Ibn sino nomidagi nashriyot matbaa birlashmasi



Download 0,86 Mb.
bet14/21
Sana11.04.2020
Hajmi0,86 Mb.
#43957
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
AGZAMOV-Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya


Qizilo’ngach (esophagus). Qizilo’ngach 25 sm uzunlikdagi mushakdan iborat naycha bo’lib, uning yuqori chegarasi VI bo’yin umurtqasi ro’parasiga to’g’ri kelib, XI ko’krak umurtqasida tamom bo’ladi. Qizilo’ngach uch qismdan iborat bo’lib, yuqori – bo’yin qismi VI bo’yin umurtqasidan II ko’krak umurtqasigacha (pars cervicalis), o’rta – ko’krak qismi II ko’krak umurtqasidan XI ko’krak umurtqasigachа (pars thoracica) va pastki - qorin qismi XI ko’krak umurtqasidan XII ko’krak I bel umurtqasigacha (pars abdominalis) davom etadi. Qizilo’ngachning devori shilliq, shilliq osti, mushak va seroz qavatlardan tashkil topgan.

Uning ichki hajmi hamma sohada ham bir xil bo’lmay, uchta toraygan joyi tafovut qilinadi. Ularning birinchisi qizilo’ngachning boshlang’ich qismida, ya`ni halqumning qizilo’ngachga o’tish joyida, ikkinchisi - kekirdakning bifurkatsiyasi ro’parasida (qizilo’ngach bilan kesishgan joyida), uchinchisi - qizilo’ngachning diafragmadan o’tish joyida bo’ladi. Toraygan joylarning oralarida ikkita kengaygan joyi ham bor. Ularning birinchisi (yuqorigisi) III ko’krak umurtqasining ro’parasida, ikkinchisi (pastkisi) - VIII ko’krak umurtqasining ro’parasida hosil bo’ladi. Qizilo’ngach deyarli butun yo’li bo’ylab ko’krak umurtqalariga tegib o’tsada, uning uchta qiyshaygan holati tafovut qilinadi: u avval VI bo’yin umurtqasidan to IV ko’krak umurtqalarigacha umurtqalardan chap tomonda bo’ladi, so’ngra IV ko’krak umurtqasidan to VII - VIII ko’krak umurtqalari ro’parasigacha - ularning o’ng tomonida yotadi va nihoyat bu joydan yana umurtqalarning chap tomoniga o’tib,


qorin aortasini kesib o’tgach, diafragmadagi teshik orqali qorin bo’shlig’iga o’tib ketadi.

Ko’krak qafasining yuqori uchligida qizilo’ngach kekirdakning va aorta yoyining orqasida yotadi. VII - IX ko’krak umurtqalarining to’g’risida u ko’krak aortasining oldida yotadi. Ko’krak qafasining pastki uchligida u yurak chap bo’lmachasining orqasiga va perikardning orqa devoriga tegib turadi, ularning orasidagi bo’shliqda chap adashgan nerv yotadi.

Qizilo’ngach o’zining yuqori qismida chap uyqu arteriyasining boshlang’ich qismiga, chap o’mrov osti arteriyasiga, aorta yoyi va ko’krak limfa yo’liga tegib turadi. Aorta yoyining pastida o’zining chap yoni bilan ko’krak aortasiga tegib turadi, undan pastroqda esa mediastinal plevraga yondoshadi. O’ng tomonda yuqorida qizilo’ngach o’ng qaytuvchi nerv hamda o’ng umumiy uyqu arteriyasining boshlang’ich qismi bilan birga o’tadi. IV ko’krak umurtqasining pastida esa u o’ng mediastinal plevra bilan yonma - yon o’tadi. Ko’krak bo’shlig’ining pastki uchligida qizilo’ngachdan o’ng tomonda va orqada, pastdan yuqoriga qarab, toq vena o’tadi. Bu yerda shu vena bilan aorta orasidan ko’krak limfa yo’li o’tadi.

Qizilo’ngachni ko’krak aortasidan chiqqan qizilo’ngach hamda bronx va qovurgalararo arteriyalardan chiquvchi tarmoqlar qon bilan ta`minlaydi. Uning pastki qismlarini chap me`da arteriyasining tarmoqlari ta`minlaydi. Qizilo’ngach venalari uning devorlarida qalin vena chigallarini hosil qilib, vena qonini yarim toq va toq venalariga quyadi. Uning pastki qismidagi venalar me`da venalari orqali qopqa venalari bilan aloqada bo’lishadi. Shuning uchun ham qopqa vena doirasida vena qon yo’nalish jarayoni buzilsa (jigar sirrozi, har xil shishlar va h.k.) qon yuqorida nomlari ko’rsatilgan yo’llar bilan qizilo’ngach venalari orqali yuqoriga oqishga majbur bo’ladi. Bu yo’l haddan tashqari zo’riqqanda qizilo’ngach venalari yorilib, undan qon ketishi mumkin. Jigar sirrozi kasalligida qizilo’ngach yoki me`da venalaridan qon ketishining boisi ham ana shundadir.

Qizilo’ngach ikkala adashgan hamda simpatik nerv tolalarining tarmoqlari bilan innervatsiya qilinadi. Bu tarmoqlar uning devorida qalin nerv chigallarini hosil qiladi. Qizilo’ngachning yuqori qismidan limfa suyuqligi kekirdak oldi limfa tugunlariga, o’rta qismidan - orqa ko’ks oralig’i limfa tugunlariga va pastki qismidan – o’ng va chap me`da limfa tugunlariga quyiladi.



O’ng va chap adashgan nervlar (n.n. vagi dexter et sinister). Bu nervlar bosh miyaning eng uzun nervlaridan bo’lib, uning tarkibida sezuvchi nervlar, harakatlantiruvchi va parasimpatik tolalar bo’ladi. Nerv uzunchoq miyaning orqa yon egatida til-yutqin nervi (n. glossapharyngeus) dan keyin chiqadi va kalla ichidan bo’yinturuq teshigidan chiqib keladi. U tashqariga chiqqach, pastga tomon tusha boshlab, bo’yin katta qon tomirlari tarkibida ko’krak qafasiga o’tadi.

Bunda o’ng adashgan nerv ko’krak qafasiga o’ng o’mrov osti arteriyasining oldidan o’tib, shu yerning o’zida o’ng qaytuvchi hiqildoq nervi (n. laryngeus recurrens dexter) ni beradi. Bu nerv o’ng o’mrov osti arteriyasini pastdan va orqadan aylanib o’tib, qizilo’ngachning yon tomonidan ko’tarilib, hiqildoqni pastki yuzasiga boradi. So’ngra o’ng adashgan nerv yuqori kovak venasi hamda o’ng o’pka ildizining orqasidan pastga tushib, V ko’krak umurtqasi ro’parasida qizilo’ngachning orqasiga o’tib tarmoqlanadi. Undan keyin diafragmadan qizilo’ngach bilan birga o’tib, me`da devoriga boradi.

Chap adashgan nerv ko’krak qafasiga chap o’mrov osti arteriyasi bilan chap umumiy uyqu arteriyalarining orasidan, chap o’mrov osti venasining orqasidan kirib keladi. So’ngra aorta ravog’ining oldiga o’tib, o’zidan chap qaytuvchi hiqildoq nervi (n. laryngeus recurrens sinister) ni beradi. Bu nerv aorta ravog’ini pastdan aylanib o’tib, kekirdak bilan qizilo’ngach orasidagi egatga boradi. Chap adashgan nerv aorta ravog’idan o’tgach, orqa ko’ks oralig’iga o’tadi. Bu yerda u aorta ravog’i bilan chap o’pka arteriyasi orqali qizilo’ngachning oldingi yuzasiga, VIII ko’krak umurtqa ro’parasida chiqadi. So’ngra qizilo’ngach bilan birga diafragma teshigidan o’tib, qorin bo’shlig’iga tushadi.

Ko’krak limfa yo’li (ductus thoracicus). Bu limfa yo’lining boshlanishi I - II bel umurtqalarining ro’parasiga to’g’ri kelib, qorin parda orqasi sohasida uchta: o’ng va chap bel (trunci Lumbalis sinister et dexter) hamda ichakning toq (truncus intestinalis) limfa yo’llarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Bunda o’ng va chap bel limfa yo’llari limfa suyuqligini ikkala oyoqdan, chanoq devorlari va a`zolaridan, ichakning toq limfa yo’li esa - barcha ichaklardan yig’ib keladi. Ularning I - II bel umurtqalari sohasida o’zaro qo’shilgan joyi kengaygan bo’lib, unga ko’krak limfa yo’lining sisterna (cisterna chyli) si deyiladi. Shu yerdan boshlangan ko’krak yo’li, orqa ko’ks oralig’iga diafragmaning aorta teshigidan o’tib, uning orqa va o’ng tomonida yotadi. Ko’krak bo’shlig’ining pastki sohasiga kelgach, u

ko’krak umurtqalarining oldingi yuzasiga o’tib, qizilo’ngachning orqa va o’ng tomoni bilan aorta va toq venaning orasida joylashadi.

Bunda, aorta uning chap tomonidan, toq vena – o’ng tomonidan o’tadi. Ko’krak limfa yo’lining orqasidan qovurg’alararo arteriyasi o’tadi. III - IV ko’krak umurtqalari sohasida ko’krak limfa yo’li o’rta chiziqga nisbatan chap tomonga o’tib, aorta ravog’i bilan qizilo’ngachning orqasidan kesib o’tadi, so’ngra, chap mediastinal plevrasi bo’ylab VII bo’yin umurtqasining ko’ndalang o’sig’igacha boradi. Bu joyda u aorta yoyini orqadan oldinga qarab kesib o’tgach, chap o’mrov osti venasini ham kesib o’tib, Pirogovning chap vena burchagiga yoki chap o’mrov osti venasiga borib quyiladi.

Tananing o’ng tomonidagi diafragmadan yuqorida joylashgan a`zolardan limfa suyuqligi o’ng limfa yo’li (ductus lymphaticus dexter) ga ochiladi. Uning uzunligi 10-12 sm bo’lib uchta: o’ng bo’yinturuq (truncus jugularis dexter), o’ng o’mrov osti (truncus subclavius dexter) va o’ng bronx-ko’ks oralig’i (truncus bronchomediastinalis dexter) limfa yo’llaridan hosil bo’ladi. Bulardan o’ng bo’yinturuq limfa yo’li bo’yin hamda boshning o’ng tomonidan, o’ng o’mrov osti yo’li – o’ng qo’ldan, o’ng bronx – ko’ks oralig’i yo’li ko’krak qafasining hamda uni o’ng tomonida joylashgan a`zolardan limfa suyuqligini yig’adi. Keyinchalik bular o’zaro qo’shilishib, o’ng o’mrov osti venasiga yoki o’ng vena burchagiga ochiladi. Uning ochilish joyida yarim oysimon ikki tavaqali klapani bo’ladi.



Toq va yarim toq venalari (vv. azygos et hemiarygos). Toq vena ko’ks oralig’ida joylashib, dumg’aza venalaridan boshlanadi va bel venasi (v. Lumbalis ascendens dexter) ga quyiladi. Bu vena yuqoriga ko’tarilib, V bel umurtqasining o’ng tomonida kichik bel mushagining orqasidan o’tadi. O’rta chiziqqa yaqinlashgach, u diafragmaning medial va o’rta oyoqchalari orasidan o’tib, ko’krak bo’shlig’iga kiradi va toq vena nomini oladi. Ko’krak sohasida ham umurtqalarning o’ng tomonidan ko’tarilib, qovurg’alararo arteriyaning oldida, ko’krak limfa yo’lining o’ng va orqa tomonida hamda qizilo’ngachning orqasida yotadi. IV - V ko’krak umurtqalarining ro’parasida toq vena o’ng bronxni kesib o’tib, yuqori kovak venaga ochiladi.

Toq vena o’ng tomondagi 9 ta pastki qovurg’alararo venalardan vena qonini qabul qiladi. Bundan tashqari, toq vena qizilo’ngach, bronx hamda mediastinal venalaridan ham qon yig’adi.


Uning yuqori kovak venaga quyiladigan joyiga 1 –12 qovurg’alararo venalari (v. intercostalis superior dextra) o’zaro qo’shilishib ochiladi.

Yarim toq vena ham ko’tariluvchi chap bel venalari (v. Lumbalis ascendens sinistra) ning davomi bo’lib, toq venadek yuqoriga ko’tarilgach, diafragmaning chap ichki va tashqi oyoqchalari orasidan o’tadi. So’ngra orqa ko’ks oralig’iga yetgach, ko’krak umurtqalari tanasining chap tomoniga o’tib, ko’krak aortasi bilan simpatik poya (truncus sympathicus) lar orasida joylashadi. U VII - VIII ko’krak umurtqalarining ro’parasida o’ng tomonga o’tib, toq venaga quyiladi. Yarim toq vena o’z yo’lida pastki qovurg’alararo venalarni qabul qiladi. Ayrim hollarda yuqori yarim toq venasi uchraydi. Uning hosil bo’lishida yuqorigi chap qovurg’alararo venalari qatnashadi. Bu vena keyinchalik pastki yarim toq venalariga quyiladi.

Toq va yarim toq venalar pastki va yuqori kovak venalarni o’zaro birlashtirib, kova - kovаl anastomozini hosil bo’lishida katta ahamiyatga ega bo’lib, yuqorigi yoki pastki kovak venalari funksiyasi buzilganda uning xizmati kattadir.



Ko’krak simpatik poya (stvol) si (truncus sympathicus) simpatik tugunlarning 11 -12 tasini o’z ichiga oladi. Bu tugunlar tugunlararo tolalar orqali o’zaro birlashib, ko’krak ichki fastsiyasi (fascia endothoracica) va qovurg’a plevrasi bilan yopilib turadi. U qovurgalararo arteriyalardan oldinda, toq venadan tashqrida, qovurg’a boshchalarining oldingi sohasida o’tadi. Bunda toq vena (o’ngda) va yarim toq vena (chapda) uning ichki tomonida o’tadi. Simpatik poyaning V - IX tugunlaridan ichki a`zolarga boruvchi katta nerv (n. splanchicus major) tolasi hosil bo’lib, u pastga qarab yo’naladi va yo’l - yo’lakay umurtqalar tanalarining ikki yon tomonida bir - biri bilan qo’shilib, bitta poyani hosil qiladi. Keyinchalik bu tutam diafragmaning tashqi oyoqchasidan tashqarida hosil bo’lgan teshikdan o’tib, qorin bo’shlig’ida quyosh chigali (plexus Solaris) ni hosil qilishda qatnashadi. Ichki a`zolarga boruvchi kichik nerv (n. splanchicus minor) simpatik poyaning X - XI tugunlaridan hosil bo’ladi. Bu ham ichki a`zolarga boruvchi katta nerv kabi diafragmaning tashqi oyoqchasidan tashqarida hosil bo’lgan teshikdan toq (o’ngda) va yarim toq (chapda) venalari bilan birga qorin bo’shlig’iga o’tib, quyosh chigaliga qo’shiladi.

Bundan tashqari, simpatik poyaning tarmoqlari adashgan nervlar bilan birga qo’shilib, ko’krak bo’shlig’ining nerv chigalini


hosil bo’lishida qatnashadi. Bulardan qovurg’alararo nervlariga qo’shuvchi tolalar chiqib, ularni o’zaro birlashtiradi. Simpatik poya

pastga yo’nalib, diafragmaning tashqi oyoqchasidan tashqarida joylashgan teshikdan o’tgach, qorin parda orqasi sohasiga chiqadi.

TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1. Ko’krakning oldingi devori qanday qavatlardan iborat?

2. Qovurg’alar orasidagi qovurg’alararo arteriya, vena va

nervlarning o’zaro joylashish munosabati qanday?

3. Oldingi va orqangi qovurg’alar orasidan venoz qon qayerga

oqib ketadi?

4. Sut bezining tuzilishi va topografiyasi qanday?

5. Sut bezining fassial qobig’i qanday hosil bo’ladi?

6. Sut bezining qon va nerv bilan ta`minlanishi qanday?

7. Sut bezi limfa yo’llarining xususiyati qanday?

8. Parietal plevra qanday qismlarga bo’linadi?

9. Plevra sinuslari qanday hosil bo’ladi?

10. O’pkalar darvozasidan nima o’tadi? O’ng va chap o’pka

ildizi elementlarining o’zaro munosabati qanday?

11. O’pka segmenti nima va ularda nechta segmentlar bor?

12. Kuks oralig’i nima?

13. Kuks oralig’ining qanday devorlari mavjud?

14. Kuks oralig’ining oldingi qismida qanday a`zolar joylashgan?

15. Yuqori kovak venasi qanday venalardan tashkil topgan va

uning topografiyasi?

16. Aorta bilan o’pka arteriyalari orasidagi o’zaro munosabatlar

qanday?

17. Yuqoriga ko’tariluvchi aorta bilan yuqori kovak vena orasidagi

o’zaro munosabatlar qanday?

18. Aorta yoyi, kekirdak va bronxlar orasidagi o’zaro

munosabatlar qanday?

19. Kuks oralig’ining orqa qismida qanday a`zolar

joylashgan?

20. Kuks oralig’ining orqa qismidagi qizilo’ngach bilan pastga

tushuvchi aorta orasidagi o’zaro munosabatlar qanday?

21. Adashgan nerv qanday o’tadi va uning qizilo’ngach bilan

o’zaro munosabati qanday?

22. Ko’krak limfa yo’li qanday o’tadi?

23. Toq va yarim toq venaning topografiyasi qanday?

24. Orqa kuks oralig’idagi simpatik poyaning joylashuvi qanday?

25. Yurak xaltasining ko’ndalang va qiyshiq sinuslari qayerda

joylashgan?

26. Yurakning chegaralari, skletga nisbatan joylashuvi va

proektsiyasi qanday aniklanadi?

27. Ko’krakning oldingi devoriga yurakning qaysi qismlari tegib

turadi?


28. Botallov yo’li nima?

29. Diafragmaning mushak bo’limi qanday uch qismga

bo’linadi?

30. Diafragmaning qanaqa uchburchaklarini bilasiz?

31. Diafragmaning aorta teshigi qanday hosil bo’ladi va undan

nima o’tadi?

32. Diafragmaning qizilo’ngach teshigi qanday hosil bo’ladi?

33. Diafragmaning oyoqchalari orasidan qanday arteriyalar va

venalar o’tadi?

VI BOB

QORINNING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI
Qorin, qorin devorlari (parietes abdominis) va qorin bo’shlig’i (cavitas abdominis) dan iborat. Qorin bo’shlig’i ham o’z navbatida qorin pardaning pariyetal varaqlari bilan o’ralib turgan qorinparda bo’shlig’i (cavitas peritonei) dan hamda, qorinparda bilan bel umurtqalari oldidagi mushaklarni yopib turgan fastsiya (fascia endoabdominalis) lar orasidagi bo’shliq - qorinparda orqasidagi bo’shliq (spatium retroperitonealis) dan iborat. Topografik anatomiya nuqtai nazaridan bularning hammasini alohida-alohida o’rganish maqsadga muvofiqdir.

Qorin oldingi - yon devorining topografiyasi.

Qorinning oldingi - yon devorlari yuqoridan to’sh suyagining xanjarsimon o’sig’idan, qovurg’a yoylari bo’ylab qo’ltiq osti o’rta chizig’igacha, pastdan - qov suyagining ustidan, chov boylamlari orqali yonbosh suyagining oldingi yuqori o’tkir o’sig’igacha o’tkazilgan chiziqqa to’g’ri keladi. Uning ikki yon tomondagi chegarasini qo’ltiq osti o’rta chizig’idan yonbosh suyagigacha davom etgan chiziq tashkil qiladi. Ammo, qorin oldingi yon devorining bu chegarasi, qorin bo’shlig’ining chegarasiga to’g’ri

kelmaydi. Bunga yuqorida diafragma gumbazining ko’krak qafasi tomoniga bo’rtib ko’tarilishi va pastda qorin pardaning chanoq bo’shlig’iga ancha kirib borishi sabab bo’ladi.

Qorin bo’shlig’ida joylashgan a’zolarning teridagi tashqi tasvirini aniqlash va ularni o’zaro topografik - anatomik munosabatini o’rganish maqsadida qorinning oldingi devorini ikkita ko’ndalang (gorizontal) chiziqlar yordamida uchta sohaga va ikkita tik (vertikal) chiziqlar orqali yana 9 ta sohaga bo’lib o’rganiladi. Bunda, ko’ndalang chiziqlarning bittasi (yuqorigi), ikkala X qovurg’a yoyining pastki qirralarini o’zaro birlashtiradi va bu chiziq Linea bicostarum deyiladi. Ikkinchisi (pastki) - ikkala yonbosh suyaklarining oldingi yuqori o’siqlarini birlashtiradi va bu chiziqqa Linea bispinarum deyiladi. Natijada qorinning oldingi devorida uchta soha hosil bo’lib, yuqori gorizontal chiziqdan ustki sohaga - qorin bo’shlig’i usti (epigastrium), ikkala gorizontal chiziqlar orasidagi sohaga - qorin bo’shlig’i (mesogastrium) va pastki gorizontal ostidagi sohaga - qorin bo’shlig’i osti (hypogastrium) sohalari deyiladi. Ikkita o’ng va chap (vertikal) chiziqlar, qovurg’a yoylaridan qorin to’g’ri mushaklarining tashqi qirralari bo’ylab qov suyagining do’ngliklariga qarab o’tkaziladi. Buning natijasida qorinning oldingi devoridagi uchta soha yana har qaysisi uchtadan 9 ta mayda sohalarga bo’linadi. Bunda qorin bo’shlig’i usti sohasi - qorinustki (reg. epigastrica) hamda o’ng va chap qovurg’a yoylari osti (reg. hypochondrica dextra et sinistra) sohalariga, qorin bo’shlig’i sohasi - kindik (reg. umblicalis) hamda o’ng va chap qorin yon (reg. lateralis dextra et sinistra) sohalariga, qorin bo’shlig’i osti sohasi - qovuq (reg. pubica) hamda o’ng va chap chov (reg. inguinalis dextra et sinistra) sohalariga bo’linadi. (41-rasm)

Endi bu sohalarda joylashgan qorin a’zolari bilan tanishib chiqadigan bo’lsak, qorin bo’shlig’i ustki sohasining o’rta sohasida jigarning chap bo’lagi, me’da, kichik charvi, o’ng qovurg’a yoyi sohasida — jigarning o’ng bo’lagi bilan o’t pufagi, o’n ikki barmoq ichakning yuqori qismi va ko’ndalang chambar ichakning o’ng egriligi joylashadi. Chap qovurg’a yoyi sohasi­da — taloq bilan ko’ndalang chambar ichakning chap egrili­gi joylashadi. Shuningdek, qorin bo’shlig’ining kindik sohasida ingichka ichak qovuzloqlari, me’daning katta eg­riligi, ko’ndalang chambar ichak, katta charvi, me’da osti bezi; o’ng yonbosh sohasi­da - yuqoriga ko’tariluvchi
chambar ichak, ingichka ichak qovuzloqlarining bir qismi va o’ng buyrak bilan siydik yo’li joylashadi. Chap yonbosh sohasida esa pastga tushuvchi chambar ichak, ingichka ichak qovuzloqlarining bir qismi bilan chap buyrak va siydik yo’li joylashadi.

Qorin bo’shlig’i pastki sohasining qovuq usti sohasida ingichka ichak qovuzloqlari, qovuq, (to’lgan holatida), kattalashgan bachadon joylashadi. O’ng chov sohasida - ko’r ichak o’zining chuvalchangsimon o’simtasi bilan va chap chov sohasida «S» simon ichak joylashadi.

Yuqorida keltirilganlardan ko’rinib turibdiki, qorin oldingi devorining mazko’r chiziqlar yordamida sohalarga bo’linishi, u yerda joylashgan ichki a’zolarning tashqi tasvirini shu sohalarda bexato aniqlanishiga yordam beradi.

Qorin oldingi devorining terisi yupqa va cho’ziluvchan bo’ladi. Bu hol homiladorlikda, assit, meteorizm va boshqa kasalliklarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Uning yuqori kindikkacha sohasi oxirgi 6 juft qovurg’alararo nervlari, pastki sohasi – yonbosh - qorinosti

(n. iliohypogastricus) va yonbosh - chov (n. ilioinguinalis) nervlari bilan innervasiyalanadi. Qovurg’alararo nervi qorinning ichki qiyshik, va ko’ndalang mushaklari orasidan kelib, teriga lateral teri nervi (rr. cutaneus lateralis nn. intercostalis) tarmoqlarini beradi. Qovurg’alararo nervlar qorin devorining oldingi sohasiga o’tib, qorin to’g’ri mushagi qinining orqa devoriga boradi va unga tarmoqlar bergach, pay devorini teshib, qorin to’g’ri mushagi qinining oldingi devoriga chiqadi. Unga ham o’z tolalarini bergach, terining oldingi nervlari (rr. cutanei ventralis nn. intercostalis) sifatida yuzaga chiqadi. Bu nervlar teri bilan bir qatorda qorin oldingi - yon mushaklarini va qorin pardani ham innervasiya qiladi.



Sohaning teri osti yog’ qavati kishining yoshiga, jinsiga, oriq - semizligiga qarab har xil bo’ladi. U ayniqsa qorinning pastki qismlarida ko’proq yig’ilib, kindik atroflarida juda kam bo’ladi. Yog’ to’qima ichidan yuza qon tomirlar o’tadi. Ular asosan sohaning kindikdan pastida son arteriyasidan chiquvchi yuzaki arteriyalar: qorinning tepasidagi yuza arteriya (a. epigastrica superficialis), yonbosh suyagini o’rab turuvchi yuza arteriya (a. circumflexa ilium superficialis) va tashqi uyatli arteriya (aa. pudendae externa )lar bo’lib, bularning birinchisi chov boylamining o’rta qismidan yuqoriga ko’tarilib, kindik sohasiga qarab yo’naladi. Ikkinchisi - tashqi tomonga, chov sohasiga va uchinchisi - medial, qov sohasi tomonga qarab yo’naladi. Kindikdan yuqori sohani pastki 6 juft qovurg’alararo arteriyalarning hamda bel arteriyasining tarmoqlari qon bilan ta’minlab, ular yuqoridan pastga - kindik sohasigacha tushib keladi.

Yuqoridagi nomlari keltirilgan arteriyalarni shu nomli venalari bo’lib, kindikdan pastdagi sohani vena qoni, son venasiga va u orqali tashqi yonbosh venasidan, pastki kovak venaga quyiladi. Kindikdan yuqori sohani vena qoni - qovurg’alararo hamda ko’krak - qorinusti (vv. thoracoepigastricae) venalari orqali, yuqoriga - toq venalarga, ular orqali yuqori kovak venaga quyiladi.



Qorin devorining yuzaki venalari qorin devorida o’zaro qalin anastomozlar hosil qiladi. Vena qonini yuqoriga - yuqori kovak venaga olib ketuvchi venalar bilan, pastki kovak venaga olib ketuvchi venalar orasidagi bunday anastomozlarga «kavo - kaval» anastomozi deyiladi. Bundan tashqari, bu sohada qopqa vena (v. portae) ga borib quyuvchi kindik venalari bilan yuqori va pastki kovak venaga quyuvchi qorinning yuzaki venalari orasida ham anastomoz hosil bo’ladi. Bunday anastomozga «porta - kaval» anastomo­zi deyiladi.

Bu anastomozlarning klinikada ahamiyati juda katta. Chunonchi, jigar sirrozi tufayli qopqa venasi orqali qonning o’tishi qiyinlashsa, uning vazifasini kava - kaval anastomozlari bajaradi. Natijada qorin teri ostidagi venalardan mo’tadildan ko’p qon o’tib, venalarning dimlanishiga, ularning yo’g’onlashib bo’rtib chiqishiga, vena chigallarining yaqqol ko’zga tashlanishiga (meduza boshi) olib keladi.



Qorin devorining yuzaki fastsiyasi (fascia superficialis abdominis) tana umumiy yuzaki fastsiyasining davomi bo’lib, qorinning pastki sohalarida ko’pincha ikki varaqdan iborat bo’ladi.

Uning yuzaki varag’i sonning oldingi yuzasiga o’tib ketadi, chuqur varag’i bo’lsa - songa o’tmasdan, chov boylamiga birikadi va medial tomonda - yorg’oq, erkaklik olati va oraliq sohalariga borib, ularning yuzaki fastsiyasini hosil qiladi. Qorin tashqi qiyshiq mushagining xususiy fastsiya­si shu mushakni yopib, pastga qarab yo’naladi va chov boylamiga birikadi. Bu fastsiyaning bir qismi yorg’oqqa tushib, Ko’per fastsiyasini (fascia cremasterica Coopery) hosil qiladi.

Qorin oldingi - yon devori mushaklaridan eng kattasi va yuzaki yotgani, uning tashqi qiyshiq mushagi (m. obliquus externus abdominis) dir. Bu mushak o’zining tishlari bilan oxirgi 7 juft qovurg’alarning yon tomonlaridan va bel - ko’krak fastsiya (fascia thoracolumbalis) laridan boshlanib, yuqoridan pastga, orqadan oldinga qarab yo’naladi va yonbosh suyagi tashqi qirrasining 2/3 qismiga birikib, qorinning oldingi - o’rta sohasiga qarab yo’naladi.

Qolgan qismi esa yassi pay aponevroziga aylanib, qorinning to’g’ri mushagi (m. rectus abdominis) ustidan o’tib qarama - qarshi tomondagi shu nomli mushak aponevrozi bilan qo’shilib oq chiziq (linea alba) ni hosil qiladi. Bu mushak tutamlarining yo’nalishi qovurg’alararo mushaklar tolalarining yo’nalishiga o’xshaydi. Qorin tashqi qiyshiq mushagi aponevrozining pastki erkin qismi qov do’mbog’i (tuberculum pubicum) yonbosh suyagining oldingi yuqori o’tkir o’sig’i bilan (spina iliaca anterior superior) orasida tortilib, tarnovsimon ariqcha hosil qiladi. Bu ariqchaning tubi hiyla mustahkam bo’lib, oldi va orqa chetlaridan ajralib turadi. Chov boylami (ligamentum inguinale) deb shunga aytiladi. Demak, chov boylami pishiq chandir shaklidagi boylam bo’lib, qorin tashqi qiyshiq mushagi aponevrozining pastki qalinlashgan shakldagi va bir oz qayrilgan chekkasidir.

Chov boylamining qov suyagi dumbog’iga birikuvchi medial uchidan davom etgan fibroz tolalar pastga qarab qov suyagining o’tkir qirrasiga qayrilib, kovak boylami (lig. lacunare) ni hosil qiladi.

Uning ostida qorinning ichki qiyshiq mushagi (m. obliqu­us internus abdominis) joylashib, u bel-ko’krak fastsiyasidan, yonbosh suyagining qirrasidan hamda chov boylamining tashqi 2/3 qismidan boshlanib, XII - XI va X qovurg’alarning pastki chekkasiga yopishadi. Bu mushak qorinning tashqi mushagi bilan deyarli yopilib turadi (bel sohasi bundan mustasno) va undan kichikroqdir.

Uning mushak tolalari (boshlangan joyiga. qarab) ko’ndalang, yuqoridan pastga qaragan yo’nalishga ega bo’lib, qorinning to’g’ri mushagi chetiga yaqinlashgach, serbar pay aponevroziga aylanadi va ikki varaqqa bo’linib, qorin to’g’ri mushagi qinining oldingi va orqa devorlarini hosil qilishda ishtirok etib, qorin oq chizig’ini hosil qilishda qatnashadi.



Qorin ichki qiyshiq mushagining ostida uning ko’ndalang mushagi (m. transversus abdominis) joylashib, u pastki oltita qovurg’aning ichkari yuzasidan (tishlar bilan) va ko’krak - bel fastsiyasining chuqur varag’idan hamda yonbosh suyagi qirrasining ichki labidan boshlanib, oq chiziqqa yopishadi. Mushak tolalari orqadan oldinga va ko’ndalangiga yo’nalib, aponevrozga aylanadi. Ularning aponevrozga o’tish yeri tashqariga qarab yoysimon chiziqni (linea arcuata) hosil qiladi. Qorin ko’ndalang mushagining ayrim tolalari, qorin ichki qiyshiq mushagi tutamlari bilan birgalikda chov kanalining tashqi (teri osti) teshigidan o’tib, moyakning ustki chetiga borib yopishadi va moyakni ko’taruvchi mushak (m. cremaster) ni hosil qiladi.

Hali yuqorida yozganimizdek, qorin uch juft serbar mushaklarining aponevrozlari qorinning o’ng va chap to’g’ri mushaklarining o’rtasida, to’sh suyagi xanjarsimon o’sig’idan, qov suyagigacha bo’lgan masofada aponevrozlar birlashmasi - qorinning oq chizig’i (linea albae) ni hosil qiladi.

Oq chiziqning eni yuqorida kengroq (2,0 - 2,5 sm) bo’lsa, kindikdan bir oz pastda keskin torayadi, ammo qalinligi ortadi. Oq chiziqning taxminan qoq o’rtasida, kindik halqasi (anulus umbilicalis) bor. Oq chiziq qov sohasiga kelganda, qov suyaklarining yuqori chekkasiga uchburchak shakliga o’xshab kengaygan holda birikadi.



Qorin oq chizig’ining ikkala yon tomonlarida qorin to’g’ri mushaklari (m. rectus abdominis) o’tadi. Bu mushaklar V - VI va VII

qovurg’alar tog’ay qismlarining tashqi yuzasidan va xanjarsimon o’simtadan boshlanib, qov suyagining yuqori chekkasiga birikadi. Qorin to’g’ri mushaklari uzunasiga yo’nalgan baquvvat mushak tutamlaridan iborat bo’lib, uch-to’rt yerida pay belbog’lari (intersectiones tendineae) bor. Pay belbog’larining ikkitasi kindikdan yuqorida, uchinchisi esa - kindik sohasida bo’ladi. Pay belbog’lari funksional jihatdan katta ahamiyatga ega.

Mushaklarning pay belbog’lari bo’ylab, uning qon tomirlari va nervlari o’tadi. Ular asosan qovurg’alararo qon tomir va nervlarning tarmoqlaridir. To’g’ri mushak pishiq fibroz xalta (vagina musculi recti abdomini) - to’g’ri mushak qini ichida joylashgan (42-rasm).

Qorin to’g’ri mushaklarining qini, qorin serbar mushaklari­ning aponevrozlari hisobiga hosil bo’ladi. Bunda to’g’ri mushak qinining oldingi va orqa devorlari yuqori va pastki sohalarida bir xil emas. Chunonchi, yuqori qismida, kindikdan yuqorida, qorinning tashqi qiyshiq musha­gining aponevrozi tuo’g’ri mushakning old tomonidan, ko’ndalang mushak aponevrozi esa orqa tomonidan o’tadi. Qorin ichki qiyshiq mushagining aponevrozi to’g’ri mushakning lateral

qirg’og’iga kelganda ikki varaqqa bo’linib, bittasi uning old tomonidan, ikkinchisi esa orqa tomonidan o’tib, tashqi qiyshiq va ko’ndalang mushaklar aponevrozlariga tutashib ketadi. Kindikdan 4 – 5 sm pastroqda, uchala serbar mushaklarning aponevrozlari to’g’ri mushakning oldingi tomonidan o’tib, oldingi devorni hosil qiladi. Natijada qinning orqa devori ko’ndalang fastsiyadan (fascia trans­versalis) iborat bo’lib qoladi. Qinning orqa devori ana shu sohada pastdan yuqoriga qaragan botiq yarimoysimon chiziq (linea arcuata) bilan keskin chegara hosil qilib o’tadi.



To’g’ri mushaklar qinining oldingi devorida pay belbog’­lari bo’lganligi sababli, har xil yallig’lanish jarayonlari, gematomalar belbog’lar orasida chegaralanib, boshqa joyga tarqala olmaydi. Aksincha, orqa devorida pay belbog’lari bo’lmaganligi sababli, u yerdagi patologik jarayonlar mushak yoki qon tomirlar bo’ylab tarqalib ketish xususiyatiga ega bo’ladi.

Qorin to’g’ri mushagining orqa tomonidan ancha katta qon tomirlar o’tadi. Bular, uning yuqori sohasidagi, qorin tepasidagi ustki (a. epigastrica superior) hamda qorin tepasidagi pastki (a. epigastrica inferior) arteriyalardir. Oxirgi arteriya tashqi yonbosh arteriya (a. iliaca externa) sining, birinchisi esa o’mrov osti (a. subclavia) arteriyasining tarmoqlaridir. Qorin tepasidagi ustki va pastki arteriyalar o’zaro anastomozda bo’lib, o’mrov osti arteriyasi bilan tashqi yonbosh arteriyalarni bir - biriga ulab turadi. Bu arteriyalarning shu nomli venalari o’rtasidagi anastomozlar esa pastki kovak vena bilan ustki kovak venani bir - biriga ulab «kavo - kaval» anastomozlarini hosil qiladi.

Qorin ko’ndalang mushagidan so’ng qorin bo’shlig’ining ichki fastsiyasi (fascia endoabdominalis) keladi. U qorin devorining ichki tomonini hamma yoqdan o’rab, qaysi sohani qoplasa, o’sha joyning nomi bilan ataladi. Chunonchi, uning ko’ndalang mushakni yopgan qismi, ko’ndalang fastsiya (fascia transversalis), kvadrat mushakni yopgan qismi - kvadrat fastsiya (fascia quadrata), diafragmani yopgan qismi - diafragma fastsiyasi (fascia diaphragmatica) va h. k. deyiladi. Bu fastsiya yon tomonlardan chov boylamlariga, o’rtadan - simfizga birikadi.

Qorin ko’ndalang fastsiyasining ostida yumshoq to’qima joylashib, u ko’ndalang fastsiyani qorin pardadan ajratib turadi. Bu yog’ to’qima qavatlari (tela subserosa) qorinning pastki sohalarida qalin joylashib, yon tomonlarda qorin parda orqasida joylashgan

siyrak to’qimalarga (textus cellulosus retroperitonealis) qo’shilib ketadi.

Bu siyrak yog’ to’qimasini qorin pardaning oldida joylashgani uchun qorin parda oldi yog’ to’qimasi ham deb ataydilar. Uning ichidan ikkita qon tomiri: qorin tepasidagi pastki arteriyasi va yonbosh suyagini o’rab turuvchi chuqur arteriya (a. epigastrica inferior et a.circumflexa ilium profunda) lar o’tadi. Bularning ikkalasi ham tashqi yonbosh arteriyasining tarmoqlari bo’lib, birinchisi qorin to’g’ri mushagining tashqi qirrasiga yetgach, ko’ndalang fastsiyani teshib o’tib, qorin to’g’ri mushagining orqa yuzasi orqali kindikkacha boradi va qorin tepasidagi ustki arteriya (a. epigastrica superior) bilan anastomoz hosil qiladi. Bundan tashqari, u bel hamda qovurg’alararo arteriyalar bilan ham birlashib, qorin oldingi devoridagi mushaklarni va terini qon bilan ta’minlashda ishtirok etadi. Qorin tepasidagi pastki arteriyaning boshlanish qismlaridan moyak xaltasining mushak arteriya (a. crimasterica) si chiqadi. Bu arteriya chov kanaliga o’tib, erkaklarda moyakni ko’taruvchi mushak (m. crimaster) ni, urug’ tizmasi qobig’ini va yorg’oq terisini, ayollarda esa bachadonning yumaloq boylami bilan qinning katta labini qon bilan ta’minlaydi.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish