Ibn sino nomidagi nashriyot matbaa birlashmasi


Til osti suyagining pastki sohasi (reg. infrahyoidea)



Download 0,86 Mb.
bet11/21
Sana11.04.2020
Hajmi0,86 Mb.
#43957
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
AGZAMOV-Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya


Til osti suyagining pastki sohasi (reg. infrahyoidea). Sohaning tarkibiga o’ng va chap kurak-kekirdak uchburchaklari kirib, uning chegarasini yuqoridan – til osti suyagi, pastdan – to’sh suyagining bo’yinturuq o’ymasi, yon tomonlaridan – to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushaklarning ichki qirralari tashkil qiladi. Sohaning terisi yupqa, harakatchan, ter hamda yog’ bezlari boy bo’lib, tagidagi yuzaki fastsiya bilan birikkan bo’ladi. Yuzaki fastsiya teri osti mushagini o’rab, unga qin hosil qiladi. Fastsiyaning ostidan va yog’ to’qimadan oldingi bo’yinturuq venalari o’tib, ular tik yo’nalishda sohaning pastidagi bir qavatli II fastsiyani teshib o’tadi. To’sh suyagi ustida fastsiyalar aro bo’shliq ichida bu venalar ko’ndalang anastamozlar (buyinturuq vena yoyi) ni g’osil qilgach, tashqariga to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushakning orqasiga o’tib, tashqi bo’yinturuq venasiga quyadi.

Ma’lumki, to’sh usti fastsiyalar aro yog’ to’qima bo’shlig’ining orqa devorini bo’yinning uchinchi fastsiyasi hosil qiladi. II va III bo’yin fastsiyalarining o’rta yo’lda bir - biri bilan birlashishdan

bo’yinning oq chizig’i (lin. alba cervicales) hosil bo’ladi. Bu chiziq ayniqsa to’sh usti fastsiyalar aro bo’shliqdan 3 – 3,5 sm yuqorida yaxshi rivojlangan bo’lib, uning kengligi 3 - 4 mm gacha bo’ladi. Agar to’qimalarni shu oq chiziq bo’ylab kesib o’tsak, bo’yinning til osti suyagidan pastda joylashgan a’zolarga bu yerdagi mushaklarni jarohatlamay yo’l ochishimiz mumkin. Bu yerdagi bo’yin III fastsiyasi ichida, shu yerda joylashgan mushaklar yuzaki hamda chuqur qavat hosil qilib joylashadi. Yuzaki qavatda, to’sh - til osti (m. sternohyoideus) va kurak - til osti (m. omohyoideus) mushaklari, chuqur qavatda esa – to’sh - qalqonsimon (m. sternothyreoideus) va qalqonsimon-til osti (m. thyreohyoideus) mushaklari joylashadi. III bo’yin fastsiyasining orqa yuzasiga IV fastsiyasining pariyetal varag’i tegib turadi, uning orasida esa – visseral oldi bo’shliq joylashadi. Bu bo’shliqda qalqonsimon bezning toq vena chigali (plexus thyroideus impar) hamda 10 - 15 foiz hollarda uchraydigan qalqonsimon bezning uchinchi arteriyasi (a. thyroideus impar) joylashadi. Bulardan keyin IV fastsiyaning visceral varag’i va unga o’ralgan bo’yin a’zolari: hiqildoq, kekirdak, qalqonsimon bez, halqum va qizilo’ngach ko’rinadi.

Hiqildoq (larynx). Hiqildoq nafas yo’lining burun bo’shlig’idan keyingi qismi bo’lib, ovoz paydo qiluvchi apparat vazifasini bajaradi. Shunga ko’ra, hiqildoq ancha murakkab tuzilgan. Hiqildoq IV - VI bo’yin umurtqalari sohasida bo’yinning oldingi yuzasida joylashgan. Ayollarda hiqildoq erkaklarga qaraganda biroz yuqoriroqda, bolalarda esa kattalarga qaraganda yuqoriroq, keksa odamlarga esa o’rta yoshlilarga qaraganda pastroqda joylashgan. U orqa tomondan – halqum, yon tomondan esa – bo’yindan o’tuvchi qon tomirlar va qalqonsimon bez bilan o’ralib turadi. Hiqildoqning oldingi tomonida – teri bilan hiqildoq orasida til osti suyagidan pastdagi mushaklar va ularni o’rab turadigan fastsiyalar joylashgan.

Hiqildoq, yuqori tomonga til osti suyagiga osilib turadi, pastda esa biroz torayib kekirdakka davom etadi. Odam hiqildog’i uchta juft va uchta toq hiqildoq tog’aylarining boylamlari va mushaklar yordamida bir - biri bilan birikishidan hosil bo’ladi. Hiqildoqni adashgan nerv bilan simpatik nerv innervasiya qiladi. Bunda yuqori hiqildoq nervi ovoz yorig’idan yuqorida joylashgan shilliq qavatni va uzuksimon tog’ayni innervasiya qiladi. pastki hiqildoq nervi esa, hiqildoqning qolgan boshqa mushaklarini hamda tovush mushaklarini va tovush yorig’idan pastda joylashgan shilliq qavtlarni

innervasiya qiladi. Limfa suyuqligi hiqildoqdan bo’yinning chuqur joylashgan limfa tugunlariga qarab oqadi.

Kekirdak (trachea). Kekirdak hiqildoqning bevosita davomi bo’lib, uzunligi 9 - 11 sm, diametri 15 - 18 mm keladigan naydan iborat, uning boshlang’ich qismi VI - VII bo’yin umurtqalariga to’g’ri keladi. Kekirdak IV - V ko’krak umurtqalarining o’rtasida

ikkiga, chap va o’ng bronxlarga bo’linadi. Bo’lingan joyida kekirdak ayrisi (bufircatio trachea) deyiladi. Kekirdakning yuqori qismi (hiqildoqqa tutashgan qismi) hiyla harakatchan bo’lib, pastki qismi, ayniqsa ayri qismi deyarli qimirlamay turadi.

Bo’yin sohasida kekirdak to’sh - til osti va to’sh - qalqonsimon mushaklar orasida joylashgan bo’lsa, yuqori qismini (kekirdakning II - IV tog’ay halqalari) qalqonsimon bezning bo’yni yopib turadi. Hiqildoq, shuningdek kekirdak yuqori qismining yon tomonini qalqonsimon bezning o’ng va chap bo’laklari berkitib turadi. Kekirdakning orqa tomanida (biroz chaproqda) qizilo’ngach joylashgan. Kekirdakning chap va o’ng yonlaridan bo’yinning katta qon tomiri va venalari o’tadi. (36-rasm)

Kekirdak devori 16-20 ta yarim halqa shaklidagi tog’aylardan (cartilagines trachealis) tuzilib, ular bir - biri bilan fibroz boylam – lig. annularia yordamida tutashgan. Yarim halqalarning orqa ochiq yerlari parda bilan qoplanib, unga parda qismi – pariyes membranaseus deyiladi.

Kekirdak qalqonsimon bezning pastki (a. a. throidea inferior), ichki ko’krak (thoracica interna) va ko’krak aortasidan chiquvchi rami. Bronchyalis dan bronxial tarmoqlar oladi. Venalar – kekirdak atrofidagi vena chigallaoiga va qalqonsimon bez venalariga qo’shiladi. Kekirdak limfa tomirlari (nodi lymphatici trachealis et nodi lymphatici tracheobronchialis superioris et inferioris) ga quyiladi. Kekirdakni simpatik (n. syimpathicus) va adashgan (n. vagus) nervlar innervasiya qiladi.

Qalqonsimon bez (gl. thyroidea). Bu bez kekirdak hamda hiqildoqning oldingi va yon tomonlarida joylashib, ikki bo’lakdan hamda bo’yin qismidan iborat. Unga IV bo’yin fastsiyasining pariyetal varag’idan qobiq hosil qilib,shu fastsiyaning visseral varag’i o’rab turadi. Varaqlar orasida yog’ to’qima bilan qon tomir hamda nerv tolalari joylashadi va bezning orqasida esa – qalqon oldi bezlari (gl. parathyroideus) joylashadi. Ayrim vaqtlarda ular qalqonsimon bezning fastsiya bo’shlig’idan tashqariga joylashib, operasiya paytlarida bexosdan zararlanishi va gipoparatireoz kasalligiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, operasiya paytida qalqonsimon bezning orasidan o’tadigan hiqildoqning qaytuvchi nervi va unga juda yaqin yotgan umumiy uyqu arteriyasining ham zararlanish ehtimoli borligini esda tutish kerak. Qalqonsimon bezning bo’yni kekirdakning oldida joylashib, uning II - III halqalarini yopib turadi va fassial qobiq bilan uzuksimon tog’ayga

birikkan bo’ladi. Bezning bo’laklari hiqildoq, kekirdak, halqum va qizilo’ngachning yon tomonlariga tegib turadi. Uning orqa yuzasidan umumiy uyqu arteriyasi, ichkari tomonidan – hiqildoqning qaytuvchi nervi o’tadi. Qalqonsimon bezning yuqori uchi – qalqonsimon tog’ayning o’rta qismigacha, pastki uchi – kekirdakning V - VI halqalarigacha yetib boradi. Bezning o’rtacha rivojlanishida uning bo’yni bo’yinturuq chuquridan 1.5 - 2 sm yuqorida turadi.

Qalqonsimon bezni ikki juft arteriya qon bilan ta’minlaydi. Bular yuqori va pastki qalqonsimon arteriyalar bo’lib, birinchisi – bezning yuqori uchiga, ikkinchisi – uning pastki uchiga boradi. Shuni ham aytish kerakki, pastki qalqonsimon arteriya hiqildoqning pastki qaytuvchi nervi bilan kesishadi. Bezga operasiya qilinayotganda bu narsani esda tutish kerak, aks holda arteriyani bog’laganda nerv bilan qo’shib bog’lab qo’yish mumkin.

Halqum (pharynx). Halqum og’iz bo’shlig’ining bevosita davomi hisoblanib, uning shakli orqa yuzasiga qarab yassilanib boruvchi voronkaga o’xshaydi. Halqum atrofini o’rab turadigan mushaklar, suyaklar, tomirlar va h.k halqum devorlari deb ataladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, halqumni beshta devori, chunonchi, yuqori, orqa, oldingi va ikki yon devorlari tafovut qilinadi. Halqum ensa suyagining asosiy qismi va qisman pona suyagining tanasiga qadar ko’tarilgan va shu suyakka birikkani uchun bu joy halqumning yuqoridagi devori hisoblanadi. Ana shu devor halqum gumbazi (fornix pharyngis) deb ham ataladi.

Halqumning ikki yon tomonidan yirik qon tomirlar va nervlar o’tib, uning yon devorlari asosini tashkil qiladi. Uning orqa devorini bo’yin umurtqalari va bo’yinning chuqur joylashgan mushaklari tashkil qiladi.

Halqumning pastki yarmi oldindan hiqildoqqa tegib turadi, ustki yarmi esa – burun bo’shliqlari bilan tutashib turadi. Bularning o’rtasida yumshoq tanglay chodiri va tilcha osilib turganidan ularni halqumning oldingi devori deb ham atash mumkin. Halqumning uzunasiga joylashgan va uzunligi 12 - 15 sm keladigan bo’shlig’i (cavum pharyngis) uni qizilo’ngach bilan birlashtirib turadi. Burun bo’shlig’i orqali o’tgan havo halqumga o’tib, so’ngra hiqildoq orqali o’pkaga boradi.

Halqumning qon bilan ta’minlanishi tashqi uyqu hamda qalqonsimon arteriyalarning tarmoqlari hisobiga boradi. Uni adashgan, simpatik va til-yutqun nervlari tarmoqlaridan hosil


bo’lgan yutqun chigallari innervasiya qiladi. Limfa suyuqligi bo’yinning chuqur limfa tugunlariga qarab oqadi.



Qizilo’ngach (ezophagus). Qizilo’ngach halqumning bevosita davomi bo’lib, me’daga ochiladi. Uning uzunligi katta kishilarda 23 - 25 sm ga yetadi. Qizilo’ngachning bo’yin qismi (pars cervicalis) 4 - 5 sm uzunlikda bo’lib, kekirdak bilan umurtqa pog’onasi orasida joylashadi va VI bo’yin umurtqasidan ikkinchi bo’yin umurtqasigacha davom etadi. Uning bo’yin qismi umurtqa pog’onasining biroz chaprog’ida o’tib, u bilan kekirdak orasida qizilo’ngach-kekirdak oralig’i (sulcus tracheoesophagus) bo’ladi. Odatda bu bo’shliqda hiqildoqning chap qaytuvchi nervi yotadi. O’ng qaytuvchi nervi esa qizilo’ngachning o’ng devori bo’ylab ko’tariladi. Qizilo’ngachning ikki yon sohasidan o’ng va chap adashgan nervlar o’tadi. Bunday topografo-anatomik o’zgarishlarni bo’yinda o’tkaziladigan operasiyalarda esda tutmoq kerak.

Qizilo’ngachni yon tomonlaridan qalqonsimon bezning pastki qutblari yopib turadi. Uning orasida IV bo’yin fastsiyasining orqa yog’ to’qima bo’shlig’i joylashadi.

Qizilo’ngachni qalqonsimon bezning pastki arteriyasi qon bilan ta’minlaydi. Uning innervasiyasi qaytuvchi nerv tarmoqlari hisobiga boradi.

Bo’yinning tashqi uchburchagi (trigonum colli lateralis). Soha oldindan – to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushakning orqa qirrasi bilan, orqadan – trapetsiyasimon mushakning oldingi qirrasi bilan va pastdan – o’mrov suyagi bilan chegaralanadi. Terisi yupqa, harakatchan bo’lib, uning ostida bo’yinning I fastsiyasi joylashadi. Sohaning pastki yuzasidan teri osti mushagi o’tadi. I - II fastsiyalar orasida sohaning pastki qismlarida hamda to’sh - o’mrov-so’rg’ichsimon mushakning orqa tomonida tashqi bo’yinturuq venasi bilan bo’yin chigalining teri tarmoqlari, o’mrov usti nervlari o’tadi. to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushagi o’rta qismining orqa sohasida, bo’yin chigalining boshqa tarmoqlari ham (ensaning kichik nervi, quloqning katta nervi,bo’yinning teri nervi va h. k.) uchraydi.

Bo’yinning II fastsiyasi bu sohada bir varaqdan iborat bo’lib o’tadi, III fastsiyasi esa faqat uning pastki – oldingi sohasida bo’lib, trigonum omoclaviculare ni yopib turadi. Trigonum omotrapezoideum sohasida esa aksincha, bo’yinning III fastsiyasi bo’lmay, bu yerda II fastsiyasidan so’ng narvon, kurakning ko’taruvchi va boshqa mushaklarni yopib turuvchi V fastsiya keladi. Bu yerda II va V fastsiyalar orasida yog’ to’qima bo’shlig’i bo’lib, u

yerdan g’o’shimcha (n. accessorius) nervi hamda uning atrofida limfa tugunlari joylashadi.

Bo’yinning III fastsiyasining orqasidagi sohada (trigonum omoclavicularis) yaxshi rivojlangan qalin yog’ to’qima joylashadi. Uning ichidan esa limfa tugunlari joy oladi. Yog’ to’qimasining ostida bo’yin V fastsiyasi yotadi. Uning ostida yog’ to’qima, oldingi, o’rta va orqa narvon mushaklari (mm. scaleni anterior, medius yet posterior) bilan kurakni ko’taruvchi mushak. (m. levator scapule) joylashib, trigonum omoclavicularis sohasida o’mrov osti venasi, arteriyasi va yelka chigalidan tashkil topgan qon tomir va nerv tutamlari o’tadi.

Bo’yin yon uchburchagining bu sohasida to’sh - o’mrov-so’rg’ichsimon hamda oldinigi va o’rta narvon mushaklar orasida narvonlar aro oldingi va oraliq bo’shliqlari (spatium ante et interscalenum) hosil bo’lib, bularning birinchisini topografiyasini biz to’sh - o’mrov -so’rg’ichsimon sohasi topografiyasida batafsil keltirganmiz (oldingi betlarga qaralsin). Ikkinchisi, ya’ni narvonlararo oraliq bo’shliq bo’lsa, oldingi va o’rta narvon mushaklari orasida hosil bo’ladi. Mushaklarning har xil yo’nalishi tufayli u pastga qarab kengaygan uchburchak shaklida bo’ladi. Bunda oldingi narvon mushak I qovurg’aning tuberculum m.scaleni anterioris qismiga, o’rta narvon – undan ozgina tashqari va orqa qismiga birikadi. Mushaklarning bunday birikishi sababli ham narvonlararo oraliq bo’shliq yuqoridan pastga qarab kengaygan shaklda bo’ladi.

Bo’yinning yon uchburchagida o’mrov osti arteriyasi yelka chigalidan oldinda, pastda va ichkarida joylashadi. Narvonlararo oraliq bo’shliqda esa, uning o’rta qismida yotib, bu yerda u o’zidan a. cervicalis profunda va a. intercostalis suprema larga bo’linuvchi truncus costacervicalis tarmog’ini beradi. Unda bo’yinning chuqur arteriyasi VII bo’yin umurtqasining ko’ndalang o’simtasi bilan I qovurg’a oralig’iga yo’nalib, u yerdan bo’yinning orqa sohasiga o’tib ketadi. Qovurg’alar aro yuqori arteriya bo’lsa, I - II qovurg’alar boshchalari oldidan orqa va pastga qarab o’tib, o’zidan I va II qovurg’alar aro arteriyasini beradi.

O’mrov osti arteriyasining oxirgi – tashqi qismi oldingi narvon mushakning tashqi qismida yotib, I qovurg’adan o’tgach pastga va tashqariga qarab yo’naladi. U yerdan o’mrov suyagining o’rta qismida qo’ltiq osti chuqurchasiga o’tib ketadi. Bu yerda u o’zidan

orqaning hamda bo’yinning orqa sohasidagi mushaklarga boruvchi a. transverza colli tarmoqlarini beradi.

O’mrov osti venasi I qovurg’a usti orqali o’tib, o’mrov suyagi bilan oldingi narvon mushaklari orasida yotadi. Bunda u arteriyaga nisbatan uning oldida va pastida joylashadi so’ngra o’mrovning orqasi bo’ylab narvon oldi bo’shlig’iga o’tadi. Bu yerda arteriya bilan venani oldingi narvon mushagi ajratib turadi.

Yelka chigali (plexus brachialis) oxirgi to’rtta bo’yin va I ko’krak nervlarning oldingi tarmoqlaridan hosil bo’lib, bo’yinning tashqi uchburchagiga narvonlararo oraliqdan chiqib keladi. Uchta stvolli (yuqori, o’rta va pastki) truncus superior, medius et inferior hosil bo’lgan bu nerv tolalari pastga va tashqariga qarab yo’naladi va o’mrov osti arteriyasining yuqori hamda tashqi tomonida joylashib, o’mrov suyagining ustki qismida yelka chigalini hosil qiladi. Uning o’mrov ustidagi qismdan yelka kamari mushaklarini innervasiya qiluvchi nervlar chiqadi. N. dorzalis skapule kurakni ko’taruvchi va rombsimon mushaklarga; n. suprascapularis shu nomli arteriya bilan qirra usti va qirra osti mushaklariga; n. subclavius shu nomli mushakka; n. thoracicus longus oldingi tishli mushakka boradi. O’mrov suyagidan pastdagi qismida har qaysi stvol ikkiga bo’linib, ularning o’zaro qo’shilishidan tashqi, orqa va ichki tutamlar (fasc. lateralis posterior et medialis) hosil bo’ladi. Bulardan esa o’z navbatida qo’lga boruvchi nervlar hosil bo’ladi.

TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1. Bo‘yinda nechta fastsiya bor, ularning nomi va

topografiyasi qanday?

2. Bo‘yin fastsiyalari qanday bo‘shliqlarni hosil qiladi?

3. Til osti suyagi ustki sohasining qanday chegaralari bor

va ularning topografiyasi qanday?

4. Jag‘ osti uchburchagi qanday hosil bo‘ladi va unda nima

joylashgan?

5. Pirogov uchburchagi va uning amaliy ahamiyati?

6. Til osti suyagining pastki sohasi chegaralari qanday?

7. Qalqonsimon bez nechta va qanday qobiqlarga ega?

8. Qalqonsimon bezning arteriyalari qaуerdan boshlanadi

va unga qanday уetib boradi?

9. Halqum va hiqildoqlarning skletotopiyasi qanday?

10. Bo‘yinda kekirdak va qizilo‘ngachning o‘zaro

munosabati qanday?

11. Qaytuvchi nervlar zararlanishi nima bilan xavfli?

12. Uyqu uchburchagini qaysi mushaklar chegaralab turadi?

13. Karotid sinusi va karotid tuguni nima?

14. Tashqi uyqu arteriyasi ichki uyqu arteriyasidan qanday

farq qiladi?

15. Bo‘yinning qon tomir-nerv tutami nimalardan iborat va

ularning topografiyasi?

16. Bo‘yinning simpatik nayi qanday tuzilgan va uning

topografiyasi qanday?

17. Bo‘yin chigalining topografiyasi qanday?

18. Norvonsimon – umurtqa uchburchagining chegaralari?

19. Bo‘yin yon uchburchagida qanday ikki bo‘shliq bor va

ular qanday hosil bo‘ladi?

20. Norvonsimon bo‘shlig‘idan nimalar o‘tadi?

21. Norvonlararo bo‘shlig‘idan nimalar o‘tadi?

22. Diafragma nervining bo‘yindagi topografiyasi qanday?

23. Bo‘yinda Pirogov vena burchagi qanday hosil bo‘ladi va

unga nima quyiladi?


V BOB

KO’KRAKNING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI
Ko’krak qafasi. Ko’krak qafasining yuqori va pastki chegaralari tafovut qilinadi. Yuqori chegarasi to’sh suyagining ustki o’ymasi (incisura jugularis) dan o’mrov suyagining ustki qirrasi bo’ylab, o’mrov-akromion tutashmasigacha va u yerdan VII bo’yin umurtqasining o’tkir o’sig’iga o’tkazilgan chiziqqa to’g’ri keladi. Uning pastki chegarasi to’sh suyagining xanjarsimon o’simtasidan, qovurg’a yoylari orqali X qovurg’agacha va u yerdan XI - XII qovurg’alarning oxirgi uchlari bo’ylab, XII ko’krak umurtqasigacha o’tkazilgan chiziqqaa to’g’ri keladi. Ko’krak qafasida pastki va yuqorigi teshiklar mavjud bo’lib, uning yuqori teshigi (apertura thoracis superior) bo’yin fastsiyalararo bo’shliqlariga qo’shilib ketsa, pastki teshigi (apertura thoracis inferior) - diafragma bilan to’silgan bo’ladi.

Ko’krak qafasi bilan diafragma orasidagi bo’shliqqa ko’krak bo’shlig’i deyilib (cavum thoracis), uning hajmi ko’krak qafasining

hajmidan kichikroqdir. Bu qorin bo’shlig’idagi a`zolarning diafragmani yuqoriga ko’tarishiga, ko’krak qafasining ichiga, gavda tuzilishining shakliga hamda ularning yoshiga, jinsiga bog’liqdir. Odatda ikki xil: keng va kalta hamda tor va uzun shakllardagi ko’krak qafasi tafovut qilinadi.

Ko’krak bo’shlig’ida joylashgan ichki a`zolarning tashqi tasvirini aniqlash maqsadida ko’krak qafasida quyidagi chiziqlar o’tkaziladi:

1. Oldingi o’rta chiziq (lin. mediana anterior), to’sh suyagining o’rtasidan o’tkaziladi.

2. To’sh chizig’i (lin. sternalis) – o’rta chiziqqa parallel holda, to’sh suyagining tashqi qirrasi bo’ylab o’tkaziladi.

3. To’sh oldi chizig’i (lin. parasternalis) - bundan oldingi chiziqqa parallel holda to’sh suyagining tashqi qirrasi bilan o’mrov o’rtasida o’tkazilgan chiziqning teng yarmidan o’tkaziladi.

4. O’rta o’mrov chizig’i (lin. medioclavicularis) – o’mrov suyagining o’rtasidan o’tkaziladi.

5. Oldingi qo’ltiq osti chizig’i (lin. axillaris anterior ) - qo’ltiq osti chuqurchasining oldingi qirrasidan o’tkaziladi.

6. O’rtangi qo’ltiq osti chizig’i (lin. axillaris media) - qo’ltiq osti chuqurchasining o’rtasidan o’tkaziladi.

7. Orqangi qo’ltiq osti chizig’i (lin. axillaris posterior) - qo’ltiq osti chuqurchasining orqa qirrasidan o’tkaziladi.

8. Kurak chizig’i (lin. scapularis) - kurak suyagining pastki burchagidan o’tkaziladi.

9. Umurtqa yoni chizig’i (lin. paravertebralis) – kurak chizig’i bilan umurtqa chizig’ining teng yarmidan o’tkaziladi.

10. Umurtqa chizig’i (lin. vertebralis) - umurtqa pog’onasining ko’ndalang o’siqlaridan o’tkaziladi.

11. Orqaning o’rta chizig’i (lin. mediana posterior) - umurtqa pog’onasining o’rta o’siqlaridan o’tkaziladi.

Ko’krak qafasining terisi oldingi yon tomonlarda yupqa, elastik bo’lib, orqa tomonlari qalinlashgan bo’ladi. U ter va yog’ bezlariga boy, erkaklarda jun bilan qoplangan. Terisining innervatsiyasi III qovurg’a ro’parasigacha bo’yin chigalidan chiqadigan tarmoqlar bilan, undan pasti - yuqorigi oltita kovurg’alararo nervlardan chiqib keladigan tarmoqlar (rr. cutenus ventralis et lateralis nn. intercostalis) hisobiga boradi. Orqa sohasining terisini, ko’krak nervining orqa tarmoqlari (rr. dorsalis nn. thoracici) innervatsiya qiladi.

Teri osti yog’ to’qimasida yuqorida aytilgan nervlar bilan birga yuzaki qon tomirlar o’tadi. Bularning arteriyalari, qovurg’alararo arteriyalarning va ko’krak qafasining ichki hamda ko’krakning yon arteriyalarining tarmoqlaridir. Teri ostidagi venalar qorin devoridagi venalar bilan keng anastomozda bo’ladi. Bularning ichida eng kattasi, qorin tepasidagi ustki venasi bilan ko’krak venasi (v.v. thoracoepigastricae) bo’lib, ular kindik sohasida qorin tepasidagi yuza hamda kindik oldi venalari (v.v. epigastrica superficialis et paraumbilicalis) bilan (qopqa venasi tarkibida )

anastomoz hosil qiladi. Qorin tepasidagi ustki-ko’krak venasi qo’ltiq osti chuqurchasi sohasida qo’ltiq osti venasiga (v. axillaris) yoki ko’krakning lateral venasi (v. thoracica lateralis) ga quyiladi.

Keltirilgan anastomozlarning amaliyotdagi ahamiyati juda kattadir. Kovak yoki qopqa venalar zanjirida vena qonining oqishi qiyinlashib qolsa, dimlangan qon shu venalar o’rtasida hosil bo’lgan kava-kaval yoki porta-kaval anastomozlari orqali o’tib turishi mumkin.Yuzaki fastsiya ko’krak qafasining oldingi va yon tomonlarida juda yupqa plastinkani eslatadi. U bo’yin I fastsiyasining davomi bo’lib, sut bezi ro’parasiga kelgach ikki varaqga ajralib, sut bezini oldindan va orqadan o’rab o’tadi va unga qobiq hosil qiladi. Bu qobiq yuqoriga ko’tarilib, o’mrov suyagiga birikadi va sut bezi uchun ushlab turuvchi boylamni hosil qiladi.

Sut bezi (gl. mammaria). Odamda sut bezi katta ko’krak mushagining ustida joylashganligidan, uni ko’krak bezlari ham deb ataydilar. Tuzilishi jihatidan sut bezlari, sut ishlab chiqarishga moslashgan ter bezlari bo’lib, ter bezlaridan takomil etgan. Sut bezi katta ko’krak mushagini qoplab yotgan fastsiyaning ustida, IV - V (erkaklarda) va III - VII (ayollarda) qovurg’alar sohasida joylashgan. Sut bezini ikkiga bo’luvchi ko’ndalang chiziqdan bir oz pastroqda va o’rtasida sut bezining so’rg’ichi (papilla mammae) joylashadi (37-rasm). So’rg’ich atrofida so’rg’ichga o’xshash qo’ng’ir rangli (pigmentga boy) doira (areola mammae) bo’lib, uning rangi homiladorlik davrida quyuqlashadi va jigar rang tusga kiradi. So’rg’ich atrofidagi doira terisida mayda bezlar joylashganligidan, bu soha tekis emas. So’rg’ich atrofidagi doira terisi uzunasiga hamda ko’ndalang yo’nalgan mushak tolalariga boydir. Ana shu mushaklarning qisqarishi tufayli sut bezi so’rg’ich bola emayotgan vaqtda dikkayadi. Sut bezini kesib, ichki tuzilishini tekshirsak uning 15 dan 20 tagacha alohida bez bo’laklari (lobuli gl. mammariae) dan iborat ekanligini, ko’ramiz.Bez bo’laklarining uchi, so’rg’ich tomon

yo’nalgan konus shaklida bo’ladi. Bez bo’laklari orasida oqish, zich qo’shuvchi to’qima joylashgan. Bu to’qima pardalarining varaqlari bez bo’laklari to’qimasiga kiradi va uni bo’lakcha (lobuli) larga bo’lib yuboradi. Bo’lakchalarning har biri sut pufakchalaridan hosil bo’luvchi alohida - alohida sut yo’llariga ega. Bunda sut pufakchalaridan chiquvchi mayda sut yo’llari bir-biriga qo’shilib, bo’lakcha sut chiqarish yo’lini, bir necha bo’lakchalardan chiquvchi sut yo’llari esa – bo’lak sut yo’li (ductus lactiferi) ni hosil qiladi. 15-20 ta bez bo’lakchalaridan chiquvchi sut yo’llari sut bezining so’rg’ichi tomon yo’naladi. So’rg’ichga yaqin kelgandan so’ng, ular bir-biri bilan tutashib, 8 tadan 15 tagacha teshik bilan bevosita so’rg’ichga ochiladi. Sut bezi so’rg’ichi lupa bilan qaralsa, uning yuzasida bu teshiklarning borligini ko’rish mumkin.

Sut bezining bunday tuzilishini jarrohlik operatsiyalarida inobatga olish kerak. Chunonchi, undagi kesimlar sut yo’llariga parallel holda, radiar shaklda qilinishi va so’rg’ich dog’iga 1 - 1,5 sm yetmasdan tugashi kerak. Aks holda, sut yo’llarini va sinuslarini kesib qo’yish mumkin. Sut bezi uchta manbadan qon bilan ta`minlanadi: ko’krak qafasining ichki (a. thoracica interna), ko’krakning lateral (a. thoracica lateralis)

va qovurg’alararo arteriyalaridan (aa. intercostalis). Bu arteriyalarni shu nomli venalar kuzatib boradi.

Sut bezini o’mrov usti (bo’yin chigalidan), oldingi ko’krak (yelka chigalidan) va qovurg’alararo (II dan V gacha) nervlari innervatsiya qiladi. Sekret chiqarish vazifasini simpatik va parasimpatik nerv tolalari olib boradi. Ular bezga qovurg’alararo nervlari va qon tomir yo’llari orqali yetib keladi.

Sut bezining limfa yo’llariga ko’proq ahamiyat beriladi. Chunki har xil metastazlar va yiringli yallig’lanish jarayonlari shu yo’llar orqali tarqaladi (38- rasm). Uning yuzaki- hamda chuqur limfa yo’llari farq qilinadi. Ularning birinchisi, sut bezining terisida hosil

bo’lib, so’rg’ich atrofida areolali limfa chigalini hosil qilib, qarama-qarshi tomon shunday limfa yo’llari bilan anastomoz hosil qiladi. Chuqur limfa yo’llari sut bezining parenximasida o’tib, u ham bez bo’laklari orasida va parenximasida limfa chigalini hosil qiladi hamda ularning chiqaruv yo’llari sut yo’llariga parallel holda joylashadi. Yuzaki va chuqur limfa yo’llarining orasida o’zaro anastomozlar bor.

Sut bezining limfa suyuqligini olib chiqib ketuvchi yo’li, qo’ltiq osti limfa tugunlariga, katta ko’krak mushagini aylanib o’tib ochiladi. Ko’pincha u o’z yo’lida katta ko’krak mushagining tashqi qirrasi ostida joylashgan (III kovurga ro’parasida) Zorgius limfa tuguniga ham ochiladi. Yomon sifatli o’smalarda shu limfa tuguni birinchi bo’lib jarohatlanadi. Sut bezining yuqori - tashqi sohasidan limfa qo’ltiq osti limfa tugunlariga, ayrim hollarda – to’g’ridan-to’g’ri o’mrov osti limfa tugunlariga ochiladi. Bu borada Truaz'e limfa tuguni ma`lum ahamiyatga ega bo’lib, u o’mrov ustida, to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushagining orqasida yoki uning oyoqchalari orasida joylashadi. Bu limfa tuguni rak metastazlarini birinchi bo’lib qabul qiladi. Shuning uchun uni "bildiruvchi" limfa tuguni ham deb ataydilar.

Sut bezining medial hamda markaz qismidan chiquvchi limfa yo’llari qovurg’alararo mushaklarni teshib o’tib, to’sh oldi limfa tugunlariga (nodi lymphatici parasternalis) ko’krak qafasining ichki qon tomirlari bo’ylab borib ochiladi. Bezning ichki - pastki sohalaridan limfa qorin devorining yuqori sohalarida va qorin bo’shlig’ining yuqori qavatida joylashgan a`zolar limfa yo’llariga ochiladi. Bulardan tashqari, chuqur joylashgan limfa yo’llaridan limfa suyuqligi yuzaki joylashgan limfa yo’llariga va ular orqali teri osti yog’ to’qimasidagi limfa yo’llariga; u yerdan esa qarama-qarshi tomon sut bezi limfa yo’llariga o’tishi mumkin.

Sut bezi bilan uning tagida yotgan katta ko’krak mushagining fastsiyasi orasida yog’ to’qimasi (retromammar yog’ to’qima) bo’lganligi sababli, bezni o’z joyidan osonlikcha u yoki bu yoqqa harakatlantirish mumkin. Agar shu harakat cheklangan bo’lsa, bezda yomon o’sma yoki retromammar abssess borligidan dalolat beradi.



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish