O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti mirzakarimov h


Kurash turlarida sport mashg‘ulotlarining mazmuni



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/69
Sana13.07.2022
Hajmi1,98 Mb.
#793227
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69
Bog'liq
fayl 1743 20210907

Kurash turlarida sport mashg‘ulotlarining mazmuni 
Kurash mashg‘ulotlarini tashkil etishda murabbiylar og‘zakilik va amaliy 
uslubdan keng foydalanadilar. Har bir harakatni bajarish va har bir mashqga 
tayyorgarlik jarayoni haqida murabbiy to‘liq tushantirish beradi. Mashqni va 
harakatni bajarib ko‘rsatadi. Kurashchilar mashq va harakatni bajarib 
takrorlaydilar. Tushunmagan vaqtda savol berish, qayta bajarib ko‘rsatishni taklif 
etishlari mumkin. YOsh kurashchilar mashqni va harakatni bajarib o‘rganishda 
dastlab qismlarga bo‘lib bajaradilar. Kurashchi mashq va harakatni uslubiy 
jihatdan to‘g‘ri bajarganlaridan so‘ng, murabbiy mashq va harakatni yaxlit shaklda 
bajarishlari talab etadi.


83 
Kurashchilarni harakatlar va mashqlarni bajarishdagi kamchiliklarini bartaraf 
etish va to‘g‘ri bajarish bo‘yicha murabbiy uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalar 
beradi. Mashq va harakatni bir necha bor takrorlab ko‘rsatib berishlari mumkin. 
SHundan so‘ng har bir kurashchini alohida holatda kurash mashq va harakatlarini 
bajara olish malakasini nazorat qiladi. Kamchiliklarini tuzatadi. Kerakli 
tavsiyalarni beradi.
Kurashchilar har bir mashq va harakatni ko‘p marotaba takrorlashlari kerak. 
Bu jarayonda kurash mashqlar va harakatlarini avtomatik tarzda bajara olish 
maxorati shakllanadi. SHu bilan birga kurash mashq va harakatlarini bellashuv 
jarayonlarida samarali bajarish malakasi shakllantiriladi. Buning uchun har bir 
mashg‘ulotda aynan bir kurash mashq yoki harakatini qo‘llab kurash tushish 
tavsiya etiladi. Bu uslub kurashchilarda kurash harakatlari va mashqlarini 
bellashuv jarayonlarida muvaffaqiyatli bajara olish malakasini shakllantirishga 
katta yordam beradi.
Kurash turlarida mashg‘ulotlar jarayonlarida quyidagi yo‘nalishlarda olib 
boriladi: jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, texnik va taktik mahoratni 
shakllantirish. Jismoniy fazilatlarni rivojalantirish har bir mashg‘ulot jarayonlarida 
tashkil etiladi. SHu bilan birga haftalik mashg‘ulot jarayonlarining bir kunini 
jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi ham mumkin. Bunda 
chidamlilikni rivojlantirish uchun uzoq masofalarga yugurishlar va krosslar 
o‘tkaziladi. Kuch fazilatini rivojlantirishda kuch trenajerlarida mashqlar bajariladi. 
CHaqqonlikni rivojlantirish uchun futbol, basketbol, gandbol yoki regbi o‘yini 
o‘tkazilish mumkin. SHuningdek suzish mashqlari yordamida ham kurashchilar 
organizmi jismoniy rivojlantirilishi va sog‘lomlashtirilishi mumkin. 
Har bir mashg‘ulotlarda kurashchilar jismoniy fazilatlarini rivojlantirishda 
xususiy yondoshishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda kurashchilar o‘zlarining 
yaxshi rivojlanmayotgan jismoniy sifatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratadilar. 
Jismoniy mashqlarda quyidagi mashqlarni bajarish tavsiya etiladi. 
Mukul kuchini rivojlantirish uchun: og‘irliklar bilan mashqlar. Gantellar, 
shtanga va polvon toshlar bilan kuch mashqlari bajarish. Kurashchilarning o‘tirib 


84 
turish mashqlarini bajarish: chuqur o‘tirish, o‘rta o‘tirish, bir oyoqqa o‘tirish, 
o‘tirib harakatlanishlar. SHerigi qarshiliklari bilan mashqlar – surish, tortish, 
qisish, bosish mashqlari. 
Tezkorlikni ortirish uchun arqonda sakrash mashqlari. SHerigi yordamida 
tezkor mashqlar bajarish. 
CHaqqonlik va egiluvchanlikni rivojlantirish uchun akrobatika mashqlari: 
oldinga va orqa tamonga do`mbaloq oshish, balandlikka va uzunlikka do‘mbaloq 
oshish mashqlari, elka bilan do`mbaloq oshish. Gilamga tushish zarbasini 
pasaytirish, himoyalanish harakatlari. 
Jismoniy fazilatlarni rivojalantirish mashqlar shakllari: YUrish, yugurish va 
sakrashni navbatlashtirish. Yo‘nalishni o‘zgartirib sportcha yurish, chuqur odimlab 
yurish.
CHo‘qqayib yurish, tizzalarni baland ko‘tarib yurish, qo‘llarni harakatlantirib 
yurish, sakrab-sakrab yurish, maksimal tezlik va turgan joyda yurish, yugurish: 
tabiiy to‘siqlarni engib o‘tib yurish va yugurish, turgan joyda burilib turib oldinga, 
orqaga, yon tomonlarga uzunlikka sakrash. 
Buyumlarsiz bir kishi bajaradigan mashqlar. Ular asosiy muskul guruhlarini 
qisqartirish, cho‘zish va bo‘shashtirishga hamda kuchlilikni, tezlikni, chaqqonlikni 
va egiluvchanlikni rivojlantirish uchun harakatlar koordinasiyasiga yo‘naltirilgan 
bo‘ladi. Buyumlarsiz bajariladigan mashqlar bir joyda tik turib, o‘tirib va yotib 
bajariladi. Ular katta amplituda bilan ravon, tezlikni asta-sekin oshirib va tez ijro 
etiladi.

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish