Ibn sino nomidagi nashriyot matbaa birlashmasi


Bo’yin fastsiyalar aro bo’shliqlari



Download 0,86 Mb.
bet10/21
Sana11.04.2020
Hajmi0,86 Mb.
#43957
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
AGZAMOV-Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya


Bo’yin fastsiyalar aro bo’shliqlari. Yuqorida aytganimizdek, bo’yin fastsiyalari yiringli kasalliklarni, har xil gematomalarning tarqalishida ularning yo’lida to’siq vazifasini o’tashga katta amaliy ahamiyatga ega. Fastsiya varaqlarining yo’nalishi, birikishi va o’zaro munosabatlari natijasida bular orasida bo’shliqlar, bir-birlari bilan aloqa qiladigan yo’llar hamda yopiq xaltalar hosil bo’ladi. Bular qon, yiring va boshqa suyuqliklar yig’ilib qoladigan va u yerdan boshqa sohalarga tarqaladigan joylar bo’lib, klinik tibbiyotda alohida o’rin tutadi.

Bo’yinning ikkinchi va uchinchi fastsiyalarining to’sh va o’mrov suyaklarining oldingi (ikkinchi fastsiya) va orqa (uchinchi fastsiya) yuzalariga birikishi natijasida, to’sh suyagining ustida, fastsiyalararo to’sh suyagi usti bo’shlig’i (spatium interaponeurotikum suprasternale) hosil bo’ladi. Buning ichida yog’ to’qimasi, bo’yinning yuzaki venalari, buyinturuq vena yoyi(arkus venozus juguli) va limfa tugunlari yotadi. Bu bo’shliq to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushakning orqasida joylashgan ko’r xalta (saccus saecus retrosternocleideomastoideus)bilan aloqa qiladi. Bu xalta birinchi marta V.L Gruber tomonidan yozib qoldirilgan bo’lib, oldindan – to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushagi qinining orqa devori bilan, orqadan – kurak o’mrov fastsiyasi bilan va pastdan-o’mrov suyagining orqa yuzasi bilan chegaralanib turadi. Yopiq fastsiya xaltalariga yana pastki jag’ osti bezining xaltasi (saccus gl.submandibularis) kirib, u bo’yin ikkinchi fastsiyasining shu bezga hosil qilgan qobig’idan hamda pastki jag’ suyagining, suyak usti

pardasidan hosil bo’ladi. Xaltaning ichida bezning o’zidan tashqari yog’ to’qimasi, limfa tugunlari, yuz arteriya va venalari o’tadi. Ikkinchi fastsiyaning ikki varaqqa bo’linib to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushagi uchun qin hosil qilishdan uning ichida ham fastsiyali xalta (saccus sternokleidomastoideus) hosil bo’ladi.

Yopiq bo’shliqlardan tashqari bir nechta fastsiyalar aro yoriqlar bo’lib, ular boshqa sohalar bilan bemalol aloqa qilib, yiringli infeksiyaning bir sohadan ikkinchi sohaga tarqalishida asosiy yo’l bo’lib xizmat qiladi. Bulardan ichki a’zolar oldi bo’shlig’ini (spatium previsceralis) olsak, u IV fastsiyaning visceral hamda pariyetal varaqlari orasiga hosil bo’lib, til osti suyagi bilan to’sh suyagi o’ymasi orasida joylashgan bo’ladi. Uning kekirdak sohasidagi qismida kekirdak oldi bo’shlig’i (spatium pretracheale) deyiladi. Bu bo’shliq kekirdakning yon hamda orqa tomonlarida qizilo’ngach oldi bo’shlig’iga o’tadi. Uning pastki qismlarida qalqonsimon bezning eng pastki vena chigali (plexus tyroideus impar) va shu bezning pastki venasi (v.thyroidea ima), ayrim vaqtlarda esa, shu nomli arteriya (a.thyroidea ima) yotadi. Bu arteriya yelka-bosh stvoli (truncus brachiocephalicus) ning yoki aorta yoyining tarmog’idir. Jarroh shu sohalarda o’tkaziladigan har xil operasiyalarda bu qon tomirlaridan ehtiyot bo’lishi kerak. Kekirdak oldi yog’ to’qimasi pastda oldingi ko’ks oralig’igacha davom etib, undan yupqagina fassial - to’siq bilan ajralib turadi. Ammo bu to’siqdan juda ko’p qon tomir va limfa yo’llari o’tganligi sababli, yiringli yallig’lanish jarayonlari shu yo’llar orqali oldingi ko’ks oralig’igacha o’tishi mumkin.

Ichki a’zolar orqasidagi bo’shlig’i (spatium retrovisceralis) – halqum va qizilo’ngach orqasida, IV fastsiyaning pariyetal varaqlari bilan V fastsiya orasida hosil bo’ladi. Bu bo’shliq orqa ko’ks oralig’i bilan aloqada bo’lib, kalla asosidan diafragmagacha davom etadi.

Qon - tomir va nervlar qinining bo’shlig’i (vagina vasonervorum) juft bo’lib, bo’yinning katta qon tomir va nervlari (umumiy uyqu arteriyasi, ichki bo’yinturuq venasi va adashgan nervi) bo’ylab davom etib, IV bo’yin fastsiyasining pariyetal varag’idan hosil bo’ladi. Uning ichida qon tomir va nervlardan tashqari, limfa tugunlari ham joylashadi. Bu bo’shliq, yuqoridan-kalla asosigacha, pastdan - oldingi ko’ks oralig’igacha davom etib, adashgan nerv orqali - orqa ko’ks oralig’iga o’tib ketadi. Agar ko’ks oralig’iga dori yuborish kerak bo’lsa, bo’yindagi shu bo’shliq orqali yuborish mumkin.

Bo’yinning yon uchburchagidagi to’qimalar bo’shlig’i, bo’yinning II va V fastsiyalari orasida, kurak usti qon tomirlari bo’ylab hosil bo’lib, kalla asosidan diafragmagacha davom etadi. Bo’yinning sohalari topografik anatomiyasini quyidagi tartibda o’rganamiz: to’sh - o’mrov-so’rg’ichsimon sohasi, uyqu uchburchagi, til osti suyagi usti va til osti suyagi osti hamda tashqi uchburchak sohalarining topografiyasi.

To’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon sohasi. (reg. Sternocleideomas-toidea). Soha parallelogram shaklida bo’lib, uning chegarasi shu nomli mushakning joylashgan o’rniga to’g’ri keladi. Terisi yupqa, elastik, harakatchan, ter hamda yog’ bezlariga boydir. Teri osti yog’ to’qimasini, I bo’yin fastsiyasi ikki qismga: yuzaki hamda chuqur qismlarga bo’ladi. Uning chuqur qismidan yuzaki venalar va bo’yin chigalining teri tarmoqlari o’tadi.

Yuzaki fastsiya yaxshi rivojlangan, bo’yinning teri osti mushagiga qin hosil qiladi. Bu mushakning tolalari II qovurg’a ro’parasida ko’krak fastsiyalaridan boshlanib, yuqorida o’mrov suyagining ustidan o’tadi va to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushagi tolalarining yo’li bo’ylab o’tib, pastki jag’ga borib birikadi. Uning ayrim tolalari kulgi (m.risorius) hamda pastki labni pastga tortuvchi tortuvchi (m.depressor labii inferioris) mimika mushaklariga borib birikadi. Bu yerda birinchi fastsiyaning ostida tashqi bo’yinturuq venasi o’tadi. Vena pastki jag’ burchagining ro’parasida, ensa hamda quloq orqasi venalarining qo’shilishidan hosil bo’lib, jag’ orqasi venasi bilan qo’shilishadi. So’ngra pastga tushib, to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushagini ichkaridan tashqariga qarab o’rtasidan kesib o’tgach, mushak bo’ylab pastga yo’naladi va taxminan o’mrov suyagining o’rtasida II va III fastsiyalarni teshib o’tgach, o’mrov osti venasiga quyiladi. Ayrim vaqtlarda tashqi bo’yinturuq venasi ichki bo’yinturuq venasiga yoki o’mrov osti venasi bilan ichki bo’yinturuq venalari qo’shilishidan hosil bo’lgan burchakka ham ochilishi mumkin. Vagosimpatik blokadasini o’tkazish paytida, tashqi bo’yinturuq venasi igna sanchish joyini tanlash belgisini ham o’taydi. Sohaning teri ostki qavatidan bo’yin chigalining tolalari o’tadi. Bu chigaldan chiqqan nerv tolalari to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushagi o’rta qismining orsidan chiqib, yelpig’ich singari har tomonga tarqaladi. Bunda ensaning kichkina nervi (n.occipitalis minor) orqaga, ensa tomonga mushakning orqasi bo’ylab yuradi, quloq katta nervi (n.auricularis magnus) - tashqi bo’yinturuq venasining orqasi

bo’ylab pastki jag’ning burchagiga qarab yuradi va o’zidan quloq oldi bezi terisiga sezuvchi tolani beradi, bo’yin ko’ndalang nervi (n.transverzus colli)ning yuqori va pastki tarmoqlari (r.r superioris et inferioris) mushakning ko’ndalangiga kesib o’tib, bo’yin terisini innervasiya qiladi, o’mrov usti nervlari (n.n. supraclavicularis)ning ichki medial tarmoqlari (r.r. supraclavicularis medialis) shu sohadagi terini qisman innervasiya qiladi.

Yuqorida aytganimizdek, bo’yinning II fastsiyasi to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushagiga qin hosil qiladi. Qinning oldingi devori ancha qalin va mustahkam. Mushakning o’zi ikki oyoqchasi bilan to’sh hamda o’mrov suyaklaridan boshlanib, so’rg’ichsimon o’siqning orqa va yuqori cho’qqisiga birikadi. Uning qini ichki yuzasida teshiklar bo’lib, ularning ichidan mushakka shu nomli qon tomir va nervlar (a.sternocleidomastoidea - tashqi uyqu arteriyasidan) hamda qo’shimcha nerv (n. accessorius) o’tadi.

Mushak qini orqa devorining ostida IV bo’yin fastsiyasining pariatal varag’iga o’ralgan katta qon tomir va nerv tutamlari yotadi. Bunda umumiy uyqu arteriyasi (a. carotis kommunis) ichkarida, ichki bo’yinturuq venasi (v. jugularis interna) – tashqarida, ularning o’rtasida va bir oz orqaroqda adashgan nerv, (n. vagus) joylashadi. Bulardan tashqari, bu yerdan til osti nervining chigali va limfa yo’li ham o’tadi. Bu qon tomir va nerv to’qimalari, to’sh - o’mrov – so’rg’ichsimon mushakka nisbatan uning yuqori uchligida – mushakning ichki sohasida, o’rta uchligida – uning ostida va pastki uchligida ikki oyoqchasining orasida joylashib, ularning yuqori qismini esa, bo’yin mushaklari va III fastsiya yopib turadi. Qon tomir va nerv tutamlarining o’rta qismini oldingi sohasi bo’ylab bo’yin qovuzlog’i (ansa cervicalis) o’tib, u yuqori va pastki tolalardan (radix superior et inferior) tashkil topib, ularning birinchisi umumiy uyqu arteriyasining oldingi yuzasi bo’ylab, til osti nervidan tushib keladi. Ikkinchisi esa, bo’yin chigalidan chiqib, ichki bo’yinturuq venasining tashqi sohasidan chiqib keladi. Bo’yin qovuzlog’ining qalqonsimon - til osti (r. thyrohyoideus) tarmog’i til osti suyagidan pastda joylashgan mushaklarni innervasiya qiladi.

Ichki bo’yinturuq venasi bo’ylab limfa tugunlari joylashadi. Limfa suyuqliklari bu tugunlar orqali bo’yinturuq stvoliga (truncus jugularis) quyiladi. Umumiy uyqu arteriyasining orqasida, uning ikkiga bo’lgan joyidan yuqoriroqda, V bo’yin fastsiyasining orqasida simpatik poya (truncus sympaticus) o’tadi. Bu stvol bosh va bo’yinning uzun mushaklarning oldida yotib, ko’pincha to’rtta

tugunni (yuqori, o’rta, oraliq va pastki) hosil qiladi. Ayrim vaqtlarda uchta tugunni hosil qilsa - da, yuqorigi va pastki tugunlari har doim bo’lib, o’rta va oraliq tugunlari esa – doimiy emas.

Bo’yin yuqori tuguni (ganglion cervicale superius) – uzunligi 2 sm dan ko’proq bo’lib, kengligi 4 - 5 mm keladi. Bo’yi cho’zinchoq, urchuqqa o’xshagan bu tugun I va II bo’yin umurtqalari ko’ndalang o’siqchalarning oldingi tomonida joylashib, uning oldingi yuzasida ichki uyqu arteriyasi, orqasida esa, bo’yinning uzun mushagi (m. Longus colli) o’tadi. Tugunning ustki uchidan ichki uyqu arteriyasiga boruvchi nerv (n. croticus internus), pastki uchidan esa – navbatdagi (ikkinchi) tugun bilan qo’shadigan shox – (ramus interganglionaris) chiqadi.

O’rta bo’yin tuguni (gang. cervicale medium) doimiy emas. U VI bo’yin umurtqasining ko’ndalang o’sig’i ro’parasida bo’yinning uzun mushagida (m. longus colli), qalqonsimon bezning pastki arteriyasi hosil qilgan ravoqqa tegib yotadi.

Oraliq tugun (gang. intermedium) – VII bo’yin umurtqasining ro’parasida, umurtqa arteriyasining boshlanish qismi bilan umurtqa kanaliga kirish masofsianing o’rtasiga, uning oldingi yoki ichki sohasiga joylashadi.

Pastki bo’yin tuguni (gang. cervicale inferiores) ham o’rta tugun kattaligida bo’lib, o’mrov osti arteriyasining orqasida joylashadi. Pastki bo’yin tuguni bilan ko’krak simpatik poyasining birinchi tuguni orasida bog’lanish bo’lib, bunga bo’yin – ko’krak tuguni (yulduzsimon tugun – gang. cervicothoracicum, s. stellatum) deyiladi. Bu tugun VII bo’yin umurtqasi bilan I qovurg’a ro’parasida, narvon umurtqa uchburchagi sohasida, bo’yinning uzun mushagiga tegib yotadi. U o’zidan VI –VII bo’yin nervlari bilan simpatak nervni o’zaro birlashtirib turadigan umurtqa nervi tarmog’ini beradi. Nomlari keltirilgan tugunlarning har qaysidan yurakka va bo’yin ichki a’zolariga tolalar ketadi. Bundan tashqari, ulardan adashgan nervga ham qo’shuvchi tarmoqlar boradi.

Biz yuqorida bo’yin katta qon tomirlari, bo’yinning yuqori qismida to’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon mushakning ichki tomonidan o’tadi deb aytgan edik. Umumiy uyqu arteriyasi bu sohada uyqu uchburchagidan o’tib, qalqonsimon tog’ayning ro’parasiga borganda, tashqi va ichki uyqu arteriya (a. carotis externa et interna) larga bo’linadi. Bular bir-birlaridan quyidagicha farq qilinadi: a) Ichki uyqu arteriyasi – tashqarida va chuqurroq joylashadi, tashqi uyqu


arterichsi esa, aksincha – ichkarida va yuzaroq joylashadi; b) Ichki uyqu arteriyasi bo’yinda o’zidan tarmoq bermaydi, tashqi uyqu arteriyasi – bir qancha tarmoqlarni (qalqonsimon bezning ustki arteriyasi, til arteriyasi, yuz, jag’ arteriyalari va hokazo) beradi. Ichki bo’yinturuq venasi u yerda to’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon mushagi bilan yopilib turadi. Umumiy uyqu arteriyasi bo’linish oldidan biroz kengayib qalinlashadi. Bu joyga shu arteriyaning piyozchasi (bulbus caroticum) deyilib, uning devorlarida karotid refleks zonasi joylashadi. Bu zona simpatik, adashgan va til - halqum (nn. simpaticus, vagus et glossopharyngeus) nervlarning shu joyga kelagan tarmoqlaridan hosil bo’lib, sinus caroticumni hosil qiladi va bosh miyaga boradigan qon tarkibi, xemo va baro reseptorlar ishini hamda qon bosimini tartibga solib turadi. Bu joyning qo’zg’alishi (har xil zarbalarda, travmalarda) bosh miyada qon bosimining keskin tushib ketishiga (kollaps holatiga), hatto ayrim vaqtlarga kishilarni o’limga ham olib kelishi mumkin.

Umumiy uyqu arteriyasining bo’linish joyi oldindan yuz venasi va uning tarmoqlari (jag’ orqasi, qalqonsimon bez hamda hiqildoqning yuqori qismi va til venalari) bilan yopilib turadi. Ayrim vaqtlarda bu nervlar mustaqil ravishda ichki bo’yinturuq venasiga quyilsalar - da, o’zaro anastamozlar hosil qilib, uyqu qon tomirlarining oldingi sohasida qalin vena chigalini hosil qiladi. Shu vena chigalidan yuqoriroqda, uyqu qon tomirlaning oldidan, til osti nervi kesib o’tib, ikki qorinchali mushakning orqa qorinchasi tagidan, pastki jag’ osti uchburchagiga qarab yo’naladi. Undan umumiy uyqu arteriyasining oldingi sohasi bo’ylab, bo’yin nervining yuqori tarmog’i pastga qarab tushadi. Umumiy uyqu arteriyasidan ichkarida va chuqurlikda hiqildoq ustki nervi (n. laryngeus superior – adashgan nervning pastki tugunidan) o’tadi.

Hiqildoq ustki nervi o’z navbatida ichki va tashqi tarmoqlarni (ramus internus et externus) beradi. Ichki tarmog’i sezuvchi tolalardan iborat bo’lib, qisman til ildizining va hiqildoq qopqog’ining shilliq qavatlarini innervasiya qiladi. Tashqi tarmoq esa, harakatlanuvchi tolalardan hosil bo’lib, yutqinning yon devori bo’ylab pastga tushadi va uzuk-qalqonsimon (n. cricotyroideus) hamda halqumni qisuvchi pastki (m. constriktor pharyngiz inferior) mushaklarni innervasiya qiladi. Bundan tashqari, hiqildoq ustki nervining tashqi tarmog’i Sion depressor nervi (n. depressor cordis) hosil bo’lishda qatnashadi. Bu nerv hiqildoqning ustki nervidan hamda adashgan nervdan chiqqan ikkita nerv tolalarining o’zaro

qo’shilishidan hosil bo’ladi. Adashgan nervning yurakka boradigan boshqa nervlari qatorida bu depressor nervi, kekirdakning yon tomonidan o’tib, bo’yinda simpatik nerv bilan birga birlashadi va yurakka boradigan nerv chigallariga qo’shiladi.

To’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushakning pastki uchligida qon tomir va nervlar shu mushak hamda til osti suyagi tagidagi mushaklar bilan yopilib turganligi sababli ularga borish qiyin. Sohaning bu joyiga o’zining ancha katta tarmoqlari bilan o’mrov osti arteriyasi va venasi chiqadi. Bu yerda o’mrov osti venasi ichki bo’yinturuq venasi bilan qo’shilib, vena burchagini (Pirogov vena burchagi) hosil qiladi. To’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon sohasining pastki qismida uchta bo’shliq;: narvon oldi (spatium antescalenum), narvonsimon mushaklar aro (spatium interscalenum) va narvon-umurtqa (spatium scaleno vertebralis) bo’shliqlari tafovut qilinadi. Bularning birinchisi, oldingi narvon mushagi bilan to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushaklari orasida hosil bo’ladi. Buning ichidan ko’ndalang yo’nalishda o’mrov osti venasi bilan kurak usti arteriyasi (a. superskapularis) o’tadi. Oldingi narvon mushakning tashqi qirrasi bo’ylab esa pastga, ichki qirrasiga qarab (V fastsiyasining ostidan) diafragma nervi (n. phrenicus) o’tadi. Keyinchalik bu nerv pastga yo’nalib, o’mrov osti arteriyasining oldindan ko’krak qafasiga o’tib ketadi.

Oldingi narvon mushakning ichki yuzasida ichki byinturuq venasi (yuza hamda lateral holatda), umumiy uyqu arteriyasi (chuqur hamda medial holatda) va ularning orasida – adashgan nervlar joylashadi. Ichki bo’yinturuq venasining pastki qismi biroz kengaygan bo’lib, unga pastki piyozcha qismi (bulbus jugularis inferior) deyiladi. Bu kengaygan qism ko’krak-o’mrov birkmasi ro’parasida o’mrov osti venasi bilan qo’shilgach, yelka - bosh venasini (v. brachiocephalica) hosil qiladi. Bu vena burchagida ayrim vaqtlarida tashqi bo’yinturuq, kurak usti, pastki qalqonsimon bez va umurtqa venalari kelib qo’shiladi. Bundan tashqari, chap vena burchagiga ko’krak limfa yo’li (ductus thoracicus), o’ng vena burchagiga – o’ng limfa yo’li (ductus lyimphaticus dexter) ham kelib quyiladi. Bo’yindagi ko’krak limfa yo’liga bo’yinturuq (truncus jugularis), o’mrov osti (truncus subclavius) va bronx ko’ks (truncus bronchomediastinalis) limfa yo’llari quyiladi. Yuqorida aytilagan limfa yo’llari o’ng tomondan vena burchagiga yoki alohida-alohida yo’llar bilan o’ng limfa yo’liga quyiladi. Umumiy uyqu arteriyasi

qalqonsimon bezning orqasiga tegib yotadi va o’zidan hyech qanday tarmoq bermaydi.

Adashgan nerv o’ng tomonda, ko’krak qafasiga o’mrov osti arteriyasi va venasi orasidan, diafragma nervining medial tomonidan tushib keladi. O’mrov osti arteriyasining pastki sohasida u o’zidan hiqildoqning qaytuvchi nervi (n. laryngeus reccurens) ni beradi. Bu qaytuvchi nerv o’mrov osti arteriyasini pastdan va orqadan aylanib o’tgach, kekirdakning orqa yon tomonidan yuqoriga ko’tarilib, kekirdak va qizilo’ngach oralig’idagi bo’shliqda (sulcus tracheoeseophageus) yotib, o’z tarmoqlarini (rr. esophagei et trachealis) bergach, hiqildoqning pastki nervi (n. laryngeus inferior) nomi bilan tugaydi. Chap tomondagi adashgan nerv ko’krak qafasiga chap umumiy uyqu arteriyasi bilan chap o’mrov osti arteriyalari orasidan tushib keladi. Bunda oldindan uni chap yelka-bosh

venasi o’rab turadi. Hiqildoqning qaytuvchi chap nervi, adashgan nervdan ko’krak qafasida chiqib, aorta yoyining pastki sohasida uni aylanib o’tadi va bo’yin sohasida kekirdak bilan qizilo’ngach orasidagi bo’shliqqa (sulcus tracheaesophageus) o’tadi.

O’mrov osti arteriyasi narvon-o’mrov uchburchagidan so’ng narvonsimon mushaklar aro oraliqqa (spatium interscalenum) o’tadi. Uchburchakning chuqur sohasida bo’yin simpatik poyasining pastki tuguni yotadi. Yulduzsimon tugunchani oldingi yuzasiga o’mrov osti va umurtqu arteriyalari, pastki qismiga esa – plevraning gumbazi tegib turadi.

Narvon-umurtqa uchburchagi narvon oldi va narvonsimon mushaklararo bo’shliqlarga nisbatan medial va chuqurda joylashgan bo’lib, plevra gumbaziga tegib turadi. Bu gumbazning yuqori qismida o’mrov osti arteriyasi o’tadi. Uchburchakning cho’qqisi uyqu do’ngligigacha boradi. Narvon-umurtqa uchburchagida o’zining tarmoqlari bilan o’mrov osti arteriya va simpatik

poya o’tadi. Bu sohada o’mrov osti arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi: umurtqa arteriyasi (a. vertebralis), ko’krak qafasining ichki arteriyasi (a. thoracica interna) va qalqonsimon-bo’yin stvoli (truncus thyrocervicalis). Qalqonsimon – bo’yin stvoli to’rtta tarmoqqa bo’linadi: a) qalqonsimon bezning pastki arteriyasi (a. thyroidea inferior). Bu arteriya aylanma yo’llar orqali oldin umurtqaarteriyasining oldiga o’tib, keyin umumiy uyqu arteriyasining orqasidan qalqonsimon bezning pastki qutbiga boradi; v) bo’yinning ko’tariluvchi arteriyasi (a. cervicalis ascendens) –

narvon mushaklarning oldingi sohasi bo’ylab, diafragma nerviga parallel holatda ko’tariladi; s) bo’yinning yuza arteriyasi (a. cervicalis superficialis) – narvon oldi bo’shliqda diafragma nervini kesib o’tadi va d) kurak usti arteriyasi (a. suprascapularis) o’mrov suyagining orqasi bo’ylab narvon oldi bo’shliqqa kiradi hamda trapetsiyasimon mushak ostidan o’tib, kurakning orqa sohasiga chiqadi.



Uyqu uchburchagi (trigonum caroticum). Soha amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega, chunki bo’yin katta qon tomir va nerv tutamlari, masalan, umumiy uyqu arteriyasi o’zining tarmoqlari bilan to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushakning oldingi sohasiga o’tgach, shu uchburchakka chiqadi. Bu sohada arteriyaning pulsi yengil aniqlanadi, uni kerak bo’lsa, VI bo’yin umurtqasining ko’ndalang o’sig’iga bosib, qon ketishini to’xtatish mumkin. Uchburchak sohasidagi teri yupqa, elastik va harakatchandir. Teri osti yog’ to’qimasi siyrak. Bo’yinning I fastsiyasi u yerda ikki varaqni hosil qilib, teri osti mushagiga qin hosil qiladi. Bo’yin teri osti mushagining tagida yuz nervining bo’yin tarmog’i, bo’yin ko’ndalang nervining yuqori tarmog’i va ayrim hollarda oldingi bo’yinturuq venasi (v. jugularis anterior) o’tadi. Agar shu vena bo’lsa, u albatta tashqi bo’yinturuq va jag’ orqasi venalari bilan anastamoz hosil qiladi. Bo’yinning ikkinchi fastsiyasi bu sohada bir qavat bo’lib o’tadi. Uning ostiga bir - biriga parallel holda umumiy uyqu arteriyasi adashgan nerv va ichki bo’yinturuq venasi (ichkaridan tashqariga) joylashadi.

Til osti suyagi usti sohasi (reg. suprahyoidea). Uni yuqoridan – pastki jag’ning pastki qirrasi, pastdan – til osti suyagi va uni qanotlaridan o’tkazilgan ko’ndalang chiziq va yon tomonlaridan – to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushaklarining oldingi qirralari chegaralab turadi. (35-rasm). Terisi yupqa, cho’ziluvchan, erkaklarda soch bilan qoplangan. Teri osti yog’ to’qimasi yosh bolalarda va semiz hamda katta kishilarda yaxshi rivojlangan. Bo’yinning birinchi fastsiyasi bo’yin teri osti mushagiga qin hosil qiladi. Uning ostida bir nechta yuzaki limfa tugunlari bilan yuzaki nervlar (yuz nervining bo’yin tolasi bilan bo’yin ko’ndalang nervining yuqori tarmog’i) shu sohaning terisini innervasiya qiladi.

Bo’yinning ikkinchi fastsiyasi, iyak osti uchburchagi sohasida bir qavat, pastki jag’ osti uchburchagi sohasida – ikki qavatdan iborat bo’lib, pastki jag’ ostki so’lak beziga qobiq hosil qiladi. Shuning bilan bir qatorda pastki jag’ burchagi bilan to’sh - o’mrov –


so’rg’ichsimon mushagi orasida bu fastsiya quloq oldi bezi bilan pastki jag’ osti bezi yopqichi orasida qalin to’siq hosil bo’lib, ularni

bir - biridan ajratib turadi. Buning oqibatida pastki jag’ osti beziga shu fastsiyaning yuzaki va chuqur varaqlari qobiq hosil qiladi. Ammo bu qobiq bezga yopishgan bo’lmay, uning bilan bez orasida yengilgina yog’ to’qima bo’lib, unda pastki jag’ osti limfa tugunlari joylashadi. Bundan tashqari, qobiqning ichidan yuz arteriyasi bilan nervi ham o’tadi.

Pastki jag’ osti bezining chiqaruv yo’li uning oldingi qutbidan chiqib, jag’- til osti va til osti – til mushaklari orasidagi yoriqqa o’tadi, u yerdan esa, og’iz tubining shilliq qavatiga yetib boradi. Mushaklar orasidagi shu yoriqda bezning chiqaruv teshigining osti bo’ylab til osti nervi, uning usti bo’ylab – til nervi (n. lingualis) o’tadi. Ikkinchi bo’yin fastsiyasining ostida og’iz tubini hosil qiluvchi mushaklar bilan chuqur joylashgan qon tomir va nerv tutamlari joylashadi. Bularning ichida eng yuzada ikki qorinchali mushak (m. digastricus) yotadi. Uning oldingi qorinchasi pastki jag’dagi ikki qorinchali chuqurchadan (fossa digastrica) orqa


qorinchasi – chakka suyagining so’rg’ichsimon o’yiq (incisura mastoidea) chasidan boshlanib, oraliq payi orqali til osti suyagining katta shoxchasiga birikadi. Ikki qorinchali mushakning orqa qorinchasiga bigiz - til osti mushagi tegib turadi. Bu mushak chakka suyakning bigizsimon o’sig’idan boshlanib, til osti suyagiga birikadi. Ikki qorinchali mushakning oldingi qorinchasi tagida jag’-til osti mushagi o’rin olib, u pastki jag’dagi jag’ - til osti chizig’idan (lin. mylohyoidea) boshlanadi va til osti suyagiga birikadi. O’ng va chap jag’ - til osti mushaklari o’rta chiziqda ichki qirralari bilan o’zaro birlashib, payli chok (raphe) ni hosil qiladi. Bu mushaklar bo’sh qirralaridan tashqarida va chuqurroqda til osti - til mushagi joylashadi. U til osti suyagidan boshlanib, tilning yon tomoniga birikadi.

Jag’ - til ost mushagining ostida, iyak til osti mushagi (m. geniohyoideus) yotadi. Bu mushak pastki jag’ning iyak qirrasi (spina mentalis) dan boshlanib, til osti suyagiga birikadi. Uning ostidan esa iyak - til mushagi (m. genioglossus) joy olib, uning tolalari iyak qirralaridan boshlanib, til bilan til osti suyagiga birikadi.

Yuqorida ko’rsatilgan hamma mushaklarning ostida yog’ to’qima bilan og’iz tubining shilliq pardasi ko’rinadi. Shilliq qavat ostida joylashgan yog’ to’qima pastki jag’ osti so’lak bezi yopqichidagi yog’ to’qima va uning chiqaruv teshik vositasida aloqa qiladi.



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish