Ibn sino nomidagi nashriyot matbaa birlashmasi



Download 0,86 Mb.
bet18/21
Sana11.04.2020
Hajmi0,86 Mb.
#43957
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
AGZAMOV-Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya


BEL SOHASI VA QORIN PARDA ORQA BO’SHLIG’I
Bel sohasi (regio lumbalis). Bu soha qorin parda orqasidagi bo’shliqni orqadan va yon tomonlardan chegaralab, qorin devorining orqa va qisman yon tomonlarini o’z ichiga oladi. Uning chegaralarini yuqori dan XII qovurg’a, pastdan - yonbosh suyagining qirrasi, tashqaridan - o’rta qo’ltiq osti chizig’i, ichkaridan - bel umurtqalarining o’tkir o’siqlari tashkil qiladi. Sohadagi yumshoq to’qimalar har xil joylashganligi sababli, bel sohasi ikki: medial va lateral qismlarga bo’linadi. Ularni ajratib turuvchi chegara umurtqa pog’onasini tiklovchi mushak (m. erector spinae) ning tashqi qirrasidan o’tkazilgan chiziq (umurtqa pog’onasi orqa o’sig’idan 7 - 8 sm tashqarida) bilan aniqlanadi.

Sohaning medial tomonidagi teri, lateral tomonidagiga qaraganda ancha qalin, kam harakatchan bo’lib, orqa miya nervlarining orqa tolalari bilan innervasiya qilinadi. Bu yerning

teri osti yog’ to’qimasi kam rivojlangan. Yuzaki fastsiyaning ostida, dumba sohasining yuqori, bel sohasining pastki qismida dumba-bel yog’ yigmasi (massa adiposa lumboglutealis) bo’lib, u ayniqsa ayollarda yaxshi taraqqiy qilgan bo’ladi. Sohaning xususiy fastsiyasiga bel - ko’krak fastsiyasi (fascia thoracolumbalis) deyilib, u ikki: yuzaki va chuqur varaqlardan tuzilgan.



Yuzaki varag’i (lamina superficialis fascia thoracolumbalis) bel umurtqalarining o’tkir o’siqlaridan, chuqur varag’i (lamina profunda fascia thoracolumbalis) esa shu umurtqa-larning ko’ndalang o’siqlaridan boshlanadi. Ikkala varag ham umurtqa pog’onasini tiklovchi mushaklarni o’rab, uning tashqi yuzasida mushakning tashqi yotqichini hosil qilib, o’zaro birikadi. Bel - ko’krak fastsiyasining chuqur varag’i soxaning yuqori qismida qalinlashib, bel - qovurg’a boylami (lig. lumbocostalis) ni hosil qiladi. Bu boylam XII yoki XI qovurg’alar bilan I bel umurtqasi ko’ndalang o’scigini birlashtirib turadi. Buyrakda operasiya qilish davrida ko’pincha bu boylamni kesishga to’g’ri keladi.

Xususiy fastsiyaning ostida ikkita: belning katta (m. psoas major) va uning tashqarisida belning kvadrat mushaklari (m. quadratus lumborum) yotadi. Ularning birinchisi XII ko’krak va I - II bel



umurtqalarining yon tomonlaridan hamda bel umurtqalarining ko’ndalang o’siq­laridan boshlanib, pastroqda katta va kichik yonbosh (m. m. psoas major et minor) mushagiga qo’shilib, yonbosh - bel mushagi (t. iliopsoas) sifatida mushak kovagi (lacuna musculorum) dan o’tadi va son suyagining kichik ko’stiga birikadi. Ikkinchi mushak bo’lsa, yonbosh suyagining orqa qirrasidan va III - IV bel umurtqalarining ko’ndalang o’siqlaridan boshlanib XII, ba’zan XI qovurg’aga birikadi. Ikkala mushak ham ichkari tomondan shu nomli fastsiya (fascia psoatis et quadrata) lar bilan yopiladi. Bu fastsiyalar asosan qorin ichki fastsiyasi bo’lib, u kvadrat mushakning tashqi sohasida bel - ko’krak fastsiyasining chuqur varag’i bilan birlashadi. O’z yo’lida bu fastsiya mushakning chuqur yotqichini hosil qiladi.

Bel mushagini yopuvchi bel fastsiyasi, mushaklarning birikadigan joylari, ya’ni kichik ko’st hamda umurtqalar tanasiga birikadi. Buning natijasida hosil bo’lgan suyak - fibroz yotqichlarining klinik jihatdan ahamiyati katta bo’lib, umurtqalarning sil kasali oqibatida hosil bo’lgan yiringlar yig’indisi, belning katta mushagi bo’ylab sonning oldingi sohasigacha tushishi va u yerda son churrasiga o’xshash shish hosil qilishi mumkin.Bel lateral sohasining qavatlari ham oldin xuddi medial sohasidagidek bo’lib, teri, teri osti yog’ to’qimasi, yuzaki fastsiya, bel - dumba yog’ yig’masi va xususiy fastsiyadan iboratdir. Bularning ostida orqaning serbar mushagi (m. latissimus dorsi) yotadi. Bu mushak VII - XII qovurg’a va umurtqalarning orqa o’siqlaridan, bel - ko’krak fastsiyasining yuzaki varag’idan hamda yonbosh suyagining orqa qirralaridan boshlanib, uning tolalari yuqoriga hamda tashqi tomonga yo’naladi va yelka suyagi kichik do’mbog’ining qirrasi (crista tuberculi minoris humeri) ga birikadi. Shu qavatning o’zida yana tashqariroqdan qorinning tashqi qiyshiq mushagi (m. obliquus externus abdominis) o’tadi. Uning tolalari yuqoridan pastga va orqadan oldinga yo’nalgan bo’ladi.



Bulardan keyingi, navbatdagi qavatda sohaning yuqori tomonida orqaning pastki tishli mushagi (m. serratus posterior infereor), pastki sohasida - qorinning ichki qiyshiq mushagi (m. obliquus internus abdominis) yotadi. Ularning mushak tolalari pastdan yuqoriga va orqadan oldinga qarab yo’naladi. Bularning ostida esa qorinning ko’ndalang mushagi (m. transversus abdominis) joylashadi. Navbatdagi qavat - qorinning ko’ndalang (ichki) fastsiyasi (fascia transversa s. endoabdominalis) bo’lib, uning ostida qorin parda orqa bo’shlig’i yotadi.

Bel sohasidagi joylashgan mushaklarning oralarida har xil kamtik joylari hosil bo’lib, ular orqali qorin parda orqa bo’shlig’idan bel sohasiga churralar, yiringli yig’ilmalar chiqishi mumkin. Bularning bittasi orqa serbar mushagining tashqi qirrasi bilan qorin tashqi qiyshiq mushagining i.chki qirralari orasida hosil bo’lib, bunga bel uchburchagi (trigonum lumbale) yoki Pti uchburchagi deyiladi. Uning asosini yonbosh suyagining qirrasi, tubini esa qorinning ichki qiyshiq mushagi tashqil qiladi. Ikkinchi kamtik joylardan yana biriga belning payli yoki Gryunfeld - Lesgaft uchburchagi yoki rombi (spatium tendineum lumbale) deyiladi. Bu rombsimon yoki uchburchaksimon shaklga ega bo’lgan joy yuqoridan XII qovurg’a va orqa tishli mushakning pastki qirrasi bilan, ichkaridan - umurtqa

pog’onasini tiklovchi mushakning tashqi qirrasi bilan, tashqaridan va pastdan - qorinning ichki qiyshiq mushagi bilan chegaralanib, uning tubini qorin ko’ndalang mushagi­ning payi hosil qiladi.(47-rasm)

Qorin parda orqa bo’shlig’i (Spatium retroperitonealis). Bo’shliq oldindan qorin bo’shlig’ining orqa devori bo’lmish qorin parda pariyetal varag’i hamda ko’tariluvchi va tushuvchi chambar ichaklarning qorin parda bilan yopilmagan orqa yuzalari bilan, orqadan - qorinning orqa devori, ya’ni umurtqalar va bel sohasi mushaklari hamda ularni yopib turgan qorin pardaning visseral varag’i yoki fascia endoabdominalis bilan, yuqoridan - qorin parda pariyetal varag’ini jigarga, me’daga, taloqqa o’tish joyidagi diafragmaning boshlanish qismi bilan, pastdan - chanoq suyak dungligi (promontorium) hamda chegara chiziq (Linyea terminalis) bilan, yon tomonlaridan - pariyetal qorin pardaning, qorinning yon devoridan orqa devoriga o’tadigan egriligi (tashqaridan bu egrilik qo’ltiq osti o’rta yoki orqa chizig’ining yonbosh suyagiga o’tkazilgan davomiga to’g’ri keladi) bilan chegaralanib turadi.

Qisqa qilib aytganda, qorin orqa devorini yopib turgan qorin bo’shlig’ining ichki fastsiyasi bilan qorin pardaning pariyetal varag’i orasidagi bo’shliqqa qorin parda orqa bo’shlig’i deyiladi. Bu fastsiya qorin parda orqasidagi bo’shliqning navbatdagi fastsiyasi bo’lib, orqa qo’ltiq osti chizig’i ro’parasida (pariyetal qorin pardaning qorin yon devoridan orqa devoriga o’tayotgan joyida), ichki qorin fastsiyasidan hamda qorin pardadan boshlanadi. Chiziq bo’ylab uchrashgan ikkala fastsiya o’zaro birlashib, fastsiyalar birlashmasini (fassial tuguni) hosil qiladi. Bu yerdan medial tomonga yo’nalib, buyraklarning tashqi qirrasida ikki varaqqa bo’linadi. Uning bitta varag’i buyrakni oldidan, ikkinchisi - orqasidan o’rab o’tadi. Oldindan o’rab o’tgan varaqqa buyrak oldi fastsiyasi (fascia prerenalis), orqasidan o’rab o’tganiga - buyrak orqa fastsiyasi (fascia retrorenalis) deyiladi. Fastsiyalarning birinchisi yuqoriga davom etib, buyrak usti bezini, pastga davom etib siydik chiqaruv yo’lini o’raydi va buyrak orqa fastsiyasining shu yerdagi varag’i bilai birlashadi. Buyrakning oldida esa buyrak atrofidagi yog’ to’qimani o’rab, uning ichki sohasida buyrak orqa fastsiyasi bilan birlashadi va chap tomonda ichak tutqichining yuqori arteriyasi bilan qorin arteriya stvolining fibroz to’qimasiga birikadi. O’ng tomonda, u pastki kovak vena fassial qiniga birikadi. Buyrakning orqa fastsiyasi esa yuqoriga ko’tarilib, diafragma oyoqchalariga, o’rtada - aorta va pastki kovak vena

fastsiyalariga birlashib, pastda - siydik yo’li orqa fastsiyasiga aylanadi.

Ko’tariluvchi va tushuvchi chambar ichaklarning qorin parda bilan o’ralmagan orqa sohasidagi fastsiyaga chambar ichak fastsiyasi (fascia retrocoiica) deyilib, ko’tariluvchi chambar ichak tomonidagisi medial tomondan ichak tutqichiga, tushuvchi chambar ichak tomonidagisi esa, o’sha yerdagi to’qimaga birikadi, tashqari tomondan esa ikkalasi ham qorin pardaning orqa devoriga o’tadigan joylariga birikadi.

Shunday qilib, qorin parda orqa bo’shlig’ida yuqorida keltirilgan fastsiyalar orasida, uchta yog’ to’qima qavatlari hosil bo’ladi. Bular: qorin parda orqasi, buyrak atrofi va ichak atrofi yog’ to’qima qavatlaridir.

Qorinparda orqa yog’ to’qima qavati (textus sellulosus retroperetonealis) qorin parda orqasidagi fastsiyadan keyin joylashib, qo’ltiq osti o’rta chizigidan tashqarida qorin parda oldi yog’ to’qimasiga o’tib ketadi. U yuqoridan diafragma ostigacha, pastdan esa kichik chanoq, bo’shlig’idagi yog’ to’qimagacha davom etib, unga qo’shilib ketadi. Buyraklar atrofi yog’ to’qimasi (paranefron s. capsula adiposa renis) oldingi va orqa buyrak fastsiyalari (fascia pre et retrorenalis) orasida joylashadi. Bu fastsiya yuqorida X - XI qovurg’alar ro’parasida, qorin parda yon devorining orqa devorga o’tadigan joyidan boshlanib, buyraklarni oldidan va orqasidan yog’ to’qimasi bilan birga o’raydi. Chambar ichak atrofidagi yog’ to’qima (paracolon) buyrak oldi fastsiyasi­ning oldida joylashib, orqadan buyrak fastsiyasi bilan, oldindan - ko’tariluvchi (ungdan) va tushuvchi (chapdan) chambar ichaklarning orqa devorlari va qorin parda bilan chegaralanib turadi. Bu yog’ to’qima ko’ndalang chambar ichak tutqichi ildizigacha, pastdan va o’ng tomondan - ko’richakkacha, pastdan va chap tomondan - sigmasimon ichakkacha davom etadi. Bulardan tashqari, tushuvchi va ko’tariluvchi chambar ichaklarning orqa sohasida Told fastsiyasi (fascia Toldti) yotadi. Bu fastsiya homilada ko’tariluvchi va tushuvchi chambar ichaklar tutqichi vazifasini o’tab, bola tug’ilgach, qo’shimcha to’qimaga aylanib ketadi.

Shunday qilib, bel sohasida joylashgan qavatlarni tashqaridan ichkariga qarab chiqsak, ular medial va lateral qismlarga bo’linadi.

Medial qismining qavatlari: teri, teri osti yog’ to’qimasi, yuzaki fastsiya, chuqur yog’ to’qima qavati, xususiy fastsiya, bel - ko’krak fastsiyasining yuzaki varag’i, umurtqa pog’onasini tiklovchi mushak,

bel - ko’krak fastsiyasining chuqur varag’i, orqaning kvadrat mushagi bilan bel katta mushagi, bel va kvadrat fastsiya, qorin parda orqa bo’shlig’ining yog’ to’qima qavati, buyrakning orqa fastsiyasi, buyrak atrofi yog’ to’qimasi, buyrak, buyrak oldi fastsiyasi, chambar ichak atrofi yog’ to’qimasi, chambar ichak orqa fastsiyasi va fascia endoabdominalis.

Lateral qismining qavatlari: teri, teri osti yog’ to’qimasi, yuzaki fastsiya, yog’ to’qimaning chuqur qavati, xususiy fastsiya, orqaning serbar mushagi, qorinning tashqi va ichki qiyshiq mushaklari, ko’ndalang mushak aponevrozi, ko’ndalang yoki qorin ichki fastsiyasi, qorin parda orqa bo’shlig’i yog’ to’qimasi, buyrakning orqa fastsiyasi, buyrak atrofi yog’ to’qimasi, buyrak, buyrakning oldingi fastsiyasi, chambar ichak atrofi yog’ to’qimasi, chambar ichak orqa fastsiyasi va fascia endoabdominalis. (48-rasm)



Qorin parda orqa bo’shlig’ida uning a’zolari: buyraklar, buyrak usti bezlari, siydik yo’llari, qorin aortasi, pastki kovak vena, simpatik poyaning qorin bo’lagi, toq va yarim toq venalar, ko’krak limfa

yo’lining qorin qismi, me’da osti bezi, 12 barmoq ichakning bir qismi va ko’tariluvchi hamda tushuvchi chambar ichaklarning qorin parda bilan yopilmagan qismlari joylashadi. Endi bularning topografiyasini alohida - alohida o’rganib chiqamiz.



Buyraklar (renes). Buyraklar juft a’zo bo’lib, qorin parda orqasidagi bo’shliqning yuqori va yon tomonlarida, bel umurtqa pog’onasining ikkala tomonida, bel sohasida joylashadi. Skeletga nisbatan XI - XII ko’krak umurtqalari bilan II - III bel umurtqalari sohasida yotadi. O’ng buyrak, chap buyrakka nisbatan bir oz pastroqda joylashib, uning yuqori qirrasi XII qovurg’alararo bo’shliqqa, darvozasi - XII qovurg’a pastiga to’g’ri keladi. Chap buyrakning yuqori qirrasi esa XI qovurg’aga, darvoza­si - XII qovurg’a ro’parasiga to’g’ri keladi. Ularning darvozasi umurtqalarga nisbatan I bel umurtqasiga to’g’ri keladi. (49-rasm).

Byuraklarning teridagi tashqi tasviri “oldingi va orqa byurak nuqta” lariga to’g’ri keladi. Bunda “oldingi buyrak nuqtasi” qorin to’g’ri mushagining tashqi qirrasi bilan IX qovurg’a tog’ayining qovurg’a yoyiga birikish joyida hosil bo’lgan burchakka to’g’ri keladi. “Orqa buyrak nuqtasi” esa qorinning orqa devorida,

umurtqalarni to’g’irlovchi mushakning tashqi qirrasi bilan XII qovurg’a orasiga to’g’ri keladi.

Buyrak shakli loviyaga o’xshaydi. U oldindan orqaga qarab yassilangan bo’lib, uning yuqori va pastki uchlari (extremitas superior et extremitas inferior), ichki va tashqi qirg’oqlari (margo medialis et lateralis) hamda oldingi va orqa yuzalari (fades anterior et posterior) tafovut qilinadi. Uning oldinga qaragan ichki (medial) qirg’og’i botiq bo’ladi. Bu botiq joydan buyrak ichiga arteriya, nerv kiradi va undan venalar bilan siydik yo’li chiqadi, shuning uchun uni buyrak darvozasi (hilus renalis) deb ataydilar. Buyrak darvozasi siydik yo’li qon tomirlarining orqasida, ya’ni buyrak arteriyasi va venasining orqasida yotib, oldingi yuzasini buyrakning oldingi fastsiyasi, orqa yuzasini - buyrakning orqa fastsiyasi o’rab yotadi. Uning atrofidan buyrakni o’rab turgan yog’ to’qimaning davomi bo’lmish, siydik yo’lini o’rovchi yog’ to’qima (parauretron) o’rab yotadi. Siydik yo’lining oldingi yuzasi qorin pardaning pariyetal varag’i bilan birlashgan buyrak fastsiyasiga birikkan bo’ladi. Shuning uchun ham operasiya davrida uni orqa devoridagi pariyetal qorin pardaning orqasidan axtarish kerak.

Qon tomir hamda siydik yo’llari buyrak darvozasida buyrak oyoqchasini hosil qiladi. Ular bir - biriga nisbatan quyidagicha joylashadi: hammadan oldinda vena, uning orqasida va bir oz pastroqda - buyrak arteriyasi va uni o’rab o’tgan nerv tolalari va uning orqasidan va pastroqda - buyrak jomi yotadi.

Buyraklar segmentar tuzilishga ega bo’lib, har qaysisi beshtadan: yuqori, yuqori oldingi, pastki oldingi, pastki va orqa segmentlarga bo’linadi. Ularning mustahkamlanib turishida qorin pardaning burmalari, qon tomirlar, o’rab turgan yog’ qobig’i va qorin bo’shlig’idagi bosim xizmat qiladi. Qorinpardani buyrakning oldingi sohasidan jigarning pastki qirrasiga o’tishidan o’ng tomonda jigar - buyrak boylami (lig. hepatorenalis), uning o’rta qismidan, 12 barmoq ichakka o’tishidan buyrak - 12 barmoq ichak boylami hosil bo’ladi. Bundan tashqari, qorin pardaning chap buyrakning oldingi qismidan taloqqa (chap tomonda) o’tishidan taloq – byurak (lig. lienorenalis) boylami va u yerdan diafragmaga o’tishidan taloq - diafragma boylami (lig. phrenicolienalis) ham hosil bo’ladi.

Buyraklarning sintopiyasini ko’rib chiqadigan bo’lsak, o’ng buyrak yuqoridan buyrak usti bezi va jigarga tegib turadi. Uning darvozasi 12 barmoq ichak bilan yopilib turadi. Pastki uchiga ko’ndalang chambar ichakning o’ng egriligi tegib turadi. Chap

buyrakning yuqori uchi buyrak usti beziga, me’da osti beziga, ko’ndalang chambar ichakning chap egriligiga tegib turadi. Bundan tashqari, chap buyrakning ichki va oldingi yuqori yuzalari me’daning orqa yuzasiga va taloqqa tegib tursa-da, ular bir-birlaridan charvi xalta bilan ajralgan bo’ladi.

Buyraklar XII ko’krak va II bel umurtqalari sohalarida qorin aortasidan chiquvchi buyrak arteriyalari (aa. renalis) dan qon bilan ta’minlanadi, ayrim vaqtlarda buy­raklarning aorta yoki uning tarmoqlaridan chiquvchi ko’shimcha arteriyalari ham bo’ladi. O’ng buyrak arteriyasi uzunroq bo’lib, ko’pincha pastki kovak venaning orqasidan o’tadi. Chap buyrakning arteriyasi esa kaltaroq bo’lib, ko’pincha taloq arteriyasiga yaqin joylashadi va me’da osti bezi dumining orqasidan o’tadi. Uning bu holatini buyrakdagi hamda taloqdagi operasiyalarda esda tutish kerak. Buyraklardagi vena qoni buyrak venalari bo’ylab I - II bel umurtqalari sohasida pastki kovak venaga quyiladi. Buyrak venalari qorin parda orqasi bo’shlig’idagi venalar hamda kavo - kaval va porta - kaval anastomozlarida qatnashuvchi toq, va yarim toq, venalar bilan keng anastomozda bo’ladi. Rak kasalligi metastazlarini yoki yiringli infeksiyaning qon yo’li bilan tarqalishi hamda me’da va ichaklardagi operasiyalardan so’ng ichak yoki me’dadan qon ketishi bunday anastomozlar borligini tasdiqdaydi.

Buyraklarda yuzaki (buyrak qobig’ida) va chuqur limfa sistemasi mavjud. Uning limfa yo’llari buyrak darvozasidan chiqqach, buyrak venalari bo’ylab joylashgan regionar limfa tugunlariga ochiladi, u yerdan esa - qorin aortasi va pastki kovak vena atrofidagi limfa tugunlariga o’tadi.

Buyraklar buyrak arteriyalari bo’ylab joylashgan buyrak nerv chigallari (plexus renalis) bilan innervasiyalanadi. Uning hosil bo’lishida simpatik, parasimpatik va orqa miya nervlari tolalari qatnashadi. Buyrak chigallari ichak tutqichning yuqori hamda pastki chigallari bilan, Qorin aortasi, taloq, jigar va me’da osti bezi nerv chigallari bilan keng aloqada bo’ladi. Shuning uchun ham buyraklar kasalligida har xil, boshqa kasalliklarga xos belgilar (simptomlar) sezilib turadi.

Buyrak usti bezlari (gl. suprarenalis). Buyrak usti bezlari ham buyraklardek juft bo’lib, ichki sekresiya bezlariga kiradi. Bezning kattaligi uzunasiga 30 - 60 mm, eniga 4 - 6 mm, ogirligi 4 - 5 g keladi. Ular aloxida fassial qobiqqa o’ralgan holda buyraklarning yuqori uchida, XI – XII ko’krak umurtqalari sohasida joylashadi.

O’ng buyrak usti bezi o’zining orqa yuzasi bilan diafragmaga, oldingi yuzasi bilan - jigarning qorin parda bilan yopilmagan yuzasiga, ichki yuzasi bilan - pastki kovak venaga tegib turadi. Chap buyrak usti bezi bo’lsa, orqadan - diafragmaga, pastdan - me’da osti bezining dumi va taloq qon tomirlariga, oldindan - me’da va taloqqa (ammo ular orasida charvi xalta yotadi) va ichkarida - yarimoysimon qorin ichki nerv chigallari va aortaga tegib yotadi.

Buyrak usti bezlari uchta arteriyadan qon oladi:


  1. buyrak usti bezining yuqori arteriyasi (a. suprarenalis superior) - diafragmaning pastki arteriyasidan chiqadi;

  2. buyrak usti bezining o’rta arteriyasi (a. suprarenalis media) - qorin aortasining tarmog’i; 3) buyrak usti bezining pastki arteriyasi (a. suprarenalis inferior), buyrak arteriyasining tarmog’i.

Buyrak usti bezining katta qon tomirlaridan biri bo’lib hisoblangan o’ng va chap buyrak usti bezi venalari (vv. suprarenalis dextrae et sinistrae) dir. Ular bezning darvozasidan chiqqach, pastki kovak venaga (ungdan) va buyrak venasiga (chapdan) quyiladilar. Buyrak usti bezlari kuyosh chigalining buyrak usti bezi chigallari (plexus suprarenalis) dan chiqadigan tarmoqlar bilan innervasiyalanadi.

Siydik yo’li (ureter). Siydikni buyrakdan qovuqqacha o’tkazib boruvchi nayga siydik yo’li deyiladi. Uzunligi 25 - 30 sm keladigan bu yo’l qorin parda orqasidagi bo’shliqda o’tib, uning ikki qismi farqlanadi. Birinchi qismiga qorin qismi (pars abdominalis) deyilib, buyrakdan katta va kichik chanoq bo’shliqlarini chegaralab turadigan chiziqqacha (linea terminalis), ikkinchi qismi - chanoq qismi (pars pelvina) deyilib, u shu chegara chiziqdan siydik qopigacha davom etadi.

Siydik yo’lining uch joyida qisilgan yeri (isthmus ureteris) bo’lib, birinchisi - buyrak jomidan siydik yo’liga o’tish joyida, ikkinchisi - yonbosh arteriyalari bilan kesishgan joyida va uchinchisi - qovuq devorida joylashadi. Bu qisilmalar orasida urchuqsimon kengaygan joylari (ampullae) bor.

Katta bel mushagining o’rta qismidan pastroqda siydik yo’li, erkaklarda moyakning qon tomirlarini (vasa testicula­rs), ayollarda tuxumdon qon tomirlarini (vasa ovarica) oldidan kesib o’tadi. Siydik yo’lining qorin qismini shu kesishgan joydan yuqori bo’lagiga bel, pastki bo’lagiga - yonbosh qismlari deyiladi. O’ng siydik yo’li chegara chiziqqa (linea terminalis) borgach, tashqi yonbosh

arteriyasi, chap siydik yo’li - umumiy yonbosh arteriyasi bilan kesishadi.



O’ng siydik yo’lining ichki tomonida pastki kovak vena o’tadi. Uni yuqorida 12 barmoq ichak, pastroqda - ichak tutqichining ildizi yopib turadi. Undan tashqarida ko’tariluvchi chambar ichak bilan ko’r ichak yotadi. Bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki, chuvalchangsimon o’simta qorin parda orqali o’ng siydik yo’lini, yonbosh sohasidan o’tayotgan qismi bilan birikkan bo’lishi mumkin. Siydik yo’lidan o’tayotgan tosh, o’tkir appendisit belgilarini berib, hakimlarni adashtirishi hech gap emas. Chap siydik yo’lining ichki tarafida - aorta, tashqi tarafida - tushuvchi chambar ichak, oldida - qorin pardaning pariyetal varag’i bilan sigmasimon ichak tutqichi yotadi.

Siydik yo’llari chanoqda uning yon devorlaridan o’tadi. Keyinchalik ichkariga burilib, quymich o’sig’i (spina ischiadica) ro’parasida qovuqning tubiga qarab yo’naladi. O’z yo’lida ular yopqich arteriya, vena va nervlari hamda oldinda yotgan urug’ chiqarish yo’llari bilan kesishadi. Chanoqning visseral fastsiyasi siydik yo’llariga va ularni o’rab yotgan to’qimalarga qin hosil qiladi.

Siydik yo’llari shu nomli arteriyalar (rr. ureterici) dan qon bilan ta’minlanadi. Uning arteriyalari buyrak, moyak, tuxumdon va qovuq arteriyalarining tarmog’idir.

Vena qoni, siydik yo’lining yuqori sohalaridan buyrak, o’rta sohalaridan - urug’ va pastki sohalaridan - ichki yonbosh hamda qovuq vena chigallariga quyiladi.

Limfa suyuqligi esa, yuqori qismidan buyrak darvozasi va qon tomirlari bo’ylab joylashgan regionar limfa tugunlariga, o’rta qismlaridan - aorta hamda pastki kovak vena atroflaridagi limfa tugunlariga va pastki qismidan - yonbosh qon tomirlari bo’ylab joylashgan limfa tugunlariga ochiladi.

Siydik yo’llarining yuqori qismi jigar hamda buyrak nerv chigallari, o’rta qismi - simpatik poyaning bel sohasidagi tolalari, hamda urug’ nerv chigallaridan chiquvchi nervlari bilan innervasiya qilinadi.

Yuqorida keltirilgan a’zolardan tashqari, qorin parda orqasidagi bo’shliqdan yana quyidagi qon tomir va nervlar o’tadi: Qorinaortasi, pastki kovak vena, toq hamda yarim toq, venalar, simpatik poyaning bel qismi va limfa yo’li. Endi bular bilan tanishib chiqamiz.


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish