Mavzu:Ikki va uch nomalum chiziqli tenglamalar sistemasi
Umumiy qilib aytganda, har qanday ikki x va y noma`lum ga bog`-liq bo`lgan tenglama tekislikda shunday nuqtalarning geometrik o`rnini bildiradiki, bu nuqtalarning koordinatalari shu tenglamani qanoatlantiradi. x va y ga bog`liq bo`lgan tenglamani
F(x,y)=0 (1)
ko`rinishida yozish mumkin. Bu tenglama qanday bo`lganda, qanday chiziq aniqlanishini misollarda ko`rib chiqamiz.
1. (1) tenglama Ax+By+C=0 ko`rinishidagi chiziqli tenglama bo`l-sin. Bu holda o`zgaruvchi x ning har bir qiymatiga y ning bitta qiymati mos keladi. Bunday (x,y) juftlardan bir nechtasini topib tekislikda belgi-laymiz va ularni tutashtirib, to`g`ri chiziqni hosil qilamiz.
Misol. 1) y=x tenglama birinchi va uchinchi koordinatalar burcha-gining bissektrisasini bildiradi (AB to`g`ri chiziq).
2. y=-x tenglama esa ikkinchi va to`rtinchi koordinatalar burchagi-ning bissektrisasini aniqlaydi (CD to`g`ri chiziq) (6-rasm).
-2
6-rasm. 7-rasm.
Tenglamada o`zgaruvchilardan faqat bittasi qatnashishi mumkin. Bu holda ham tenglama biror chiziqni bildiradi.
Misol. x+2=0 tenglama berilgan bo`lsin.
Bundan x=-2 ni topamiz. Bu tenglama shunday nuqtalarning geometrik o`rnini aniqlaydiki, ularning har birining abssissasi x=-2 bo`lib, ordinatasi ixtiyoriy bo`ladi, bunday nuqtalar abssissa o`qidan – 2 ga teng nuqtadan o`tadi va 0y o`qiga parallel bo`lgan to`g`ri chiziq bo`ladi (7-rasm).
Shunga o`xshash, y – 3=0 tenglama ordinata o`qidan 3 ga teng kes-mani ajratuvchi va 0x o`qiga parallel bo`lgan to`g`ri chiziqni bildiradi (8-rasm).
y
4
8-rasm. 9-rasm.
2. Ikkinchi darajali noma`lum qatnashgan tenglamani ko`rib chiqamiz.
Misol. 1) x2-y=0 tenglama uchi koordinatalar boshida va tarmoqlari yuqoriga qaragan parabolani bildiradi (9-rasm).
2) x2+y2=4 tenglama markazi koordinatalar boshida, radiusi R=2 bo`lgan aylanani bildiradi (10-rasm).
10-rasm.
3. Agar (1) tenglamaning chap tomoni ko`paytuvchilarga ajralsa, har bir ko`paytuvchini alohida-alohida nolga tenglashtirib, bir nechta chiziqlarni hosil qilamiz.
Misol. x2-y2=0 yoki (x+y) (x-y)=0 tenglama x+y=0 va x-y=0 to`g`ri chiziqlar juftini aniqlaydi.
Xususiy holda F(x,y)=0 tenglama bitta yoki bir nechta nuqtalar-dan iborat bo`lgan to`plamni aniqlashi mumkin.
Misol. x2+y2=0 tenglama faqat O(0,0) nuqtani ifodalaydi (x2-4)2+(y2-1)2=0 tenglama to`rtta nuqta (-2;-1), (-2;1), (2;-1), (2;1) ni aniq-laydi.
5. F(x,y)=0 tenglama bironta ham nuqtani aniqlamasligi mumkin. Misol, x2+y2+1=0 tenglamani haqiqiy sonlar juftining birontasi ham qanoat-lantirmaydi, demak bu tenglamaga hech qanday nuqta mos kelmaydi.
Mashqlar
Quyidagi tenglamalarga mos keluvchi chiziqlarni yasang:
139. 1) y+3x-6=0 2) 2y-x+4=0
140. 1) x-3=0 2) y+2=0
141. 1) x=0 2) y=0
142. 1) y2-x=0 2) y+2x2=0
143. 1) y+x2-3=0 2) y-2x2+4=0
144. 1) x2+y2-2x=0 2) x2+y2+2x=0
145. 1) x2+y2+4x-6y-3=0 2) x2+y2-6y-4x-3=0
146. 1) 2x2+4y2=0 2) 2x2+3y2=0
147. 1) (x2-9)2+y2=0 2) x2+(y2-4)2=0
Do'stlaringiz bilan baham: |