1-topshiriq
1.Vatan deganda nimani tushunasiz?
2.Vatanni nima uchun muqaddas ataymiz?
3.Vatan haqida qanday she’r va maqollarni bilasiz?
Vatan — 1) kishilarning tugʻilib oʻsgan joyi, yurti, mamlakati; tarixan muayyan xalqqa tegishli hudud hamda uning tabiati, aholisi, oʻziga xos taraqqiyoti, tili, madaniyati, turmushi va urf-odatlari majmui. Vatan ona kabi yagona, muqaddas. Vatan oldidagi qarzdorlik tuygʻusi, masʼuliyati har bir yetuk insonga xos xususiyatdir. Vatanni sevish vatanparvarlikda namoyon boʻladi; 2) biror narsaning , mas., oʻsimlikning yuzaga kelgan joyi.
Vatan – tabarruk maskan, ajdodlardan avlodlarga buyuk merosdir. Vatan – shu zaminda bo’y ko’rsatgan giyohdan tortib, uning daryo-yu soylari va tog’u toshlariga, oddiy va kamtar, mehnatkash va fidoyi, mard va paxlavon odamlardan to eng mitti jonivorlargacha, o’zimiz tug’ilib, unib-o’sgan makon bilan bog’liq bo’lgan barcha narsalardir. Vatanimiz tuprog’idagi oddiy has ham, oddiy tosh ham bizga muqaddas bo’lib tuyuladi. Vatanga muhabbat onaga muhabbat kabi yuksak tuyg’u.
Vatanga muhabbat inson qalbida gard yuqtirmay pokiza saqlanadigan eng nafis, eng inja bir tuyg’udir. Ko’pchilik olis o’lkalarning so’ngsiz mo’jizalari qoshida hayratga to’ladi, ammo hech kim, hech qachon shu mo’jizalarni deb Vatanidan voz kechgan emas. Olis-yaqindagi shaharlarni bir-biriga qiyoslagan odam, shubhasiz, avvalo ularning boy va ulkanligini nazarda tutadi.
2. Vatan-muqaddas!
Vatanni asramoq kerak. Xar bir inson Vatan so'zini o'zi bilgancha tushunadi. Mening dunyoqarashim bo'yicha, Vatan - bu tugulib o'sgan joy, ko'chada do'stlar bilan o'ynagan, bir kun yeglab, bir kun kulib, quvonchli kunlarimni o'tqazgan yerim, Bu - Vatan. Vatanni asrab avaylash kerak. U har birimiz yuragimizda saqlanadi. Yana nima deyishniham bilmiman, chunki Vatanni so'zlar bilan tasvirlash bu qiyin!
Vatanni onaga qiyoslashadi. Köplab adabiyotlarda "ona vatan" jumlasini juda köp uchratganmiz. Onamiz biz uchun qanchalar muqaddas zod. "onalar oyog'i ostida jannat" deyishadi. Onalarimiz bizga qanchalar umrini bag'shiyda etganini qarzini tölash uchun umrimiz kamlik qiladi. Ona farzandini dunyoga keltirish uchun nafaqat jismonan balki, ruhan toliqishini hech öylab körganmisiz? Onalar oldida vazifamizni buyuk islom dinimiz ham takidlab ötishgan. Afsuski, hozirgi kunda köpchilik volidasi oldidagi vazifasini unutib bormoqda. Shu örinda sahobalardan biri payg'ambarimiz Muhammad s.a.v ga bergan savoliga bergan javobi tahsinga loyiq deb oylayman.
3. VATAN
Dilingizda bo'lsin quvonchi g'ami,
Kitoblarda emas, qog'ozda emas.
Bo'zda yashaysizmi, Buxorodami,
Siz bilan barobar u olsin nafas.
Bolangizni belab qo'ying tush payti,
Tollar belanchakni uchirsin ko'kka.
Ammo siz boshida allalar ayting,
Vatan tuyg'usini soling yurakka.
Ayting, dalalarda egilgan lahza,
Ayting, quyosh qonga botib yotganda.
Ayting, quvonchu g'am solganda larza,
Ayting, oq ko'ylakli tonglar otganda.
Janozada yig'lab allalar ayting,
Ayting, shuurlaru kurashlar aro.
Toki qalbimizda jo'sh urgan tuyg'u
Farzandlar qalbida bersin aks-sado.
Do'stlaringiz bilan baham: |