Mustaqil ish
Mavzu: Botanika fanining rivojlanish tarixi
Bajardi: Boyto’rayeva Mashhura
Tekshirdi: ___________________
BOTANIKA FANINING RIVOJLANISh TARIXI
Inson o’z tarakkiyotining dastlabki boskich-laridan boshlabok o’simliklar bilan ovkatlanganlar, undan uy-joy kurganlar va kiyim-kechak yasaganlar. Buning natijasida o’simliklar va ularning xususiyat-lari to’g’risida ba’zi bilimlar paydo bo’lgan va ana shunday bilimlarning yakunlanishi natijasida o’sim-liklar xakidagi fan, ya’ni botanika vujudga kelgan.
Bu fanning dastlabki negizlari bundan 2300 yil oldin yashagan grek olimlari Aristotel (322- 384) va Teofrast (285 - 370) asarlarida vujudga kelgan.
Aristotelning botanika soxasidagi ishlari bizgacha etib kelmagan. U birinchi bo’lib xayvonlar klassifi-katsiyasini yaratdi. Aristotelning shogirdi va do’sti Teofrast (ba’zan uni Feofrast deb xam yuritiladi) o’simliklar dunyosi bilan aloxida shug’ullanib 6 tomli "O’simlik sirlari" va 9 tomli "O’simliklarni tekshi-rish" degan asarlar yozgan. Teofrast o’z asarlarida 500 ga yakin o’simliklarning gorizontal va vertikal tarkalishlarini, ularning tuzilishi va ko’payishlariga aloxida etibor berdi. U poyada yog’ochlik va o’zak bor-ligini ajratadi, turli o’simliklarning barglari, gullari turlicha bo’lishi ustida to’xtaladi, jumladan kovokning meva beradigan va meva bermaydigan gullarining farkini ko’rsatib beradi. Avtor meva va urug’larga to’xtalib, urug’ning kanday tuzilganligini belgilaydi va murtakda ildizcha va poyacha boshlan-g’ichlari borligini ajratadi. U ildizning tuprokdan ozik oladigan organ ekanligini xam ko’rsatib o’tadi. Teofrast o’simliklarning turli xossalariga (dorivor va boshkalar), ularni ko’paytirishga, erga ishlov berishga, shuningdek, o’simliklarni payvand kilishga xam aloxida e’tibor beradi. Ushbu fikrlar Teofrastni "botanikaning otasi" deb xakli ravishda atashga asos bo’lgan.
Eramizning birinchi asrlaridan boshlab, undan keyin o’rta asrlar mobaynida o’simliklarni o’rganish soxasida etarli muvaffakiyatlar kuzatil-madi. Feodal tuzum, mayda feodallar o’rtasidagi to’xtovsiz urushlar, cherkov tazyiki - ana shularning xammasi erkin fikrning, demak fanning rivojla-nishiga imkon bermadi.
XV - XVI asrlarda paydo bo’lib kelayotgan savdo kapitali yangi tovarlarni talab etdi va shu tovarlarni kidirish buyuk geografik kashfiyotlar kilinishiga (jumladan, Vaskoda Gamaning kuyi Indiyaga dastlabki safari, Kolumbning birinchi marta Amerikani kashf etishi, Magellanning kemada butun jaxonni aylanib chikishi va xokazolar) sabab bo’ldi. Ana shu davrlarda meditsinaga talab biroz zo’rayganligi munosabati bilan botanika XVI asrdan to XVIII asrgacha tobora keng avj ola boshladi.
Rossiyada dastlabki botanika bog’lari XVII asrning birinchi yarimlarida vujudga keldi. Ular dastlab "Aptekarskiy ogorod" deb yuritilgan. Moskvada ana shu nomdagi bog’lar 1706 yilda tashkil topdi. Asr boshida (1805) bu bog’ Moskva universitetining botanika bog’iga aylantirildi. Leningradda shu xildagi botanika bog’lari 1714 yilda tashkil topdi.
Bu botanika bog’larining asosiy vazifasi o’simliklar dunyosini tushunishda birmuncha axamiyat kasb etadi. Shu tadbirlar tufayli kattagina material-lar xam to’plana boshlandi. Bu to’plangan materiallardan foydalanish ularni sistemalashishni talab kildi.
O’simliklarni sistemalashishda birinchi kaldirg’ochlardan italiyalik botanik Andrea Tsezalpin (1519-1603)ni ko’rsatish mumkin. Shuning uchun xam Tsezalpinning xizmatlarini xisobga olib "XVI asr-ning Aristoteli" deb xakli ravishda ataydilar. Olim o’zining 1583 yilda bosilib chikkan "O’simliklar xaki-da" degan asarida 1500 ga yakin o’simliklarni ta’riflab beradi. Bulardan yarmini avtorning o’zi to’playdi.
Tsezalpin birinchi bo’lib urug’ning tuzilishi va unishini to’g’ri tushuntirib, u o’simlik tanasida ingichka kanalchalar orkali ozik moddalar xarakat kiladi, deydi. Tsezalpin o’simliklarni sistemati-kalashda ularning mevalarini tuzilishini asos kilib oladi. Avtor dastlab barcha o’simliklarni 2 guruxga - daraxtsimonlar (daraxtlar va butalar) va o’t o’simliklari (o’tlar va yarim butalar)ga bo’ladi. Mana shu 2 guruxga mansub o’simliklarni olim mevasi va mevadagi urug’lariga karab yana 14 sinfga bo’ladi. Tsezalpin o’z sistemasining 15-sinfiga moxlar, papo-rotniklar, kirkbo’g’imlar, suvo’tlari va zamburug’larni kiritadi va ularni kam tarakkiy etgan organizmlar deb xisoblaydi, xamda bular xayvonlar va o’simliklar o’rtasida turadi deb tushuntiradi.
Tsezalpin tuzgan ayrim guruxlar sistemalari juda tabiiydir. Masalan u 11-sinfga govzabongullilar bilan labgullilarni kiritsa, 10-sinfga esa fakat murakkabgullilarni kiritadi. Shunday bo’lishiga kara-masdan Tsezalpinning sistemasi umuman suniy siste-ma xarakterida edi. Chunki u o’simliklarni sistema-tikalashda ularning kam belgilaridan foydalanadi.
Tsezalpindan so’ng sistematika soxasida juda katta ish kilgan olim buyuk shved naturalisti Karl Linney (1707 -1778)dir. Linney o’simliklarni sistema-tikalashda ularning gul tuzilishlarini, anikrog’i changchilarning tuzilishini asos kilib oladi. U butun o’simliklar dunyosini 24 sinfga bo’ladi. Xamma sinf-larni 116 otryadga bo’ladi. 1-13 sinflarga changchilari-ning soni 1 dan 13 gacha ortib borishi asos kilib olinadi. 24-sinfga esa otaliklari va onaliklari ko’rinmaydigan "yashirin nikoxli"larni kiritadi. Linneyning ushbu "jinsiy sistemasi" o’sha davrdagi botanikaning eng muxim talablarini kondirib, bu fanni, xususan, o’simliklar sistematikasini rivoj-lanishiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Linney tomonidan xammasi bo’lib, 1000 ga yakin botanik termin-lar kiritilgan va bular xozir xam ko’llanilmokda.
Linney birinchi bo’lib o’simliklarni binar nomeklaturasini, ya’ni xar kaysi o’simlikni uning avlodi va turini aniklaydigan 2 ta lotin so’zi bilan atashni joriy kildi. 1753 yilda Linneyning "O’simlik turlari" degan kitobi bosilib chikdi. Linney va uning izdoshlari turlarning doimiyligi to’g’risidagi dogmani ko’llab—kuvvatlar edilar, ya’ni sistematikaning asosiy birligi - turlarni o’zgarmaydigan, bir-biriga bog’lanma-gan xodisalar deb karar edilar.
Linney tabiiy sistema yaratishni orzu kilgan bo’lsa xam, uning sistemasi sun’iy sistema bo’la olgan, xolos.
O’simliklarning tabiiy sistemasini yaratish soxasida katta ish kilgan olimlardan biri frantsuz botanigi P.A.Jusse(1748-1838) dir. Olimning 1789 yilda "O’simlik oilalari" degan asari chikdi. Jusse bu soxada tog’asi B.Jusse (1697-1777) ning e’lon kilinmagan boy tajribalaridan tankidiy foydalanib 100 ga yakin oilani to’lik tavsiflab beradi. U o’simliklarni sistemaga solganda suniy sistemadagidek bir belgisini asos kilib olmasdan, belgilar majmuini asos kilib oladi.
Jussening sistematikadagi xizmati shundan iboratki, u butun o’simliklarni, suvo’tlari va zam-burug’lardan boshlab, toki gulli o’simliklargacha, oila-larining oxirida ulardan keyingi oilalarni o’ziga bog’lovchi oralik gurux o’simliklarni joylashtiradi. Jussening bu xizmati tufayli butun o’simliklar dunyosi bir butun deb tushuniladigan bo’ldi.
Bu esa o’sha davrda fanda mustaxkam o’rnashib kolgan - turlar xudo tomonidan kancha yaratilgan bo’lsa o’shanchaligicha kolaveradi va ular o’zgarmaydi, degan dogmaga kattik zarba bo’ldi.
Jussening tabiiy sistematika soxasi-dagi ayrim ishlari munozarali bo’lib, uning bu soxada-gi izlanishlari undan keyingi ba’zi bir olimlar tomonidan kengaytirildi. Bunday olimlar katoriga Dekandol, Endlixer, Bronyar va boshkalarni ko’rsatish mumkin.
Lekin yukoridagi olimlardan tashkari, tabiiy sistemani yaratishda J.V.Lamarkning (1744-1828) xam roli kattadir. Olimning evolyutsion nazariyasi (1778) tabiiy sistemani yaratishda katta ta’sir ko’rsatdi.
Lamark organizm tabiatning irsiy jixatdan o’zgarishiga sabab bo’ladigan tashki muxit ta’sirini, organlarning chinikishi va chinikmasligini evolyutsiya-ning asosiy omili deb bildi.
1858 yilda Ch. Darvin (1809-1882) organik dunyoning tabiiy tanlanish yo’li bilan evolyutsiyasi to’g’risidagi o’z nazariyasini yaratdi. Lamarkning nazariya-siga karaganda ancha mukammal ishlab chikilgan bu nazariya yana shu jixatdan xam afzal ediki, xayvon-larning "tuzilishidan maksadga muvofiklik" ni, ya’ni ularning tuzilishi yashash sharoitiga mos bo’lishini juda yaxshi tushuntiradi.
Shunday kilib, Aristotel va Teofrast zamoni-dan boshlanib, Linney sistemasi bilan tugagan sistema sun’iy sistemani tashkil etadi. Jusse sistemasi esa tabiiy sistematikaga mustaxkam asos solgan edi, Darvin nazariyasining vujudga kelishi esa uchinchi davr – filogenetik sistemani yaratishda muxim manba bo’lib xizmat kildi.
O’simliklarning filogenetik sistematikasini tuzishda olimlar turli fanlarning yutuklaridan keng foydalanishga xarakat kiladilar. Ayniksa, bu soxada o’simliklar paleontologiyasi, solishtirma morfologiya, solishtirma anatomiya va embriologiya, o’simliklar geografiyasi, o’simliklar fiziologiyasi, genetika, selek-tsiya fanlari juda katta axamiyat kasb etadi.
Xozirgi vaktda keng tarkalgan va ko’pchilik olimlar tomonidan tan olinadigan filogenetik sistema-tikalar orasida A.Engler (1844—1930) sistematikasi aloxida axamiyatga egadir.
Engler sistemasiga o’xshash, lekin undan chukurrok ishlangan filogenetik sistema – bu R.Vettshteyn (1863—1931) sistemasidir.
Keyingi yillarda mavjud filogenetik siste-matikalarni ko’rib chikish va yangilarini yaratish soxasida rus va chet el olimlari katta ish kildilar. Bulardan Kuznetsov, Bush, Kozo-Polyanskiy, Grossgeym, Taxtadjyanlar tomirli o’simliklarning filogenetik sistemasiga oid masalalarni ishlab chikdilar va biogenetik konunni botanikaga tadbik etish xakidagi masalani tekshirdilar.
Tanikli olim A.N.Beketov (1825-1902) fitoge-ografiya soxasida katta ishlar kildi. Beketovning fitogeografiya ustida ishlagan juda ko’p tanikli shogirdlari bor edi. Ular Panfilev, Kuznetsov, Timiryazev, Komarov va boshkalardir.
A.S.Falintsin (1835-1918) botanik fiziologiyani rivojlantirishda katta ishlar olib bordi. U 1883 yilda "O’simlikda moddalar almashinuvi va energiya o’zgarishi" nomli asarini yozdi. O.V.Baranetskiy, I.P.Borodin, D.I.Ivanovskiy, V.A.Rotert, S.N.Vinogradskiy va boshka-lar Falintsinning shogirdlari edi.
O.V.Baranetskiy lishayniklar ustida bir kancha ishlar olib bordi, u o’simliklar anatomiyasi va fizio-logiyasiga oid bir kancha ishlarni kildi.
I.P.Borodin o’simliklarda nafas olish jarayoni ustida ish olib bordi va bir kancha asarlar, jumladan "O’simliklar anatomiyasi kursi" ni yozdi.
D.I.Ivanovskiy filtrlovchi viruslarni kashf etdi. V.A. Rotert o’simliklar fiziologiyasi va anatomiya-si soxasida, S.N. Vinogradskiy esa bakteriyalarda bo’ladigan xemosintez jarayonini aniklab mikrobiolo-giyaga asos soldi.
O’simliklar fiziologiyasini rivojlantirishda eng katta xissa ko’shgan olimlardan biri K.A.Timiryazev (1843-1920).
Timiryazevning bir kancha tolmas shogirdlaridan V.I. Palladin, D.N.Pryanishnikov, F.N.Krashennikov, E.F.Votchal, V.S. Butkevich, L.A.Ivanovlarni ko’rsatish mumkin.
V.I.Palladin (1859-1922) o’simliklar nafas olishining mexanizmi va shu bilan maxkam bog’langan spirtli bijg’ish ustida juda ko’p ish olib borgan olim. Palladinning eng yakin shogirdlaridan Kostichev, Zalesskiy, Ivanov, Lvov, Maksimov, Sabinin va boshkalardir. Bu olimlar o’simliklar fiziologiyasini va o’simliklar bioximiyasini rivojlantirishga katta xissa ko’shdilar.
D.N.Pryanishnikov (1865-1948) o’simliklar fizio-logiyasi va agroximiyaga asos solgan olimdir.
I.N.Gorojankin (1848-1904) urug’li o’simlik-lardan urug’lanish jarayonini yadroning chang naychasi orkali tuxum xujayrasiga kirishi tufayli yuzaga chikishini birinchi bo’lib ko’rsatdi. U birinchi bo’lib xujayralararo protoplazma bo’shliklari (plazmodes-malar) borligini kashf etdi.
Gorojankinning shogirdi Belyaev V.I. (1855-1911) xujayra yadrosining reduktsiya yo’li bilan bo’lishini birinchi bo’lib tekshirdi. 1927 yilda M.I.Golenskiy o’zining yirik nazariyasini yaratib, unda bo’r davri boshlarida yopik urug’li o’simliklar paydo bo’lishi aytib o’tildi.
I.I.Gerasimov xujayraning individual xayotida yadroning axamiyati to’g’risidagi nazariyasi bilan mashxurdir.
S.G.Navashin (1857-1930) o’zining 1898 yilda e’lon kilingan gulli o’simliklarning ko’sh urug’lanish nazariyasi bilan dunyoga tanildi.
Botanika fani Rossiyada yukoridagi olimlarning ishlari tufayli ancha rivojlangan bo’lsa, bizning asrimizga kelib u yanada tarakkiy ettirildi. Bu davrdagi yirik olimlardan V.L.Komarov (1869-1945), N.I.Vavilov (1887-1943), Grossgeym, E.P.Korovin va M.G.Popov (O’rta Osiyo florasi), Kozo-Polyanskiy, Razdorskiy, Meyer, Kursanov (zamburug’lar), Lyubimenko va Maksimov (ekologik fiziologiya), I.V.Michurin (1855-1935) va shunga o’xshash bir kancha olimlar Rossiya florasi o’rganishda, o’simliklarni sistemaga solishda, o’simliklarning yangi navlarini yaratishda, umuman botanika fanini rivojlantirishda katta xissa ko’shdilar.
O’rta Osiyo o’simliklarini o’rganish xam juda kadimdan boshlangan. Abu Rayxon Beruniy (973-1048) tabobatga bag’ishlangan "Kitob As-Saydana fit-tib" nomli asarida o’lkamizda o’sadigan ko’plab dorivor o’simliklar to’g’risida ma’lumot bergan.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) o’zining kator asarlarida Turkistonda o’sadigan ko’pgina dorivor o’sim-liklarni tavsiflab, ularning shifobaxsh xususiyatlarini ko’rsatgan. Z.M.Bobur (1483-1530) xam "Boburnoma" asarida Turkiston o’simliklari xakida ma’lumotlar bergan.
Ilmiy faoliyatining asosiy kismini Turkiston florasini o’rganishga bag’ishlagan B.A.Fedchenko, onasi O.A.Fedchenko bilan birgalikda, 1906-1916 yillar ichida 6 kismli "Turkiston florasining ro’yxati" deb nomlangan kitobini chop etgan va unda Turkiston xududida 4111 tur o’simlik borligini ko’rsatgan.
O’rta Osiyo xududida o’sadigan o’simliklar xakidagi ma’lumotlarni Turkistonga oid tarixiy adabiyotlarda yana ko’prok topiladi. Lekin o’simlik-larni ilmiy o’rganish ancha keyin, asrimizning 20-yillarida O’rta Osiyo Davlat universiteti tashkil etilganda boshlandi. 1940 yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasi botanika instituti tashkil etilgach, bu ish yanada jonlandi.
A.I.Vvedenskiy (1898-1970) raxbarligida "O’zbekiston florasi" nomli 6 jildlik asar chop etildi. Bu xududda 138 oilaga oid 4230 o’simlik turi xakida batafsil ma’lumot berilgan.
Akademik E.P.Korovin (1891-1963) O’rta Osiyo o’simliklarini o’rganish uchun tashkil etilgan 24 ta ekspeditsiyaga katnashdi. Bular asosida "O’rta Osiyo va janubiy Kozog’iston o’simliklar jamoalari" nomli 2 jildli kitob yozdi.
M.G.Popov (1893-1955) O’rta Osiyo o’simlik-larining rivojlanish tarixi va sistematikasiga oid kator asarlar yaratdi va bu xududni kadimgi O’rtaer dengizi floristik oblastiga kirishini asosladi.
Akademik K.Z.Zokirov (1903-1992) Zarafshon daryosi xavzasining o’simliklar xakida 2 jildli asar yozib, unda O’rta Osiyo o’simliklar koplamini 4 pog’onaga (cho’l, adir, tog’ va yaylov mintakalari) bo’lishni tavsiya kildi.
P.L.Baranov (1882-1962) O’zbekistonda o’sim-liklar anatomiyasi va embriologiyasi ilmini rivoj-lantirishda muxim xissa ko’shdi. Akademik J.K.Saidov (1909-1999) ushbu yo’nalishda katta ishlar kildi. Uning raxbarligida O’zbekiston FA Botanika institutining bir gurux olimlari cho’lda o’sadigan o’simliklarning anatomik tuzilishini o’rgandilar.
Suvo’tlarini o’rganish va ulardan xalk xo’jali-gida foydalanish ilmiy asoslarini akademik A.M. Muzaffarov (1909-1987) yaratdi. Uning raxbarligida O’rta Osiyoda o’sadigan ko’k-yashil suvo’tlarining to’lik ro’yxati tuzildi.
Akademik F.N.Rusanov (1896-1978) o’simlik-larni iklimlashtirish borasida katta xizmatlar kilgani, u tomonidan yaratilgan "Turkumlar kompleksi uslubi" mamlakatimizdan tashkarida va ko’plab chet ellarda e’tirof ztildi.
Bulardan tashkari, P.K.Zokirov, O.A.Ashur-metov, O’.P.Pratov, T.I.Slavkina, V.P.Pechenitsin, I.V.Belolipov singari olimlar O’zbekistonda botanika fanining rivojlantirishga katta xissa ko’shgan va ko’shib kelmokdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |