Kurashchilarning texnik va taktik maxoratlarini ortirish:
Milliy kurash
turlari bo‘yicha yuksak natijalarga erishish kurashchilarning sport tayyorgarlik
mashg‘ulotlari texnik, taktik va jismoniy tayyorgarlik jarayonlarini to‘g‘ri tashkil
etish evaziga ta’minlanadi. Kurashchining texnik tayyorgarligi kurash vositasi yoki
trenirovka vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi xarakat va faoliyat texnikasini
o‘rganishga aytiladi. Maxsus texnik tayyorgarlik jarayonida kurash texnikasini
o‘rganadi va kurash bo‘yicha ixtisoslashishga aloqador harakatlarning
qonuniyatlarini bilib oladi, zaruriy harakat malaka va ko‘nikmalarini o‘zlashtirib
takomillashtirib boradi. Texnik tayyorgarlik kurashchilar umumiy jismoniy
tayyorgarligini, jismoniy mashqlar texnikasi sohasidagi bilimini muntazam
kengaytirish,
kurash
musobaqalarida
undan
keng
foydalanish
hamda
takomillashtirish mahoratiga erishish. Texnik tayyorgarlikda kurashchilarning
asosiy texnik xarakatlari, turishlar, ushlash usullari xamda siljishlar, uloqtirishlar,
bosishlar, qayrishlar, surishlar, og‘riq berishlar va bo‘g‘ishlar o‘rgatiladi.
Kurashchining taktik tayyorgarligi texnik tayyorgarlik bilan chambarchas
birgalikda olib boriladi. Taktik tayyorgarlik ularni qo‘llash san’atiga o‘rgatadi.
Kurash taktikasi bellashish mahorati deb ta’riflash ham mumkin. Kurash taktikasi,
kurashchining imkoniyatlarini, raqibining xususiyatlarini hamda musobaqa shart –
75
sharoitlarini hisobga olgan holda musobaqalarda maqsadga muvofiq qatnashishdir.
Kurashda taktika mukammal va o‘zgaruvchan hamda kengroq natijalarni o‘z ichiga
olgan bo‘ladi. Hamma sharoitlar va tayyorgarlik uslublari bir xil bo‘lgan holda
taktik tayyorgarlik g‘alabani hal qiluvchi omil bo‘ladi. Kurashchining taktik
tayyorgarligida kurash taktikasi nazariy asoslarini o‘zlashtirish, raqiblar imkoniyati
va musobaqalar shart-sharoitlarini o‘rganish, taktik usul, kombinasiyalarni taktik
mahorat darajasigacha egallash, taktik mahoratga erishish uchun tafakkur, ruhiy
va ma’naviy iroda tayyorgarligi ham muhim rol o‘ynaydi. Taktik tafakkurni
tarbiyalash kurashchida jismoniy va texnik tayyorgarlik natijalarini musobaqa
sharoitlaridan kelib chiqqan holda foydalanish qobiliyatini rivojlantiradi.
Taktik tayyorgarlik ham umumiy va maxsus taktik tayyorgarlik turlariga
bo‘linadi. Umumiy taktik tayyorgarlik barcha kurash turlarida umumiy shaklda
bo‘ladi. Maxsus taktik tayyorgarlik kurash turi harakat va jismoniy mashqlariga
xos bo‘lgan taktik mahorat, malaka va qobiliyatlarni takomillashtirishdan iborat
bo‘ladi. Taktik tayyorgarlik texnik tayyorgarlik bilan doimo muvofiqlikda bo‘lib
biri ikkinchisini to‘ldirib boradi. Kurashchining texnik mahorat darajasiga erishib
borishida unda taktik tafakkur shakllanadi. Taktik tafakkur yuksak darajada
bo‘lishi bilan bir qatorda har qanday sharoitda qo‘llaniladigan sport turiga mos
mashqlar majmuini texnikasi shakllangan bo‘lishi kerak. SHundagina mashqlar va
harakatlarni tanlab bajarish imkoniyati yaratiladi. Kurashchining texnik va taktik
tayyorgarligi amaliy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda nazariy mashg‘ulotlar
ma’ruza, suhbatlar, kino va videofil’mlarni tahlil qilish bilan o‘tkaziladi. Taktik
xarakatlardan aldov, soxta xarakatlar, fint, immitasiya shakllari ta’riflandi.
Kurashchilarning texnik – taktik mahoratini takomillashtirish jarayonlarini
trenirovka mashg‘ulotlarining yuqori malakali sportchilar tayyorlash bosqichlarida
amalga oshiriladi. Kurashchilar tayyorgarliklarni takomillashtirish uchun jismoniy
yuklamalarni orttirib borish, ular ta’sirini o‘zgartirib turish xamda trenirovka
mashg‘ulotlarni muntazam reja asosida o‘tkazib borish kerak. Kurashchilarni
tayyorgarligini
oshirishda
ularning
shaxsiy
xususiyatlari
xamda
yosh
ko‘rsatkichlariga muvofiq mashg‘ulotlarini individual tanlash kerak. Milliy kurash
76
mashg‘ulotlarida texnik va taktik mahoratlarni va jismoniy tayyorgarlikni
takomillashtirish sport musobaqalarda doimo ijobiy natijalarga erishib kelishning
asosiy omili bo‘la oladi.
Maxsus tayyorgarlik hisoblangan texnik va taktik mahoratni oshirish
mashg‘ulotlari kurashchilarning harakatlarini individual ravishda takomillashtirish
amalga oshiriladi. Kurashchilarning maxsus mashqlari uloqtirish, qayrish, egish,
bukish, kurashchining oyoq, qo‘l gavda harakatlari, xujum va ximoya harakatlari,
aldov, sohta harakatlar va fint kabi, kurashchilarning texnik va taktik
harakatlaridan iborat bo‘ladi. YOrdamchi mashqlarga kurashchilar texnik taktik
tayyorgarligini ta’minlaydigan va jismoniy fazilatlarni rivojlantiradigan harakatli
o‘yinlar va sport o‘yinlari, suzish mashqlari, engil atletika va kross yugurishlari,
og‘irlik bilan mashqlar xamda soxta raqiblar bilan mashqlar shaklida bo‘lishi
mumkin.
Texnik tayyorgarlik kurashchilarning turli holatlari, siljishlar, ushlashlar,
uloqtirishlar, qo‘l, oyoq va gavda harakat texnikasi egallashdan iborat bo‘ladi.
Taktik tayyorgarlik jarayonida xujum va ximoya harakatlarini, aldov, fint, sohta
harakatlar,
chalg‘itish harakatlari, harakat malaka va ko‘nikmalarni
shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Maxsus tayyorgarlik mashg‘ulotlari texnik va taktik mahoratni orttirish va
jismoniy fazilatlarni takomillashtirishdan iborat bo‘ladi. Nazariy tayyorgarlikda
sport kurashchilar kurash bo‘yicha nazariy bilimlari shakllantiriladi. Hakamlik
tayyorgarlikda kurash usullarida musobaqalar tashkil etish, musobaqa qonun
qoidalari va talablari, musobaqaning me’yoriy xujjatlari nizom, dastur va
bayonnomalar o‘rganiladi.
Har bir kurashchining jismoniy tayyorgarliklarini tashkil etish va o‘zini
tarbiyalash bo‘yicha murabbiy xususiy dastur ishlab chiqishi mumkin. Buning
uchun kurashchining jismoniy tayyorgarlik darajasini quyidagi jadval orqali
baholash mumkin. Jismoniy fazilatning oldiga bor yoki yo‘q belgisini qo‘yadi.
Natijalarga muvofiq jismoniy fazilatlarni rivojlantirish uchun tavsiyalar beradi.
77
Do'stlaringiz bilan baham: |