliy ma’lumot olish va 
mustaqil mutolaaga xarakterli bo‘lgan shakllarda olib boriladi. Nazariy 
tayyorgarlik bevosita kurash trenirovkalarida texnik, taktik, ma’naviy iroda va 
jismoniy tayyorgarliklar bilan birgalikda amaliy mashg‘ulotlarning bir ko‘rinishi 
sifatida bo‘ladi. Nazariy tayyorgarlik kurash bilan shug‘ullanishning zamonaviy 
uslublarini tahlil qilish imkonini beradi. 
Kurashchilarning nazariy tayyorgarliklari mashg‘ulotlar, o‘quv yig‘inlari va 
musobaqalar jarayonlarida olib borilishi bilan birga mustaqil tashkil etilishi ham 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kurashchilar jismoniy tarbiya va sport hamda kurash 


68 
turlariga oid nazariy bilimlarini muntazam rivojlantirib, ortirib borish talab etiladi. 
Bunda kurashchilar ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda adabiyotlar, 
darsliklar va ilmiy, uslubiy va o‘quv qo‘llanmalarni mutolaa qilish bilan tashkil 
etilishi mumkin. SHuningdek hozirgi kunda nazariy ma’lumotlarni o‘rganishda 
internet materiallaridan foydalanish keng ommmaviylashib bormoqda. Internet 
materiallarida dunyo bo‘yicha jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha qolaversa kurash 
sporti turlari bo‘yicha so‘ngi ma’lumotlarga hamda qiziqarlish va foydalari 
axborotlarga ega bo‘lish mumkin. 

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish