1. A/AN (INDEFINITE ARTICLE)
Umumiy ma’lumotlar
1. Artikl otlar oldida ishlatiladigan maxsus so‘zlardir. O‘zbek tilida artikl mavjud emas. Artiklning alohida tarjimasi yo‘q. Ot oldida artiklning ishlatilishi va ishlatilmasligining ahamiyati katta.
2. Ingliz tilida ikkita artikl bor: Noaniq artikl (The Indefi nite Article) va aniq artikl (The Defi nite Article).
3. Noaniq artiklning ikkita shakli bor: a va an. An shakli unli tovushlar bilan boshlangan otlar oldida keladi: an opera, an apple, an hour. Qol gan hollarda artiklning a shakli ishlatiladi: a pen, a book, a student.
4. Aniq artiklning bitta shakli bor: the.
5. Noaniq artikl eski ingliz tilidagi an (bir) so‘zidan kelib chiqqan, shuning uchun ham u faqat birlikdagi otlar oldida ishlatiladi.
6. Aniq artikl eski ingliz tilidagi the (u, o‘sha) ko‘rsatish olmoshidan kelib chiqqan bo‘lib, ba’zi hollarda hozir ham dastlabki ma’nosini saqlab qolgan.
7. Noaniq artikl ishlatilganda otning biror turga (sinfga) mansubligini bildiradi.
8. Aniq artikl otni boshqa shu turdagi otlardan ajratib ko‘rsatganda ishlatiladi.
TURDOSH OTLAR BILAN NOANIQ ARTIKLNING ISHLATILISHI
1. Noaniq artikl biror turga mansub bo‘lgan birlikdagi shaxs yoki buyum oldida ishlatiladi va qandaydir bir degan ma’noni bildiradi:
She has a watch of her own. Uning o‘z soati bor.
Ko‘plikda ot artiklsiz ishlatiladi. Agar miqdorni anglatmoqchi bo‘lsak, some ishlatamiz:
I have brought you some fl owers. — Men sizga bir nechta gul keltirdim.
2. Ot shaxs yoki buyumning kim yoki nima ekanligini ifodalasa noaniq artikl bilan ishlatiladi. Bunday ot gapda:
a) ot kesimning tarkibiy qismi bo‘lib keladi:
His sister has become a doctor. Uning opasi doktor bo‘ldi.
This is a dictionary. Bu lug‘atdir.
b) izohlovchi bo‘lib keladi:
Mr. A., a student of our Institute, spoke at the meeting.
Janob A., institutimiz talabasi, yig‘ilishda gapirdi.
Ko‘plikda artikl ham, some ham ishlatilmaydi.
They are good children, no doubt. Shubhasiz ular — yaxshi bolalar.
Izoh: Ot-kesim tarkibida kelgan yoki izohlovchi bo‘lib kelgan otning shu turdagi otlardan ajratib ko‘rsatuvchi aniqlovchisi bo‘lsa shu ot aniq artikl bilan ishlatiladi:
These are the books you were looking for. Bular — siz axtargan kitoblar.
Agar izohlovchi mashhur kishilardan biri bo‘lsa ham ot aniq artikl bilan ishlatiladi:
Pushkin, the great Russian poet, was born in 1799.
Pushkin, ulug‘ rus shoiri, 1799-yilda tug‘ilgan.
3. Agar ot shu turdagi shaxs yoki buyumlarning istagan bir vakilini ifodalasa, noaniq artikl bilan ishlatiladi va har bir, istagan ma’nosini beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |