O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti mirzakarimov h


 Sport kurash turlari texnikasi va taktikasiga o‘rgatish



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/69
Sana13.07.2022
Hajmi1,98 Mb.
#793227
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69
Bog'liq
fayl 1743 20210907

3.5. Sport kurash turlari texnikasi va taktikasiga o‘rgatish 
Kurashchilarni 3 xil turish texnikasiga o‘rgatish:
Baland turish. Kurashchi o‘ng oyog‘i oldida chap oyog‘i orqada, tizza sal 
bukilgan xolda, qo‘llar ko‘krak oldida bo‘ladi. 
O‘rta turish. O‘ng oyoq yoki chap oyoq oldinga tizza bukilgan xolda, orqa 
oyoq ham bukilgan xolda bel egilib, gavda qismi belda bir oz balandroq turadi. 
Past turish. Bunda kurashchini oyoqlari bukilgan xolda tizzasi gilamga 
tegishiga bir oz qoladi. Bel va gavda qismi ham o‘ta egilgan xolda kurashchi 
harakatlanadi. Parterda 3 xil turishda bo‘ladi. YUqori parter, O‘rta parter, Past 
parter. Har bir turishning qoidasi bor. 
Sportcha kurashda kurashchi raqibni chalg‘itib bir harakat bilan uni oyog‘i, 
qo‘li, yoki bo‘ynidan, qo‘ltig‘i tagidan, belidan mahkam ushlab olib shu ushlagan 
joyidan unga xujum bilan usul qo‘llaydi. Kurashchi qadam tashlab raqibni qo‘ltig‘i 


92 
tagidan o‘tib raqibni parter holatiga tushiradi. Raqibni kurashchi bo‘ynidan va 
elkasidan kuchli siltash bilan parterga tushirib o‘zi tezda orqasiga o‘tib oladi. 
Kurashchi raqibni oyog‘idan ushlab o‘ziga qulay tomonga ag‘daradi yoki usul 
bajaradi. 
Zarb bilan uloqtirish natijasida kurashchi gavdasi va qo‘li bilan raqibni 
ag‘daradi. Qayirib uloqtirish–bunda raqib o‘z bo‘yi o‘qi atrofida buriladi. Elkadan 
oshirib uloqtirish usulda raqibni qo‘li yoki oyog‘i, boshi va qo‘ltig‘i tagidan ushlab 
olib elkalardan oshirib gilamga tashlaydi. Orqadan oshirib burilib uloqtirish usulda 
kurashchi raqibga orqasi bilan burilib bel tos yordamida raqibni oldinga yiqitadi. 
O‘tirib usul bajarishda – kurashchi raqibni qo‘lidan ushlab oyoq orasidan qo‘lini 
o‘tkazib cho‘kkalab olgan xolda raqibni ko‘tarib gilamga yiqitadi. 
Kurashchi raqibni xujumiga va yo‘nalishiga qarab unga qarshi usul bajaradi. 
O‘tirgan xolda (parterda) bunda kurashchi gilamga o‘tirib raqibga oyog‘ini tirab 
keyin orqasi bilan dumalatib, uni o‘zini ustidan oshirib yuboradi. Raqibni qo‘lini 
elkasidan ushlab bir qo‘lni qo‘ltig‘i tagidan o‘tkazib teskari o‘tirib belidan va 
elkasidan oshirib uloqtiradi. Kurashchi avvalo raqibni soxta va aldov harakatlar 
bilan harakat qilib chalg‘itadi.
Kurashchi raqibga bir usul harakatini boshlab 2- usulni bajarishi bilan fint 
ishlatadi. Kurashchi raqibga o‘ng tomondan xujumni boshlab chap tomonga usul 
bajarish bilan raqibni muvozanatdan chiqaradi. Bir usulni harakatini yarmini 
boshlab raqibni qarshiligini va uning tayyorgarligini razvedka qilib oladi. Takroriy 
xujumni ketma-ket bajarib, oxirgi harakat xal qiluvchi, qolganlari esa aldamchi 
harakat xisoblanadi.
Kurashchi raqibini oyog‘i, qo‘li, beli, boshi va gavdasi bilan to‘sib uni 
harakatini sustlashtiradi. Bunda kurashchi raqibni belidan, oyog‘idan bo‘yin 
orqasidan qo‘lidan ushlab to‘sib unga harakat qilishga yo‘l qo‘ymaydi. Raqibni 
qulochidan chiqishda uni bog‘lamini tez harakatlar bilan uzish zarur. Bunday 
holatda oldinga, orqaga, yoki chapga va o‘ng yonboshlarga chiqib ketish bilan 
bajariladi. Raqibini xujumini to‘xtatish uchun undan ximoya qilish bilan uni 
xujumiga qarshi usul bajariladi.


93 
Raqibni parter holatda yoki yotgan holatda va tik turgan holatda, belidan, 
qo‘ltig‘i ostidan, belidan, oyoq yoki qo‘lidan va bo‘ynidan bir qo‘l bilan mahkam 
bog‘lam bilan ushlab turiladi. Og‘riq beruvchi usullarni bajarishda bo‘g‘imlarni 
qayirish, qattiq bukish yoki paylarni ezish mumkin bo‘ladi. SHunda raqib og‘riqni 
xis qiladi. Qo‘ldan, oyoqdan, beldan, bo‘yindan ushlab olib qo‘l yoki oyoq 
yordamida qisib og‘riq beradi. 
Sambo, Dzyudo kurashida bo‘g‘ishda kimanodan yoki kiyimidan ushlab 
qattiq bo‘g‘iladi. Ushlab turishda maxsus qo‘l bilan, bo‘yin yoki oyoq bilan, 
bo‘yindan, boshi bilan ma’lum vaqtgacha mahkam ushlab turiladi. Bu harakatlarni 
bajarishda qo‘pol harakatlar qilish man etiladi. Noto‘g‘ri bog‘lanish ham mumkin 
emas. Og‘riq beruvchi usullar bajarayotganda raqibni qo‘li, oyog‘i, bo‘yni qismini 
to‘g‘ri ushlab turib og‘riq berish kerak. Raqibni bir qo‘li bo‘sh bo‘lishi kerak. SHu 
qo‘li bilan gilamga urib kurashni to‘xtatishni ishorasini xakamga bildiradi. 
Sport kurash texnika va taktikasi – bellashuv jarayonida 15-20 ta shakldagi
harakatlar texnika va taktikasini kurashchi xujumda qo‘llaydi. Xujum yaxshi taktik 
jihatdan tayyorlangan vaqtda kuch va tezkorlik ishlatiladi. Kurashchi kuchni talab 
etmaydigan taktik harakatlarni qo‘llayotib kuchni tejaydi va bellashuv oxirigacha 
ish qobiliyatini saqlaydi. Kurashchi chaqqon va egiluvchan bo‘lishligi uchun o‘zini 
xujum yoki ximoya paytida kerakli texnik va taktik harakatlardan foydalanishi 
lozim. 
Kurashchini raqib qarshisidagi har bir harakati raqibga ta’sir ko‘rsatadi. 
Masalan: qattiq ushlash, qadamlash elka bilan surish. Qo‘ldan tortish bo‘ynidan 
yoki gavdasidan mahkam ushlash kabi harakatlar kurashchini chaqqon va 
epchilligidan dalolat beradi. Kurashchi oqilona texnik va taktik harakatni 
qo‘llaganda jismonan kuchli bo‘lgan raqibni ham engadi. Kurashchini 
muvozanatini saqlashda asosan oyoqlariga mustahkam tayanch nuqtasini yig‘ib, 
gavda, bel, oyoq qo‘lini mustahkam bir meyorda ushlab turish. 
Bellashuvni olib borish asosan raqib tayyorgarligiga bog‘liq. Bellashuvda 
bo‘sh raqib bilan bo‘ladigan kurashda kurashchi “Sof g‘alabani” maqsad qilishi 
kerak. Kuchli raqib bilan esa ochkolar bo‘yicha g‘alabaga erishish kerak. 


94 
Bellashuvda-Razvedka, xujum, qarshi xujum, ximoyalanish, faollikni namoyish 
qilish, ustunlikni ushlab qolish, kuchni tiklash, gilam chetida ushlab olishni amalga 
oshirish, xavfli holatni amalga oshirish, yuqori malakali kurashchilar uchun 
xususiy tayyorgarlik bo‘lib xisoblanadi. 
Kurashchi taktik va texnik tayyorgarligi yaxshi bo‘lsa u har qanday vazndagi 
kurashchi bilan kurasha oladi. Og‘ir vaznli bo‘yi uzun kurashchini aldash va soxta 
harakatlar bilan chalg‘itib uni charchatish kerak. Unga tez va chaqqon usullar bilan 
uni chapchitish zarur bo‘ladi. Engil vazndagilar bilan kurashganda ularga aldov 
harakatlar berib qo‘pollik qilmay ko‘proq qarshi usul yoki ximoyani qattiq ushlash 
zarur. 
Sport kurashdagi usullar: Tik turib uloqtirishlar oldinga engashib usul bo‘lib 
unda raqibni qo‘lidan va belidan ushlab 180 gradus burilib belidan oshirib gilamga 
uloqtiradi. Elkadan oshirib (burilib)-usul bo‘lib bunda kurashchi raqibni qo‘llari, 
qo‘l va oyog‘i, boshi va oyog‘i, kiyimidan ushlab olib tutib turgan elkalardan 
oshirib gilamga tashlaydi.
Uloqtirishlar: qo‘llar bilan uloqtirishlar-raqibni orqaga, oldinga, yon 
tomonlarga bir zarb bilan ko‘tarib siljib muvozanat xolatidan chiqarib so‘ng 
uloqtirib yiqitish. Oyoq bilan uloqtirish ich tomonidan, boldirdan, tovonini 
tashqariga, ichkariga qaratib ilib uloqtirish. Gavda bilan uloqtirish: soni va 
elkasidan oshirib uloqtirish, qo‘llarini ushlab olib, raqibga o‘girilib, qo‘llar bilan 
uloqtirish, qo‘li va bo‘yni elkasiga qilib uloqtirish. 
Ximoya harakatiga qarshi usul ishlatish bilan xujumga o‘tish yoki undan 
qochish. Qulay ximoyalanib olib, qarshi xujum qilishdan iborat. Usulga ximoya 
qilib o‘zini harakatidan foydalanish. Ximoya, qo‘l, oyoq va gavda bilan bajariladi. 
Qarshi usullar. Raqibni bajarayotgan usuliga qarshi usul qilish yoki raqib 
xujumiga qarshi xujum qilish kerak bo‘ladi. Raqibni qaysi usulni bajarishini sezib 
unga qarshi usul ishlatish kerak. Qarshi uloqtirish, javob uloqtirishlari, ximoyadan 
keyin uloqtirishlar bajarish. 

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish