Odam anatomiyasi Mustaqil ish
Hazm kanali turlari bo’limlaridagi shilliq pardalar, ularning ahamiyati. Vorsinkalar,
sfinktorlar haqida tushuncha
Reja;
1. Shilliq pardalar va ularning ahamiyati
2. Vorsinkalar
3. Sfinktorlar
1
.
Shilliq parda
— odam va hayvon organizmidagi hazm va nafas olish aʼzolari, siydiktanosil sistemalari,
burun, oʻrta quloq boʻshliqlari, bezlarning chiqaruv yoʻllari ichki yuzasini qoplab turuvchi qavat. Qalinligi
0,5– 4 mm. Uning yuzasi shu sohadagi bezlar ishlab chiqaradigan shilliq bilan doimo namlanib turadi, bu
esa hujayralarni qurib qolishdan saqlaydi. Shilliq parda bir yoki bir necha epitelial qavatdan, biriktiruvchi
toʻqima va musqul plastinkalari (silliq muskul hujayralaridan hosil boʻlgan) dan iborat. Bulardan soʻng
Shilliq pardani harakatga keltirib, uni boshqa toʻqimalardan ajratib turadigan yumshoq biriktiruvchi
toʻqima joylashgan. Aʼzolar faoliyatiga koʻra, Shilliq parda epiteliysi koʻp qavatli yassi,
bir qavatli
silindrik, prizmatik, kubsimon, kiprikli (nafas yoʻllarida), uning yuzasi esa silliq, burmali, vorsinkali (mas,
ingichka ichakda Shilliq parda burma va vorsinkalar hosil qiladi) boʻlishi mumkin. Shilliq pardaning asosiy
va shilliq osti qavatlarida qon hamda limfa tomirlari, follikulalar, murtaklar, bezlar, shuningdek, nerv
oxirining tarmoqlari bor. Shilliq parda bezlari bir va koʻp hujayrali hamda murakkab boʻlishi mumkin.
Ichak shilliq qavati plastinkasida juda ko‘p
yakka limfoid
tugunlar bo‘ladi. Ichak muskullari ichakdagi oziq moddalarni aralashtirib yo‘g‘on ichakka surish v
azifasini bajaradi. Muskullar tashqi- bo‘ylama va ichki- sirkulyar qavatlardan iborat.
2. lngichka ichak shilliq qavati ostida juda ko'p mayda bezchalar joylashgan. Ulardan 'ajraladigan suyuqlik
tarkibidagi enterokinaza, lipaza kabi fermentlar oshqozon osti bezi suyuqlig'idagi tripsin va boshqa
fermentlar ta'sirini faollashtiradi. lchak shilliq qavati yuzasida mayda so'rg'ichlar - vorsinkalar bor. Ular
juda murakkab tuzilishga ega bo'lib, qon va limfa tomirlari bilan yaxshi ta'minlangan. lchak shilliq
qavatining 1- va 2 sathida 30-40 ta, ichakning blltun yuzasida esa 4 millionga yaqin vorsinka bo'ladi (8-
rasm).
Vorsinkalar ovqat modda- 3 larini ichak devorida (membrana orqali) hazm bo'lishini ta' - 4 minlaydi. Buni
akademik A. I. Ugolev aniqlagan. Bu jarayonda avval ichak bo'shlig'ida chala parchalangan ovqat
moddalari ichak devoriga shimilgan oshqozon osti bezining fermentlari ta'sirida, so'ngra esa ichak shilliq
qavati bezlaridan
ajralgan y - amilaza, maltaza, ishqoriy fosfataza va boshqa fer¬mentlari ta'sirida juda
mayda molekulyar holatgacha parchalanadi. Parchalangan ovqat moddalari vorsinkalar orqali qon va limfa
tomirlariga so'riladi. lngichka ichakda ovqatning hazm bo'lishi 6-8 soat davom etadi. Bu jarayon kuchsiz
ishqoriy
(pHi
7,5-8,0)
sharoitda
kechadi.
Och ichak va yonbosh ichak
hamma tomondan qorin pardasi
bilan qoplangan; tutqichi bo‘ladi. Ular shilimshiq pardasi 600
00 aylana burmalar va juda ko‘p vorsinkalar hosil qiladi. Vorsinkalar yuzasi bir qavatli ustunsimon
epitеliy bilan qoplangan. Epitеliyda shilimshiq ishlab chiqaruvchi hujayralar, epitеliotsitlar,
biroz e
ndokrinotsitlar bo‘ladi. Epitеliotsitlar sirtida joylashgan juda ko‘p o‘simtachalar (har bir hujayrada
150300 ta) hujayralarning so‘rish yuzasini yanada oshiradi. Har bir vorsinka markazidagi bittadan
uchi bеrk limfa kapillari, 12 ta artеriollar joylashgan. Limfaga emultsiyalangan yog‘lar shimiladi. A
rtеriollar kapillarlarga ajraladi. Kapillarlarga oddiy uglеvodlar va oqsillarning monomеrlari-
aminokislotalar shimiladi. Vorsinkalar oralig‘iga shilliq qobiq bеzlari
ochiladi.
3
.
Ingichka ichak (intestinum tenue) m e'daning chiqish (pilorus) qism idan boshlanadi,
u ovqat hazm
qilish kanalining eng uzun qismi bo'lib uzunligi 5-6
m . Ingichka ichakda ovqat hazm bo'lishi deyarli tugab, oziq
moddalar qon v a lim faga so'riladi. Shu sababli bu ichak o'ziga xos tuzilgan. Ingichka ichak uch qi
sm ga: o'n ikki barm oq ichak, och ichak va yonbosh ichakka bo'linadi. O 'n ikki barm oq ichak k
alta (27-
30 sm ) bo’lib, m e'daning pilorus qism id an boshlanadi va taqa shaklida m e'da osti bezining boshi bil
an tanasining bir qism ini o'rab turadi. O'n ikki barm oq ichakka jig a r va m e'da
osti bezi yo'llari ochiladi. Bu yo'llar birlashib, umumiy teshik yordamida o'n Ikki
barmoq ichakning
shilliq qavatidagi so'rg'ichga quyiladi. O'n ikki barmoq ichakdan keyin och ichak boshlanadi. Och
ichak ingichka ichak uzunligining 2/5 qism ini tashkil etadi. Och ichak yonbosh ichakka o'tadi. Bu
ichak uzunligi ingichka ichak uzunligining 3/5 qismiga teng.
Ingichka ichak devori ichki - shilliq parda, shilliq parda ostidagi qavat, m ushak qavati va tashqi
- seroz pardadan iborat. Shilliq parda yuzasida bo'yi 1 mm gacha boradigan ju d a ko'p vorsinkalar b
or. Vorsinkalar ichakning um um iy sathini oshiradi. Ular oziq moddalarning so'rilishiga yordam ber
adigan silindrsim on ichak epiteliysi hujayralari bilan qoplangan. Bu hujayralar orasida qadahsim on
hujayralar joylashgan. Vorsinkalarda mayda
arteriyalar, venalar, lim fa tomirlari, silliq mushak va
nerv tolalari bor. V orsinkalar orqali oziq m oddalar qon va limfaga so'riladi. Vorsinkalar orasida ju
d a ko'p oddiy naysim on Liberkyun bezlari bor. Bu bezlarda ichak shirasi ishlanib chiqadi. O 'n
ikki barmoq ichakdagi bezlar boshqa bezlardan farq qiladi va B runner bezlari deb ataladi. Bundan
tashqari, ingichka ichak shilliq pardasida lim fa tugunlari joylashgan. Bu tugunlardagi limfotsitlar
ichakka
kirgan m ikroblam i hazm qilib, yo'qotib boradi. Ichakning ba'zi qism iarida tugunlar to'pla
m hosil qiladi, bu to’plamlar Peyer blyashkalari deb ataladi.Ingichka ichak m ushak qavatining ich
ki tom onida halqasimon mushaklar, tashqi tom onidan uzunasiga ketgan mushaklar bo'ladi.Ingichka
ichakning tashqi qavati - seroz parda ichak tutqichini hosil qiladi. Undan ichakka qon va lim fa to
mirlari, nervlar keladi. Ichak tutqichi ichakni burm alarga burib, ichak qovuzloqlarini
hosil qiladi v
a umurtqa pog'onasiga birikib, ichakni m uayyan o'rinda ushlab turadi.