3. ATOQLI OTLAR OLDIDA ARTIKLNING ISHLATILISHI
1. Atoqli otlar oldida artikl ishlatilmaydi:
Tashkent, Asia, Olimov, John Smith.
2. Atoqli ot oldida mansabni yoki muomala shaklini ifodalovchi turdosh ot kelganda artiklsiz ishlatiladi:
Professor Brown, General Smith, Comrade Petrov, Mr White.
3. Muomala so‘zlari bo‘lgan turdosh otlar oldida ham artikl ishlatilmaydi:
Good morning, Captain? Salom, Kapitan!
4. Father, mother, uncle va boshqa oila a’zolarini ifodalovchi nomlar shu oila a’zolari tomonidan artiklsiz aytiladi va shu so‘zlar bosh harfl ar bilan yoziladi:
I’ll ask Father about it. Men buni otamdan so‘rayman?
5. Familiyalar ko‘plikda ishlatilib, butun bir oilani ifodalaganda aniq artikl bilan ishlatiladi:
The Browns arrived from London yesterday. Braunlar kecha Londondan kelishdi.
6. Okeanlar, dengizlar, daryolar, ko‘rfazlar va cho‘l nomlari hamda atoqli ot aniqlovchisi bo‘lib kelgan turdosh otdan yasalgan geografik nomlar oldida aniq artikl qo‘yiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |