Mavzu: Mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti tahlili



Download 18,37 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi18,37 Kb.
#754247
Bog'liq
tovar mahsylot


Mavzu: Mahsulotlar nomenklaturasi va assortimenti tahlili
Umumiy mahsulot hajmi bo‘yicha reja bajarilishi yoki ortig‘i bilan 
bajarilishi mumkin. Lekin bu hali ishlab chiqarish rejasi barcha 
mahsulotlar, ya’ni mahsulotlar assortimenti bo‘yicha bajarilganligini 
anglatmaydi. Mahsulot hajmi bo‘yicha rejaning bajarilishi yoki ortig‘i 
bilan bajarilishi bir mahsulotni rejadan tashqari ishlab chiqarish va ayni 
vaqtda boshqa mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarmaslik natijasi 
ham bo‘lishi mumkin. 
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot sharoitida reja 
bajarilishi tahlili yuqori turuvchi organlar orqali davlat tomonidan 
korxonalar faoliyati ustidan nazorat shakli hisoblangan. Hozirgi vaqtda
ya’ni tovarlar yetkazib berish, davlat buyurtmasi, bozor konyunk-
turasini o‘rganish, asosida korxona mustaqil ravishda reja ishlab 
chiqayotgan bir paytda reja bajarilishi tahlili quyidagilarni baholashga 
imkon beradi: 
– shartnoma majburiyatlarining bajarilish darajasi; 
rejalashtirish sifati
– menejment sifati. 
Ayni vaqtda umumiy hajmda va assortiment bo‘yicha mahsulot 
ishlab chiqarish rejasi xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar bilan 
ta’minlash, uskunalar bilan jihozlash, shtat jadvalini tuzish va boshqa 
rejalar tuzish uchun boshlang‘ich baza hisoblanadi.
Nomenklatura – bu mahsulotlar nomlari va ularning mutanosib 
turlari uchun belgilangan kodlar ro‘yxatidir. 
Assortiment – har bir tur bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi 
ko‘rsatilgan holda mahsulot nomlari ro‘yxatidir. 
U to‘liq, guruhli va guruh ichida bo‘lishi mumkin.
To‘liq assortiment – tayyorlanadigan mahsulotlarning barcha 
turlari va ko‘rinishlarining tugal ro‘yxati; guruhli assortiment turdosh 
gurhdagi mahsulotlarni birlashtiradi. Guruhga kiruvchi mahsulotlar 
uning guruh ichidagi assortimentini tashkil qiladi. 
Assortiment va mahsulot ishlab chiqarish tarkibini shakllantirishda 
korxona, bir tomondan, mazkur mahsulot turiga talabni, boshqa 
tomondan – mehnat, xomashyo, texnik, texnologik, moliyaviy va tasar-
rufida mavjud boshqa resurslardan samaraliroq foydalanishni hisobga 
olishi lozim. Assortimentni shakllantirish tizimi quyidagilarni tashkil 
qiladi: 
– xaridorlarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini aniqlash
– ishlab chiqarilayotgan yoki ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan 
mahsulotning raqobatbardoshlik darajasini baholash; 
– mahsulotning hayot tsiklini o‘rganish, yangi, yanada mukammal 
mahsulot turlarini joriy qilish va ishlab chiqarish dasturlaridan 
ma’naviy eskirgan hamda iqtisodiy samarasiz mahsulotlarni chiqarib 
tashlash bo‘yicha o‘z vaqtida chora-tadbirlar qo‘llash; 
– mahsulotlar assortimentida o‘zgarishlarning iqtisodiy samarador-
ligi va risk darajasini baholash. 
Mahsulotlar assortimenti bo‘yicha ishlab chiqarish rejasining 
bajarilishini baholash odatda ayni nomli koeffitsiyent yordamida 
hisoblanib, u assortiment bo‘yicha ishlab chiqarish rejasining 
bajarilishiga kiritilgan umumiy haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarishni 
uning umumiy rejaviy ishlab chiqarishga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi 
(rejadan tashqari tayyorlangan mahsulot assortiment bo‘yicha ishlab 
chiqarish rejasining bajarilishida hisobga olinmaydi). 
Assortiment bo‘yicha reja bajarilishining o‘rtacha foizi
Assortiment bo‘yicha reja bajarilmasligining sabablari: 
Tashqi: bozor konyunkturasi, mahsulotlarning alohida turlariga 
talab o‘zgarishi, moddiy-texnik ta’minot holati, korxonaning ishlab 
chiqarish quvvatlarini o‘z vaqtida ishga tushirmaslik. 
Ichki: ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi kamchiliklar, asbob-
uskunalarning texnik holati yomonligi, uning turib qolishi, avariyalar
elektr energiyasi etishmasligi, ishlab chiqarish madaniyati pastligi va 
boshqalar. Assortiment bo‘yicha reja bajarilishini aniqlashning boshqa 
usullari ham mavjud. Mazkur usul qo‘llanilganda haqiqatdagi miqdor rejalashtirilganjan kam 
bo‘lgan majburiy assortimentlar pozitsiyalari bo‘yicha rejaning 
bajarilish foizi aniqlanadi. Olingan foizlarning eng kichigi assortiment 
bo‘yicha reja bajarilishining jamlanma ko‘rsatkichi sifatida qabul 
qilinadi, lekin u 100% dan ziyod bo‘lmasligi lozim. 
Download 18,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish