«Informatsiya» so‘zi turli tillarda ishlatilib, ma’nosi turlicha talqin qilinsa ham, ularning asosida lotincha informatio so‘zi yotadi



Download 2,1 Mb.
Sana15.06.2022
Hajmi2,1 Mb.
#675113
  • Логотип
  • 7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani 1-mavzu

«Informatsiya» so‘zi turli tillarda ishlatilib, ma’nosi turlicha talqin qilinsa ham, ularning asosida lotincha informatio so‘zi yotadi.

  • O‘zbek tilida informatsiya so‘zi axborot deb tushuniladi.
  • U «tushuntirish», «tavsiflash», «xabar olish» degan ma’nolarni anglatadi.

IX–X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon bilish jarayoni ikki bosqich – aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq va biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta’kidlaydi.

  • Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon
  • Aqliy bilish
  • Hissiy bilish

Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi va demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi.

Axborot nazariyasi asoschilaridan biri amerikalik Klod Shenon axborotni narsa haqidagi bilimlarimizdagi noaniqlikni bartaraf etilishi kabi e’tirof etadi.

  • Klod Shenon

Kibernetika fanining asoschisi Norbert Viner axborotni bizni va sezgilarimizni tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunni ifodalash, deb qaraydi.

  • Norbert Viner

Informatikaning fan sifatida shakllanishi

  • Axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan insonlar kompyuterlar davrigacha ham shug‘ullanishgan va bu ishlarni hozirgi kunda
  • «xujjat yuritish» dokumentalistika) deb atashmoqda.

XX asrning 50yillarida yangi fan – informatikaga asos solindi. Informatika atamasi fransuzcha informatique (information axborot va automatique – avtomatika) so‘zi negizida hosil bo‘lgan. Uning mazmuni «axborot bilan avtomatik ishlash» deb tushuniladi.

Informatika kompyuter texnikasini qo‘llashga asoslangan bo‘lib, inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi fandir.

Informatika kompyuter texnikasi asosida axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo‘llash usullarini o‘rganadigan fandir.

Informatikaning birlamchi, asosiy tushunchalari axborot, axborotli model, algoritm va kompyuterlardir.

Texnik vositalar – bu kompyuterning qurilmalari bo‘lib, ingliz tilida Hardware so‘zi bilan ataladi, mazmuni esa «qattiq mahsulotlar» kabi tushuniladi.

  • Informatika quyidagi ikki qismning birligi sifatida qaraladi: texnik va dasturiy vositalar.

Dasturiy vositalar uchun juda qulay Software so‘zi (mazmunan «yumshoq mahsulotlar») tanlangan (aniqrog‘i hosil qilingan) bo‘lib, u dasturiy ta’minot bilan mos mashina mutanosibligini, shu bilan birga dasturiy ta’minotning o‘zgarishi, moslashuvi va rivojlanishini ta’kidlaydi.

Dasturiy ta’minot – bu kompyuterlarda foydalaniladigan barcha dasturlarning majmui hamda ularni ishlab chiqish va qo‘llashning barcha sohasidir.

Savol va topshiriqlar:

  • 1. Informatika fanining o‘tmishdoshi qanday atalgan?
  • 2. Informatika faniga asos solinishi haqida so‘zlab bering.
  • 3. Axborot va bilish haqidagi Forobiy fikrlarini tahlil qilib be ring.
  • 4. Axborot tushunchasini tahlil etib bering.
  • 5. Informatika fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari haqida so‘zlab bering.

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish