Ibn sino nomidagi nashriyot matbaa birlashmasi


TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR



Download 0,86 Mb.
bet7/21
Sana11.04.2020
Hajmi0,86 Mb.
#43957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
AGZAMOV-Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya


TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1. Dumba sohasida qanday mushaklar bor va ular qanday

joylashgan?

2. Dumba sohasida qon tomir va nervlar o’tishi uchun qanday

teshiklar bor?

3. Noksimon mushak osti va usti teshiklaridan qanday qon

tomir va nerv tutamlari o’tadi?

4. Chov boylami bilan chanoq suyaklari orasidagi bo’shliq nima

orqali va qanday qismlarga bo’linadi?

5. Mushak va tomirlar kovagidan (lakunasidan) nimalar o’tadi?

6. Son kanali ichki xalqasi nima va uning chegaralari qanaqa, uni

nimalar to’ldirib turadi?

7. Son kanali qaerda va uning qanday devorlari bor?

8. Son kanalining yuzaki (tashqi) va chuqur (ichki)

teshiklarini nimalar hosil qiladi (asl son churrasida)?

9. Sondagi Skarp uchburchagi qanday hosil bo’ladi?

10. Skarp uchburchagida qon tomir va nerv tutamlarining

topografiyasi qanday?

11. Son-tizza osti (Gunter) kanali qanday hosil bo’ladi?

12. Sonda quymich nervining topografiyasi qanday?

13. Sonning g’ilofli tuzilishi qanday?

14. Sonda yiringli jarayonning asosiy tarqalish yo’llari qanaqa?

15. Tizza bo’g’imini hosil qilishda qanday suyaklar ishtirok

etadi?

16. Tizza bo’g’imining burmalari qanday hosil bo’ladi?



17. Tizza osti chuqurchasining chegarasi qanday?

18. Tizza osti chuqurchasi tubini nima tashkil etadi?

19. Tizza osti chuqurchasida qon tomir va nerv tutamlarining

topografiyasi qanday?

20. Boldir mushaklari nechta fassial g’ilofdan o’tadi va ular

qanday hosil bo’lgan? Ularda qanaqa mushaklar yotadi?

21. Boldirning oldingi qon tomir va nerv tutamlarining

topografiyasi qanday?

22. Boldirning orqa qon tomir va nerv tutamlarining

topografiyasi qanday?

23. Oyoq panjasidagi teri, teri osti yog’ to’qimasi va oyoq kafti

aponevrozining anatomik tuzilish xususiyatlari qanday?

24. Oyoq kaftida qanaqa fassial g’iloflar bor?

25. Oyoq kaftining kanali qanday hosil bo’lgan va uning ichidan

nimalar o’tadi?

26. To’piq va tovon kanallari qanday hosil bo’ladi va ulardan

nimalar o’tadi?


III BOB

BOSHNING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI
Boshning pastki chegarasi iyak do’mbog’idan (protuberantia mentalis) pastki jag’ning pastki qirrasi orqali, uning yuqoriga ko’tariluvchi shoxining orqa sohasi bo’ylab, quloqning tashqi eshituv teshigiga, u yerdan bo’yinning yuqori chizig’i (linea nuchae superior) orqali ensa suyagining tashqi do’mbog’igacha (protuberantia occipitalis externa) o’tkazilgan chiziqlar bilan belgilanadi.

Bosh skeleti tashqi tomondan yumshoq to’qimalar bilan qoplanib turganligi sababli, undagi tashqi belgilarni (ensa suyagining tashqi dumbog’i, so’rg’ichsimon o’simta, yonoq suyagi, yonoq yoyi, ko’z kosasining chetlari, pastki jag’ning tanasi va h.k.) osonlikcha

paypaslab topish mumkin. Ammo kalla asosining pastki sohalari belgilarining hammasini ham paypaslab bilishning iloji yo’q.

Odatda kallani gumbaz (colvaria), asos (basis crani) va yuz sohalarga (reg. facialis) bo’lib o’rganadilar. Bunda, kallaning gumbaz va asos qismlari, yuz sohasidan k o’z kosasining ostidan yonoq yoyi orqali, quloqning tashqi eshituv teshigiga o’tkazilgan chiziq bilan ajraladi. Boshning gumbaz qismi bilan asosining o’rtasidagi chegara ko’z kosasining yuqori devori (margo supraorbitalis) b o’ylab, ensa suyagining tashqi do’mbog’iga o’tkazilgan chiziqqa to’g’ri keladi. Boshning tashqi va ichki asoslari (basis crani externa et interna) farq qilinadi.



Bosh gumbazi (fornix capiti yoki cranii). Boshning gumbazi quyidagi sohalarga bo’lib o’rganiladi: peshona – tepa - ensa, chakka va s o’rg’ichsimon o’simta sohalari. Oxirgi soha boshning asosida joylashmagan bo’lsa - da, ammo qavatlarining tuzilishi boshning gumbaz qisminikiga o’xshaganligi sababli, shu soha tarkibiga kiritilgan.

Peshona - tepa -ensa sohalari (reg. frontoparietooccipitalis). Oldindan ko’z kosasining yuqori qirrasi bilan, orqadan-bo’yinning yuqori chizig’i bilan, yon tomonlardan - chakkaning yuqori chizig’i (linea temporalis superior) bilan chegaralanadi. Terisi ancha qalin, deyarli hamma joyi soch bilan qoplangan bo’lib, kamharakatchan va ostidagi aponevroz qalpoqqa (galea aponeurotica) mustahkam birikkandir. U yog’ hamda ter bezlariga juda ham boy, shuning uchun ham, yog’ bezlarining chiqaruv teshigi bekilib qolganda retentsion kistalar (sariq suv yig’ilgan o’sma) - ateromalar hosil bo’ladi.

Teri osti yog’ qavati yupqa bo’lib, teridan aponevroz qavatga qarab o’tgan ingichka fibroz pay tolalari orqali alohida bo’laklarga bo’lingan bo’ladi. Shu sababli bu yerda ayrim - ayrim katakchalar hosil bo’lib, yog’ to’qimalari bilan to’lib turadi. Shuning uchun ham jarohatlar natijasidagi qon quyilishlar bu sohada cheklangan bo’ladi. Faqat peshona sohasi bundan mustasno. U yerdagi teri osti yog’ t o’qimasi g’ovak bo’lib, ko’z yuqori qovog’ining yog’ to’qimasi bilan qo’shilgan bo’ladi. Peshona sohasi jarohatlanganda ko’z yuqori qovog’ining qontalashib ketishini sababini ham shu bilan isbotlash mumkin.

Boshning tepasida joylashgan fibroz pay plastinkasi suyak usti pardasiga uncha yaxshi yopishmay, undan yupqa yog’ to’qimasi orqali ajralib turadi. Shuning bilan birga, bu qavat teri bilan

mustahkam birlashib, har xil jarohatlarda bosh suyagidan teri bilan birga ko’chib chiqish xususiyatiga ega. Boshning teri osti yog’ qavatida uning qon-tomir va nerv tutamlari o’tadi (25- rasm). Bularning adventitsiya qavatlari yog’ to’qimalarini kataklarga bo’ladigan fibroz - pay tolalar bilan birlashgan bo’lib, tomirlar jarohatlanganda yopilmasdan, ko’p qon ketishiga sabab bo’ladi.

Peshona sohasini yog’ to’qimasida ko’z kosasining ustki (a. supraorbitalis) va g’altak usti (a. supratrochlearis) arteriyalari bilan shu nomdagi vena va nervlari o’tadi. Bular boshning ichidan ko’z kosasining tepa tomondagi yorig’i (incisura supraorbitalis) dan chiqib keladi. Arteriyalarning ikkalasi ham ko’z arteriyasining (a. ophtalmica) tarmog’i bo’lib, ichki uyqu arteriyasi tarkibiga kiradi. Bulardan g’altak usti arteriyasi shu nomdagi nerv bilan (n. supratrochlearis) birga, o’rta chiziqqa yaqin - undan 1,5 - 2 sm chekkaroqda o’tadi. Ko’z kosasining ustki arteriyasi esa shu nomdagi nerv – (n. supraorbitalis) bilan - ulardan 0,5 sm tashqarida o’tadi.

Nervlarning ikkalasi ham peshona nervining (n. frontalis) tarmog’i, u esa o’z navbatida, uch shoxli nerv birinchi tarmog’ining ko’z nervi (n. ophthalmicus) shoxidan chiqadi. Yuzaki chakka arteriyasining (a. temporalis superficialis) asosiy tarmog’i bilan,


quloq - chakka nervining (n. auricula - temporalis), birgalikdagi tashqi tasviri quloq teshigi tashqi tomonidagi do’mboqda (tragus) tushirilgan vertikal chiziqqa to’gri keladi. Chakka yuzaki arteriyasining oxirgi tarmoqlari peshona va tepa (r. r. frontalis et parietalis) arteriya tarmoqlaridir.

Quloqning orqa qon tomirlari (a. et v. auriculares posterior) va quloqning orqa nervi yuz nervining tarmog’i quloq suprasi birikkan joyning orqa yuzasiga parallel holda yotadi. Ensa arteriyasining (a. occipitalis) bosh gumbazidagi tashqi tasviri, so’rg’ichsimon o’simta bilan ensa suyagining tashqi do’mbog’I o’rtasiga to’g’ri keladi.

Ensaning katta nervi, ensa qon tomirlari bilan birga o’tib, ikkinchi bo’yin nervining orqa tarmog’i bo’lib hisoblanadi. Quloqning orqa va ensa arteriyalari tashqi uyqu arteriyasining tarmoqlari bo’lib hisoblanadi. Quloq suprasi birikkan joyining yuqori qismidan 3 - 3,5 sm orqada, kichik ensa nervining (n. occipitalis minor) - teridagi tasviri o’tadi. Teri osti yog’ qavatidagi venalar o’zaro birlashib, bu yerda qalin vena to’rini hosil qiladi (26- rasm). Bunda vena qoni peshona sohasidan asosan ko’zning yuqori venasi (v. ophthalmica) orqali g’orsimon sinusga oqadi. Tepa va ensa sohalaridan esa yuz hamda tashqi bo’yinturuq venalariga (v. v. facialis et jugularis externa) qarab ketadi.

Bosh gumbazidagi yumshoq to’qimalar venalari bilan, bosh suyak plastinkalari orasidagi diploik venalarining bosh miya qattiq pardasidagi sinuslar bilan o’zaro anastomozlari bor. Shunday qilib, bu venalarning hammasi ma`lum bir vena sistemasini tashkil qiladi. Bu esa o’z navbatida bulardagi qon aylanish sistemasini kalla ichidagi bosimning o’zgarishi bilan bog’liq qilib qo’yadi. Venalardagi klapanlarning yo’qligi esa teri, teri osti yumshoq to’qimalaridagi infeksiyaning bosh suyagiga hamdа sinuslarga tarqalishiga, bosh miyada meningit va abssesslarning sodir bo’lishiga sabab bo’ladi.

Sohaning limfa suyuqligi uch guruh limfa tugunlariga borib quyiladi: a) quloq oldi yuzaki va chuqur limfa tugunlariga (nodi lymphatici parotidei superficialis et profundi); b) so’rg’ichsimon o’simta limfa tugunlariga (nodi lymphatici mastoidei); va v) ensa limfa tugunlariga (nodi lymphatici occipitalis). Bularning birinchisi - boshning peshona sohasidan, ikkinchisi - tepa sohasidan va uchinchisi - tepa hamda ensa sohalaridan limfa suyuqliklarini qabul qiladi.


Teri osti yog’ to’qimasidan keyin boshning aponevroz qalpog’i (galea aponeurotica) keladi. Bu ensa-peshona mushaklari (m. occipitofrontalis) hamda kalla suyagini yopib turgan aponevroz bo’lib, u bilan bosh suyagi orasida yupqagina yog’ to’qimasi joylashgan aponevroz osti bo’shlig’i bor. Bu bo’shliq oldindan - peshona mushagining ko’z kosasi usti qirrasiga yopishgan joyigacha, orqadan - yuqorigi bo’yin usti chizig’igacha (ensa mushagining yopishgan joyigacha) davom etadi. Aponevroz qalpoqning yuzaki varag’i chakka sohasining yuzaki fastsiyasi bilan birikadi, chuqur varag’i – chakka - tepa mushaklari (m. temporoparietalis) qo’shiladigan chiziq bo’ylab suyak usti pardasiga mustahkam yopishadi va kallaning ikki chakka sohalarida parda osti bo’shliqlarini chegaralab turadi. Shu joyning g’ovak yog’ to’qimasida ensaning emissar venalari o’tib, ularning bir uchlari teri osti venalari bilan, ikkinchi uchlari - miya qattiq pardasidagi yuqorigi sagittal sinus bilan anastomoz hosil qiladi. Natijada terida, teri ostida yoki aponevroz bo’shliqlaridagi yiringli jarayonlar shu aloqalar orqali bosh miya sinuslariga va bosh miyaga tarqalishi mumkin.

Suyak usti pardasi yupqa bo’lib, u bilan bosh suyagi orasida yupqagina yog’ qavati joylashadi. Suyak choklari bo’ylab, u suyakka


mustahkam yopishganligi tufayli, parda osti gematomalari shu choklar chegarasidan tashqariga tarqala olmaydi.

Sohaning suyak asoslarini peshona va tepa suyaklarining pallalari bilan ikkita ensa suyaklari tashkil etadi. Suyaklar: tashqi va ichki plastinkalardan (lamina externa et interna) tuzilib, ularning orasida g’ovak qavat (diploe) joylashadi. G’ovak qavatning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u venoz qon-tomir to’rlariga (diploik venalar) boy bo’lib, ular vena qonini bosh suyagidan qabul qiladi va bir tomondan boshdagi yumshoq to’qimalar venalari bilan anastomoz hosil qilsa, ikkinchi tomondan - miya qattiq pardalaridagi sinuslar bilan aloqada bo’ladi. Bularning bir-biri bilan aloqa qildirib turadigan oraliq venalariga - emissar venalar deyiladi. Bularni ichida doimo uchrab turadiganlaridan v. emissaria parietalis va v. emissaria mastoidea bo’lib, oxirgisi ancha katta ko’ndalang (sinus transversus) - yoki "S" simon (sinus sigmoideus) sinuslariga ochiladi. V. emissaria parietalis esa yuqori sagittal sinusga (sinus sagittalis superior) ochiladi. Bu venalar ham infeksiyani bosh miyagа o’tkazishga sababchi bo’la oladi.

Kalla suyagining ichki yuzasi silliq bo’lib, yaltiroq shishani eslatadi va bosh miyaning qattiq pardasiga (dura mater) tegib turadi. Peshona sohasidagi suyak plastinkalarining orasi biroz kengayib, ichkaridan havo o’tkazuvchi, shilliq qavat bilan qoplangan yo’lni hosil qiladi. Peshona suyagining kengaygan bu joyiga peshona suyagi bo’shlig’i (sinus frontalis) deyiladi.



Chakka sohasi (reg. temporalis). Sohani yuqoridan va orqadan - chakkaning yuqori chizig’i (lin. temporalis superior), oldidan - peshona suyagining yonoq o’simtasi bilan yonoq suyagining peshona o’simtasi, pastdan - yonoq suyagining yoyi (arcus zygomaticus) chegaralab turadi.

Terisi sohaning yuqori sohalarida bosh terisidagidek qalin, soch bilan qoplangan bo’lib, aponevrozli qalpoq bilan, fibroz tolalari orqali mustahkam birikkan bo’ladi. Pastki sohalarda esa u yupqa va harakatchandir. Umuman olganda, chakka sohasidagi teri osti yog’ to’qimasi yaxshi rivojlanmagan. Yuqori qismlarida zich, pastida esa siyrak rivojlangan bo’lib, uning ichidan chakkaning yuzaki arteriyasi (a. temporalis superficialis) shu nomdagi vena va quloq - chakka nervi (n. auricula temporalis - uchlamchi nervining uchinchi shoxchasi) bilan birga o’tadi. Yana bu sohadan yuz nervining harakat qildiruvchi chakka va yuz suyagi tarmoqlari (n. n. temporalis et zygomaticus) o’tadi. Sohaning teri osti yog’ to’qimalarida

quloqning oldingi va yuqori mushaklari yotib, ular yuz nervining tarmoqlari bilan innervatsiyalanadi.

Sohadan o’tayotgan chakkaning yuza qon tomirlari bilan quloq - chakka nervlari quloq oldi bezini teshib o’tib, quloq tashqi teshigining oldingi tomondagi do’mbog’i (tragus) oldi bo’ylab yuqoriga ko’tarilgach, ko’z kosasining yuqori qirrasi ro’parasida peshona va tepa tarmoqlariga bo’linadi. Bunda chakka yuzaki arteriyasining peshona tarmog’i (tashqi uyqu arteriyasidan) ko’z kosasining ustidagi arteriya (ichki uyqu arteriyadan) bilan anastomoz hosil qiladi. Shu arteriyaning tepa tarmog’i esa tashqi uyqu arteriyasidan chiquvchi ensa arteriyasi bilan o’zaro anastomoz hosil qiladi. Bulardan tashqari, chap chakka sohasining yuzaki arteriyasi, o’ng chakka sohasining yuzaki arteriyasi bilan ham anastomozda bo’ladi.

Chakka sohasi quloq - chakka nervidan tashqari yonoq - chakka nervining (n. zygomaticotemporalis) tarmog’i bilan ham (uchlamchi nervning ikkinchi tolasi) innervatsiyalanadi. Bu nerv ko’z kosasidan chiqib, yonoq suyagidagi shu nomdagi teshik orqali, chakka sohasining oldingi yuzasidagi teriga chiqadi. Yonoq suyagi yoyining oldingi yuqori uchligida, teri osti yog’ to’qimasidan peshona-ensa mushaklarini (m. occipitofrontalis) peshona qorinchasiga yuz nervining chakka tarmog’i (n.n. temporalis) bilan ko’zning aylanma mushagiga - yonoq tarmoqlari (n. n. zygomaticus) chiqib boradi.

Sohaning yuzaki limfa yo’llari quloq oldi va quloq orqasi limfa tugunlariga ochiladi. Yuzaki fastsiyasi bosh aponevroz qalpog’ining davomi bo’lib, pastda yuz sohasining yuqori qismlarigacha yetib keladi. Xususiy fastsiyasi (fascia temporalis) bu yerda ikkita: yuzaki va chuqur varaqlarga bo’linadi. Bularning ikkalasi ham chakkaning yuqori chizig’i (lin. temporalis superior ) dan boshlanib, yuzakisi yonoq suyagi yoyining oldingi yuzasiga, chuquri - uning ichki yuzasiga birikadi. Buning natijasida ikkala fastsiya hamda yonoq suyagi orasida yopiq bo’shliq hosil bo’lib, ichi yog’ to’qimaga to’lgan bo’ladi. Shuning uchun yog’ to’qimadagi gematoma yoki yiringli jarayonlar chegaralangan bo’lib, yonoq suyagidan pastga tushmaydi. Bu to’qima ichidan chakkaning o’rta arteriyasi (a. temporalis media - chakka yuzaki arteriyasining tarmog’i) shu nomdagi vena bilan birga o’tadi.

Xususiy fastsiyaning chuqur varag’i ostida uchinchi yog’ to’qima qavati - aponevroz osti yog’ qavati joylashadi. Bu yog’

qavat yonoq suyagining orqasigacha tarqalib, lunjning yog’ to’qimasiga aylanadi. Bundan tashqari, u chakka osti yog’ to’qimasi

hosil bo’lishida ham qatnashadi. Aponevroz osti yog’ to’qimasining ostida chakka mushagi yotadi. U chakka chuqurchasidagi suyak usti pardasidan boshlanib, pastga yelpig’ichsimon tarqalib, kuchli payga

aylanadi. Bu pay yonoq suyagi yoyining orqasidan o’tgach, pastki jag’ning toj o’simtasiga (processus coronoideus) birikadi.

Bu mushakka chakkaning chuqur arteriyasi va nervi (a. temporalis profunda et nn. temporalis profundi) yetib keladi. Arteriya jag’ arteriyasining tarmog’i bo’lib, nerv uch shoxli nervning uchinchi tarmog’i hisoblanadi. Sohaning limfa suyuqligi quloq oldi limfa tugunlariga (nodi lymphatici parotidei) quyiladi.

Suyak usti pardasi sohaning pastki qismlarida suyak bilan qattiq birikib, yuqori qismlarida esa ancha zaif birikadi. Suyak asosini ponasimon suyakning (os sphenoidale) qanoti, chakka suyagining tangasi (pallasi) va tepa suyaklarining tegishli qismlari tashkil qiladi. Bu suyaklarning g’ovak qavatlari yaxshi taraqqiy qilmagan bo’lib, ayrim vaqtlarda umuman bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning tashqi va ichki plastinkalari juda yupqa bo’lganligi sababli shikastlanishlarda tez sinadigan bo’ladi.

Chakka suyagining ichki yuzasidan miya pardasining o’rta arteriyasi (a. meningea media) o’tib, suyak ichki yuzasida iz-egatchani (sul. a. meningea media) hosil qiladi. Ayrim vaqtlarda bu arteriya suyaк kanalidan o’tib, jarohatlanganda qon to’xtatish ancha murakkablashadi.

So’rg’ichsimon o’siq sohasi (reg. mastoidea). Bu soha quloq suprasining orqasida joylashib, uning chegarasi hamma tomonlari aniq paypaslanadigan so’rg’ichsimon o’simta

joylashgan joyga to’g’ri keladi. (27- rasm). Sohaning orqa tomonida ensa arteriyasining pulsini aniqlash mumkin. Suyak ichidа joylashgan tuzilmalar tasvirini aniqlash uchun uning tashqi yuzasini ikkita chiziq yordamida to’rtta kvadratga bo’linadi. Bunda bitta vertikal chiziq o’simtaning o’rtasi bo’ylab uning ichidan asosigacha o’tkaziladi. So’ngra bitta gorizontal chiziqni shu vertikal chiziqning teng o’rtasidan o’tkaziladi. Natijada to’rtta kvadrat hosil bo’lib, uning yuqorigi oldingi kvadratiga so’rg’ich bo’shlig’i (antrum mastoideus), oldingi pastki kvadratiga - yuz nervining kanali, orqa yuqorigi kvadratiga - kallaning orqa chuqurchasi va nihoyat, orqa


pastki kvadratiga sigmasimon sinus (sinus sigmoideus)larning tashqi tasvirlari to’g’ri keladi.

Terisi yupqa, sochsiz, harakatchan, ammo burmalar hosil qilmaydi. Teri osti yog’ qavati siyrak, uning ichida quloqning orqa mushagi (m. auricularis posterior) quloq oldi (nodi lymphatici parotidei) va so’rg’ichsimon o’simta (nodi lymphatici mastoidei) -limfa tugunlari joylashadi. Bundan tashqari, bu joydan shu sohaning qon-tomir va nerv tutamlari, ya`ni quloqning orqa arteriyasi va venasi(a. et v. auricularis posterior - tashqi uyqu arteriyasidan), quloqning katta hamda ensaning kichik nervlari (n.n. auricularis magnus et occipitalis minor) va yuz nervining orqa tarmoqlari (g. posterior n. facialis) o’tadi.

Sohaning yuza fastsiyasi uning yuqori qismlarida aponevroz qalpoq bilan birikadi. Xususiy fastsiyasi esa so’rg’ichsimon o’simta suyagining g’adir - budur sohasida (crista mastoidea) suyak usti pardasiga birikib, shu yerga birikadigan mushakka o’tib ketadi. So’rg’ichsimon o’siqqa m. m. sternocleidomastoideus et splenus

capitis va ikki boshli mushakning orqa qorinchalari (m. digastricus) kelib birikadi.

Bu mushaklarning ostida, so’rg’ichsimon o’siq egatchasiga yonma-yon va ichkarida - ensa arteriyasi o’tadi. Sohaning suyak usti pardasi so’rg’ichsimon o’siq tashqi yuzasi bilan mustahkam birikib, faqat uning silliq uchburchaksimon maydoni sohasida yaxshi birikmagan. Bu uchburchakka Shipo uchburchagi deyilib, yiringli mastoiditlarda shu uchburchak sohasini teshib operatsiya qilinadi. Uchburchakning quyidagi chegaralari mavjud: oldindan - quloq tashqi eshituv teshigining orqa chakkasi bilan uning ustidagi o’siq (spina suprameatica), orqadan – so’rg’ichsimon o’siqning qirrasi (crista mastoidea) va yuqoridan - yonoq o’sig’ining (processus zygomaticus) ustki sohasidan o’tkazilgan gorizontal chiziq.

So’rg’ichsimon o’siqning ichki tuzilishi ko’pgina katakchalardan (cellulae mastoidea) iborat. Katakchalarning o’zaro birlashgan - eng kattasiga so’rg’ichsimon o’simta g’ori (antrum mastoideum) deyilib, bu bo’shliq shu yerga olib keluvchi yo’l (aditus ad antrum) orqali nog’orasimon bo’shliqni birlashtiradi. G’orsimon bo’shliqning yuqori devori, uni kallaning o’rta chuqurchasidan ajratib turadi. Bo’shliqning medial devorida g’orga kirish yo’lidan tashqari ikkita do’mboqlar o’rnashgan. Bular lateral yarim aylana kanalning hamda yuz nervi kanalining do’mboqlaridir (prominentia canalis semicircularis lateralis et prominentia canalis facialis).

Sigmasimon sinus (sinus sigmoideus) g’orsimon bo’shliqning orqa devoriga eng yaqin bo’lib o’tadi. Oldingi devoriga – yuz nervining kanali yaqin o’tadi.

So’rg’ichsimon o’siq bo’shlig’ining uzunligi tahminan 12 mm, kenligi - 7mm ga teng. U suyak yuzasidan 1.5 - 2 sm cha chuqurlikda joylashgan.Bu bo’shliqni trepanatsiya qilishda Shipo uchburchagidan chiqib ketmaslik kerak. Aks holda chegaradan yuqoriga chiqilsa, kallaning o’rta chuqurchasini, orqaga chiqilsa - sigmasimon sinusni va nihoyat, oldinga chiqilsa - yuz nervini (canalis facialisdan chiquvchi) jarohatlab qo’yish mumkin.



Boshning asosi (basis cranii). Kalla asosining ichi (basis cranii interna). Kalla asosining ichida bir-biridan yaxshi ajralib turadigan oldingi, o’rta va orqa chuqurchalar (fossa cranii anterior, media, posterior) bor (28 - rasm).

Kallaning oldingi chuqurchasi oldindan peshona suyagining tangachalari (pallalari), orqadan - kallaning oldingi va o’rta

chuqurchalarini ajratib turadigan ponasimon suyakning kichik qanotlari (alae minor os sphenoidalis) orasida hosil bo’ladi. Bu chuqurchaning hosil bo’lishida peshona suyagi ko’z qismining yuqori yuzasi, o’rtada- g’alvirsimon suyakning plastinkasi (lamina cribrosa),orqada - ponasimon suyakning kichik qanotlari va uning oldingi yuzasi ishtirok etadi. Chuqurchaning o’rtasida tojsimon qirra (crista galli) bo’rtib chiqib turgan bo’lib, uning ikkala yon tomonlaridan hidlov nervining piyozchasi (bulbi olfactoria), ustidan esa miya qattiq pardasi varaqlaridan hosil bo’ladigan miya qattiq pardasining o’rog’i (falx cerebri) o’tadi.

O’roqning yuqori sohasi bo’ylab yuqorigi sagittal bo’shlig’i (sinus sagitalis superior) o’tadi. Bu bo’shliq teshikdan (framen caecum) o’tib, tojsimon qirra oldida joylashadigan emissar venalar bilan aloqada bo’ladi. Burun bo’shlig’i vena chigallari bilan ham qo’shilishadi.

Tojsimon qirraning yon tomonlarida g’alvirsimon suyak varag’i plastinkalarining teshiklari joylashib, u orqali hidlov nervining 30 ga yaqin tolalari (filamens olfactoria), oldingi g’alvirsimon arteriya bilan vena (a. et v. ethmoidalis anterior) ko’z arteriyasining tarmog’i (venasi bilan) va uch shoxli nerv

birinchi shoxining tarmoqlari o’tadi. Oldingi g’alvirsimon arteriyadan miya pardasining oldingi arteriyasi (a. meningea anterior) chiqib, ko’z kosasining yuqori yorig’idan miya bo’shlig’iga kiradi va qattiq pardaning oldingi qismini qon bilan ta`minlaydi.

Tojsimon qirraning ikki yon tomonlarida g’alvirrsimon suyak varag’i plastinkalarining teshiklari joylashib, ular orqali hidlov yo’li (tractus olfactorius) o’tadi. Bu yo’lning oldingi qismi piyoz shaklida yo’g’onlashgan bo’lib, bunga bulbus olfactorius deyiladi. Yana shu sohada bosh miyaning peshona bo’lagi ham joylashadi. Kalla oldingi chuqurchasi sohasida meningit yoki miya abssessi sodir bo’lsa, bu albatta peshona sinuslarining empiemasi yoki burun bo’shlig’ining yiringli kasalligi oqibatida bo’lishi mumkin. Infeksiya bu joylardan miyaga per. continuitatum yoki burun bo’shlig’i venalari bilan miya qattiq pardasi sinuslari orasidagi anastomozlar orqali o’tishi mumkin.

Kallaning o’rta chuqurchasi oldingisidan ancha chuqurroq bo’lib, uning o’rta qismida - turk egarida joylashgan. O’rta chuqurcha ponasimon suyakning tanasi va kichik qanotlari (oldindan) hamda chakka suyagi tojsimon qismining oldingi yuzalari (orqadan) bilan chegaralanib turadi. Turk egarining ustida gipofiz bezi yotadi. Uning ustini miya qattiq pardasi yopib, egar diafragmasini (diaphragma seller) hosil qiladi. Diafragmaning markazida teshik bo’lib, undan gipofizni miya bilan birlashtirib turuvchi voronka (infundibulum) o’tadi.

O’rta chuqurchaning ikki yon tomonlari suyak asoslarini ponasimon suyakning katta qanotlari (alae magna), piramida suyagining oldingi yuqori yuzalari va chakka suyagining tanga (palla) simon qismlari hosil qiladi. Ko’z nervlarining (nn. opticum) kesishmasi (chiasma opticum) turk egarining oldingi yuzasida, shu nomdagi egatchada joylashadi. O’rta chuqurchaning yon tomonlarini bosh miyaning chakka bo’laklari to’ldirib turadi. Chakka suyagi toshsimon qismining ustki qismida, uchlamchi chuqurchada (impressio cigeraim) uch shoxli nervning yarimoysimon tuguni (V juft bosh miya nervi) joylashadi. U miya qattiq pardasining ajralgan varaqlari bo’shlig’ida (cavum trigeminale) yotib, uning tashqi tomonida quloq nog’ora bo’shlig’ining ustki qismi (tegmen tympani)

joylashadi. Turk egarining atrofi bo’ylab miya qattiq pardasining g’ovak bo’shlig’i (sinus cavernosus) joylashib, unga yuqori va pastki ko’z venalari kelib quyiladi.

Bu g’ovak halqaning ichidan ichki uyku arteriyasi o’tadi. Kallaning o’rta chuqurchasi kanal, teshik va yoriqlar orqali boshning ko’pgina sohalari bilan aloqada bo’ladi.

Ko’ruv kanali (canalis opticus) kichik qanotsimon suyaklar tanasining oldingi ichki tomonida joylashadi. U orqali ko’z kosasining ichiga ko’ruv nervi (n.opticus - bosh miyaning II juft nervi) bilan ko’z arteriyasi (a. optica) o’tadi.

Ko’zning yuqori yorig’i (fissura orbitailis superior) orqali ko’z kosasiga III - IV - VI juft bosh miya nervlari va V juft nervining birinchi tarmog’i (nn. oculomotorius, trochlearis, abducens et n. ophthalmicus) hamda ko’z venalari (vv. ophtalmica) o’tadi.

Yumaloq teshik (foramen rotundum) qanot-tanglay chuqurchasiga (fossa pterygopalatina) olib boradi. Uning ichidan yuqori jag’ nervi (uch shoxli nervning II tolasi) o’tadi. Ovalsimon teshik (foramen ovale) orqali pastki jag’ nervi (n. mandibularis - uch shoxli nervning III tarmogi) kallaning ichidan chiqadi. Bu nerv qo’shimcha arteriya tarmog’i (miya qattiq pardasiga va uch shoxli nervning yarimoysimon tuguniga boradigan) hamda qanotsimon vena chigallarini yoysimon bo’shliq bilan birlashtirib turadigan venalar bilan birga chiqadi.

Ponasimon suyakning katta qanotida o’siqli teshik (foramen spinosum) bo’lib, u orqali kalla ichiga miya qattiq pardasining o’rta arteriyasi (a. meningea media) bilan miya pardasini innervatsiya qiluvchi pastki jag’ning qaytuvchi nervi o’tadi. Chakka suyak pallasining ichki sohasida bu arteriyaning tarmoqlari o’tadigan egatlari bor. Kallaning o’rta chuqurchasi shu o’siqli hamda ovalsimon teshiklar orqali boshning tashqi sohalari bilan aloqa qiladi.

Uyqu arteriyasining kanali (canalis caroticus) dan ichki uyqu arteriyasi bilan shu nomli nerv chigallari kallaning ichki sathiga o’tadi.

Pona - toshsimon yorig’i (fissura sphenopetrosa) ponasimon suyakning katta qanoti bilan chakka suyagining piramidasi orasida bo’lib, tolali paylar bilan to’lib turadi. Buning ichidan

qanotsimon o’simtalariga katta toshsimon nervi (n. petrosus major) o’tadi. Ayrim hollarda bu yerdan yuzning chuqur sohasidagi qanotsimon vena chigallarini g’orsimon sinuslar bilan birlashtirib turuvchi anastomozlar ham o’tadi. Kichik toshsimon nerv yorig’idan shu nomli nerv o’tadi. Kallaning o’rta chuqurchasiga infeksiya ko’z venalari bo’ylab ko’z kosasidan kirishi mumkin.


Kallaning orqa chuqurchasi yuqorida qayd qilinganday, ikkala chuqurchalardan keng va chuko’r bo’lib, o’rta chuqurchadan turk egarining orqa qirrasi (dorsum selle) va chakka suyagi piramidasining yuqori qismi bilan ajralib turadi. Kalla bo’shlig’ining boshqa joylaridan uni miyachaning chodiri (tentorium cerebelli) ajratib turadi.

Chuqurchaning suyak asosini asosan ensa suyagi va bir oz (oldidan) chakka suyagi piramidalarining orqa sohalari tashkil qiladi. Kanalning orqa chuqurchasida miyacha (cerebellum), ko’prik (pons) va uzunchoq miya (medulla oblangata) joylashadi. Undan quyidagilar o’tadi:


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish