Ibn sino nomidagi nashriyot matbaa birlashmasi


Ichki eshituv teshigi (porus acusticus internus)



Download 0,86 Mb.
bet8/21
Sana11.04.2020
Hajmi0,86 Mb.
#43957
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
AGZAMOV-Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya


Ichki eshituv teshigi (porus acusticus internus). U piramidaning orqa yuzasida joylashgan. Bundan VII - VIII juft bosh miya nervlari (n. facialis et n. vestibulocochlearis), oraliq nervi (n.intermedius) va ichki eshituv yo’li nervining tolasi (g. meatus acustici interni) shu nomli vena bilan birga o’tadi.

Bo’yinturuq teshigi (for. jugulare). Uning oldingi sohasi bo’ylab kallaning ichidan bosh miyaning quyidagi nervlari: til - yutqin nervi (n. glossopharyngeus - IX juft), adashgan nerv (n. vagus - X juft) va qo’shimchа nerv (n. accessorius - XI juft) chiqadi. Teshikning orqa tomonidan ichki bo’yinturuq vena (v. jugularis interna) o’tib, unga kalla bo’shlig’idan keladigan vena sinuslari qoni kelib quyiladi.

Ensaning katta teshigi (for. occipitalis magnum). Bu teshik kalla orqa chuqurchasining markaziy qismini tashkil etadi. Uning ichidan uzunchoq miya (pardalari bilan), ikkita umurtqa arteriyalari (a. vertebralis), miya qattiq pardasi ichida joylashgan vena chigallari (plexus basilaris et sinus marginalis) va qo’shimcha nervning orqa miya tolalari o’tadi.

Til osti nervining kanali (canalis hypoglossi). Uning teshigi bo’yinturuq do’mboqlarining ostidan o’tadi. Kanalning ichidan til osti nervi (n. hypoglossus) - XII juft o’tadi.
BOSH MIYANI O’ROVCHI PARDALAR

Bosh miyada birin - ketin joylashgan uchta parda (meninx) lar bo’lib, bular: qattiq parda (dura mater encephali), to’r parda (arachnoidea encephali) va tomirli (yumshoq) parda (pia mater encephali) lardir.




Bosh miyaning qattiq pardasi (dura mater encephali). Bosh suyagi bilan miya to’r pardasi orasida joylashib, juda qattiq yaltiroq, oqish rangdagi bu parda, kalla tubidagi suyaklar bilan yaxshi birikkan bo’ladi. U bosh miyani chodir kabi yopib, yarim sharlari orasiga, turk egarigacha kirib boradi. Qattiq parda ikki varaqdan tashkil topib, uning tashqi qavati qon tomirlariga juda boy bo’ladi. Parda varaqlari orasida yupqagina yog’ to’qimasi bo’lganligi sababli, ularni osonlikcha bir - biridan ajratish mumkin. Qattiq parda bilan bosh suyagi hamda shu parda bilan to’r parda oralarida bo’shliq bo’lib, birinchisiga qattiq parda usti (epidural bo’shlig’i), ikkinchisiga - qattiq parda osti bo’shlig’i (subdural bo’shlig’i) deyiladi. Kalla-miya jarohatlarida bu bo’shliqlarda yig’ilgan qon bosh miyaning qisilishiga sabab bo’ladi.

Qattiq parda o’zidan uchta o’simta beradi. Miya o’rog’i (falx cerebri). O’z shakli bilan o’roqqa o’xshab, sagittal tekislikda yotadi. U miya yarimsharlari orasi bo’ylab, oldindan crista galli gacha, orqadan - ensa suyagi katta do’mbog’ining ichki sathigacha boradi. Shuni ham aytish kerakki, u ko’pincha aniq o’rta chiziq (sagittal chiziq) bo’ylab emas, balki uning o’ng tomonidan ham o’tadi.

Miyacha chodiri (tentorium cerebelli) deb atalgan keng parda, miya o’rog’ining ikki yon tomoniga tarqalgan qattiq pardaning davomi bo’lib, xuddi chodir singari kallaning orqa chuquri ustida tortilgandir. U orqadan ensa suyagi katta do’mbog’ining ichki sathiga, ikki yon tomondan chakka suyagi piramidasining yuqori chegaralariga birikib, oldindan - asosiy suyakning ponasimon o’simtalarigacha boradi. Miyacha chodiri bosh miyaning ensa bo’lagini miyachadan ajratib turadi.

Miyacha o’rog’i (falx cerebelli) o’rta chiziq bo’ylab, ensa suyagining ichki do’mboqchasidan, ensa suyagi katta teshigining orqa qirrasigacha tortilib turadi va miyachani ikki yarim sharlarga bo’ladi.

Miya qattiq pardasining sinusi (bo’shliq) lari. Qattiq pardasining varaqlari ma`lum joylarda, ko’pincha suyaklardagi egatlar oldida bir-biridan ajralib (uzoqlashib), bo’shliqlar yoki kovaklarni (sinus) hosil qiladi. Bu bo’shliqlar kalla ichidan va miyadan qon to’plovchi venalar vazifasini o’taydi. Ularga quyidagilar kiradi: 1) ko’ndalang bo’shliq - (sinus transversus) qattiq pardadagi eng katta bo’shliq bo’lib, ensa suyagining ichki yuzasidagi ko’ndalang va keng egatga (sulcus transversus)da hosil bo’ladi. Buning shakli uchburchaksimon bo’lib, asosini ko’ndalang

egat va devorlarini – qattiq pardaning varaqlari hosil qiladi. Ko’ndalang sinusni teridagi tasviri ensa suyagi tashqi do’mbog’ini so’rg’ichsimon o’simtani yuqori orqa qismi bilan birlashtiruvchi chiziqqa to’g’ri keladi. 2) ko’ndalang bo’shliq chakka suyagining piramidasi (tosh qismiga) yetganda pastga burilib, chakka suyagining so’rg’ichsimon qismiga tushadi va "S" simon bo’shliq - (sinus sigmoideus) nomini oladi. Haqiqatan ham "S" shaklidagi bu bo’shliq, shu nomdagi egat hisobidan vujudga keladi va bo’yinturuq teshigi (foramen jugularis)gacha boradi;

3) miya o’rogi (falx cerebri) ning ustki cheti ikki varaqqa ajralib, o’q-yoysimon egat (sulcus sagitalis) ning ikki chetiga birikadi. Natijada bu joyda ham oldindan orqaga tomon ketgan o’q-yoysimon ustki bo’shliq (sinus sagitalis superior) paydo bo’ladi. Bu bo’shliq orqa tomondan ko’ndalang bo’shliq bilan qo’shiladi, uning tashqi tasviri burun asosidan ensa suyagining tashqi do’mbog’igacha o’tkazilgan sagital chiziqqa to’g’ri keladi. 4) miya o’rog’ining pastki, erkin qirg’og’i ham ikkiga ajralib, pastki o’q - yoysimon bo’shliqni (sinus sagitalis inferior) hosil qiladi; 5) to’g’ri bo’shliq (sinus rectus). Pastki o’q – yoysimon, ko’ndalang va ustki o’q – yoysimon bo’shliqlar bir – biri bilan qo’shilishib to’g’ri bo’shliqni

hosil qiladi; 6) turk egarining ikki yonboshida g’ovak bo’shliqlari (sinus cavernosus) bor. Bu ikki bo’shliqni oldingi va orqadagi g’ovaklararo bo’shliqlar (sinus intercavernosus anterior et posterior) birlashtirib turadi. Natijada, turk egari atrofida kavak halqa (sunus circularis) hosil bo’ladi; 7)kavak halqadan ikkita bo’shliq: ustki piramida (toshsimon) bo’shlig’i (sinus petrosus superior) va ostki piramida bo’shlig’i (sinus petrosus inferior) hosil bo’ladi (29- rasm). Ustki piramida bo’shlig’i chakka suyak tosh qismining oldingi va orqa yuzalari o’rtasidagi qirg’oq egatda, ostki piramida bo’shlig’i esa toshsimon qism bilan ensa suyagi birlashgan joydagi egatda turadi. Keyinchalik u ichki bo’yinturuq venasi yonidan "S" simon bo’shliqqa quyiladi. U esa o’z navbatida ichki bo’yinturuq venasiga quyiladi. Kavak halqa ichidan ichki uyqu arteriyasi (a. carotis interna) bilan uzoqlashtiruvchi nerv (n. abducens) o’tadi. Ko’zni harakatlantiruvchi (n. oculomotorius), g’altak (n. trochlearis) va ko’z nervlari (n. ophtalmicus) esa, kovak halqaning tashqi devoriga tegib turadi. Uch shoxli nervning yarimoysimon tuguni (gang. semilunare nervi trigemini - ganglion Casseri) kavak halqaning orqa tomonida yotadi. Uning oldingi tomonida esa, yog’ qavati bo’lib, u qanot-

tanglay chuqurchasini to’ldirib turadi va lunj yog’ to’qimasi bilan aloqa qiladi.

Boshdan va bosh miyadan vena qoni ichki bo’yinturuq hamda umurtqa venalari (v. v. jugularis internae et vv. vertebralis) va ko’pgina epidural yog’ to’qimasi venalari orqali olib chiqiladi. Kalla suyaklari hamda miya qattiq pardasining vena qoni yuqorigi va pastki o’q- yoysimon bo’shliqlar hamda ensa, yuqorigi va pastki piramida bo’shliqlari orqali olib chiqiladi. Hamma vena bo’shliqlarining o’zaro birlashgan joyiga venalar ko’li (confilium sinium) deyilib, bu yerga bosh miyadan ham katta miya venasi orqali (v.cerebri magna Caleni) vena qoni kelib quyiladi. Bu yerdan vena qoni ko’ndalang bo’shliqlar orqali "S" simon bo’shliqlariga quyiladi.


Bundan tashqari, "S" simon bo’shliqlariga vena qoni yana yuqorigi va pastki piramida bo’shliqlaridan ham kelib quyiladi.

Oldingi g’ovaksimonaro bo’shliqqa ponasimon suyak kichik qanotining venoz bo’shlig’idan (sinus venosus alae parvae ossis sphenoidalis) va ko’z venalaridan vena qoni kelib quyiladi. Bosh miya hamda boshdan vena qoni asosan bo’yinturuq teshigi ustida hosil bo’lgan ichki bo’yinturuq venasiga kelib quyiladi. Bundan tashqari, boshdan vena qoni epidural vena chigallari vositasida umurtqa venalari orqali ham oqib chiqadi. Emissar venalari (vv. emissariae) ham bu borada katta ish bajaradi. Ular miya qattiq pardasi bo’shliqlarining diploik venalari bilan, diploik venalarni esa bosh yumshoq to’qimalari (teri, mushak va h. k.) venalari bilan birlashtirib, ular orqali vena qonini tashkqariga, boshqa yo’llar bilan olib chiqib ketishni ta`minlaydi. Emissar venalarning eng asosiylari: ensa emissar venasi (v. emissaria occipitalis) - sagittal chokning yon tomonlarida joylashib, kalla gumbazi venalarini yuqorigi o’q - yoysimon bo’shliq bilan birlashtiradi. Ensa emissar venasi (v. emissaria occipitalis) - ensa suyagi pallasida, katta do’mboq sohasida yoki uning atroflarida joylashib, ensa venalarini ko’ndalang bo’shliq bilan yoki sinuslar ko’li bilan birlashtiradi. So’rg’ichsimon emissar venasi (v. emissaria mastoidea) – ensa - so’rg’ichsimon o’simta choki chizig’i bo’ylab yoki unga yaqin joylashib, ensa venalarini "S" simon bo’shliq bilan birlashtiradi. Do’mboqcha emissar venasi (v. emissaria condularis) - ensa suyagi do’mboqlari kanalidan (canalis condularis) o’tadi. U ensa yoki bo’yin chuqur sohalaridagi venalarni "S" simon bo’shliq bilan birlashtirib turadi. Ko’r teshik emissar venasi (v. emissaria foramen ceci) - burun shilliq parda osti venalarini yuqorigi o’q - yoysimon bo’shliqning oldingi uchlari bilan birlashtirib turadi.

Bulardan tashqari, yana ko’pgina vena chigallari: oval teshikning vena chigali (plexus venosus for. ovales), til osti suyagining vena chigali (plexus venosus canalis hypoglossi), uyqu kanalining vena chigali (plexus venosus carotis interna) , va boshqalar bosh miya venalari hamda bo’shliqlari bilan aloqada bo’ladi.

Kalla ichidagi hamma bo’shliqlar yonlama qon tomirlari orqali o’zaro birlashgan bo’ladi. Bunday yonlama tomirlardan Troller va Labbe venalari katta ahamiyatga egadir. Bular venoz bo’shliqlari orasidagi eng katta tomirlar bo’lib, kalla gumbazi venoz bo’shliqlarini (yuqorigi o’q- yoysimon bo’shliq) kalla asosidagi

venoz bo’shliqlar (yuqorigi piramida bo’shlig’i) bilan birlashtirib turadi.

Yuqorida qayd qilganimizdek, kalla ichidagi vena qon tomirlari, kalla tashqi sathidagi vena qon tomirlar bilan aloqa qilib turadi. Bular: burun - peshona, kipriklar (vv. nasofrontalis, v. palpebralis) venalarining boshlang’ich uchlari bo’lib, vena qonini peshona sohasining yumshoq to’qimalaridan yig’ib, keyin kalla ichidagi g’ovaksimon bo’shliqlarga quyadi. Bundan tashqari, bosh gumbazi hamda yon tomonlarining yumshoq to’qimalaridagi venalar ham o’z qonlarini jag’ orqasidagi venalarga, ensa soxasi - ensa venalariga quyadi. Bu venalar ham kalla ichidagi venalar bilan aloqa qiladi.

Shunday qilib, boshning yumshoq to’qimasida bo’lgan har xil yallig’lanish jarayonlari (abssess, karbunkul, furunkul va h. k.) da yiringli infeksiya, shu yuqorida ko’rsatilgan yonlama qon tomirlar (anastomozlar) orqali kalla bo’shlig’iga o’tib, bosh miyada meningit yoki abssesslar paydo qilishi mumkin. Bu jihatdan ko’z va emissar venalari eng xavfli hisoblanadi. Infeksiya ko’zning yuqori yoki pastki venalari orqali kalla bo’shlig’iga o’tishi, kallaning o’rta chuqurligida yiring yig’ilishi yoki ko’z nervlarining jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.

Miya qattiq pardasi ostida to’r parda (arachnoidea encephali) joylashadi. U miyaning qattiq pardasidan subdural bo’shlig’i orqali ajralib turadi. To’r parda o’zidan o’simtalar chiqarib, ular orqali qattiq pardaga hamda venoz bo’shliqlariga birikib turadi. Bu o’simtalar to’r pardaning donachalari (granulations arachnoidealis) deyiladi.

Miyaning yumshoq pardasi (pia mater encephali) qon tomirlarga boy, miyaga deyarli yopishib, har xil egat va qorinchalariga kirib turadi.



Kalla - miya topografiyasi. Miyaning kalla ichidagi pushtalari, egatlari va katta qon tomirlarining teridagi tashqi tasvirini aniqlash uchun odatda Krenleyn (Kronlein) taklif qilgan chizmadan foydalaniladi (30- rasm). Bu shizma bo’yicha bosh terisida 6 ta chiziq o’tkaziladi. Bunda boshning sagittal chizig’i bo’ylab, ensa suyagining katta do’mbog’idan burunning asosigacha bitta sagital chiziq o’tkaziladi. Ko’z kosasining pastki qirrasidan quloqning tashqi eshituv teshigigacha pastki gorizontal va shu gorizontal chiziqqa parallel holda ko’z kosasining yuqori qirrasi bo’ylab yuqori gorizontal chiziqlar o’tkaziladi. Gorizontal chiziqqa perpendikulyar

holatda yonoq suyagining o’rtasidan sagittal chiziqgacha - oldingi vertikal chiziq pastki jag’ bo’g’imining o’rtasidan – o’rta vertikal chiziq va so’rg’ichsimon o’simta asosining orqasidan - orqa vertikal chiziqlar sagittal chiziq bilan kesishguncha davom ettiriladi.

Hosil bo’lgan chizma bo’yicha miya qattiq pardasining o’rta arteriyasi (a. meningea media) oldingi vertikal chiziqni, pastki gorizontal chiziq bilan kesishgan joyiga yoki yonoq suyagi o’rta qismining yuqorisiga to’g’ri keladi. Shu arteriyaning oldingi tarmog’i yuqori gorizontal chiziqning oldingi vertikal chiziq bilan kesishgan joyiga to’g’ri keladi. Orqa tarmog’i esa, yuqori gorizontal chiziqning orqa vertikal chiziq bilan kesishadigan joyiga to’g’ri keladi.

Markaziy (Roland) egatning (sul. centralis) tashqi tasvirini aniqlash uchun yuqori gorizontal chiziqning oldingi vertikal chiziq bilan kesishgan joyidan, orqa vertikal chiziqning sagittal chiziq bilan kesishgan joyigacha chiziq o’tkazilsa, markaziy egat shu chiziqning o’rta vertikal bilan orqa vertikallar o’rtasidagi bo’lagiga to’g’ri keladi.

Lateral (Sil'viy) egat (sul. lateralis) tasviri markaziy egat hosil qilgan chiziq bilan yuqori gorizontal chiziq o’rtasidagi uchburchakning teng o’rtasidan (bissektrisasidan) o’tkazilgan chiziqning oldingi va orqa vertikal chiziqlari orasidagi bo’lagiga

to’g’ri keladi. Sil'viy egati tasviri chiziq chegarasiga to’g’ri turgan sagittal chiziq bo’lagi bilan yuqori gorizontal chiziq o’rtasidagi masofani teng uchga bo’lsak, yuqori va o’rta uchliklar o’rtasiga, tepa - ensa egatining tasviriga to’g’ri keladi.

Miya qattiq pardasidagi sinuslardan yuqorigi o’q- yoysimon sinusi - sagittal chiziq bo’ylab, ko’ndalang sinus - yuqori bo’yin chizig’i bo’ylab, sigmasimon sinus – so’rg’ichsimon o’simta qirrasining orqasida, sinuslar ko’li - ensa suyagining katta do’mbog’ining ostida tasvirlanadi.

Krenleyn chizmasi S. S. Bryusova uchinchi gorizontal chiziq bilan to’ldirdi. Bu chiziq orqa vertikal chiziqni, Sil'viy egati chizig’i bilan kesishgan joyidan, yuqoridagi ikkita gorizontal chiziqlarga parallel holda o’tkaziladi. Bu chizma bo’yicha ichki uyqu arteriyasining tasviri (g’ovaksimon sinusdan chiqqan joyidan boshlab) oldingi medial to’rtburchakka to’gri keladi. Oldingi miya arteriyasi esa yuqorigi gorizontal chiziq bo’ylab o’tadi.



Yuz sohasi (reg. faciei). Yuz sohasi ikki sohaga bo’lib o’rganiladi. Bular: yuzning oldingi va yon sohalaridir (reg. facialis anterior et lateralis). Oldingi sohaning tarkibiga ko’z kosasi, burun va og’iz (reg. orbitalis, nasalis et oris) sohalari kiradi. Bu sohalar to’grisidagi ma`lumotlar alohida darsliklarda keltirilganligi (stomatologiya, ko’z kasalliklari hamda LOR) sababli ularga batafsil to’xtalib o’tirmaymiz. Yuzning qolgan qismlari esa, uning yon sohasiga kirib, bularga lunj va qulok oldi-chaynov sohalari (reg. buccalis et parotideomasseterica) kiradi. Talabalarga oson tushuntirish maqsadida oxirgi soha tarkibida yana bitta soha - yuzning chuqur sohasi (reg. facialis profunda) alohida keltiriladi.

Yuzning terisi yupqa va harakatchan bo’ladi. Teri osti yog’ to’qimasida yuzning mimika mushaklari, qon tomirlari, nervlari, qulok oldi so’lak bezining yo’li joylashadi. Terisining innervatsiyasida uch shoхli nervning deyarli hamma tolalari, oz bo’lsa-da bo’yin chigalining tarmog’i (quloqni katta nervidan) ham qatnashadi. Bu yerga uch shoxli nervning tolalari yuzdagi suyak teshiklaridan chiqib keladi. Bu teshiklar asosan bir vertikal tekislikda joylashadi (31-rasm).

Teshiklarning yuqoridagisiga ko’z kosasining ustki teshigi deyilib (for. supraorbitalis), bu orqali ko’z kosasining ustki nervi (n. supraorbitalis) chiqib keladi. Bu nerv uch shoxli nerv birinchi tarmog’ining yuzdagi oxirgi uchidir. Shu nervning ikkinchi tarmog’ini oxirgi uchi, ko’z kosasining pastki teshigidan (for.

infraorbitalis) chiqib keladi, ko’z kosasining pastki nervi (n. infraorbitalis) deb ataladi. Va nihoyat, uch shoxli nervning uchinchi shoxiga iyak osti nervi (n. mentalis) deyilib, yuzga pastki jag’dagi iyak teshigidan (for. mentalis) chiqib keladi. Yuzda uch shoxli nerv tolalari bilan yuz nervining tarmoqlari orasida birlashuvlar bor. Og’iz shilliq qavatlarini uch shoxli nerv va til-halqum nervlari innervatsiya qiladi. Yuzdagi harakatlantiruvchi nervlar ikkita nervdan: uch shoxli nervning uchinchi hamda yuz nervlari tarmoqlaridan hosil bo’ladi.

Yuzning qon bilan ta`minlanishida asosan tashqi uyqu arteriyasining tarmoqlari: chakka yuzaki arteriyasi, yuqori jag’ va yuz arteriyalari qatnashadi. Bulardan tashqari, yuzning qon bilan ta`minlanishida ko’z arteriyasi (ichki uyqu arteriyasidan) ham ishtirok etadi. Bu qon tomirlar bir-birlari bilan juda ko’p anastomozlar hosil qilib, yuz sohasining qon bilan yaxshi ta`minlanishida ishtirок etadi. Yuz arteriyasi yuz to’qimalarini hamda mimika mushaklarini qon bilan ta`minlaydi va tashqi uyqu arteriyasining boshqa tarmoklari bilan anastomoz hosil qiladi (chakka arteriyasidan chiquvchi ko’ndalang arteriya bilan, yuqori jag’ arteriyasining tarmog’i ko’z osti arteriyasi bilan aloqada bo’ladi). Bundan tashqari, u ichki uyqu arteriyasi bilan (ko’z arteriyasining oxirgi tarmog’I - peshona arteriyasi ва burunning

dorsal arteriyalari orqali) hamda qarama - qarshi tomondagi yuz arteriyalari bilan ham aloqa qiladi. Yuqori jag’ arteriyasi (tashqi uyqu arteriyasining ikkinchi tarmog’i) yuzning chuqur sohasida joylashib, asosan chaynov apparatlarini, ya`ni yuqori hamda pastki jag’larni, ularning al'veolyar o’simtalarini, tishlarni va chaynov mushaklarini qon bilan ta`minlaydi.

Yuz venalari yuzda yuzaki va chuqur vena chigallarini hosil qiladi. Bularning birinchisini yuz venasi bilan uning tarmoqlari hosil qiladi. Ikkinchisi - qanotsimon chigal (plexus pterygoideus) bilan yuzning chuqur sohasida joylashgan mushaklar hamda yog’ to’qima bo’shliqlari vena chigallari orasida hosil bo’ladi. Bu ikkala chigallar bir-birlari bilan ham har xil anastomozlar orqali aloqada bo’ladi. Bu aloqalarning eng asosiysi, qanotsimon chigalni miya qattiq pardasidagi kovaksimon chigal bilan aloqa qildirib turadigan emissar venalar hamda ovalsimon va yirtiq teshiklar (foraminis ovale emissarium for. Lacere) vena chigallarini, ko’z venalari orqali bir-birlari bilan birlashtirib turadigan anastomozlardir. Bundan tashqari, pastki ko’z venalari bilan qanotsimon vena chigallari orasidagi anastomozlar ham katta ahamiyatga egadir. Har xil yiringli jarayonlar, shu anastomozlar orqali yuzning yuza sathidan chuqur sohasiga va u yerdan bosh miyaga yuqorida keltirilgan anastomozlar orqali tarqalishi mumkin.

Yuzning har xil sohalarida yog’ to’qimalari yig’ilgan yoriq yoki bo’shliqlar bo’ladi. Bu yerdagi yog’ to’qimalar asosan qon tomirlar atrofida to’planib, ularga eng katta yog’ to’qima bo’shliqlari bo’lmish chakka-qanotsimon va qanotsimonaro bo’shliqlariga mansub bo’lgan og’iz bo’shlig’i tubidagi to’qima bo’shliqlari kiradi.



Yuzning yon sohasi (reg. facialis lateralis). Soha yuqoridan, ko’z kosasining pastki qirrasidan, yonoq suyagi usti bo’ylab, quloqning tashqi eshituv teshigigacha o’tkazilgan chiziq orqali, pastdan - pastki jag’ning pastki qirrasi bo’ylab va orqadan - pastki jag’ orqa shoxining orqa yuzasi bilan chegaralanadi. Chaynov mushagining (m. masseter) oldingi qirrasidan o’tkazilgan chiziq, yuzning yon sohasini ikki sohaga: lunj hamda quloq oldi - chaynov sohalariga bo’ladi.

Lunj sohasi (reg. buccalis). Sohaning terisi yupqa, ter hamda yog’ bezlariga boy bo’lib, teri osti yog’ to’qimasi hamda mimika mushaklariga yaxshi birikkan bo’ladi. Erkaklarda sohaning pastki qismlari jun bilan qoplangan bo’ladi. Terini uch shoxli nervning tolalari innervatsiyalaydi.

Teri osti yog’ to’qimasi umuman yaxshi rivojlangan bo’lib, bu asosan bolalar hamda xotinlarda yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Yuzaki fastsiya yog’ to’qimani teri bilan yaxshi birikkan, yuzaki hamda chuqur qavatlarga bo’lib turadi. Chuqur qavatda asosan mimika mushaklari, qon tomirlar va nervlar joylashadi. Mimika mushaklari bosh suyagining yuz qismidan boshlanib, lunj sohasida bir-biridan ajralgan holda joylashadi. Ularning oralari fastsiyalararo yog’ to’qimalar bilan to’lib turadi.

Yuzning mimika mushaklariga: ko’zning aylana mushagi (m. orbicularis oculi), yuqori labni ko’tarib turuvchi mushak (m. levator labii superioris), yonoqning katta va kichik mushagi (m. zygomaticus major et minor), lunj mushagi (m. buccinator), og’izning aylana mushaklari (m. orbicularis oris), pastki labni pastga tortuvchi mushak (m. depressor labii inferioris), og’iz burchagini pastga tortuvchi mushak (m. depressor anguli oris)lar kiradi. Bularning hammasi yuz nervining tarmoqlari bilan innervatsiyalanadi.

Yuzning yog’ tanasi (coprus adiposum buccae) lunj sohasida yuz chaynov mushagining oldingi sohasida joylashib, ancha qalinlashgan fastsiyaga o’ralgan bo’ladi. Bu fastsiya yog’ tanani teri osti yog’ to’qimasidan hamda mimika mushaklaridan ajratib turadi. Bu yog’ tanadan chakka osti, chakka va qanotsimon chuqurchalarga yog’ shoxlari tarqaladi.

Teri osti yog’ to’qimasining chuqur sohasida mimika mushaklari yuzaki qavatlarining ostida yuz arteriyasi (a. facialis) o’tadi (32- rasm). U tashqi uyqu arteriyasining tarmog’idan chiqib, jag’ osti bezining orqasidan, pastki jag’ osti uchburchagidan o’tgach, pastki jag’ning pastki qirrasini aylanib, lunj sohasiga o’tadi. Bu yerda, chaynov mushagining oldingi yuzasida uning pul'sini aniqlash mumkin. So’ngra bu arteriya lunj sohasining oldingi sohasiga o’tib, ko’zning ichki burchagiga qarab yo’naladi va burchak arteriyasi (a. angularis) nomini oladi. So’ngra ichki uyqu arteriyasining tarmog’i bo’lmish ko’z arteriyasining tarmog’i, burunning orqa arteriyasi (a. dorsalis nasi) bilan anastomoz hosil qiladi.

Yuz arteriyasidan tanglayning yuqoriga ko’tariluvchi arteriyasi (a. palatina ascendens) chiqib, u halqum yon devoridan o’tgach, yuqorida yumshoq tanglayga boradi va tanglay bodomcha beziga (rami glandulares), til osti so’lak beziga (a. submentalis), og’iz bo’shlig’ining diafragmasi va mayda so’lak bezlariga o’z tarmoqlarini beradi. Bundan tashqari, yuz arteriyasi pastki hamda (a.


labialis inferior), yuqori labga (a. labialis superior) o’z tarmoqlarini beradi. Bularning birinchisi, pastki lab sohalarini qon bilan ta`minlasa, ikkinchisi - yuqori lab sohalarini qon bilan ta`minlaydi.

Yuz arteriyasining orqasida yuz venasi o’tadi. U ham arteriyadek juda ko’p anastomozlarga ega. Masalan, ko’zning ichki burchak sohasida ustki ko’z venasi boshdagi g’ovak vena bo’shliqlari bilan aloqa qiladi. Shu jihatdan yuzdagi yiringli yallig’lanish jarayonlarida infeksiya yuzdan shu anastomoz hosil qilgan venalar orqali g’ovak vena sinuslariga o’tishi va u yerda bosh miya abssessini yoki u yerdagi venalarda tromb hosil qilishi mumkin. Bundan tashqari, yuz venasi, yuzning chuqur sohasidagi venalar bilan ham, ular orqali qanotsimon vena chigallari bilan ham anastomoz hosil qiladi. Qanotsimon vena chigallari esa, o’z navbatida, ko’zning pastki venasi orqali boshning g’ovak vena sinusi bilan aloqada bo’ladi. Bu ham yuzdagi yiringli infeksiyaning kalla bo’shlig’iga tarqalishini ta`minlaydi.

Teri osti yog’ to’qimasining ostida lunj - halqum fastsiyasi (fascia buccopharengea) yotadi. Bu fastsiya mushakni tashqi tomondan yopib, uning orqa sohasida qalinlashgan boylamni - qanotsimon-pastki jag’ - (raphe pterygomandibularis) chokini hosil qiladi. Bu chok qanotsimon o’simta ilmog’i bilan pastki jag’ning

lunj chizig’i orasida tortilib turadi. So’ngra fastsiya halqumning orqasiga o’tib, uning yuzaki qisqichini yopadi.

Fastsiya ostida lunj mushagi (m. buccinator) yotib, u qanotsimon pastki jag’ chokidan hamda yuqori va pastki jag’lardan boshlanib, oldindan og’izning aylana va boshqa og’iz mushaklariga birikadi. Lunj mushagi ichki tomonidan shilliq qavat bilan qoplanib, u bilan mustahkam birikadi. Birinchi yuqorigi oziq tishlar ro’parasida quloq oldi bezining chiqaruv yo’li lunj mushagining ichidan teshib o’tadi.

Teri osti yog’ to’qimasining chuqur qavatlarini yuqori sohalarida yuzaki mimika mushaklari joylashadi. Bu yerga ko’z kosasi pastki qirrasidan 0,5 sm pastroqda, ko’zning pastki yorig’idan, ko’z kosasining pastki qon tomir va nerv tutamlari chiqib keladi, Ko’z kosasining pastki arteriyasi - yuqori jag’ arteriyasining tarmog’idir. Shu nomli vena ko’z kosasining pastki venasiga yoki qanotsimon vena chigaliga quyiladi. Ko’z kosasi pastidagi nerv (n. infraorbitalis) uch shoxli nervning II tarmog’idagi ustki jag’ nervining eng yo’g’on va uzun shoxi bo’lib, ko’z kosasining pastki yorig’i(fissura infraorbitalis) orqali ko’z kosasi ichiga kiradi va uning pastki devoridagi sulcus infraorbitalis hamda canalis infraorbitalis lar orqali ko’z kosasining pastki qirrasidagi teshikdan tashqariga chiqib, pastki qovoq ustki lab va burunning yon devorlaridagi terini innervatsiya qiladi.

Iyak osti qon - tomir va nerv tutamlari pastki jag’dagi shu nomli teshikdan (for. mentalis) chiqib suyak usti pardasida yotadi.

Iyak nervi (n. mentalis) pastki katakchalar nervi (n. alveolaris inf.) uchlamchi nervining III tarmog’idagi oxirgi tarmoq hisoblanib, pastki lab shilliq qavatini hamda terisini innervatsiya qiladi. Iyak teshigidan chiqqan iyak arteriyasi, pastki tish kataklari arteriyasining (a. alveolaris inferior) davomi bo’lib, pastki jag’ va iyak mushaklariga tarqaladi. Shu nomli vena, yuzning chuqur sohalariga yo’naluvchi pastki tish kataklari venasiga ochiladi. Mimika mushaklarini harakatlantiruvchi nervlar - yuz nervining tarmoqlari (rr. zygomatici buccalis)dir. Ular quloq oldi bezining ichidan o’tib, mimika mushaklariga ularning chuqur sohalari orqali yetib keladi.



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish