Shatun va tirsakli val



Download 229,5 Kb.
Sana23.06.2017
Hajmi229,5 Kb.
#13350

Aim.uz

Shatun va tirsakli val.
Reja.


  1. Shatunning vazifasi va tuzilishi.

  2. Tirsakli valning vazifasi va tuzilishi.

Shatun porshenni tirsakli valni shatun bo’yni bilan birlashtiradi va ish yo’li taktida porshendan tirsakli valga, yordamchi taktlarda esa tirsakli valdan porshenga kuch uzatadi. Shatun kesimi qo’sh tavr shaklidagi legirlangan yoki uglerodli po’lat o’zak, yuqorigi ajralmaydigan va pastki ajraladigan kallaklardan tashkil topgan. Ishqalanishni kamaytirish uchun shatunning yuqorigi kallagiga bronza vtulka presslangan, ikki qismdan iborat kallagiga esa yupqa devorli vkladeshlar o’rnatilgan. Shatun pastki kallagining ikki qismi boltlar bilan mahkamlangan, boltlarning gaykalari o’zicha buralib bo’shamasligi uchun shplintlangan. Silindr devoriga va taqsimlash valiga moy sachratish uchun shatunning pastki kallagiga teshik parmalangan.

Shatun sterjeniga detalning nomeri, qopqog’iga esa silindrning tartib raqami yozib qo’yiladi. Shatunni yig’ishda shu belgilar har doim bir tomonga qaratilgan bo’lishi lozim.

Shatunning pastki kallagi va qopqog’I ikkita bolt yoki shpilka yordamida biriktirilgan. Bolt kallagi ostiga maxsus chiqiqli shayba qo’yiladi, gayka esa bolt yoki shpilka rezbasidan bir oz farq qiladigan rezbaga ega, natijada gayka o’z-o’zidan bo’shab ketmaydigan bo’lib qotadi.

Silindrlari blokda V – simon joylashtirilgan dvigatellar tirsakli valning bitta shatun bo’yniga ikkitadan shatun mahkamlangan.

Tirsakli val porshenlardan shatun orqali uzatiladigan kuchlarni qabul qiladi va ulardan aylantiruvchi lahza hosil bo’ladi. U o’zak va shatun bo’yinlaridan, ularni birlashtiruvchi jag’lardan, maxovik mahkamlanadigan flanesdan va yurgazish dastagining xropovigi o’rnatiladigan teshigi bo’lgan turumdan iborat. Shatun bo’yni jag’lar bilan birgalikda val tirsagini (krivoshipni) hosil qiladi. Valda tirsaklar joylashuvi ish yo’lining galma-galligini bir tekis amalga oshirishni ta’minlaydi.

Tirsakli val po’latlardan shtamplash usuli bilan yoki magniyli sho’yanlardan (ZMZ-24, ZMZ-53) quyish usuli bilan olinadi. Po’latdan tayyorlangan vallar, bo’yin va jag’larning o’lchamlari bir xil bo’lgan, xuddi shunday sho’yan vallardan mustahkamligi bilan ajralib turadi. Quyib tayyorlangan vallarning afzalliklari, uning nisbatan arzonligi, kam metall sarflanishi, mexanik ishlov berish jarayonining qisqarishini hamda krivoshipning alohida elementlarga, masalan, shatun va o’zak bo’yinlarini ichki bo’shlig’iga oqilona shakl berish imkoniyatlari mavjudligini aytish mumkin.

Quyish usuli bilan valning barcha bo’yinlari ichi kovak qilib tayyorlanadi. Po’latdan tayyorlangan tirsakli valning bo’yinlari yuqori chastotali tok bilan toblanadi. Tirsakli valning barcha bo’yinlari katta e’tibor bilan jilvirlanadi va yaltiratiladi. Bo’yinlar va jag’lar tutashgan qism esa silliqlanadi.

Shatun bo’yinlarining soni silindrlari bir qator joylashgan dvigatellarda silindrlar soniga teng bo’lsa, V-simon dvigatellarda silindrlar sonidan ikki marta kam bo’ladi. Chunki, yuqorida aytganimizdek, har bir shatun bo’yniga ikkitadan shatun o’rnatiladi.

O’zak bo’yinlarining miqdori silindrlari bir qator joylashgan to’rt silindrli dvigatellarda uch yoki beshtaga, olti silindrlida to’rt yoki yettitaga, V simon sakkiz silindrli dvigatellarda beshtaga teng bo’ladi.

Agar shatun bo’ynining ikki tomonidan ham o’zak bo’yni joylashgan bo’lsa, bunday vallar to’la tayanchli tirsakli vallar deb ataladi. To’la tayanchli vallar (ZMZ-24, ZMZ-53, ZIL-130,KamAZ-740) kam egiladi.

Zamonaviy avtomobil dvigatellarida tirsakli valning aylanish chastotasi 3000-4000 min-1 (yuk avtomobillarida) va 4500-6000 min-1(yengil avtomobillarda) bo’ladi. Val aylanishida hosil bo’ladigan inersiya kuchlarining ta’sirini kamaytirish uchun posangilar xizmat qiladi.

Valning o’zak va shatun bo’yinlari bir-biri bilan o’zak podshipniklaridan shatun podshipniklariga moy yuborish uchun xizmat qiluvchi jag’larni parmalab ochilgan qiya kanallar orqali tutashadi. Shatun bo’yinlarining ichi kovak bo’ladi yoki bo’lmasa ularni parmalab bo’shliq-kiritgich hosil qilinadi. Moydagi og’ir zarrachalar va yeyilishdan hosil bo’lgan qurumlar markazdan qochma kuch ta’sirida moydan ajralib, kirtutgich devorlarida yopishib qoladi. Dvigatel qismlarga ajratilganda tiqin sug’irib olinib, kirtutgich tozalanadi.

Tirsakli val issiqlikdan erkin kengayishi uchun uning o’q bo’ylab siljishi nazarda tutiladi. Bu siljishni chegaralash uchun po’lat tirak shayba va oldingi o’zak podshipnigining ikki tomoniga joylashtirilgan, bir yoniga babit yoki COC-6-6 qotishmasi qoplangan po’lat shaybalar ishlatiladi.

O’zak podshipniklari ichqo’ymalarining (2) konstruksiyalari ham xuddi shatun podshipniklari ichqo’ymalariga o’xshash bo’ladi. Yuqorigi ichqo’yma karterning yuqori qismidagi taglikka, pastki ichqo’yma esa o’zak podshipnigining qopqog’iga (5,9,11) o’rnatiladi.

O’zak podshipniklari qopqoqlari silindrlar bloki bilan birgalikda yo’naladi. Shuning uchun dvigatelni yig’ish paytida ular faqat o’z joyiga, holatini o’zgartirmasdan mahkamlanadi.

Karterdan moy chiqib ketmasligi uchun tirsakli valning old va orqa tomonlarida moy qaytargich va salniklar (7) o’rnatiladi. Moy qaytargichlar tirsakli val bilan yaxlit holda yoki alohida detal ko’rinishida tayyorlanadi.



Tayanch iboralar: o’zak (sterjin), legirlangan, uglerodli, ichqo’yma, vtulka, shtamplash usuli, quyish usuli, mexanik ishlov berish, ichi kovak, jilvirlanadi, silindrlari bir qator, V simon, sshatun bo’yinlari, aylanish chastotasi, posangilar, tirak shayba, salniklar.
NAZORAT SAVOLLARI.
1. Shatunning vazifasini tushuntiring.

2. Shatunning tuzilishini aytib bering.

3. Shatun qismlari qanday materiallardan tayyorlanadi?

4. Tirsakli valning vazifasi nima?

5. Tirsakli val qanday tayyorlanadi?

6. Tirsakli val shatun bo’yinlari nechta bo’ladi?




Aim.uz


Download 229,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish