Ibn sino nomidagi nashriyot matbaa birlashmasi



Download 0,86 Mb.
bet3/21
Sana11.04.2020
Hajmi0,86 Mb.
#43957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
AGZAMOV-Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya


Tirsakning orqa sohasi (regio cubiti posterior). Bu sohaning terisi qalin bo‘lsa - da, harakatchan. Tirsak do‘mboqchasi ro‘parasida teri ostida sinovial xalta (b. subcutanea olecrani) joylashadi. Xususiy fastsiyasi уelka suyagi do‘mboqchalariga va tirsak suyagining orqa tomoniga mustahkam birikkan bo‘ladi.

Yelka - bilak mushagining orqa va tashqari tomonidagi tashqi do‘mboqdan yozuvchi mushaklar: panjani yozuvchi uzun va kalta bilak, panjani yozuvchi umumiy, panjani yozuvchi tirsak va tirsak mushaklari (m.m. extensor capri radialis, longus et brevis, extensor digitorum communis, extensor capri ulnaris onconeus) boshlanadi. Shu joyga uch boshli mushakning payi tirsak o‘simtasiga kelib yopishadi va sinovial xalta – bursa subtendenea olecrani ni hosil qiladi.

Ichkari tomonda, medial do‘mboqchasi bilan tirsak o‘simtasi orasida tirsak bo‘g‘imiga tegib, o‘z fastsiyasiga o‘ralgan holda tirsak nervi (n.ulnaris) o’tadi va u уerdan barmoqlarni bukuvchi uzun mushaklarning ikkala boshchalari orasidan o’tib, tirsakka tushadi (7 -rasm).

Tirsak bo‘g‘imi (articulatio cubiti). Bu bo‘g‘im uchta suyaklarning, ya'ni уelka suyagining pastki (distal) uchi bilan, bilak va tirsak suyaklarining ustki (procsimal) uchlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lib, uchta bo‘g‘imni o‘z ichiga oladi. Bular уelka suyagi bilan bilak suyagi o‘rtasidagi (articulatio humeroradialis), уelka suyagi bilan tirsak suyaklari orasidagi (articulatio humeroulnaris) va

bilak suyagi bilan tirsak suyaklari orasidagi bo‘g‘im (articulatio radioulnaris proximalis) dir. Birinchi bo‘g‘imda – bilakni bukish va yozish harakatlari, ikkinchi bo‘g‘imda – bilakni bukish va yozishdan tashqari pronatsiya, supinatsiya va aylanma harakatlari sodir bo‘ladi.

Bo‘g‘im qobig‘i oldingi sohada orqadagiga nisbatan ancha mustahkamroq bo‘lib, u уelka suyagining oldingi yuzasiga, bilak va toj chuqurchalari ro‘parasida birikadi. Suyakning orqa yuzasiga tirsak chuqurchasi ustida, yon tomonlaridagi do‘mboqchalar asosiga birikadi. Bo‘g‘im qobig‘i bilak suyaklariga, ularning bo‘yinchalariga va uning ustki qismiga birikadi.

Bilak-tirsak bo‘g‘im sohasida, bo‘g‘im qobig‘i ko‘r tugaydigan xaltasimon cho‘ntakni (recessus sacciformis) hosil qiladi.

Bo‘g‘im qobig‘ini quyidagi boylamlar mustahkamlaydi: bilak suyagining xalqali boylami (lig. anulare radii) – bilak suyagining bo‘ynini va boshchasini o‘rab, bilak atroflariga birikadi; tirsak suyagining xalqali boylami (lig. anulare ulnare) ichki do‘mboqchadan tirsak suyagiga boradi; tirsak yonlama boylami (lig. collaterale radiale) - tashqi do‘mboqchadan bilak suyagiga boradi.

Epifizar chiziqlar bo‘g‘im bo‘shlig‘ida joylashadi. Bo‘g‘imning qon bilan ta'minlanishi, asosan, tirsak bo‘g‘imi qon tomirlari hisobiga bo‘ladi. Innervatsiyasi esa bilak, tirsak va o‘rta nerv tolalarining hisobiga bo‘ladi.



Bilak (antebrachium). Sohaning yuqori chegarasi – уelka suyagi medial va lateral tepachalarini birlashtiruvchi chiziqdan 4 sm pastda, pastki chegarasi – bilak suyaklarining bigizsimon o‘simtalaridan 1 sm yuqorida o’tadi. Уelka suyagining medial va lateral tepachalaridan bilak hamda tirsak suyaklarining bigizsimon o‘simtalariga tushirilgan ikkita vertikal chiziqlar orqali bilak sohasi ikki sohaga: oldingi va orqa sohalarga bo‘linadi.

Bilakning oldingi sohasi (regio antebrachialis ant.). Terisi yupqa, harakatchan bo‘lib, medial tomondan bilakning medial teri nervi bilan, lateral tomondan bilakning lateral teri nervlari bilan innervatsiyalanadi. Teri osti yog‘ to‘qimasida bilak suyagi tomonida lateral teri osti venasi, tirsak suyagi tomonida medial teri osti venasi bilan bilakning medial teri osti nervlari o’tadi. Ayrim vaqtlarda bularning orasida oraliq teri osti venasi (v.intermedia antebrachii) joylashadi.

Bilak fastsiyasi (fascia antebrachii) bilakdagi hamma mushaklarni, qon tomir va nervlarni hamda bilak suyaklarini o‘rab, ikkita mushaklararo to‘siqlarni hosil qiladi. Buning natijasida

bilakda uchta fassial bo‘shliqlar hosil bo‘lib, bularning birinchisiga oldingi, ikkinchisiga – tashqi va uchinchisiga – orqa fassial bo‘shliqlari deyiladi.

Oldingi bilak mushaklararo to‘sig‘i sulcus radialis chizig‘i bo‘ylab, orqadagisi esa m. brachioradialis ning lateral qirrasi bo‘ylab o’tadi. Oldingi va lateral fassial bo‘shliqlar bilakning oldingi sohasi bo‘ylab joylashib, oldingisi orqadan bilak suyaklari hamda suyaklararo parda bilan, oldindan – bilakning xususiy fastsiyasi bilan, tashqaridan – oldingi bilak mushaklararo to‘siqlar bilan va ichkaridan – xususiy fastsiya bilan chegaralanib turadi.

Bu fassial bo‘shliqda mushaklar 4 qavat bo‘lib (8 -rasm) quyidagicha joylashadi: birinchi qavatda m.m. pronator teres, flexor carpi radialis, palmaris longus va flexor capri ulnaris, ikkinchi qavatda m. flexor digitorum supeficialis, uchinchi qavatda mm.


flexor digitorum profundus va m. flexor pollicis longus va to‘rtinchi qavatda m. pronator qiabratus. Lateral fassial bo‘shliqni medial tomonidan bilakning oldingi mushaklararo to‘sig‘i, oldindan va lateral tomonidan – xususiy fastsiya va orqadan – bilakni orqa mushaklararo to‘sig‘i chegaralab turadi. Bunda m. brachioradialis, uning ostida va yuqorirog‘ida m. supinator yotadi.

Bilak mushaklari orasida uchta: bilak (sulcus radialis), tirsak (sulcus ulnaris) va o‘rta (sulcus medianus) mushak egatchalari

tafovut qilinadi. Bilak egatchasi- bilakning yuqori qismida уelka- bilak yumaloq pronator mushaklari orasida hosil bo‘ladi. Tirsak egatchasi – kaftni tirsak tomonga bukuvchi mushak bilan panjani bukuvchi yuza mushaklar orasida hosil bo‘ladi. Va, nihoyat, o‘rta egatcha – faqat bilakning pastki uchdan bir qismida bo‘lib, kaftni bilak tomonga bukuvchi mushakning payi bilan, panjani bukuvchi yuza mushakning paylari orasida hosil bo‘ladi.

Bilakning oldingi yuzasidan to‘rtta qon tomir va nerv tutamlari o’tadi (9-rasm). Bilak arteriyasi o‘zining ikkita venasi hamda bilak nervining yuzaki tarmog‘i bilan birgalikda bilak egatchasida yotadi.

Bunda nerv arteriyaning lateral tomonida joylashib, uni bilakning pastki uchdan bir qismigacha kuzatib boradi. So‘ngra уelka –bilak mushagi payining tagiga o’tib, bilak fastsiyasini teshib o’tadi va panja oldi hamda panja sohalarining teri osti yog‘ to‘qimalarida tarmoqlanadi. Bilak arteriyasining tashqi tasviriy chizig‘i tirsak chuqurchasining o‘rtasidan, bilak suyagi bigizsimon o‘simtasining medial qismiga o’tkazilgan chiziqqa to‘g‘ri keladi.

Ikkinchi qon tomir va nerv tutamlarini tirsak arteriyasi, uning ikkita venasi va tirsak nervi tashkil qiladi. Butun egatcha bo‘ylab tirsak nervi har doim tirsak qon tomirlarining medial tomonida yotadi. Bilakning yuqori uchdan bir qismida tirsak arteriyasi nervdan ancha uzoqda, yumaloq pronator va panjaning yuzaki bukuvchi mushaklari ostida yotadi. Natijada qon tomirlar tirsak egatchasida, bilakning yuqori va uchdan bir o‘rta qismida bo‘ladi. Shunday qilib, bilakning pastki uchdan ikki qismda tirsak arteriyasini tashqi tasviri, уelkaning medial do‘mboqchasidan no‘xatsimon suyakkacha o’tkazilgan chiziqqa to‘g‘ri keladi. Ayni vaqtda, tirsak nervining tasviri shu chiziqning butun uzunasiga to‘g‘ri keladi. Bilakning proksimal qismida tirsak o’zidan umumiy suyaklararo arteriyasi (a. interossaуe communis) beradi. Keyinchalik bu arteriya oldingi va orqa suyaklararo arteriyalarga (a. interossae anterior et posterior) bo‘linadi. Bularning oxirgisi suyaklararo boylamni teshib, bilakning orqa sohasiga o’tadi.

Tirsak nervi, tirsak egatchasiga, tirsakning orqa sohasidan kaftni tirsak tomonga bukuvchi mushakning boshchalari orasidan o’tib keladi. U shu mushak bilan panjalarni bukuvchi chuqur mushaklarga o‘zidan harakatlantiruvchi tolalarini beradi. Bilakning o‘rta uchdan bir qismida undan yana kaftga (r. palmaris) va panjaning orqa yuzasiga (r. dorsalis) tolalari chiqadi.

Oxirgi tolasi ichkari tomonga burilib, tirsak suyagi bilan kaftni tirsak tomonga bukuvchi mushak orasidan o’tgach, bilakning xususiy fastsiyasi orqali kaft sohasidan panjaning orqa tomoniga o’tadi.

Oraliq nervi (n.medianus). Oldingi suyaklararo arteriyaning tarmog‘i bo‘lmish oraliq arteriyasi va venalari bilan uchinchi qon tomir va nerv tutamlarini tashkil qiladi. Uning tashqi tasviriy chizig‘i ikki boshli mushak payi bilan, уelka suyagining medial do‘mbog‘i o‘rtasidan, bilak va tirsak suyaklari bigizsimon o‘simtalarining o‘rtasigacha o’tkazilgan chiziqqa to‘g‘ri keladi.

Bilakning yuqori qismida nerv va qon tomirlar yumaloq pronator boshchalarining orasida yotadi. So‘ngra ular tirsak arteriyasini

oldindan kesib o’tib, kaftni bukuvchi yuzaki va chuqur mushaklarning orasidan o’tgach, bilakning pastki uchdan bir qismida o‘rta egatchada paydo bo‘ladi. Oarliq nerv o‘zining harakatchan tarmoqlari bilan yumaloq pronator, kaftni bilak tomonga bukuvchi yuza, panjani bukuvchi chuqur (bilak suyagi tomonini), bosh barmoqni bukuvchi uzun mushaklarini innervatsiyalaydi. Bundan tashqari, u o‘zidan suyaklararo oldingi (n. interosseaуe anterior) va kaftning teri tarmog‘ining (r. palmaris n. mediani) shoxlarini ham beradi.

To‘rtichi qon tomir va nerv tutamlari eng chuqur joylashib, suyaklararo membrananing oldingi yuzasida yotadi. U suyaklarao oldingi arteriya (o‘zining ikkita venasi bilan) va shu nomli nervlardan tashkil topgan. Suyaklararo oldingi nerv bosh barmoqni bukuvchi uzun, kvadrat pronator mushaklarini va bilak suyaklarini innervatsiya qiladi. Arteriya bo‘lsa, kvadrat pronatorning yuqori qismida suyaklararo membranani teshib, bilakning orqa yuzasiga o’tadi va kaftning orqa yuzasida arteriya anastomozlari hosil bo‘lishida qatnashadi. Bilakning paski uchdan bir qismida (kaft usti chegarasiga yaqin joyda) uchinchi va to‘rtichi qavat mushaklari orasida Pirogov yog‘ to‘qima bo‘shlig‘i joylashgan. U orqadan – kvadrat pronator mushagi bilan, oldindan - panjani bukuvchi chuqur

mushak bilan chegaralanib 0,25 litrgacha suyuqlik (qon, yiring va h.k.) sig‘adigan hajmga egadir. Bu bo‘shliqqa bilak va tirsak fibroz kanallari ichidagi sinovial qinlarning ko‘pincha tugaydigan proksimal uchlari taqalib turadi. Yiringli tendobursitlarda, yig‘ilgan yiringni shu bo‘shliqqa kirish xavfi tug‘iladi. Panjani bukuvchi yuzaki va chuqur mushaklar orasidagi yog‘ to‘qima yorig‘i ham yiring yig‘ilish joyi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Bilakning orqa sohasi (regio antebrachii posterior). Terisi oldingi qismiga qaraganda qalinroq, harakatchan bo‘lib, bilakning lateral, medial va orqa teri nervlari bilan innervatsiyalanadi. Teri osti yog‘ to‘qimasida qo‘lning lateral va medial teri osti venalarini hosil qiluvchi venalar hamda teri nervi tarmog‘i o’tadi. Xususiy fastsiya ancha qalinligi va mustahkamligi bilan farq qilib, mushaklar bilan birikkan bo‘ladi.

Sohaning mushaklari ikki qavat bo‘lib joylashadi. Birinchi, yuzaki qavatida beshta mushak joylashadi. Bular: panjani yozuvchi uzun bilak mushagi (m. extensor carpi radialis longus); panjani yozuvchi kalta bilak mushagi (m. extensor capri radialis brevis); panjani yozuvchi mushak (m. еxtensor digitorum); jimjiloqni


yozuvchi mushak (m. extensor digiti minimi) va panjani yozuvchi tirsak mushagi (m. extensor carpi ulnaris) dir.

Ikkinchi chuqur qavatda quyidagi mushaklar joylashadi: bilakni supinatsiya qiluvchi mushak (m. supinator longus); bosh barmoqni olib qochuvchi uzun mushak (m. abductor pollicis longus); bosh barmoqni olib qochuvchi kalta mushak (m.abductor pollicis brevis); bosh barmoqni yozuvchi uzun mushak (m. extensor pollicis longus) hamda ko‘rsatkich barmoqni yozuvchi mushak (m. extensor indicis) lar.

Yuzaki va chuqur qavatdagi mushaklarning orasida bilak nervining chuqur tarmog‘i va suyaklararo orqa qon tomirlaridan tashkil topgan qon tomir va nerv tutamlari joylashadi (10-rasm). Bilak nervining chuqur tarmog‘i o‘zining harakatlantiruvchi tolalari bilan sohaning hamma mushaklarini innervatsiya qiladi.



Panja (manus). Panja bilan bilak orasidagi chegara bilak suyaklari bigizsimon o‘simtalaridan 1,5 – 2 sm yuqoridan o’tkaziladi. Uning oldingi va orqa yuzalari tafovut qilinib, uchta sohaga: kaft usti, kaft va barmoq sohalariga bo‘linadi.

Kaft usti (carpus). Kaft yuqoridan – bilak va tirsak suyaklarining bigizsimon o‘simtalaridan 1 sm proksimal o’tkazilgan

aylana chiziq bilan, pastdan – no‘xatsimon suyakchalarining distal qismidan o’tkazilgan aylanma chiziq bilan chegaralanadi. Bigizsimon o‘simtalar bo‘ylab o’tkazilgan chiziqlar orqali kaft usti oldingi va orqa sohalarga bo‘linib, to‘rttadan, ikki qator joylashgan sakkizta suyaklardan tashkil topgan. Proksimal qatorda (bilak suyagi tomonidan sanalganda): qayiqsimon suyak (os. scaphoideum), yarimoysimon suyak (os.lunatum), uch qirrali suyak (os. triguуetrum) va no‘xatsimon suyak (os.pisiforme) lari; distal qatorda – ko’p burchakli cuyak (os. multangulum), trapetsiyasimon suyagi (os. trapezoideum); boshchali suyak (os. capitatum) va ilmoqli suyak (os. hamatum) lari o‘rin oladi.



Kaft usti oldingi sohasi (regio capri anterior) ning terisi yupqa, kam harakatchan, teri osti yog‘ to‘qimasida qo‘lning medial va lateral venalarining boshlang‘ich qismlari hamda bilakning medial va lateral teri nerv tarmoqlari o’tadi. Bundan tashqari, bu уerda tirsak va o‘rta nervlarining kaft tarmoqlari ham bo‘ladi. Xususiy fastsiya qalinlashib, ancha mustahkam bo‘lgan mushaklarni ushlab turuvchi boylam (retinaculum flexorum) ni hosil qiladi. Bu boylamning yuzaki va chuqur varaqlari bo‘lib, chuqur varag‘i kaft usti suyaklari oralaridagi bo‘shliqlarni yopib o’tadi, yuzakisi esa tashqaridan qayiqsimon suyak bilan trapetsiya suyaklari, medial tomondan- no‘xatsimon suyak bilan ilmoqli suyakning oralarida tortilib turadi. Boylamning chuqur va yuzaki varaqlari orasida,

panjani bukuvchi chuqur va yuzaki mushak payi hamda bosh barmoqni bukuvchi uzun mushak payi bilan o‘rta nervi o’tadigan kaft kanali (canalis capri) hosil bo‘ladi. Bu kanaldan ikkita sinovial- bilak va tirsak sinovial xaltalariga o‘ralgan holda 9 ta mushakning naylari o’tadi.

Bilak sinovial xaltasida bitta mushak payi- bosh barmoq mushagining payi yotadi. Qolgan 8 ta mushak payi, to‘rttadan ikki qator bo‘lib, tirsak sinovial xaltasida joylashadi. Yuqorida qayd qilganimizdek, bu sinovial xaltalar yuqoridan bilakka o’tib, o‘zlarining xalta tublari bilan Pirogov yog‘ to‘qima bo‘shlig‘iga o’tib turadi (11 - rasm).

Mushak paylarini ushlab turuvchi boylamning chuqur varag‘i bilan trapetsiyasimon suyak orasida kaft – bilak kanali (kanalis karpi radialis) hosil bo‘lib, uning ichidan sinovial qinga o‘ralgan holda panjaning bukuvchi bilak mushagining payi o’tadi. Uchinchi kanal tirsak – kaft kanali (canalis sarpi ulnaris) – mushak paylarini ushlab turuvchi boylam yuzaki varag‘ining ikkiga ajralishidan hosil bo‘ladi.

Uning ichidan tirsak qon tomirlari va ularning ichki tomonidan tirsak nervi o’tadi.

Bilak suyagi tomonda, уelka- bilak mushagi payi bilan panjani bukuvchi bilak mushagi payi o‘rtasida, yuzaroqda o‘zining ikkita venasi bilan bilak arteriyasi o’tib, o‘zidan kaftning yuzaki arteriyasini beradi. Bu arteriya tenar mushaklari ustidan (yoki ostidan) kaftga o’tib, kaftning yuzaki arteriya ravog‘i hosil bo‘lishida qatnashadi. So‘ngra bilak arteriyasi bosh barmoqni olib qochuvchi va shu barmoqning yozuvchi kalta mushaklarining paylari ostidan “anatomik tabakerka” tomoniga yo‘naladi.



Kaft usti orqa sohasi (regio carpi posterior). Terisi yupqa, harakatchan. Teri osti yog‘ to‘qimasida lateral tomondan qo‘lning lateral venasining, medial tomondan medial venasining boshlang‘ich qismlari bilan bilak nervining orqa teri tarmog‘i o’tadi. Xususiy fastsiyasi qalinlashib, yozuvchi mushaklarni ushlab turuvchi boylamni (retinaculum уextensorum) hosil qiladi. Bu boylamdan mushaklar paylari orasiga to‘siqlar tarqalib, sinovial qinlarga o‘ralgan mushak paylari o’tadigan oltita kanalni hosil qiladi.

Bilak suyagi tomonidagi birinchi kanalda bosh barmoqni olib qochuvchi uzun mushakning payi bilan shu barmoqni bukuvchi kalta mushakning payi yotadi, ikkinchi kanalda – kaftni yozuvchi uzun va kalta mushaklarning paylari, uchinchidan - bosh barmoqni yozuvchi uzun mushakning payi, to‘rtinchidan – panjani va II barmoqni yozuvchi mushakning payi, beshinchidan – jimjiloqni yozuvchi mushakning payi va oltinchidan – panjani yozuvchi tirsak mushagining payi yotadi.Bosh barmoqni olib qochuvchi uzun mushak va shu barmoqni bukuvchi kalta mushakning paylari (bilak suyagi tomonida) bilan bosh barmoqni yozuvchi uzun mushakning payi (tirsak suyagi tomonida) orasida uchburchaksimon chuqurlik orasida “anatomik tabakerka” hosil bo‘ladi. Bu chuqurchaning tubini hosil qilib, u уerdan a. radialis o’tadi.

Bilak arteriyasi “anatomik tabakerka” orqali kaftning orqa yuzasiga o’tib, o‘zidan kaftning orqa tomonidagi shoxni (r. carpus dorsalis) beradi. Keyinchalik bu shoxcha kaftning arteriya chigaliga (rete carpi dorsalis) qo‘shiladi. Orqa arteriya chigali hosil bo‘lishida orqa va oldingi suyaklararo arteriyalarning va tirsak arteriyasiing kaftga boruvchi tarmoqlari ishtirok etadi. Sohani va tirsak nervlarining tarmoqlari bilan innervatsiyalaydi. Kaftning teri osti yog‘ to‘qimasida tik joylashgan fibroz pay tolalari bo’lib, terini kaft apanevrozi bilan bog‘lab turadi. Shuning bilan birga bu fibroz tolalar teri ostidagi yog‘ to‘qimalarini ayrim – ayrim yog‘ bo‘lakchalariga ham bo‘ladi. Yog‘ qavatda panja usti – bilak bo‘g‘imi sohasi va I-Y barmoqlar do‘ngligi terisini innervatsiya qiladigan o‘rta va tirsak nervlarining kaft tarmoqlari o’tadi.

Kaftning o‘rta qismida uning xususiy fastsiyasi qalinlashib, kaft aponevrozini hosil qiladi (12 - rasm). U ancha pishiq, ko‘ndalang va to‘g‘ri yo‘nalgan aponevroz pay tolalaridan tashkil topgan. Kaft aponevrozining uzunasiga yo‘nalgan tutamlari II - Y barmoqlarga o’tib, suyak fibroz kanalini hosil bo‘lishida qatnashadi. Bu kanaldan barmoqlarni bukuvchi mushaklarning paylari sinovial qinga o‘ralgan holda o’tadi. Aponevrozning ko‘ndalang pay tolalari barmoqlararo teri burmalari sohasida uchta komissural teshiklarni hosil qiladi. Bu teshiklardan barmoqlarning qon tomirlari kaft aponevrozining ostidan, barmoqlarning teri osti yog‘ to‘qimasiga chiqadi. Komissural teshiklar sohasida teri osti yog‘ to‘qimasi chegaralanib turgan qo‘shimcha to‘qimalar bilan do‘ngliklarni hosil qiladi. Bu qo‘shimcha to‘qimalar uzunasiga yo‘nalgan pay tolalari yordamida terini kaft aponevrozi bilan ham birlashtirib turadi.

Komissural bo‘shliqlarning teri osti yog‘ to‘qimasi, barmoqlar yog‘ to‘qimasi, barmoqlar qon tomirlari bo‘ylab, kaft aponevrozi ostidagi kaftning o‘rta yog‘ to‘qima bo‘shlig‘i bilan aloqada bo‘ladi.

Kaft aponevrozidan kaft suyaklariga ikkita payli to‘siq uzunasiga yo‘nalib, ularning lateral tomonidagisi III kaft suyagiga, medial tomonidagisi esa Y kaft suyagiga borib yopishadi. Bundan tashqari, bu to‘siqlar suyaklararo mushaklarni yopib o’tuvchi chuqur fastsiyaga ham yopishadi. Natijada 3 ta fassial o‘rindiq hosil bo‘ladi. Bularning lateral tomonidagisidan bosh barmoqning do‘ngligidagi mushaklar: bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi kalta mushak (m. abductor pollicis brevis), bosh barmoqni bukuvchi kalta mushak (m. flexor pollicis brevis), bosh barmoqni ro‘baro‘ qiluvchi mushak (apponens pollicis) va bosh barmoqni bukuvchi uzun mushaklarning paylari o’tadi. Bu o‘rindiq oldindan va tashqaridan kaftning xususiy fastsiyasi bilan. Ichkaridan – mushaklararo tashqi to‘siq bilan va orqadan – I suyaklararo orqa

mushaklar bilan chegaralanadi. Tashqi to‘siqning dublikaturasidan II barmoqning bukuvchi paylari bilan birinchi chuvalchangsimon (m. lumbricalis) mushagi o’tadi. Medial o‘rindiqda Y barmoq do‘ngligini hosil qiluvchi mushaklar: jimjiloqni uzoqlashtiruvchi mushak (m. abductor digiti minimi), jimjiloqni bukuvchi kalta mushak (m. flexor digiti minimi brevis), jimjiloqni ro‘baro‘ qiluvchi mushak (m. apponens digiti minimi) lar joylashadi. Oldindan tashqaridan – mushaklararo medial to‘siq bilan chegaralanib, orqadan Y kaft suyagiga va III suyaklararo kaft mushagiga tegib turadi. Kaft fastsiyasidan tashqarida yotqichning medial tomonida kaftning kalta mushagi (m. palmaris brevis) o’tadi.

O‘rta o‘rindiq ichidan tirsak sinovial qiniga o‘ralgan barmoqlarni bukuvchi mushaklarining aponevrozlari, uchta chuvalchangsimon mushaklar hamda kaftning yuzaki arteriya ravog‘i (tarmoqlari bilan) va tirsak hamda o‘rta nervlarning tarmoqlari o’tadi. Bu o‘rindiqni oldingi tomondan kaft aponevrozi, yon tomonlardan – medial va lateral to‘siqlar va orqadan – kaftning chuqur fastsiyasi chegaralab turadi.

Kaftning chuqur fastsiyasi ostida o‘zining ko‘ndalang va qiyshiq boshchalari bilan bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi mushak (m. abductor pollicis), kaftning oldingi suyaklararo mushaklari shu mushaklarni innervatsiya qiluvchi tirsak nervining chuqur tarmog‘i va kaftning chuqur arteriya ravog‘i joylashadi.

Qon tomir va nervlari. Kaft aponevrozining ostida kaftning yuzaki arteriya ravog‘i (arcus palmaris superficialis) joylashadi. U asosan tirsak arteriyasidan va u bilan anastomoz qiluvchi bilak arteriyasining yuzaki tarmog‘idan hosil bo‘ladi. Bu arteriya ravog‘i kaft barmoqlarining uchta katta umumiy arteriyalari (a. digitalis palmaris communis) ni beradi. Bu arteriyalar kaft suyaklarining boshchalari sohasida kaft aponevrozining tagidan chiqib, kaftning chuqur arteriya ravog‘idan chiquvchi barmoq arteriyalari bilan anastomoz hosil qiladi va xususiy kaft – barmoq arteriyariga bo‘linadi. Bu bo‘lingan xususiy arteriyalar II – III - IY –Y barmoqlarning bir – biriga qaragan yuzalarini qon bilan ta'minlaydi.

Kaft yuzaki arteriya ravog‘ining ostida o‘rta nervning tarmoqlari hamda tirsak nervining yuzaki tarmog‘i (r. superficialis n. ulnaris) joylashadi. Bu tarmoqlardan umumiy kaft- barmoq nervlari (n.n. digitalis palmaris communis) hosil bo‘lib, ular barmoqlar asosida xususiy kaft –barmoq nervlariga bo‘linadi. O‘rta nerv I - II – III barmoqlarni va IY barmoqning bilak suyagi tomonini, tirsak nervi

–Y barmoqning hamma tomonini hamda IY barmoqning tirsak suyagi tamonini innervatsiyalaydi.

Gipotenorning asosida tirsak nervidan uning chuqur tarmog‘i ajralib chiqib, tirsak arteriyasining tirsak chuqur tarmog‘i bilan birga yo‘naladi. Tirsak nervining chuqur tarmog‘i Y barmoqning do‘ngligini hosil qiluvchi mushaklarni, hamma suyaklararo va III - IY chuvalchangsimon mushaklarni, bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi va bosh barmoqni bukuvchi kalta mushakning chuqur boshchasini innervatsiya qiladi. O‘rta nervi esa bosh barmoqning do‘ngligini hosil qiluvchi qolgan mushaklarni hamda I va II chuvalchangsimon mushaklarni innervatsiyalaydi.

Suyaklararo mushaklar bilan kaftning chuqur xususiy fastsiyalari orasida, kaftning chuqur arteriya ravog‘i (arcus palmaris profundus) joylashadi (13 - rasm). U asosan bilak oxirgi uchi bilan tirsak arteriyasining chuqur shoxchasi qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Uning pastga qarab turgan yuzasidan kaftning oldingi tomonidan uchta arteriya (a.a. metacarpeae palmares) lari chiqadi. Bu arteriyalar shu nomli kaftning orqa arteriyalari bilan anastomoz hosil qilib,

kaftning umumiy barmoq arteriyalari bilan qo‘shilib ketadi. Kaftning chuqur arteriya ravog‘i yuzaki ravog‘iga qaraganda ancha yuqoriroqda yotadi.



Kaft va barmoqlarning sinovial qinlari. Barmoqni bukuvchi mushaklarning paylari sinovial qinlar ichida yotadi (14-rasm). Bunda II– III – IY barmoqlarning bukuvchi paylari kaft suyaklarining boshchasidan, tirnoq falangalarining asosigacha, sinovial qinlar ichida bo‘ladi. Har qaysi qin ichida ikkitadan – o‘sha barmoqlarni bukuvchi chuqur va yuzaki paylar joylashgan bo‘ladi. I –Y barmoqlarning sinovial qinlari boshqa barmoqlarnikiga qaraganda faqat barmoqlar uzunligida bo‘lmay, ular pastga- kaft va kaft usti sohasigacha davom etadi. Uning kaft qismidagi joyiga sinovial xaltalar deyiladi. Odatda ikkita sinovial xalta: bilak va tirsak xaltalari tafovut qilinadi. Bularning birinchisida - bosh barmoqning bukuvchi uzun mushagining payi, ikkinchisida esa jimjiloqni bukuvchi ikkita mushakning payidan tashqari, II – III –IY barmoqlarni bukuvchi paylarning yuqori qismlari, jami sakkizta (har qaysida ikkitadan)

bukuvchi paylar joylashadi. Panjaning proksimal sohasida ikkala xalta ham kaft usti kanalidan o’tadi. Ularning o‘rtasida oraliq nerv joylashadi. Kaft usti sohasida bu sinovial xaltalar kvadrat pronator mushagining ustida joylashib, ularning proksimal qismlari bigizsimon o‘simtalardan 2 sm yuqorida – Pirogov yog‘ to‘qimasi bo‘shlig‘ida yotadi. Kaftning yog‘ to‘qima bo‘shliqlari kaft mushaklari yotqichida hosil bo‘lib, bularga ichki, tashqi va o‘rta yog‘ to‘qima bo‘shliqlari deb ataladi. Bulardan tashqi va o‘rta bo‘shliqlari amaliy ahamiyatga egadir. Tashqisi tenar mushak yotqichida, bosh barmoqni bukuvchi uzun mushakning sinovial qini ostida bo‘ladi.

Kaftning o‘rta yog‘ to‘qima bo‘shlig‘i, o‘rta mushak yotqichi ichida joylashib, uning yuzaki va chuqur qismlari bor. Yuzaki qismi barmoqlarning bukuvchi paylari bilan kaft aponevrozining orasida bo‘lib, unga aponevroz osti bo‘shlig‘i deyiladi. Chuqur qismi esa barmoqlarning bukuvchi paylari bilan kaftning xususiy chuqur fastsiyasi orasida joylashadi. Bunga pay osti bo‘shlig‘i deyiladi. Aponevroz osti yog‘ to‘qima bo‘shlig‘ida kaftning yuzaki arteriya ravog‘i bilan tirsak nervi hamda o‘rta nervning shoxlari joylashadi.

Qon tomir va nervlar bo‘ylab bu bo‘shliq komissural teshiklar orqali kaft suyaklarining boshchalari sohasidagi teri osti yog‘ to‘qimalari bilan aloqada bo‘ladi. Kaft o‘rta chuqur yog‘ to‘qimasining bo‘shlig‘i chuvalchangsimon mushaklar joylashgan kanallar orqali, II – IY –Y barmoqlarning orasidagi yog‘ to‘qimalari bilan aloqa qiladi. Proksimal tomondan bu bo‘shliq kaft usti kanali (canalis carpi) orqali Pirogov yog‘ to‘qima bo‘shlig‘i bilan aloqada bo‘ladi.



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish