Ibn sino nomidagi nashriyot matbaa birlashmasi


Quloq oldi - chaynov sohasi (reg. paratideomasseterica)



Download 0,86 Mb.
bet9/21
Sana11.04.2020
Hajmi0,86 Mb.
#43957
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
AGZAMOV-Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya


Quloq oldi - chaynov sohasi (reg. paratideomasseterica). Terisi yupqa, elastik ter hamda yog’ bezlariga boy. Teri osti yog’ to’qimasi yuzaki fastsiya orqali ikki qavatda (yuzaki va chuqur) ajraladi. Xususiy fastsiyani teri bilan birlashtirib turuvchi,

qo’shuvchi (biriktiruvchi) to’qimalar teri osti yog’ qavati orqali o’tadi. Bu qavatning chuqur sohasidan pastki jag’ nervining tarmoqlari hamda bo’yin chigalidan chiquvchi quloqning katta nervi va mimika mushaklarini innervatsiyalovchi yuz nervining tarmoqlari o’tadi.

Quloq oldi - chaynov sohasining xususiy fastsiyasi o’z tarkibiga chaynov fastsiyasini (fascia masseterica) va quloq oldi bezi fastsiyasini (fascia parotidea) kiritib, bo’yin xususiy fastsiyasining davomi hisoblanadi. U yuz sohasining pastki qismiga o’tgach, u yerda pastki jag’ning pastki qirralariga birikadi. Yuqorida esa yonoq suyagi yoyining suyak usti pardasiga birikadi. Bu fastsiya chaynov mushagini yopib, ikki varaqqa bo’linadi va quloq oldi bezini oldidan va orqasidan o’rab, unga qobiq hosil qiladi. Qobiqning oldingi varag’i ancha qalin va mustahkam bo’lib, undan bez ichiga fassial to’siqlar yo’naladi. Natijada quloq oldi bezi bir nechta bo’lakchalarga bo’linadi. Ichki pardasi bo’lsa aksincha - yupqa hamda zaifdir.

Fastsiya varaqlarining ichida zaif joylari bo’lib, ularning bittasi yuqorida, bezning quloq tashqi eshituv teshigi tog’ay qismiga tegib turgan qismida joylashadi. Bu joydagi yoriqlar orqali limfa yo’llari o’tgan bo’ladi. Bezdagi yiringli yallig’lanish jarayonlarida shu yoriqlar orqali yiring quloqning tashqi eshituv teshigigа yorib chiqishi mumkin. Zaif joylardan yana bittasi, quloq oldi bezining qobiq bilan yopilmay halqumga qarab ketgan o’simtasi sohasida joylashadi. Bu o’simta bigizsimon o’simta bilan qanotsimon mushak orasidagi masofani to’ldirib turganligi sababli, yallig’lanish jarayonlari shu yo’l orqali bezdan halqum oldi bo’shliqlariga tarqalishi mumkin va aksincha.



Quloq oldi bezi (gl. paroridea). Bu bez eng katta so’lak bezlaridan hisoblanib, bo’lak - bo’lak tuzilishga egadir. U yuz terisi ostida qisman chaynov mushagini yopib turadi, orqa tomondan to’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon mushagi (m. sternoc-leidomastoideus) va qisman so’rg’ichsimon o’siqchaga tegib yotadi. Bezning so’lak chiqaruv yo’li (ductus parotideus) 5 - 6 sm uzunlikka ega bo’lib, bezning oldingi qismidan boshlanadi. Uning boshlanish qismi chaynov mushagining oldingi yuzasida yotib, keyinchalik shu yuzani aylanib o’tadi. So’ngra lunjdagi yog’ tana orqali lunj mushagini teshib o’tadi. Bu yerdan shilliq qavat ostiga 0,5 - 1 sm cha o’tgach, og’iz bo’shlig’ining kirish qismiga, ya`ni yuqori jag’dagi ikkinchi katta oziq tishlar qarshisida ochiladi. Bezning so’lak

chiqaruv yo’lining tashqi tasviri, quloq suprasining yumshoq asosidan, burun qanotining pastki qirrasigacha o’tkazilgan chiziqqa to’g’ri keladi. Bez to’qimasi orasidan yirik qon tomir va nerv tutamlari (tashqi uyqu arteriyasi, yuz va quloq-chakka nervlari) quyidagicha o’tadi: 1) tik- vertikal holatda bezning pastidan yuqorisiga qarab, o’zining oxirgi tarmoqlari bilan tashqi uyqu arteriyasi o’tadi. Tarmoqlardan chakkaning yuza arteriyasi quloq-chakka nervi (n. auriculotemporalis) bilan birga o’tib, bezning ichida o’zidan yuzning ko’ndalang (a. transversa facici) va yuqori jag’ arteriyalari tarmog’ini beradi. Bu tarmoqlar keyinchalik yuzning chuqur sohasiga jag’ orqa venasi (v. retromandibularis) bilan birga yo’naladi; 2) bezning ichidan, orqadan oldinga qarab yuz nervi o’tadi (33- rasm). Bu nerv yuz kanalidan (canalis facialis) chiqqach, bigiz-so’rg’ichsimon teshik (for. stylomastoideum) orqali bez qobig’ini teshib, uning ichiga kiradi. Bezning ichida u bir nechta tarmoqlarga bo’linib, bez chigalini (plexus parotideus) hosil qiladi. Bu chigaldan hosil bo’lgan tarmoqlar bezning oldingi yuzasidan teshib chiqib, yuzning yon sohasiga yelpig’ich sifatida har tomonga qarab g’oz panjasidek tarqaladi. Yuzdagi operatsiya kesimlarida bunday tarqalishlarni hisobga olish kerak. Yuz nervining yuzdagi tarqalgan tolalari asosan beshta tarmoqdan iboratdir. Bular: chakka (r. temporalis), yanoq (r. zygomatici), lunj (r. buccales), pastki jag’ qirrasi (marginalis mandibulae) va bo’yin tarmoqlaridir. Bundan tashqari, yuz nervidan yana bitta tarmoq - quloq orqasi nervi (n. auricularis posterior) tarmog’i chiqib, u quloqning orqa sohasiga qarab yo’naladi. Yuz nervining yuqorida keltirilgan beshta tarmoqlari yuzning mimika mushaklarini, peshona va ensa mushaklarini, bo’yindagi teri osti mushagini (m. platysma), ikki qorinchali mushak orqa qorinchasini hamda bigizsimon o’siq bilan til osti orasidagi mushakni (m. stylohyoideus) innervatsiya qiladi; 3) uchlamchi nervning III tarmogidan chiquvchi quloq - chakka nervi, bezning ichidan, ichkaridan tashqariga qarab chakkaning yuzaki arteriyasi va venasi bilan birga chakka sohasiga qarab o’tadi. Quloq oldi bezini, uni o’rab turgan qobig’i hamda quloq oldi - chaynov fastsiyalari bilan birga joyidan ajratib olsak, chaynov mushagini ko’ramiz. Bu mushak yonoq suyagining yoyidan boshlanib, pastki jag’ning burchagiga birikadi.

Agar chaynov mushagini joyidan olsak, uning tagida pastki jag’ning shoxi (r. mandibulae) yotadi. Uning orqasida esa yuzning chuqur yon sohasi joylashadi. Quloq oldi bezi, yuzaki va chuqur

quloq oldi bezi limfa tugunlari (nodi lymphatici parotide superficialis et profunda) bilan o’ralgan bo’lib, ulardan chuqur joylashganlari uchta guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga quloq oldi limfa tugunlari (nodi lymphatici preauricularis) quyilib, ular quloq suprasi do’mbog’i (tragus)ning oldida joylashadi. Ikkinchi guruhdagi limfa tugunlariga quloq osti limfa tugunlari (nodi lymphatici infraauricularis) deyiladi. Ular quloq suprasidan pastda-quloq oldi bezining orqa tomonida joylashadi. Uchinchi guruhdagi limfа tugunlari - bez ichi limfa tugunlari (nodi lymphatici infraglandularis) deyilib, ular quloq oldi bezining ichida -tashqi uyqu arteriyasi atroflarida joylashadi. Oxirgi guruh limfa tugunlariga bezning qobig’i ostida, uning ustida joylashgan limfa tugunlari ham kiradi.



Yuzning chuqur sohasi (reg.facialis profunda). Soha chakka osti chuqurchasi bilan qanot-tanglay chuqurchalari sohalarini o’z ichiga oladi. Chaynov mushagini, pastki jag’ shoxlarini hamda yanoq suyagini olganimizdagina, bu joyga tushishimiz mumkin.

Chakka osti chuqurchasi (fossa infratemporalis) - chakka chuqurchasining davomi bo’lib, undan ponasimon suyak katta qanotini chakka osti qirrasi (crista infratemporalis) bilan ajralib

turadi. Chuqurchaning medial devorini qanotsimon o’simtaning tashqi plastinkasi (lamina lateralis processus pterygoideus), oldingi chegarasini yuqori jag’ning pastki chakka qismi yoki yuqori jag’ do’mbog’i (tuber maxillae) hamda yonoq suyagining pastki yuzasi, yuqori devorini - ponasimon suyak katta qanotining pastki yuzasi va chakka suyagi pallasining bir qismi hamda ko’z kosasining pastki yorig’i hosil qiladi. Chuqurcha pastdan – og’iz bo’shlig’i (cavum oris), orqadan - bigizsimon o’simta bilan chegaralanib turadi.

Chakka osti chuqurchasi ichkari tomondan qanot-tanglay chuqurchasi (fossa pterygopalatina)ga o’tadi. Bu chuqurcha yoriqsimon shaklda bo’lib, uni oldingi tomonidan yuqori jag’, orqa tomondan -qanotsimon suyak o’simtalari chegaralab turadi. Chuqurchaning ichki devorini, uni burun bo’shlig’idan ajratib turadigan tanglay suyagining tik plastinkasi, yuqori devorini - ponasimon suyakning katta qanoti hosil qiladi.

Qanot-tanglay chuqurchasi ko’p joylar bilan aloqa qiladi. Chunonchi, u burun bo’shlig’i bilan qanot-tanglay teshigi (foramen sphenopalatinum) orqali aloqa qiladi. Bu teshikdan shu nomli arteriya, vena va nervlar (nn. nasalis posterioris) o’tadi; kallaning o’rta chuqurchasi bilan yumaloq teshiк (foramen rotundum)orqali aloqa qiladi. Bundan uch shoxli nervning II shoxi o’tadi; ko’z kosasi bilan-ko’zning pastki yorig’i (fissura orbitalis inf.) orqali aloqa qiladi; og’iz bo’shlig’i bilan tanglay qon tomir va nervlar o’tadigan, qanot-tanglay kanali (canalis pterygopalatinus) orqali aloqa qiladi; kalla asosi bilan - shu nomli nerv o’tadigan qanot kanali (canalis pterygoideus) orqali aloqa qiladi.

Yuzning chuqur sohasida joylashgan bu chuqurchalar yog’ to’qimalar bilan to’lgan bo’lib, uning ichidan qon - tomir va nerv tutamlari o’tadi. Undan tashqari, bu yerda medial va lateral qanotsimon mushaklar bilan chakka mushagining paylari ham o’tadi.

Yuz chuqur sohasini jag’lararo sohasida yog’ to’qima bo’shliqlari yoki mushaklararo bo’shliqlar bo’lib, ular asosan pastki jag’ shoxlari bilan yuqori jag’ do’mboqlari orasidagi masofada hosil bo’ladi. Shunday bo’shliqlardan N. I. Pirogovning yozishicha, ikkita, ya`ni chakka-qanot (interstitium temporapterygoideum) hamda qanotlararo (interstitium interpterygoideum) bo’shliqlari mavjud. Bularning birinchisi, pastki jag’ning toj o’simtasiga birikuvchi chakka mushagining oxirgi qismi bilan lateral qanotsimon mushaklari orasida, ikkinchisi - lateral va medial qanotsimon mushaklari orasida hosil bo’ladi. Ikkinchi bo’shliqning tashqi

qismini stomatologiyada qanot - pastki jag’ bo’shlig’i (spatium pterygomandibulare) deb ham ataydilar.

Hali yuqorida aytganimizdek yuzning bu chuqur sohasida yog’ to’qimalarga o’ralgan qon tomirlar o’tadi. Bu yerdan yuzada qanotsimon vena chigali, chuqurroqda - yuqori jag’ning arteriyasi (o’zining tarmoqlari bilan) hamda pastki jag’ nervining tolalari o’tadi.

Chakka osti chuqurchasida o’zining bir nechta tarmoqlari bilan yuqori jag’ arteriyasi o’tadi. Pastki jag’ bo’g’imi shoxining orqasidan bu arteriyaning quyidagi asosiy tarmoqlari o’tadi: a) quloqning chuqur arteriyasi (a. auricularis profunda); b) nog’ora arteriyasi (a. tympanica); v) foramen spinosum orqali kalla bo’shlig’iga kiradigan miya pardasining o’rta arteriyasi (a. meningea media); g) pastki tishlarga boruvchi pastki tish kataklarining arteriyasi (a. alveolaris inferior). Yuqori jag’ arteriyasidan chiqqan ikkinchi guruh arteriya tarmoqlari lateral qanotsimon mushagining tashqi yuzasi (fossa infratemporalis) sohasida joylashadi va hamma chaynov mushaklari bo’ylab tarqaladi: a) chaynov arteriyasi - shu nomli mushakka incisura mandibularis orqali boradi; b) qanotsimon tarmoqlari (rami pterygoidea) - lateral va medial qanotsimon mushaklarga boradi; v) chakkaning chuqur arteriyalari (a. a. temporalis profundae) - chakka mushagiga boradi; g) lunj arteriyasi (a. buccalis) - lunj mushagiga boradi.

Yuqori jag’ arteriyasining uchinchi guruh tarmoqlari – qanot -tanglay chuqurchasida joylashib, quyidagi tarmoqlarni beradi: a) ko’z kosasining pastki arteriyasi (a. infraorbitalis) – ko’z kosasining pastki yorig’i orqali ko’z kosasiga o’tib, shu nomli teshikdan yuzga qaytib chiqqach, yuz arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi. Bundan chiqqan ustki jag’ arteriyasi o’zidan oldingi tish kataklari arteriyasini (aa. alveolaris superioris anterioris) va tanglayning pastga yo’naluvchi arteriyasini (a. palatina descendens) beradi. Bularning oxirgisi tanglayning katta va kichik arteriyalariga (a. palatina major et minor) bo’linadi.

Yuzning chuqur sohasidagi venalar juda yaxshi taraqqiy qilgan, ular orasidagi anastomozlar keng tarqalgan bo’lib, qanotsimon chigalni (plexus pterygoideus) hosil bo’lishida aktiv qatnashadi. Bu chigal o’z navbatida jag’ orqasi venasi bilan aloqada bo’ladi. Bundan tashqari, qanotsimon chigalning yuzaki yuz venalari va ko’z kosasining venalari orqali - kovaksimon sinuslar bilan ham anastomozlari bor. Qanotsimon mushaklari orasidan uch shoxli

nervning III shoxi o’tadi. Bu yerga u kallaning ichidan ovalsimon teshik orqali chiqib kelib, harakatlantiruvchi va sezuvchi tarmoqlarga bo’linadi. Uning sezuvchi tarmoqlariga: lunj nervi (n. buccalis)-lunjning shilliq qavatida tarqaladi, til nervi (n. lingualis) - tilning orqasidagi shilliq qavatini,og’iz tubi shilliq qavatining uchdan ikki qismini innervatsiya qiladi, pastki tish kataklarining nervi (n. alveolaris inferior) - pastki tishlar nerv chigallarini hosil qilib, pastki tishlarni innervatsiya qiladi, iyak osti nervi (n. mentalis) - pastki lab hamda iyak osti sohalari terisini innervatsiya qiladi, quloq-chakka nervi (n. aurculotemporalis) - chakka sohasi terisini innervatsiya qiladi. Oxirgi ikki nervlar tarkibida pastki jag’ osti, til osti va quloq oldi so’lak bezlariga boruvchi sekretor tolalari ham bor. Mushak tarmoqlariga uning chaynov nervi (n. massetericus), chakkaning chuqur nervlari (n. n. temporalis profundi) va medial hamda lateral qanotsimon nervlari (n. n. pterygoideus medialis et lateralis) kiradi.

Halqum oldi bo’shlig’i halqumning orqa va yon tomonlarida hosil bo’lib, unda halqum oldi yon bo’shliqlari (spatium lateropharyngeum-halqumning ikki yon tomonida) va halqqum orqasi bo’shliqlari (spatium retropharyngeum) tafovut qilinadi. Halqum hamda umurtqalar oldi fastsiya varaqlari bularning orasidagi chegara vazifasini bajaradi. Bu varaqqa halqum - umurtqa oldi aponevrozi (aponeurosis pharyngopraevertebralis) deyiladi. Halqum bilan (ichkaridan) quloq oldi bezining yopqichi hamda medial qanotsimon mushaklari (tashqaridan) orasida xususiy halqum oldi bo’shlig’i bor. U yuqoridan kalla asosigacha, pastdan esa - til osti suyagigacha boradi. Til osti suyagi va til mushagi(m. hypoglossus) bu bo’shliqni pastki jag’ osti so’lak bezi hamda uning qobig’idan ajratib turadi. Halqum oldi bo’shlig’i ikkita: oldingi –halqum - qanot va orqa halqum-bigizsimon qismlardan iborat. Bularning orasidagi chegara bo’lib, bigizsimon o’siq va undan boshlanadigan bigizsimon o’siq - halqum, bigiz-til va bigiz - til osti mushaklari (m. m. stylopharyngeus, styloglossus, et stylohyoideus) xizmat qiladi. Bularning hammasining yig’indisiga "anatomik guldasta" deyiladi. Bundan tashqari, chegara vazifasini bigizsimon o’siq bilan halqum orasidagi fastsiya (bigizsimon o’simta - halqum aponevrozi - aponeurosus stylopharyngea) ham o’taydi. Xususiy halqum oldi bo’shlig’ining oldingi yuzasiga tanglay bodomchasi (ichkaridan) va quloq oldi bezining halqum oldi o’simtasi (tashkaridan) tegib turadi. Halqum oldi bo’shlig’ining orqa tomondagi qismida qon - tomir va

nervlar (ichki bo’yinturuq venasi - tashqaridan, ichki uyqu arteriyasi va til-halqum, adashgan, qo’shimcha, til osti va simpatik nervlari - ichkaridan) o’tadi. Bundan tashqari, shu yerning o’zida bo’yin chuqur limfa tugunlarining yuqori guruhlari joylashadi. Halqum oldi bo’shlig’ining oldingi tomonida tanglayning yuqoriga ko’tariluvchi arteriyasi hamda venasining shoxlari o’tadi. Ular bodomcha atrofida yallig’lanish jarayonlarini tarqatishda muhim rol' o’ynaydi. Halqum oldi bo’shlig’idagi yog’ to’qimasi, og’iz bo’shlig’i tubidagi yog’ to’qimasi bilan aloqa qiladi.

TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1. Boshning miya qismi yuz qismidan qanday chegaralanadi?

2. Peshona-tepa-ensa sohasining chegarasi qanday?

3. Boshning gumbazida qanday qon tomirlar va nervlar bor?

4. Bosh gumbazi qavatlarining topografiyasi?

5. Miyaning qanday pardalari va pardalararo bo’shliqlari bor ?

6. Miya qattiq pardasining asosiy bo’shliqlarini (sinuslarini)

ayting?

7. Bosh gumbazi vena sistemasining xususiyati nimada?



8. G’or bo’shlig’ining topografiyasi qanday va uning klinik

ahamiyati?

9. Chakka sohasi qanday qavatlardan iborat?

10. Chakka aponevrozi qanday tuzilishga ega va qanaqa ikkita yog’

to’qima bo’shlig’iga bu sohani ajratib turadi?

11. Kronleyn chizmasining 6 ta chizig’i qanday o’tkaziladi?

12. Roland egatchasining bosh terisidagi tasviri qanday

aniqlanadi?

13. Sil'viy egatchasining bosh terisidagi tasviri qanday

aniqlanadi?

14. Kronleyn chizmasi bo’yicha miya o’rta parda arteriyasi

shoxlarining topografiyasini qanday aniqlash mumkin?

15. Kallaning qanday chuqurchalari bor? Ulardagi teshiklarni

ayting?


16. Kalla o’rta chuqurchasining qaysi teshiklaridan uch shoxli

nervning uchta nervi o’tadi?

17. Yuzning yon sohasi qanday sohalarga bo’linadi?

18. Quloq oldi bezi va uning yo’lini topografiyasi qanday?


19. Yuz nervi shoxlarining yuzdagi topografiyasi qanday?

20. Uch shoxli nervning yuzdagi shoxlari topografiyasi qanday?

21. Yuzning chuqur sohasidan yiring qayerga tarqalishi

mumkin?

IV BOB

BO’YIN TOPOGRAFIYASI
Bo’yinning yuqori chegarasi iyakdan, pastki jag’ning pastki qirrasi bo’ylab, so’rg’ichsimon o’siqning cho’qqisigacha va u yerdan yuqori bo’yin chizig’i orqali, ensa suyagining tashqi do’mbog’igacha o’tkazilgan chiziqqa to’g’ri keladi. Uning pastki chegarasi to’sh suyagining o’ymasidan o’mrov suyaklari bo’ylab kurak suyagining akromion o’sig’igacha va u yerdan VII bo’yin umurtqasining o’tkir o’simtasigacha o’tkazilgan chiziqqa to’g’ri keladi.

Bo’yin a’zolarining topografiyasini o’rganishda undagi bo’lgan juda ko’p belgilardan foydalanish katta amaliy ahamiyatga egadir. Chunonchi, pastki jag’ suyagi, uning burchaklari, pastki qirralari, shoxlari, bo’g’imi, iyak do’mbog’i, to’sh suyagining o’ymasi, o’mrov suyaklari, kurakning akromion o’sig’i, bo’yin umurtqalari, ularning o’simtalari, til osti suyagi, uzuksimon tog’ay, hiqildoq, to’sh-o’mrov so’rg’ichsimon mushaklari va boshqalar aniq ko’rinib hamda paypaslanib, bo’yindagi kerakli bo’lgan joylarning o’rnini, holatini, o’zaro munosabatini aniqlashda yordam beradi. Masalan, boshni orqaga tashlaganda to’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon o’simta mushagi yaqqol ko’rinib taranglashadi. Uning yuqori uchlarining oldidagi qirrasiga umumiy uyqu arteriyasining tashqi tasviri to’g’ri keladi. Bosh oldiniga tashlansa, o’rta teri burmasiga til osti suyagining tasviri to’g’ri keladi, uning ikkala yon tomonga uning qanotlari to’g’ri keladi. Til osti suyagining pastida tog’ayning plastinkalari paypaslanadi, uning ostida yesa uzuksimon tog’ayni aniqlashimiz mumkin. Uzuksimon tog’ay bilan qalqonsimon tog’ay plastinkalarini o’rtasida chuqurlik bo’lib, u yerdan shoshilinch konikotomiya o’tkazish mumkin. Qalqonsimon tog’ay o’rtasidan to’sh suyagining o’ymasiga o’tkazilgan to’g’ri chiziq kekirdakning tashqi tasviriga to’g’ri keladi, undan ozgina chaproqdan esa-qizilo’ngach o’tadi. To’sh - o’mrov-so’rg’ichsimon o’simta mushagining oldingi yuzasiga, uzuksimon tog’ay ro’parasidan ancha yuqoriroqda VII bo’yin umurtqasining ko’ndalang o’simtasidagi do’mboq paypaslanadi. Bu do’mboqqa umumiy uyqu arteriyasining bosib, undan qon ketishini to’xtatish mumkin. Qalqonsimon

tog’ayning yuqori sohasiga umumiy uyqu arteriyasining bifurkasiyasi to’g’ri keladi. To’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon mushak orqa qirrasining o’mrov suyagi bilan kesishgan joyida o’mrov osti arteriyasining pulsini aniqlashimiz mumkin. Shu yerning o’zida bu arteriyani birinchi qovurg’aga bosib undan qon ketishini vaqtincha to’xtashimiz mumkin. To’sh - o’mrov-so’rg’ichsimon o’siq mushagini pastki hamda o’rta qismlarga bo’ladigan nuqtasidan o’mrov suyagining o’rtasiga qarab o’tkazilgan chiziq, bo’yin chigalining tashqi tasvirini ko’rsatadi. O’mrov suyagining o’rtasidan 2-2,5 sm yuqorida bu chigalni anesteziya qilishimiz mumkin.

Trapesiyasimon mushakning oldingi qirrasi bo’ylab bo’yin umurtqalari ko’ndalang o’simtalari orqali o’tkazilgan frontal chiziq bo’yinning oldingi va orqa sohalariga (reg.servisis anterior yet posterior) bo’ladi. Bo’yin a’zolari topografiyasini yaxshi o’rganish uchun hamda amaliyot nuqtai nazaridan bo’yinning oldingi sohasini bir nechta uchburchaklarga bo’lib o’rganamiz.



Bo’yin uchburchaklari. Avvalo shuni aytish kerakki, bo’yinning oldingi sohasi o’rta chiziq orqali o’ng va chap tomonlarga bo’linadi. Har bir tomon o’z navbatida to’sh - o’rov - so’rg’ichsimon mushagi orqali ikkita katta uchburchaklarga bo’linadi. Bu uchburchaklarning ichkari tomondagisi bo’yinning medial uchburchagi (trigonum colli medialis) va tashqi tomondagisi-bo’yinning lateral uchburchagi (trigonum colli lateralis) deyiladi. Medial uchburchak yuqoridan pastki jag’ning pastki qirrasi, orqadan – to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushakning oldingi qirrasi va oldindan-bo’yining o’rta chizig’i bilan chegaralangan. Lateral uchburchak esa oldindan – to’sh - o’mrov-so’rg’ichsimon mushagining orqa qirrasi, orqadan - trapetsiyasimon mushakning oldingi qirrasi va pastdan-o’mrov suyakning yuqori qirrasi bilan chegaralanadi.

Bo’yinning lateral uchburchagi kurak - til osti mushagining (m.omohyoideus) pastki qorincha orqali kurak trapetsiyasimon va kurak - o’mrov uchburchaklariga (trigonum omotrapezoideum et trigonum omoclavicularis) bo’linadi. Kurak - trapetsiyasimon uchburchagini oldindan – to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushagi, orqadan-trapetsiyasimon mushakning oldingi qirrasi va pastdan – kurak - til osti mushagining qorinchasi chegaralab turadi. Kurak - o’mrov uchburchaklarini esa oldindan – to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushagining orqa qirrasi, yuqoridan – kurak - til osti


mushagining qorinchasi va pastdan - o’mrov suyagi chegaralab turadi.

Bo’yinning medial uchburchagida ham anchagina uchburchaklar tafovut qilinadi. Bular: jag’ osti uchburchagi (trigonum submandibularis). Bu uchburchakni yuqoridan-pastki jag’ning pastki qirrasi, ikkala yon tomonlarda-ikki qorinchali mushakning ikkala qorinchasi hosil qiladi. Bu uchburchakning pastki sohasida Pirogov uchburchagi tafovut qilinib, uning hosil bo’lishida yuqoridan – til osti nervi (n.hypoglossus), pastdan - ikki qorinchali mushakning (m.digastricus), oraliq payi va oldindan-jag’ til osti mushagi (m.mylohyoideus) ishtirok etadi. Uchburchakning tubini til

osti - til mushagi(m.hypoglossus) hosil qiladi. N.I.Pirogov bu uchburchak orqali u yerdan, til osti-til mushagining tagida o’tadigan til arteriyasini bog’lashini birinchi bo’lib taklif qilgan. Til arteriyasi bilan bu yerga til venasi va til osti nervi ham o’tadi.

Iyak osti uchburchagi (trigonum submentale) toq uchburchak bo’lib, uning chegaralarini ikki yon tomondan – ikki qorinchali mushakning oldingi qorinchalari va pastdan – til osti suyagining tanasi bilan katta shoxlari hosil qiladi.

Uyqu uchburchagi (trigonum caroticum) yuqoridan ikki qorinchali mushakning orqa qorinchasi,tashqaridan – to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushakning oldingi qirrasi va oldindan – kurak - til osti mushagining yuqori qorinchasi bilan chegaralanadi. Bu uchburchakdan umumiy uyqu arteriyasi o’tadi.

Kurak - kekirdak uchburchagi (trigonum omotracheale)ni yuqoridan va orqadan – kurak - til osti mushagining yuqorigi qorinchasi, pastdan va orqadan – to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushakning oldingi qirrasi va oldindan – bo’yinning o’rta chizig’i chegaralab turadi.

Narvon-umurtqa uchburchagi (trigonum scalenovertebrale) bo’yin sohasining chuqur joylarida hosil bo’lib, uning chegaralarini-oldingi narvon mushagi (m.scalenus anterior), ichkari tomondan - bo’yinning uzun mushagi (m.longus colli) hamda bo’yin umurtqalari, pastdan-plevraning gumbazi tashkil qiladi. Bu uchburchak sohasida umurtqa arteriyasida va bo’yin-ko’krak (yulduzsimon) tugunchasida (a.vertebralis et ganglion stellatum) operasiyalar olib borish mumkin.

Iyak osti va pastki jag’ osti uchburchaklari hamda bu yerdagi bo’yin a’zolari, fastsiyalar va fastsiyalar aro bo’shliqning topografik anatomiyasini yozish va o’rganish oson bo’lishi uchun ular til osti
suyagi ustki sohasi tarkibiga, kurak - kekirdak juft uchburchagi esa til osti sohasi tarkibiga kiritilgan.

Bo’yin fastsiyalari. Bo’yindagi fastsiyalarning bir necha xil tasniflari bo’lib (N.I Pirogov, A.A Bobrov, V.N Shevkunenko va hokazo.), bularning ichida jarrohlik amaliyoti nuqtai nazaridan V.N.Shevkunenkoning tasnifi maqsadga muvofiq deb topilgan. (34-rasm) Bu tasnif bo’yicha besh qavat fastsiya mafjud:

1. Bo’yinning yuzaki fastsiyasi (fastsiya colli superficialis). Bu fastsiya tana umumiy yuza fastsiyasining davomi bo’lib, uning boshlanish va birikish joylari yo’q. U bo’yinda teri osti mushagi (m.platyzma)ga qin hosil qiladi hamda tashqi bo’yinturuq vena (u.jugularis externa)sini o’rab o’tadi.

2. Bo’yinning xususiy fastsiyasini yuza varag’i (lamina superficialis fassika colli propria) bo’yinning hamma tomonida bo’ladi. Yuqorida pastki jag’ning pastki qirralaridan, so’rg’ichsimon o’siqdan, yuqori bo’yin chizig’idan boshlanib, pastda to’sh suyagi

dastasi (manibrum sterni) va o’mrov suyagining yuqori oldingi yuzalariga birikadi. Orqa tomondan bo’yin umurtqalarining qirrali o’siqlari ustidagi boylamga va yuqori ensa chizig’iga, oldingi tomonda esa qarama-qarshi tomondagi fastsiya bilan, shuningdek bo’yinning uchinchi fastsiyasi bilan birlashib, o’rta chiziqda bo’yinning oq chizig’ini hosil qiladi.

Bundan tashqari bo’yinning ikkinchi fastsiyasi bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’siqlari ustidan o’tar ekan, bu o’siqlarga birikadi, natijada ko’ndalang o’siq sohasida frontal tekislikda yotgan bo’yinning old tomonini uni orqa tomonidan ajratib turuvchi fastsiyal to’siq hosil bo’ladi. Bu to’siq bo’yinning oldingi tomonidagi yiringli yallig’lanish jarayonlarini (frunkul, karbunkul, absess va hokazo) orqa tomonga va orqa tomondagi shu kabi jarayonlarni oldingi tomonga tarqalib ketishidan saqlaydi. Bo’yinning ikkinchi fastsiyasi o’z yo’lida m.trapesius va to’sh - o’mrov - so’rg’ichsimon mushaklarga yaqinlashar ekan, ikki varaqqa bo’linib ularni oldidan va orqasidan aylanib o’tib, ularga qin hosil qiladi.Oldingi yuqori tomonga esa jag’ osti so’lak beziga qobiq hosil qiladi.

3. Bo’yinning xususiy fastsiyasining chuqur varag’i (lamina profunda fastsiya colli propriae) – Bo’yinning oldingi tomonida, faqat til osti suyagidan pastda bo’lib, til osti suyagi va uning qanotlaridan boshlanib, pastda to’sh va o’mrov suyaklarining yuqori orqa yuzalariga birikadi. Uning shakli trapesiya ko’rinishiga ega bo’lib, yon chegaralari kurak-til osti mushaklarigacha tortilgan bo’ladi. Bu fastsiya til osti suyagidan pastda joylashgan mushaklar: to’sh - til osti (m.sternohyoideus), to’sh-qalqonsimon (m.sternotyroideus) va qalqonsimon til osti (m.tyrohyoideus)larga qin hosil qiladi. Natijada bu fastsiya mushaklar bilan zich qo’shuvchi to’qima - mushak plastinkasini, ya’ni kurak - o’mrov aponevrozini (aponeurozus omoclavicularis) hosil qiladi.

4. Bo’yinning ichki fastsiyasi (fassia endocervicalis) - bo’yinda joylashgan halqum, hiqildoq, kekirdak, qizilo’ngach, qalqonsimon bez va boshqa bo’yin a’zolarini va qon tomirlarini o’rab turadi. Bu fastsiyaning ikki varag’i - pariyetal va visceral varaqlari tafovut qilinib, ularning birinchisi bo’yin a’zolarining ustidan o’rab o’tsa, ikkinchisi-har bir a’zoning alohida - alohida o’rab, ularning har biri uchun qin hosil qiladi. Bundan tashqari, to’rtinchi fastsiyaning pariyetal varag’i bo’yinning asosiy qon tomirlariga: umumiy uyqu arteriyasi, ichki bo’yinturuq vena va adashgan nervni hamma

tomondan o’rab, ular uchun ayrim-ayrim va umumiy qin hosil qiladi. Bo’yinning to’rtinchi fastsiyasi yuqoridan kalla asosigacha, pastdan - ko’krak qafasigacha davom etadi va ko’ks oralig’ining oldingi yarmida joylashgan a’zolarni o’raydi.

5. Umurtqa oldi fastsiyasi (fastsiya prevertebralis) deyilib, bo’yin IV fastsiyasi varag’ining bir qismi hisoblanadi. U bo’yin a’zolarining orqasida, umurtqalarning oldida yotib, o’z yo’lida simpatik poya hamda bg’yin umurtqalari oldida va ko’ndalang o’simtalarda yotgan mushaklarni (m.m. longus colli va longus capitis) yopib o’tadi. So’ngra pastga hamda ikkala yon tomonga tarqalib, bo’yinning tashqi uchburchagigacha tushadi va u yerdagi narvon mushaklarga (m.m scalenus anterior,medius va posterior), qon tomir va nerv tutamlariga (o’mrov osti arteriyasi, venasi va yelka chigali) qin hosil qiladi. Bu yerdan pastga yo’nalib, ko’krak qafasini ichki fastsiyasi (fastsiya endothoracica)ga qo’shilib ketadi.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish